Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-XUQUQIY ASOSLARI'

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-XUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qishloq turizmi / “Turizm mahallasi” / “Turizm ovuli” / etnografik turizm / ekoturizm / xizmat ko ‘rsatish sektori / infratuzilma / mehmon uylari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Agzamova Nargiza Gapurovna

Maqolada Oʻzbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishning tashkiliy-xuquqiy asoslari qonun va qonunosti xujjatlar asosida atroflicha yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-XUQUQIY ASOSLARI»

O'ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-XUQUQIY ASOSLARI

Agzamova Nargiza Gapurovna

"Turizmni rivojlantirish" ilmiy-tadqiqot instituti, tadqiqotchi

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishning tashkiliy-xuquqiy asoslari qonun va qonunosti xujjatlar asosida atroflicha yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: qishloq turizmi, "Turizm mahallasi", "Turizm ovuli", etnografik turizm, ekoturizm, xizmat ko 'rsatish sektori, infratuzilma, mehmon uylari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13895585

Kirish

Bugungi kunda iqtisodiyotimizda turizmning ulushini oshirish, yangi ish o'rinlari tashkil qilish, aholi turmush darajasini yaxshilash, ish bilan band bo'lgan aholi qatlamini ijtimoiy himoya qilish ularni dam olishlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mamlakatimiz prezidenti tomonidan bir qator farmon, qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosi bo'yicha yirik ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Turizmni rivojlantirish mamlakatning savdo, transport, aloqa, qishloq xo'jaligi, qurilish, iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish kabi muhim iqtisodiy tarmoqlariga rag'batlatiruvchi ta'sir ko'rsatishdan tashqari, iqtisodiy qayta qurishning eng istiqbolli yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Xalqaro xizmatlar savdosida turizmning ulushi XXI asr boshidan beri qariyb 30 % ni tashkil etib keldi, u eksportdan kelayotgan eng yuqori daromadni ta'minladi [1]. Jahon turistik tashkiloti (UN Tourism) ma'lumotlariga ko'ra, 2019-yilda turizm industriyasi hissasiga jahon YaIMning 10,3%, jahon eksportining 7%, xizmatlar eksportining 27,4%, kapital qo'yilmalarining 9%, iste'mol xarajatlarining 11%, soliq tushumlarining 5%dan ziyodi to'g'ri kelgan, turizm sektori aholi bandligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lib, pandemiyagacha bo'lgan davrda iqtisodiyotda band bo'lgan har 11 kishining bittasi shu sohada faoliyat ko'rsatgan[2]. Biroq, COVID-19 pandemiyasi industriyaga katta zarar yetkazdi. Shunga qaramay turizm iqtisodiy faoliyatning yuqori daromad keltiruvchi yo'nalishi hisoblanadi, bir qator mamlakat va mintaqalarning iqtisodiy rivojining katalizatori vazifasini bajaradi.

Adabiyotlar tahlili

Qishloq turizmi barqaror turizmning yo'nalishlaridan biri bo'lib, ekoturizm va agroturizm bilan uzviy bog'liqdir. Ko'pgina davlatlarning turizmni rivojlantirish amaliyotida ekoturizm va agroturizm bir-birini to'ldiruvchi o'zaro bog'liq tushunchalar sifatida talqin etiladi. Shuningdek, zamonaviy halqaro amaliyotda turizmning atrof-muhitga mahalliy hamjamiyatga ta'siri bo'yicha "tejamkor" bo'lgan va motivattsiya jixatidan o'xshash (jumladan, qishloq, ferma, sport, gastronomik, sarguzasht, ekstremal va boshqalar) bir qator turdosh turizm turlari mavjud. Ko'pincha ekoturizm bilan agroturizm turizmning bir sohasi sifatida qaraladi. Buni Yevropa tajribasi ham tasdiqlaydi: bu atamani o'z nomiga kiritgan tashkilotlarga bir qancha misollar mavjud (masalan, Yevropa Eko Agro Turizm markazi-ECEAT).

