Научная статья на тему 'O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AFG`ONISTON MASALASIDAGI PRAGMATIC SIYOSATI'

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AFG`ONISTON MASALASIDAGI PRAGMATIC SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
26
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arosat maydoni / do’stona potensial / xalqaro siyosat / shartsiz muloqot / geosiyosiy kurash / xalqaro hamjamiyat.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abduraxmonov G. Z.

Ushbu maqolada mamlakatimizni Avg’oniston Respublikasi uchun bajarayotgan ishlari va ularga to’sqinlik qilayotgan xatarlar haqida so’z boradi. Avg’on xalqi muammosi mamlakatning ichki kuchlari yordamida amalga oshirilishi aytib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AFG`ONISTON MASALASIDAGI PRAGMATIC SIYOSATI»

Abduraxmonov G. Z. Farg'ona politexnika instituti O^zbekiston tarixi va Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o^qituvchisi

OZBEKISTON RESPUBLIKASINING AFGONISTON MASALASIDAGI PRAGMATIC SIYOSATI

Annotasiya. Ushbu maqolada mamlakatimizni Avg'oniston Respublikasi uchun bajarayotgan ishlari va ularga to 'sqinlik qilayotgan xatarlar haqida so 'z boradi. Avg'on xalqi muammosi mamlakatning ichki kuchlari yordamida amalga oshirilishi aytib o 'tiladi.

Kalit so"zlar: Arosat maydoni, do 'stonapotensial, xalqaro siyosat, shartsiz muloqot, geosiyosiy kurash, xalqaro hamjamiyat.

Abdurakhmanov G.Z. senior teacher

Department of History and Social Sciences of Uzbekistan

Fergana Polytechnic Institute

PRAGMATIC POLICY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON

AFGHANISTAN

Abstract. This article talks about the work our country is doing for the Republic of Afghanistan and the dangers that hinder them. It is said that the problem of the Afghan people will be solved with the help of the internal forces of the country.

Key words: Arosat field, friendly potential, international politics, unconditional dialogue, geopolitical struggle, international community.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 1993-yil 26-28 sentabr kunlari bo'lib o'tgan, BMT ning 48- sessiyasidagi nutqlarida ham Afg'onistondagi muammo bu mintaqaviy muammo emasligini, balki bu global muammo ekanligi bot - bot ta'kidladilar. O'zbekiston nafaqat mintaqada,balki dunyoda tinchlik o'rnatilishini davlatlar o'rtasidagi integratsion jarayonlarni rivojlantirish tarafdoridir. Shuningdek, O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplaridan biri har qanday masalalarni tinch yo'l bilan hal qilish, bu borada mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda yetakchi davlat ekanligi alohida ta'kidlaymiz.[1.29]

Afg'onistondagi urush mamlakatnng shundoq ham yaxshi rivojlanmagan iqtisodiyotini boshdan-oyoq vayron qildi. Bu urush hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo davlatlarida "Iliq dengizlar"dagi portlarga chiqish va shu yo'l bilan jahon xo'jalik aloqalari tizimiga qo'shilish imkonini beradigan yangi transport

kommunikatsiyalarini ochish yo'lida asosiy g'ov bo'lmoqda. Bu esa, o'z navbatida, milliy iqtisodiyotning rivojlanishini sekinlashtirmoqda.[2.129]

Yaratganga beadad shukurki, O'zbekistonda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda. Ko'p millatli bag'rikeng xalqimiz xotirjam turmush kechirmoqda. Biz uchun tinchlik-osoyishtalikning qadri o'zgacha.Donishmandlarimiz yurti tinchning o'zi tinch, deb bejiz aytmagan. Tinchlik-osoyishtalik hukm surgan joyda, yuksalish, taraqqiyot bo'ladi. Mamlakat gullab-yashnaydi.Fuqarolarning turmushi farovonlashadi.Lekin shunday mamlakatlar borki, tinchlik so'zini ishlatishga zor, ular bu ne'matga erishish yo'lida qanchadan qancha qurbonlar berishgan, kelajak avlodi uchun ham ular bu ne'matni qoldirib ketishni orzu qilishadi.Shunday mamlakatlardan biri bu Avg'oniston Respublikasidir.Aytish mumkinki, So'nggi asrlarda o'z davrining global va mintaqaviy kuchlari Afg'onistonni qo'lga kiritish uchun tinimsiz geosiyosiy kurash olib bordi. Faqat bugungacha hech bir kuchli davlat bu mintaqada mutloq ustunlikka ega bo'lgan emas. 18 yildir Afg'onistonda harbiy amaliyotlar olib borayotgan AQSh ham buning uddasidan chiqolmayotir. Shunday ekan, Afg'onistonni ichki va tashqi siyosiy kuchlar manfaatlari to'qnashadigan va hech biri mutloq ustunlikka erisholmaydigan geosiyosiy "arosat maydoni" deb atash mumkin. [3.315-317]

Ana shunday ziddiyatli bir muhitda va xavfli geografiyada joylashgan Afg'oniston bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish hech bir uzoq va yaqin qo'shni davlat uchun oson kechmagan. Mustaqilligining dastlabki yillaridayoq qo'shni mamlakatdagi ichki siyosiy kurashlarga guvoh bo'lgan O'zbekiston uchun bu yo'l yanada og'ir kechdi.

