Научная статья на тему 'O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan yalpizdoshlar (lamiaceae) oilasining solishtirma tahlili'

O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan yalpizdoshlar (lamiaceae) oilasining solishtirma tahlili Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
297
141
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qizil kitob / kamyoblik darajasi / maqomi / hayot shakli / o’sish holati

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Madinaxon Abduxalilova

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi “Qizil Kitobi” 20062019yil nashrining 1-tomiga kiritilgan Yalpizdoshlar oilasi vakillarining solishtirma tahlili amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan yalpizdoshlar (lamiaceae) oilasining solishtirma tahlili»

O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"ga (2006-2019) kiritilgan yalpizdoshlar (lamiaceae) oilasining solishtirma

tahlili

Madinaxon Abduxalilova madinaxon14092004@mail.ru

AndDUPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi" 2006-2019yil nashrining 1-tomiga kiritilgan Yalpizdoshlar oilasi vakillarining solishtirma tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: Qizil kitob, kamyoblik darajasi, maqomi, hayot shakli, o'sish holati

Comparative analysis of the mint family (lamiaceae) included in the "Red Book" of the Republic of Uzbekistan (2006-2019)

Madinakhan Abdukhalilova madinakhon14092004@mail.ru

AndSUPI

Abstract: In this article, a comparative analysis of the representatives of the Yalpizdosh family, included in volume 1 of the "Red Book" of the Republic of Uzbekistan 2006-2019 edition, was carried out.

Keywords: Red book, rarity level, status, life form, growth status

Atrof muhitni va o'simliklar olamini muhofaza qilish insonlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Insonlar tabiatdan foydalanish barobarida uning tabiiy manzarasini o'zgartirmoqda va unga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Sanoat tarmoqlarining rivojlanib borishi shu bilan bir qatorda tabiiy maydonlarning o'zgartirilishi ekologik muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Bu borada turli chora-tadbirlar muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Muhofaza choralarining eng muhim yo'nalishlaridan biri - Qizil kitob hisoblanadi.

1948-yilda tashkil etilgan Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi kamyob va yo'qolib ketish xavfida bo'lgan o'simlik va hayvon turlarining ro'yxatmi tuzish g'oyasini amalga oshirishga kirishdi. Turlarni saqlab qolish bo'yicha maxsus xalqaro komissiya tuzilib, 1966-yildan boshlab boshqa tabiatni muhofaza

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 114

qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda xalqaro Qizil kitobning dunyo va alohida mintaqalar florasiga bag'ishlangan nashrlar chop etila boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi" ilk bor 1979-yilda ta'sis etilgan.1998-yilgi nashrga oid ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitob"iga kiritilgan 301 o'simlik turi ta'riflangan bo'lsa, yangi nashrdan 313 tur 48 oilaga mansub o'simlik o'rin oldi. O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi"ning turli yillardagi nashrlariga o'simliklarning turlicha sondagi vakillari kiritilgan (1984-yil 163 tur, 1998-yil 301 tur,2006-yil 325 tur,2009-yil 326 tur,2016-yil 313 tur va 2019-yil 314 tur) (O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi", 1984, 1998, 2006, 2010, 2016, 2019). Ushbu turlarning taqdiri bilan respublika soxa mutaxassislari va olimlari hamda keng jamoatchilik muttasil shug'ullanib kelmoqda.

"Qizil Kitob"ga kiritilgan o'simlik turlariga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan 4 tasnifga binoan kamyobligiga ko'ra 4ta maqom(status) beriladi.

0. Yo'qolgan yoki yo'qolgan bo'lishi mumkin. Bir necha yillar davomida tabiatda uchratilmagan, lekin yig'ib olish qiyin bo'lgan ayrim joylardagina yoki madaniy sharoitda saqlab qolish ehtimoli mavjud bo'lgan turlar.

1. Yo'qolish arafasida turgan.Yo'qolib ketish xavfi ostida qolgan, saqlab qolinishi uchun maxsus muhofazani talab etadigan turlar.

2. Kamyob. Ma'lum kichik maydonlardagina o'ziga xos sharoitlarda saqlab qolingan, ammo tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar.

3. Son jihatdan kamayib borayotgan. Soni va tarqalgan maydonlari ma'lum vaqt ichida tabiiy sabablarga ko'ra yoki inson omili ta'siri ostida kamayib ketayotgan turlar. Ayni vaqtda bunday o'simliklarni har tomonlama nazoratga olish talab etiladi.

