Научная статья на тему 'O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan ayiqtovondoshlar oilasining solishtirma tahlili'

O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan ayiqtovondoshlar oilasining solishtirma tahlili Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
174
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qizil kitob / Ayiqtovondoshlar / o’sish holati / maqomi / O’zR FA Botanika bog’i

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Madinaxon Abduxalilova

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ning 2006-2019-yilgi nashrlariga kiritilgan Ayiqtovondoshlar oilasi vakillarining solishtirma tahlili amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga (2006-2019) kiritilgan ayiqtovondoshlar oilasining solishtirma tahlili»

O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi"ga (2006-2019) kiritilgan ayiqtovondoshlar oilasining solishtirma tahlili

Madinaxon Abduxalilova madinaxon14092004@mail.ru Andijon davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ning 2006-2019-yilgi nashrlariga kiritilgan Ayiqtovondoshlar oilasi vakillarining solishtirma tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: Qizil kitob, Ayiqtovondoshlar, o'sish holati, maqomi, O'zR FA Botanika bog'i.

Comparative analysis of the ayiktovanodash family included in the "Red book" of the Republic of Uzbekistan

(2006-2019)

Madinakhon Abdukhalilova madinaxon14092004@mail.ru Andijan State University

Abstract: In this article, a comparative analysis of the representatives of the Ayiqtovandosh family, included in the 2006-2019 editions of the "Red Book" of the Republic of Uzbekistan, is carried out.

Keywords: Red book, Ayiktovanodash, state of growth, status, botanic garden of the UzR SA.

Insonning faoliyat ko'lami shu darajada shiddat bilan kengayib bormoqdaki, uning ongi-tafakkuri va qo'li yetmagan tabiatni biror sohasi qolmadi. Ayni paytda insonni tabiatga faol ta'siri uzini aks tasirini ham namoyon etmoqdaki bu ta'sirlar natijasida tabiiy ofatlar va inson sog'ligi turmush tarziga boshqa salbiy ta'sirlar ko'lami ham kengayib bormoqda. Ana shu haqiqat mantig'idan kelib chiqadigan bo'lsak ba'zi olimlar yoki mutaxassislarning tabiat predmetlarini ijtimoiy yoki noijtimoiy turkumlarga ajratishi asossiz ekanligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Zero, tabiatning aynan bir obyekti odamlar faoliyatida, ijtimoiy taraqqiyotida qo'llanish darajasi yoki qo'llanmasligiga qarab ijtimoiy yoki noijtimoiy bo'lishi mumkin. Har qanday tabiat predmeti odamlar maqsadi uchun ular faoliyatining vositasi sifatida xizmat qilsa, u albatta jamiyat faoliyatining shart-sharoiti bo'lib hisoblanadi. Masalan

www.openscience.uz / issn 2181-0842 153

yer bag'rida mavjud bo'lgan qazilma boylilari o'z-o'zidan odamlar hayoti uchun tabiat sharoiti bp'la olmaydi. Inson uning o'z faoliyatida tadbiq etib qo'llasa, u ijtimoiy sifatlarga ega bo'ladi, ya'ni inson faoliyatining mahsuliga aylanadi[4].

Insoniyat tabiatdan foydalanar ekan, uning asrlar davomida shakllangan tabiiy manzarasini o'zgartirmoqda, unga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Sanoat tarmoqlari va qishloq xo 'jaligining rivojlanib borishi, tabiiy maydonlarni keng miqyosda o'zlashtirilishi ekologik muvozanat buzilishiga sabab bo'lmoqda. Natijada o'simliklarning kamayib ketish xavfi tug'ilmoqda[5]

Atrof-muhitni ekologik jihatdan sog'lomlashtirish jarayonlarini uyg'unlashtirish va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi biologik xilma-xilligini saqlash strategiyasi qabul qilingan. Qizil kitobni yuritish mazkur strategiyaning tarkibiy qismi bo'lib, biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi harakatning navbatdagi bosqichidir[3].

O'zbekiston Qizil kitobi ilk bor 1979 yilda ta'sis etilgan, mazkur Qizil kitobga kamyob, yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlar haqida ma'lumotlar kiritilgan. Bundan ko'zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari e'tiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko'maklashishdan iborat[3].

"Qizil Kitob"ning 2006-yilgi nashriga 325 ta o'simlik turlari kiritilgan bo'lib, 9 ta tur (Knorring isfaragi, zarafshon parpisi, oq parpi, boysun po'fanagi, Buxoro po'fanagi, cho'ziq, tillarang sug'uro't, tuksiz sug'uro't, oltoy trolliusi) Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub turlar hisoblanadi. Ushbu turlardan Yo'qolgan yoki yo'qolgan bo'lishi mumkin mumkin bo'lgan turlar (Maqomi - 0) mavjud emas, Yo'qolish arafasida turgan turlar (Maqomi - 1) ham mavjud emas, kamyob turlar (Maqomi - 2) soni 5ta, son jihatdan kamayib borayotgan turlar (Maqomi - 3) soni esa 4ta.(1-jadval)[1].