Asosiy qism

Muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning say-harakatlari bilan ikki davlat o'rtasidagi aloqalar yanada jipslashdi.Mamlakatlar o'rtasida bir qancha iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy bitimlar imzolandi.Lekin bular Avg'onistonning to'liq do'stona potensiali emas.Mamlakatning qariyb 70 % hududini Tolibon harakati nazorati ostidagiligi bunga to'sqinlik qilmoqda.

Yana aytish mumkinki, Afg'onistonda tinchlik o'rnatilsa, O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoevning aytishicha, Markaziy Osiyodagi geosiyosiy va geoiqtisodiy sharoit batamom o'zgaradi. Uning fikricha, bu holatda transafg'on yo'lagi ochiladi va O'zbekiston uchun eng yaqin dengiz portiga hozirgiday 22 kunda emas, 2-3 kunda ulashish imkoni paydo bo'ladi. Safoevning BMT tadqiqotlariga tayanib aytishicha, quruqlik va havo orqali yuk tashish xarajatlari baland bo'lgani uchun O'zbekistonning import -eksport amaliyotlarininng o'rtacha narxi 15-20, bazi hollarda esa 70 foizgacha oshadi. Ma'lumki, O'zbekiston dengizga chiqishi uchun kamida ikkita davlat hududidan o'tishi kerak bo'lgan dunyodagi ikki davlatdan bittasidir. Afg'onistonda barqarorlikning ta'minlanishi arzon dengiz yo'llaridan kamida 3 ming km. uzoqlikda joylashgan O'zbekistonga katta miqdordagi mablag'ni tejash va tashqi savdoni rivojlantirish imkonini beradi. [7.50]

Demak, bizga katta nafi tegadigan hududda tinchlikni o'rnatish biz qo'shnilarning ham asosiy qo'shnilik burchimizdir. Prezident Mirziyoyev aytganidek: "Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar (2010 yilda boshlangan "Arab Bahori", 2011 yildan uchqunlagan Suriya urushi, 2013 yilda Iroq va Suriyada IShIDning o'rtaga chiqishi) oqibatida Afg'onistondagi vaziyat ma'lum bir vaqt davomida xalqaro siyosat e'tiboridan chetda qoldi. Ammo bunining natijasida mazkur mojaro o'z keskinligi va jiddiyligini yo'qotgani yo'q." Aksincha so'nggi yillarda Yaqin Sharqdagi IShID va boshqa terrorchi guruhlarning Afg'onistonga ko'chib o'tishi yoki qaytishi natijasida Afg'on mojarosi yanada chigallashib borayotmoqda. Shu bois ham xalqaro hamjamiyat mamlakatdagi muammolarga ko'proq e'tibor berishi kerak bo'ladi.

Afg'oniston 2010 yildan beri xalqaro siyosat diqqat markazidan biroz chetda qolgan bo'lsa-da, o'tgan davr mobaynidaAfg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan bir qator xalqaro miqyosdagi muzokara jarayonlari yuritildi. "ShHT-Afg'oniston" muloqot guruhi (2005 yildan beri har yili bir marta to'planadi), Xalqaro muloqot guruhu (2009 yildan beri har yili 3-4 marta yig'ilish o'tkazadi), "Osiyo yuragi" nomli Istanbul jarayoni (2011), Moskva tinchlik tashabbusi (2016-17) va Qobul jarayoni (2017-18) shular jumlasidandir. Hozircha hech bir jarayondan ko'zlangan maqsadga erishilgan emas. Har bir jarayon avvalgi muzokaralarda ko'tarilgan masalalar va berilgan va'dalarni takrorlab keldi. Amalda esa deyarli ko'p narsa o'zgarishsiz qolmoqda. Mustaqilligimizning ilk yillaridan beri O'zbekiston har doim Afg'on mojarosini tinch yo'l bilan hal qilish tarafdori bo'ldi.

