Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER UMUMMILLIY BOYLIK SIFATIDA QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR VA EKIN MAYDONLARIDA MONITORING ISHLARINI AMALGA OSHIRISH'

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER UMUMMILLIY BOYLIK SIFATIDA QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR VA EKIN MAYDONLARIDA MONITORING ISHLARINI AMALGA OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
24
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yer monitoringi / nazorat tizimi / kuzatuv / respublika monitoringi / mintaqaviy monitoring / mahalliy monitoring / yer monitoringining kichik tizimlari.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Meyliyeva X.B.

Oʻzbekiston respublikasida yer umummilliy boylik sifatida alohida e’tirof etiladi. Shunday ekan uning nazorati va boshqaruv tizimlari davlat tomonidan turli huquqiy, normativ me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Respublikadagi yer borasidagi boshqaruv va nazorat tizimi esa yer monitoringini yuritish asosida quriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER UMUMMILLIY BOYLIK SIFATIDA QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLAR VA EKIN MAYDONLARIDA MONITORING ISHLARINI AMALGA OSHIRISH»

Meyliyeva X.B. asistenti

"TIQXMMI" MTU Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER UMUMMILLIY BOYLIK SIFATIDA QISHLOQ XOJALIGIGA MO'LJALLANGAN YERLAR VA EKIN MAYDONLARIDA MONITORING ISHLARINI AMALGA

OSHIRISH

Annotatsiya. O'zbekiston respublikasida yer umummilliy boylik sifatida alohida e 'tirof etiladi. Shunday ekan uning nazorati va boshqaruv tizimlari davlat tomonidan turli huquqiy, normativ me 'yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Respublikadagi yer borasidagi boshqaruv va nazorat tizimi esayer monitoringini yuritish asosida quriladi.

Kalit so'zlar: Yer monitoringi, nazorat tizimi, kuzatuv, respublika monitoringi, mintaqaviy monitoring, mahalliy monitoring, yer monitoringining kichik tizimlari.

Meyliyeva X.B. assistant

Department of Land Resources, Cadastre and Geoinformatics "TIQXMMI MTU Institute of Counter-Raciation and Agrotechnology

Uzbekistan

IMIMPLEMENTATION OF MONITORING WORKS ON AGRICULTURAL LANDS AND CROP AREAS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AS A NATIONAL WEALTH

Abstract. In the Republic of Uzbekistan, land is recognized as a national wealth. Therefore, its control and management systems are implemented by the state on the basis of various legal and regulatory documents. The land management and control system in the republic is built on the basis of land monitoring.

Key words: Land monitoring, control system, surveillance, republic monitoring, regional monitoring, local monitoring, small systems of land monitoring.

Monitoring yerlardan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda olib boriladi va yer fondi toifalariga muvofiq bo'lgan quyidagi kichik tizimlarga bo'linadi:

qishloq xo'jaligi maqsadidagi yerlar monitoringi;

aholi punktlari yerlari monitoringi;

sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar monitoringi;

tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish, rekreatsion maqsadlardagi yerlar monitoringi;

tarixiy-madaniy maqsadlardagi yerlar monitoringi; o'rmon fondi yerlari monitoringi; suv fondi yerlari monitoringi; zaxira yerlar monitoringi.

Respublikada yer monitoringining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

yer fondi holati o'zgarishlarini o'z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etish va amalga oshirish, ularni baholash, salbiy jarayonlarni prognozlash hamda ularning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

davlat yer kadastri yuritilishini, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan maqsadli va oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilish va yer resurslarini davlat tomonidan boshqarishga doir boshqa funksiyalar ustidan davlat nazoratini axborot bilan ta'minlash.

Hududiy qamrab olinishiga ko'ra yerlarning respublika, mintaqaviy va mahalliy monitoringi amalga oshiriladi.

Respublika monitoringi O'zbekiston Respublikasining butun hududini qamrab oladi.

Mintaqaviy monitoring fizik-geografik, ma'muriy va boshqa chegaralar bilan chegaralangan hududlarni qamrab oladi.

Mahalliy monitoring alohida yer uchastkalari va manzara-ekologiya komplekslarini qamrab oladi.

Yer monitoringi mazmuni yer fondi holatini maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatishlar (suratga olish, tekshirish va qidiruv) dan, quyidagilar o'zgarishlarini aniqlash, baholash va prognozlashdan iborat bo'ladi:

yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, ekinzorlar, dalalar, uchastkalar, manzara-ekologiya komplekslarining holati;

erlar unumdorligining o'zgarishiga, ularning tanazzuli va destruksiyasi (aridizatsiya va cho'llanishi, suv, irrigatsiya va shamol eroziyasi, chirindi miqdori o'zgarishi, tuproq tarkibining o'zgarishi, ohakliligi, begona o't bosganligi, sho'rlanganligi, qishloq xo'jaligi yerlarining o't bosganligi, yerlarning pestitsidlar, og'ir metallar, radionuklidlar va boshqa toksik moddalar, sanoat, maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi) ga ta'sir qiluvchi jarayonlar (omillar);

tabiiy ozuqabop o'tlar qoplami holatining o'zgarishi (o'simliklar tarkibi, tuzilishi, hosildorligi, sifati va to'yimliligining o'zgarishi) bilan bog'liq jarayonlar;

daryolar qirg'oqlarining, Orol dengizi, ko'llar, suv omborlari, irrigatsiya va gidrotexnika inshootlarining holati;

aholi yashash joylari, neft va gaz qazib olish, tozalash inshootlari, go'ngxonalar, axlatxonalar, yonilg'i-moylash materiallari, o'g'itlar, zaharli ximikatlar omborlari, toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv materiallar ko'milgan joylar, shuningdek boshqa sanoat obyektlari yerlarining holati.