Yalpizdoshlar oilasi "Qizil Kitob"ning 2006-yilgi nashrida o'ziga xos o'ringa ega."Qizil Kitob"ning ushbu nashriga ko'plab o'simlik turlari kiritilgan bo'lib shulardan 23 tasi Yalpizdoshlar oilasiga kiruvchi turlar hisoblanadi. Yalpizdoshlar oilasi vakillarining yo'qolgan yoki yo'qolish arafasidagi turlari (Maqomi - 0) soni 1ta, yo'qolib borayotgan turlari (maqomi - 1) soni 9ta, kamyob turlari (maqomi -2)soni 13ta, kamayib borayotgan turlar (maqomi - 3) mavjud emasligini ko'rishimiz mumkin( 1 -j adval).

Ushbu 23 tur o'simlikni hayotiy shakl jihatdan tahlil etadigan bo'lsak, ularning 16 tasi ko'p yillik, 7 tasi yarim buta hayotiy shakliga mansub ekanligi aniqlandi(1-jadval). Mazkur o'simliklarning 20 tasi tabiiy holda o'sib, ularning madaniylashtirilganligi haqida ma'lumotlar keltirilmagan. Faqatgina 3 ta tur o'simlik (Lagochilus inebrians bunge, salvia submutica, salvia korolkowii)O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika bog'ida o'stirilayotganligi haqida ma'lumotlar mavjud(1-jadval).

www.openscience.uz/issn2181-0842 115

1-jadval:

Jami turlar soni Maqomi Hayot shakli O'sish holati O' sish joyi

23 0 1 2 3 Ko'p yillik o't Yarim buta Tabiiy Madaniy holda Tog' Adir Yaylov Cho'l

1 9 13 0 16 7 20 3 20 1 0 1

Yalpizdoshlar oilasi "Qizil Kitob"ning 2019-yilgi nashri ham o'ziga xos o'ringa ega."Qizil Kitob"ning ushbu nashriga ko'plab o'simlik turlari kiritilgan bo'lib shulardan 30 tasi Yalpizdoshlar oilasiga kiruvchi turlar hisoblanadi. Yalpizdoshlar oilasi vakillarining yo'qolgan yoki yo'qolish arafasidagi turlari (Maqomi - 0) soni 1ta, yo'qolib borayotgan turlari (maqomi - 1) soni 10ta, kamyob turlari (maqomi - 2) soni 11 ta, kamayib borayotgan turlar (maqomi - 3) soni 8 ta ekanligini ko'rishimiz mumkin(2-jadval).

Ushbu 30 tur o'simlikni hayotiy shakl jihatdan tahlil etadigan bo'lsak, ularning 19 tasi ko'p yillik, 11 tasi yarim buta hayotiy shakliga mansub ekanligi aniqlandi(2-jadval). Mazkur o'simliklarning 27 tasi tabiiy holda o'sib, ularning madaniylashtirilganligi haqida ma'lumotlar keltirilmagan. Faqatgina 3 ta tur o'simlik (Lagochilus inebrians bunge, salvia submutica, salvia korolkowii) O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika bog'ida o'stirilayotganligi haqida ma'lumotlar mavjud (2-jadval).

2-jadval:

Jami turlar soni Maqomi Hayot shakli O'sish holati O'sish joyi

30 0 1 2 3 Ko'p yillik o't Yarim buta Tabiiy Madaniy holda Tog' Adir Yaylov Cho'l

1 10 11 8 19 11 27 3 28 1 0 1

"Qizil kitob"ning 2006-2019-yildagi nashrlaridagi yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi vakillarini o'rganishimiz davomida 2006-yildagi nashrga kiritilgan 27 tur o'simlik soni 3taga ortganini guvohi bo'ldik.

Turlarning muhofazaga kiritilishiga sabab tog' etaklarining qishloq xo'jaligi uchun o'zlashtirilishi va chorva mollarining ko'plab boqilishi va bundan tashqari, o'simliklarning kichik maydonlarda o'sish sharoitiga moslashmaganligi sabab bo'lganligini aytishimiz mumkin.

Ushbu izlanishimiz davomida O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi"ning 2006-2019 yil nashrlaridagi yalpizdoshlar oilasi o'simliklarining (jami turlar soni, maqomi, hayotiy shakli, o'sish holati va o'sish joyi jihatidan) qiyosiy tahlili haqida ma'lumotlar aniqladik. Keyingi izlanishlarimiz davomida O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi"ning 2006-2019 yil nashrlaridagi boshqa oila o'simliklarining (jami turlar soni, maqomi, hayotiy shakli, o'sish holati va o'sish joyi jihatidan) qiyosiy tahlilini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu orqali oila vakillarini dinamik jihatdan

www.openscience.uz / issn 2181-0842 116

o'rgangan holda ularni yaqin yillarda sodir bo'luvchi ekologik bashoratini aniqlashimiz mumkin bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi" 1-jild. - Toshkent: Chinor ENK,

2006

2. O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi" 1-jild. - Toshkent: Chinor ENK, 2016.

3. O'zbekistonRespublikasi"QizilKitobi" l-jild. - Toshkent:Chinor ENK, 2019.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

117

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.