Bunga qo'shimcha tarzda, Prezident Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekistonning Afg'onistondagi tinchlik masalasi haqidagi yangilangan mavqeyini e'lon qildi. Unga ko'ra: "Afg'onistonda tinchlikka erishishning yagona yo'li - markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o'rtasida oldindan hech qanday shart qo'ymasdan, to'g'ridan-to'g'ri muloqot olib borish," deb belgilandi. Joriy yilning fevral oyida Afg'onistonda tashkillashtirilgan 2-Qobul jarayonida prezidentimiz ilgari surgan "shartsiz muloqot" fikriga o'xshash taklif o'rtaga qo'yildi. Lekin bundan ham bir natija chiqmadi.

Bugungi kunda O'zbekiston Afg'onistonning iqtisodiy tiklanishi, uning mintaqaviy aloqalarga qo'shilishiga har tomonlama ko'mak bermoqda hamda TAPI, CASA-1000 kabi loyihalarni qo'llab-quvvatlamoqda. Mamlakatimiz Afg'oniston uchun o'ta muhim bo'lgan transport, energetika, savdo va ta'lim sohalaridagi tashabbuslarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Birinchidan, Mozori-Sharif-Hirot temir yo'lini qurish. Ushbu loyihaning amalga oshirilishi 30 ming afg'onistonlikni ish bilan ta'minlaydi va Kobulga yiliga 400-500 mln. AQSh dollari miqdorida foyda ko'rish imkonini beradi.

Mozori-Sharifdan Kobul orqali Peshovargacha bo'lgan yo'l qurish rejasi ham mavjud. Ushbu loyihani muhokama qilish maqsadida joriy yilning 3-4 dekabr kunlari Toshkent shahrida Rossiya, Qozog'iston, Pokiston, Afg'oniston va

O'zbekiston temir yo'llari vakillari ishtirokida maxsus ishchi uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu yo'l Yevropa Ittifoqi tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan Yevrosiyo o'zaro bog'langanlik konsepsiyasining bir qismiga aylanishi mumkin.

Ikkinchidan, Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish tarmog'ini qurish.Ushbu loyiha O'zbekistondan Afg'onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 70%ga oshirib yiliga 6 milliard kVtG's gacha yetkazadi.

Mazkur tarmoq Kobulni Markaziy Osiyo yagona energiya tizimiga ulaydi. Bundan tashqari Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish tarmog'i CASA-1000 loyihasining ajralmas qismi bo'lishi mumkin.

Uchinchidan, afg'on mutaxassislarini tayyorlash.

Bugungi kunda O'zbekistonning Termiz shahrida Afg'oniston fuqarolarini o'qitish bo'yicha Ta'lim markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda, unda 130 nafar afg'onistonlik talaba yoshlar ta'lim olmoqda. Kelgusida o'quvchilar sonini 250 nafargacha oshirish rejalashtirilmoqda.

Abdulaziz Kamilov barchani Afg'onistonda ta'limni qo'llab-quvvatlash xalqaro yordam jamg'armasini yaratish bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

To'rtinchidan, Afg'oniston bilan savdo-sotiqni rag'batlantirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Termizda bojxona terminaliga ega "Termiz Cargo Centre" xalqaro logistika markazi yaratildi. Ushbu markaz eksport-import va tranzit yuk tashish hajmini oshirishga ko'maklashishi kutilmoqda.

Maxsus tashkil etilgan "Termiz" erkin iqtisodiy zonasi asosida Afg'onistonda amalga oshiriladigan loyihalar va dasturlar uchun zarur bo'lgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sanoat obyektlarini ochish rejalashtirilgan.

O'zbekiston Afg'onistonga muntazam ravishda gumanitar yordam yetkazib bermoqda. Xususan, joriy yilning yozida kuzatilgan keskin qurg'oqchilik munosabati bilan Afg'onistonga 3 ming tonnadan ziyod don, oziq-ovqat va kiyim-kechak beg'araz topshirildi. Bundan tashqari, O'zbekiston Prezidentining topshirig'iga ko'ra, Afg'oniston xalqiga 25 ta avtobus va qishloq xo'jaligi texnikasi sovg'a qilindi.

2017 yil oxirida O'zbekiston va Afg'oniston Sog'liqni saqlash vazirliklari o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi, mamlakatlarimiz Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik o'rnatildi. Bu kelishuvlar sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning huquqiy asosi bo'lib xizmat qilmoqda. Shu ma'noda 2018 yilning yanvar oyida Termiz tumanida Afg'oniston yoshlarini o'qitish ta'lim markazi tashkil etildi. Hozirgi kunda yuzga yaqin afg'onistonlik yoshlar mazkur dargohda tahsil olmoqda. Rasmiy Toshkent afg'on yoshlarini O'zbekiston Oliy o'quv yurtlarida o'qitib berishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, Termiz shahridagi ixtisoslashgan shifoxonada Afg'oniston fuqarolariga tibbiy yordam ko'rsatish xizmati yo'lga qo'yildi.Tomonlar Termiz shahrida Afg'oniston konsulxonasini ochishga ham

kelishib oldi. Shuningdek, prezident Mirziyoev Afg'onistonga 25 dona "Isuzu" rusumli avtobus va 3 ta "Nyu Holland" markali traktor sovg'a qildi.