Qishloq turizmi iborasini yoritib berishda rossiyalik tadqiqotchilar I.I.Butko, Ye.A.Sitnikov, D.S.Ushakovlar bir qator mezonlarga amal qiladilar: "tashqi turizm", "ta'tildagi iste'mol faoliyati (baliq ovlash, ov qilish, qo'ziqorin va rezavor mevalarni yig'ish va konservalash, sarguzasht turizmi, dam olish va xordiq chiqarish, otda sayr qilish, gastronomiya va degustatsiya, xunarmandchilik va urf odatlar " va boshqa mezonlar. Bundan tashqari nazariyotchilar nuqtai nazaridan qishloq turizmining ta'rifida etnografiya, xalq hunarmandchiligi va madaniy jozibadorlik alohida ta'kidlab o'tiladi. Shunday qilib, tadqiqotchilar: I.I.Butko, Ye.A.Sitnikov va

D.S.Ushakovlar quyidagi ta'rifni berishdi: "Qishloq turizmi bu-shahar aholisining qishloq mehmon uylarida dam olishi, qaysiki oilasi tomonidan tashkil etilgan shaxsiy tomorqasi yoki fermerlik xo'jaligidagi mehmon uyida shuningdek, yer uchastkasida dam olishidir. Tunab qolish, ovqatlanish va qishloqning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirishda qishloq oilasi asosiy vositachi hisoblanadi[3]."

Tadqiqotchi S. Vasilev o'zining "В гости к природе" o'quv qo'llanmasida qishloq turizmini sharhlab, agrar turizmning sinonimi[4]deb urg'u beradi. Uning fikricha qishloq turizmi bu-qishloqda dam olish, "yanayam aniqrog'i qishloq uyida va unga tegishli hududda". Muallif ushbu turdagi dam olishning tobora ommalashib borishini janubiy qimmatbaho kurortlardan farqli o'laroq, toza tabiat, qishloq hayotining tinchligi va osoyishtaligi, pechkada yonib chirsillayotgan o'tin kabi jozibador lavhalar bilan izohlaydi. S. Vasilevning ta'kidlashicha, birinchidan, qishloq turizmining jozibadorligi uning arzonligi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, G'arbiy Yevropa statistik ma'lumotlariga tayanib, qishloq turizmiga asosan o'rta daromadli sayyohlar tashrif buyurishini ta'kidlaydi (ayniqsa, Frantsiyada qishloq turizmini sayyohatchilarning 25 foizigacha afzal ko'radi). Shuningdek, 1970-yillardan boshlab qishloq turizmi rivojlanib borar ekan, turistlarni nafaqat mehmon uylariga, balki eski qasr va monastirlarga joylashtirish urf bo'la boshladi.

Xozirgi davrga kelib, Frantsiya, Italiya, Markaziy Yevropa, Bolqon yarim oroli, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh va Kanadada qishloq turizmi geografiyasi sezilarli darajada kengaymoqda. Shuningdek, qishloq turizmi sayyohlarning ichki olamiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Chunki sayyoh mehmon uyining egasinikiga mehmonga kelgandek his qiladi[5]. Bu yerda yollanma ishchilar xizmat ko'rsatmaydi, taomlar ham mehmon uyi bekalari tomonidan uy sharoitida tayyorlangan bo'ladi. Qishloq turizmida asosiy joylashtirish vositalari mehmon uyi bo'lib, "u kichikroq, ko'pincha oilaviy mehmonlar uchun, qisqa muddatli joylashtirish xizmatlarini, ovqatlanish, ekskursiya dasturlari, mehmonlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va boshqa qo'shimcha xizmatlarni tashkil etadi[6]"

Tadqiqotimiz davomida xorijlik va MDH davlatlari tadqiqotchilari bilan birga o'zbekistonlik iqtisodchi olimlarimizning ham ishlarini o'rgandik. Jumladan, iqtisodchi olima

E.V.Golisheva o'zining "Сельский туризм: от теории к практике" o'quv qo'llanmasida qishloq turizmiga quyidagicha ta'rif bergan: "Qishloq turizmi (agro turizm, yashil turizm, ekoturizm) bu fuqarolarning (ham mahalliy, ham xorijiy) asosiy yashash joyidan qishloq joylarga sayohat qilish maqsadida va/yoki qishloq xo'jaligi ishlarida ishtirok etish, lekin vaqtincha yashash joyida daromad olmaydigan faoliyat bo'lib, tabiiy, madaniy-tarixiy va qishloq joylarning boshqa resusrslaridan foydalanishga qaratilgan, hamda kompleks turistik mahsulot yaratishga xos turizm sektori,[7]" deb ta'riflagan.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini tahlil etishni o'z ichiga olib asosiy maqsadga erishish uchun ilmiy tasviriy tahlil, qiyosiy tahlil, tizimli yоndashish, statistik tahlil kabi usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muxokamasi

Tadqiqotimiz davomida qishloq turizmini rivojlantirishning tashkiliy-xuquqiy mohiyati borasida to'xtalib o'tishni maqsadga muvofiq deb topdik.