Ushbu 9 ta tur o'simlikni hayotiy shakl jihatdan tahlil etganimizda, ushbu o'simliklar ko'p yillik o't o'simlik hayot shakliga mansub bo'lib, 2ta tur (Knorring isfaragi, tuksiz sug'uro't)ning madaniylashtirilganligi haqida ma'lumotlar yo'q. (1-jadval). Qolgan turlar O'zR FA Botanika bog'ida madaniylashtirilgan, 1ta tur (cho'ziq po'fanak)ni 1961-1963 yillarada O'zR FA Botanika bog'ida o'stirish uchun harakat qilib ko'rilgan, ammo kutilgan natijani bermagan. Yana bir tur(tillarang sug'uro't) labaratoriya sharoitida urug'idan o'smagan.(1-jadval)[1].

"Qizil Kitob"ning 2019-yilgi nashriga 314 ta o'simlik turlari kiritilgan bo'lib bulardan 5 ta tur (Knorring isfaragi, oq parpi, boysun po'fanagi, Buxoro po'fanagi, to'qsiz sug'uro't) Ayiqtovondoshlar oilsi hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu turlardan Yo'qolgan yoki yo'qolgan bo'lishi mumkin mumkin bo'lgan turlar (Maqomi- 0) mavjud emas, Yo'qolish arafasida turgan turlar (Maqomi - 1) ham mavjud emas,

www.openscience.uz / issn 2181-0842

154

kamyob turlar (Maqomi - 2)soni 1ta, son jihatdan kamayib borayotgan turlar (Maqomi - 3) soni esa 4ta.(2-jadval)[2].

1-jadval

Maqomi Hayot shakli O'sish holati O'sish joyi

0 1 2 3 Bir yillik o' t Ikkiyillik o' t Ko' p lyiliko' t Tabiiy Mada-Niylashti-rilgan "sg o T Adir Yaylov Cho' l

+ + + +

+ + + +

•a + + + +

00 5-H cd TH =3 + + + +

+ + + +

+ + + +

+ + + +

+ + + +

+ + + +

9 0 0 5 4 0 0 9 2 7 5 0 0 0

Ushbu 5 ta tur o'simlikni hayotiy shakl jihatdan tahlil etganimizda, ushbu o'simliklar ko'p yillik o't o'simlik hayot shakliga mansub bo'lib, 2ta tur (Knorring isfaragi, tuksizsiz sug'uro't)ning madaniylashtirilganligi haqida ma'lumotlar yo'q. (1-jadval). Qolgan turlar O'zR FA Botanika bog'ida madaniylashtirilgan(2-jadval)[2].

2-jadval

Jami turlar soni Maqomi Hayot shakli O'sish holati O'sish joyi

0 1 2 3 Bir yillik o' t Ikki yillik o' t Ko' p lyiliko' t Tabiiy Mada-Niylashti-rilgan "sg o T Adir Yaylov Cho' l

+ + + +

+ + + +

+ + + +

+ + + +

+ + + +

5 0 0 1 4 0 0 5 2 3 5 0 0 0

Mazkur maqolada Ayiqtovondoshlar oilasi vakillarining Qizil kitobga kiritilgan 2006-2019-yillardagi nashrlari tahlil qilindi. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobining 2006-yildagi nashriga kiritilgan o'simliklarga, muhofaza choralari ko'rilganligi va bu choralar natijasini berganligi bois 2019 yilga kelib ushbu turlar soni kamaygan va va ushbu turlardan 4tasi (Zarafshon parpisi, cho'ziq, tillarang sug'uro't, oltoy trolliusi) 2019-yilgi nashrga kiritilmagan. Ushbu ma'lumotlar asosida keyingi izlanishlamiz davomida, yuqoridagi barcha turlaring tabiatdagi va insonlar hayotidagi o'rni, muhofaza choralari xususida ma'lumotlarni aniqlash rejalashtirilgan. Chunki tabiatni asrab avaylash bugungi kunda biz insonlarni

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 155

oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir. Zero, tabiat faqat biz uchun emas, balki kelajak avlodimiz uchun ham kerak!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi" 1-jild. - Toshkent: Chinor ENK,

2006

2. O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi" 1-jild. - Toshkent: Chinor ENK, 2019.

3. O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitobi" 2-jild. - Toshkent: Chinor ENK, 2019.

4. Ochilova B.Onn^oBa E. Tabiatdan foydalanish bu insonning maqsadga muvofiq yo'naltirilgan faoliyati sifatida // falsafa va huquq №4, 2007.

5. Avalboyev Olimjon Narkuziyevich, Anvarova Orzigul Anvar qizi.Nurota davlat qo'riqxonasida tarqalgan "Qizil kitobi" ga kiritilgan o'simlik turlari// "Journal of Natural Science" 2022. №1(6).

www.openscience.uz / issn 2181-0842

156

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.