Qishloq xo'jaligi ekinlari — texnik ekinlar (g'o'za, kanob, kannabis, tamaki, supurgi), boshoqli don ekinlari (bug'doy, arpa, makkajo'xori don uchun, oq jo'xori, sholi, tariq, suli, javdar), sabzavot (pomidor, bodring, piyoz, sabzi, karam, baqlajon, qalampir, sarimsoqpiyoz, osh lavlagi, turp, sholg'om, ko'katlar), poliz (qovun, tarvuz, oshqovoq), kartoshka, moyli ekinlar (kungaboqar, soya, yer yong'oq, kunjut, zig'ir, masxar), dukkakli ekinlar (no'xat, loviya, mosh), ozuqa ekinlari (beda, makkajo'xori silos uchun, xashaki lavlagi, bir yillik o'tlar (raps, perko, tritikali, sudanka), rezavor ekinlar (qulupnay, malina) va boshqalar;

qishloq xo'jaligi ekinlari monitoringi — ekinlarni joylashtirish ko'rsatkichlari asosida qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgan maydonlarni o'lchash, shuningdek, ekin maydonlarida o'tkaziladigan erga ishlov berish bilan bog'liq agrotexnik tadbirlarning o'z muddatlarida bajarilishi yuzasidan kuzatuv olib borish;

qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar monitoringi — mulkchilik shaklidan qat'i nazar, yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda, jumladan, haydaladigan ekin yerlari, ko'p yillik daraxtzorlar, bo'z yerlar, pichanzor va yaylovlar, shuningdek, ularga xizmat qiluvchi boshqa yer turlarining (ariq, zovur, yo'l va boshqalar) holati bo'yicha kuzatuv tizimi (fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari bundan mustasno);

1-rasm Ekin yerlarning monitoring qilishda uchuvchisiz uchish qurilmasi yordamida olingan surat.

qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar — yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ushbu maqsadlarga mo'ljallangan yerlar (sug'oriladigan va sug'orilmaydigan yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko'p yillik mevali dov-daraxtlar egallagan yerlar).

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi mulkchilik shakli, huquqiy rejimi, xususiyati va foydalanish muddatlaridan qatiy nazar, yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda amalga oshiriladi va ular monitoring obyekti hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi O'zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimidagi davlat yer kadastrining qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'yicha yer turlari, maydoni, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar to'g'risidagi ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi ushbu yerlarning tuproq, geobotanika va boshqa tadqiqotlar materiallaridan foydalangan holda, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va ekinlarni monitoring qilish orqali amalga oshiriladi.

2-rasm Ekin yerlarning monitoring qilishda uchuvchisiz uchish qurilmasi yordamida olingan surat.

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringi Qishloq xo'jaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xo'jaligi boshqarmalari va tuman qishloq xo'jaligi bo'limlari, shuningdek, "O'zdaverloyiha" instituti va uning hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagilar qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:

qishloq ho'jaligiga mo'ljallangan yerlarning turlari bo'yicha ularning maydoni va ushbu yerlardan foydalanish holati yuzasidan monitoring tizimini tashkil etish va amalga oshirish;

qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishini ta'minlash;

yer to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish holatlarining oldini olish va aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar ko'rish maqsadida qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni muhofaza qilish bo'yicha vakolatli idoralarni axborot bilan ta'minlash.

Xulosa: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va ekin maydonlari monitoringini O'zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimidagi davlat yer kadastrining qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'yicha yer turlari, maydoni, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar to'g'risidagi ma'lumotlari asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi;

Adabiyotlar ro'yhati:

1. Yer manitoringi o'quv qo'llanma R.A.Turayev 2022 yil

2. Xudoyberdiyev, F. Sh., Bobojonov, S. O', & Muxamadov, Q. M. O'. (2022). Markaziy osiyo mamlakatlarida chiqindi obyektlarini boshqarishning bugungi holati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 967-976.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida

4. Mirziyoyev SH.M. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida.

5. O'zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. 1998.(2011-yil1-martgacha bo'lgan o'zgartirish va qoshimcha bilan) - T.: "Adolat", 2011.- 152 bet.

6. O'zbekiston Respublikasining "Fermer xojaligi tog'risida"gi qonuni 1998. (2011-yil 1-martgacha bo'lgan o'zgartirish va qoshimcha bilan) - T.: "Adolat", 2011.

7. Avezbayev S.A., Volkov S.N. YER tuzishni loyihalash / Darslik. T.: Yangi asr avlodi, 2006. - 445 bet.

8. Bobojonov A,R., Rahmonov Q.R., Gofirov A.J. Yer kadastri / Darslik. - T.: TIMI. 2008. - 212 bet.

9. I.Ixlosov.D.M.Rizayeva Davlat kadastr asoslari/o'quv qo'llanma-T:Nashir:2019.

10. A.R.Bobojonov. D.M.Kamalova. S.B.Ro'ziboyev. Yer kadastri/darslik-T:2015.

11. A.R.Bobojonov. D.M.Kamalova. S.B.Ro'ziboyev. Yer kadastri/darslik -T:2016.

12. Mirzaabdullayeva M. R. Muqumov A. M. Hamidov F. R.Uzakova G.Sh. Yer huquqi/darslik-T:2020

13. Q. Rahmonov Sh.K. Narbayev Z.M. Muqimov. Yer resurslarini boshqarish/o'quv qo'llanma-T:2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.