Qishloq turizmi 2025 yilgacha turizmni rivojlantirish konsepsiyasida turizmning ustivor yo'nalishlaridan biri sifatida qayd etilgan, ammo ziyorat turizmi ko'rinishida alohida, mustaqil yo'nalish sifatida hali rivojlanmagan. Me'yoriy-huquqiy xujjatlaning ishlab chiqilmaganligi amaliyotda yuqori darajadagi qonun xujjatlarda belgilangan standartlarga, shuningdek qishloq

turizmi faoliyatini ayrim jihatlarini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarga amal qilishga to'g'ri keladi. Keling, qishloq turizmi sohasiga tegishli normativ xujjatlarda aks ettirilgan asosiy jihatlarini ko'rib chiqamiz.

O'zbekiston Respublikasining 2001-yil, 30-sentabrdagi № 269-II-sonli "Madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risida"gi qonini[8]. Ushbu qonunning maqsadi O'zbekiston xalqining umummilliy boyligi bo'lmish madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi mumunosabatlarni tartibga solishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil, 5-yanvardagi PF-5611-son-sonli "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni[9]bilan O'zbekistonda 2019-2025 yillarda turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiyaning asosiy maqsadlari, bosqichlari va yo'nalishlari, ushbu konsepsiyani amalga oshirish mexanizmi grafik va raqamlar ko'rinishida keltirilgan. Respublika vazirlik va idoralari bo'yicha konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi belgilab qo'yilgan.

Konsepsiya qulay iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohatlar samaradorligini oshirishga, turizm sohasini jadal rivojlantirishning ustivor maqsad va vazifalarini ishlab chiqishga, uning iqtisodiyotdagi roli va hissasini oshirishga, turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va sifatini oshirish, turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil, 5-yanvardagi № PF-5611-sonli "O'zbekiston Respublikasida turizmni sohasini jadal rivojlantirishgaoid qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni[10] imzolandi. Ushbu farmonda Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta'minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilab berildi.

Farmonning 3-bob, 4-qismida O'zbekiston Respublikasining xilma-xil hamda yilning turli fasllarida jozibador va raqobatbardosh turistik mahsulotlari, shu jumladan mamlakat hududlarida tematik turistik zonalari va klasterlarni yaratish orqali hamda turizmning istiqbolli turlari (ziyorat, ma'rifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi-sog'lomlashtiruvchi, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik va boshqalarni) hisobga olgan holda, yangi turizm dasturlarini ishlab chiqish, hamda ijtimoiy, madaniy-rivojlantiruvchi, ekologik, etnomadaniy hamda qishloq turizmi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish belgilab berilgan.

Shu bilan bir qatorda, 2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha 2019-yilga mo'ljallangan chora-tadbirlar rejasining 20-bandida quyidagilar keltirib o'tilgan:

Turizm aylanmasi (biznes)ga fermer va dehqon xo'jaliklarini, qishloq joylardagi mahalliy aholini (asosan uzoq va tog'li hududlardan) jalb qilish;

qishloq va etnografik turlar (an'anaviy turmush tarzi, hunarmandchilik, taom tayyorlash va boshqalar) doirasida sayyohlarni qabul qilish istagiga va imkoniyatiga ega bo'lgan dehqon va fermerlar uchun namunaviy "turistik mahalla" tipdagi uy-joy komplekslari (an'anaviy uslubdagi) qurish;

fermer xo'jaliklarining faoliyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, shu jumladan, sharob mahsulotlari, quritilgan mevalar, shirinliklar va boshqalarni joyida tatib ko'rishni tashkil qilish yo'li bilan ular hududida yagona tuzilmaga (qishloq turistik

klasteri) biriktirilgan agro-etno-qishloq shaklidagi model uyushmalar barpo etish belgilab berilgan.

2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirishning maqsadli

KO'RSATKICHLARI[11

T/r Ko'rsatkichlar nomi 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-y. 2022-y. 2023-y. 2024-y. 2025-y.