Iqtisodiysohada aloqalarimiz ko'lami kengayib bormoqda. 2017 yil "O'zsanoateksport" AJ va "Uztreyd" kompaniyasi Qobul va Mozori Sharif shaharlarida savdo uyilarini ochdi. Aloqalarning yangi bosqichida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va ishlab chiqaruvchilari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri hamkorlikni rivojlantirish targ'ib qilinmoqda. Shu maqsadda, 2018 yilning mart oyida "Termiz kargo" eksport markazida surxondaryolik va balhlik (Afg'oniston) ishlab chiqaruvchilarning ko'rgazma-yarmarkasi tashkil etildi. Tomonlar o'rtasida 5,5 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi tovar ayriboshlash miqdori 2017 -yilda 617 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2018-yilning 4 oyida esa 230 million (AQSh dollarini) tashkil etmoqda. Bu 2017- yilning to'rt oyiga nisbatan o'sish 10 baravar ko'p deganidir. Raqamlar ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning sifat nuqtai nazardan o'sganligini ko'rsatmoqda. Demak, Afg'oniston va O'zbekiston o'rtasida imzolangan bojxona kelishuvlari va savdo-sotiq yuzasidagi shartnomalar amalga oshmoqda va chegara tartiblari yengillashtirilib, imtiyozlar yo'lga qo'yilgani iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Afg'onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo'ravonlik va qon to'kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani - bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo'l qo'yib bo'lmasligini ko'rsatmoqda. Shu o'rinda bir narsan alohida takidlaymizki, Janob Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning jonbozliklari tufayli, Afg'onistondagi vaziyat halqaro tashkilotlarning e'tiborini yanada tortib, bu mintaqaviy muammo emas, balki global muammo ekanligini yana bir bora takidlab tinch yo'l bilan ushbu masalani hal etishga chaqirdilar. Jumlaan; O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg'oniston bo'yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida o'tkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqidagi ushbu so'zlar alohida ahamiyatga ega "Eng yomoni, Afg'onistondagi qurolli qarama-qarshilik va zo'ravonlik sharoitida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu, ayrim ekspertlar andishasizlarcha ta'kidlayotganidek, "boy berilgan avlod" emas. Ular urush, muhtojlik va qiyinchiliklardan charchagan odamlar, xolos. Ular o'zaro nizolarga chek qo'yib, tinch hayotga, o'z mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan bunyodkor mehnatga qaytishni xohlaydi va shunga intiladi.

Men qat'iy aminman: afg'on xalqida o'z farzandlari va kelajak avlodlarning baxt-saodati yo'lida yangi, tinch hayotni boshlash va barpo etish uchun kuch-g'ayrat, donishmandlik, mardlik va matonat yetarli."

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Islom Karimov, O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari vataraqqiyot kafolatlari,

O'zbekiston nashriyoti, Toshkent, 1997, s.29.

2. Islom Karimov, Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak, O'zbekiston nashriyoti, Toshkent, 2002, s.129.

3. Islom Karimov, Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak, O'zbekiston nashriyoti, Toshkent, 2002, ss.315-17.

4. Rustam Rashidov, "Afg'oniston Markaziy Osiyo mintaqasi doirasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik va sherikchilik markazida", O 'zA, 24 Mart 2018.

5. Ulug'bek Asrorov, "Toshkent xalqaro konferentsiyasi boshlandi", O 'zA, 27 mart 2018.

6. O'zA, "Afg'oniston uchun hech qanday harbiy harakatlarning keragi yo'q", 27 mart 2018.

7. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq. T.: "O'zbekiston", 2016, 50 b,

8. Mirziyoev Sh.M. Tan;idiy taxlil, qafiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Mamlakatimizda 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantrishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Max,kamasining kengaytirilgan majlisidagi maruza. T.: "O'zbekiston", 2017

9. Mirziyoev Sh.M. Konun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: "O'zbekiston", 2017

10. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: "O'zbekiston", 2017

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni "Xalq so'zi" 2017.8 fevral

12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida mamuriy isloxatlar kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5185-sonli Farmoni.

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi.T., 22 dekabr 2017 yil. Halq so'z gazetasining 2017 yil 23 dekabr № 258 (6952)-soni.

14. "Mamlakatni demakratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari tyg'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5430-son Farmoni. T.: 2018 yil 4 may

15. https://president.uz/oz/1601.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.