1. O'zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar soni (ming kishi) 5 346 6 041 7 010 8 410 10 010 10 600 11 250 11 810

2. Turizm xizmatlari eksporti (mln AQSh dollari) 1 041 1 180 1 360 1 620 1 900 2 000 2 080 2 170

3. Ichki turistlar soni (mingta tashrif) 15493 16 100 17 230 18 806 20 317 21 867 23 404 25 010

4. Mehmonxonalar va shu kabi joylashtirish vositalari soni (dona) 914 1 100 1 620 2 200 2 600 2 800 2 900 3 050

5. Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni (ming) 20,2 24 35 47 55 59 62 64

6. Joylashtirish vositalaridagi o'rinlar soni (ming) 41 49 72 95 110 122 124 128

7. Turoperatorlar soni (nafar) 983 1 100 1 190 1 250 1 320 1 390 1 420 1450

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar M Mahkamasining 2020-yil, 10-iyundagi № 4 33-sonli

"O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni[12]imzolandi. Ushbu qarorda koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini turizm hamda unga bevosita bog'liq bo'lgan tarmoqlarni qo'llab-quvvatlash orqali kamaytirish, mamlakatda sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash, shuningdek, "Turizm to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoni va "Sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat'iy rioya qilgan holda, turizm sohasini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qarorda belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan. Shuningdek, ushbu qarorda Fuqarolar yig'inlariga "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog'i" va "Turizm ovuli" maqomini berish tartibi to'g'risida nizomi berilgan. Ushbu Nizom fuqarolar yig'inlariga "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog'i" va "Turizm ovuli" maqomini berish tartibini belgilangan. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llanilgan:

..."Turizm mahallasi", "Turizm qishlog'i" va "Turizm ovuli" (keyingi o'rinlarda — turizm mahallasi) — fuqarolar yig'inlari hududining mavjud tabiiy, tarixiy-madaniy resurslari va

xususiyatlari asosida turistik xizmatlar (turistik mahsulotlar) majmui shakllangan va ushbu hududga taqdim etiladigan maqom;...

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil, 26-apreldagi № PQ-135-sonli "Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori[13] imzolandi. Ushbu qarorda Respublikaning turizm salohiyatidan to'liq va samarali foydalanish, birinchi navbatda transport-logistika va turizm infratuzilmasidagi muammolarni tezkor hal etish, shuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hisobiga turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish kabi ustivor vazifalar belgilangan.

Angren shahri, "Lashkarak" va "Yangiobod" MFYlar hududida turizm qishlog'i maqomini olish maqsadida infratuzilmani yaxshilash. Parkent tumani, So'qoq qishlog'i, "Chashma" MFY hududidagi Archazor, So'qoqsoy va Qo'shtut ko'chalarida Koreya tajribasiga asosan "turizm qishlog'i"ni tashkil etish belgilangan bo'lib, buning natijsida 2023-yilda umumiy qiymati 2 trln 62 mlrd 236 mln so'm bo'lgan jami 56 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirib, 3 ming 146 nafar yangi ish o'rinlarini yaratish rejaga kiritildi. Shuningdek, Toshkent viloyatining turistik jozibadorligini oshirish maqsadida, Xalqaro "Iloq" etnografik festivalini o'tkazish, Parkent tumanida "Uzum sayli"ni tashkil qilish, Bo'stonliq tumanida "Opening ceremony of summer and winter season", "Sky Camp Bo'stanlik", "Chimgan chellenge-2023", Gastronomik, "Jeep fest 2023" festivallarini tashkil qilish chora-tadbirlar rejasiga kiritildi.

Albattta, qishloq turizmini rivojlantirishda oilaviy mehmon uylarining roli kattadir. Sayyohlarga barcha qulayliklarga ega joylashtirish vositalarini taqdim etish, ularni o'z uylaridek his qilishlarini ta'minlash qishloq tadbirkorlarining asosiy vazifalaridandir. Tadqiqotimiz davomida oilaviy mehmon uylarining tashkiliy-xuquqiy asoslarini ham ko'rib chiqsak.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil, 27-noyabrdagi № 622-sonli "Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi farmoni[14] imzolandi.

Ushbu qarorda oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi nizom, oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

oilaviy mehmon uyi (keyingi o'rinlarda — mehmon uylari) — mehmon uyida uy egasining oila a'zolari bilan birga yashash tamoyili bo'yicha bir vaqtning o'zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to'g'ri keladigan turar joy maydoniga ega bo'lgan xususiy uy-joy obyekti;

Oilaviy mehmon uylarini jihozlash va ular tomonidan qo'shimcha xizmat turlarini ko'rsatish bo'yicha asosiy tavsiyalar ham berilgan:

Qo'shimcha xizmat turlarini taqdim etish:[15]

manzarali joylar va suratga olish uchun qulay vaqt to'g'risida ma'lumot;

madaniy va ko'ngilochar dam olish joylarining joylashishi, ziyorat joylari, tashrif buyuruvchilar (turistlar) kelgan vaqtda o'tkaziladigan madaniy tadbirlar to'g'risida ma'lumot;

milliy taomlarni tayyorlash, hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish bo'yicha mahorat darslarini hamda ushbu jarayonda tashrif buyuruvchining (turistning) bevosita ishtirokidagi boshqa tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish;

tashrif buyuruvchining (turistning) milliy an'analarda hamda bayramlarda ishtirok etishini tashkil etish ("Kelin salom", "Beshik to'y", Navro'z, xalq sayillari va boshqalar); kir yuvish xonasi; taksi chaqirish; baliq ovi va ov qilish; ot minish darslari;

hammom, suzish havzasi, sport anjomlarining ijarasi; avtomobil to'xtash joyining mavjudligi;

gidlar, yo'l boshlovchi-instruktor yoki o'lkashunoslarni jalb qilish.

Aynan ushbu qo'shimcha xizmat turlarini ko'rsatish bo'yicha asosiy tavsiyalar qishloq turizmini yanada rivojlantirishning omillarini belgilab beradi. Xulosa

Demak, qonun va qonunosti xujjatlarning tahlillari shuni ko'rsatmoqdaki, mamlakatimizda qishloq turizmi sohasidagi faoliyatni tashkil etishda qator amaliy ishlar amalga oshirilganiga qaramay, ta'kidlash joizki, ushbu faoliyat turini tartibga soluvchi xuquqiy-me'yoriy asos haligacha to'liq shakllanmagan. Bunga quyidagi holatlar sabab bo'lmoqda:

Birinchidan, turizm sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarda va davlat dasturlarida haligacha qishloq turizmining konseptual tizimi ishlab chiqilmagan;

Ikkinchidan, qishloq turizmi sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi maxsus qonun xujjatlari mavjud emas. Me'yoriy-huquqiy xujjatlaning ishlab chiqilmaganligi amaliyotda yuqori darajadagi qonun xujjatlarda belgilangan standartlarga, shuningdek qishloq turizmi faoliyatini ayrim jihatlarini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarga amal qilishga to'g'ri keladi.

REFERENCES

1. https://www.statista.com/statistics/1099933/travel-and-tourism-share-of-gdp/

2. https://www.unwto.org/tourism-statistics.Tourism statistics.

3. Бутко И.И., Ситников Е.А., Ушаков Д.С. Туристический бизнес: основы орга-низации. - М.: Феникс, 2008. - 236 с.Социально - культурные туристские ресурсы Алтайского региона. Проблемы и перспективы использования. Материалы международной научно-практической конференции/ред. кол.: А.С. Кондыков и др. - Барнаул: изд-во АГИИК, 2009. - 220 с. с-80.

4. В гости к природе. Маркетинг в сельском туризме: методические рекомендации/ вёрстка и дизайн С. Васильев. - Псков: ГК ТИПР, 2010. - 67с.

5. В гости к природе. Маркетинг в сельском туризме: методические рекомендации/ вёрстка и дизайн С. Васильев. - Псков: ГК ТИПР, 2010. - 4 с.

6. Агротуризм : проблемы и перспективы развития : монография / В. А. Кундиус [и др.] ; М-во сел. хоз-ва Рос. Федерации, Федер, гос. образоват. учреждение высш. проф. образования "Алт. гос. аграр. ун-т". - Барнаул : Азбука, 2011. - 4 с.

7. Е.В.Голышева. Сельский туризм: от теории к практике : [т]Учебное пособия /. -Ташкент: "Bookmany print", 2022.-17с.

8. O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 30.09.2001 yildagi 269-II-son (https://lex.uz/ru/docs/-25461?otherlang=1)

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.01.2019 yildagi PF-5611-son (https://lex.uz/docs/-4143188)

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.01.2019 yildagi PF-5611-son (https://lex.uz/docs/-4143188#-4152142)

11. Ilova O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 06/19/5781/3567-son

12. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.06.2020 yildagi, 433-son (https://lex.uz/docs/-4930291)

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 26.04.2023 yildagi,PQ- 135-son (https://www.lex.uz/uz/docs/-6456786)

14. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.11.2023 yildagi, 622-son (https://lex.uz/ru/docs/-6676633)

15. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.11.2023 yildagi, 622-son (https://lex.uz/ru/docs/-6676633), 1a-ilova

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.