Research BIB / Index Copernicus
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHRISH VA INNOVATSION RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
Boboyeva Zulfiya Akbarjonovna
FarDU Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoni, modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, konstitutsiya, yoshlarning ma'naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi bayon etilgan.
Kalit so'zlar: oliy ta'lim, davlat, jamiyat, konstitutsiya, malakali kadrlar.
This article prioritizes systemic reform of higher education, the process of training highly qualified personnel, modernization, development of the social sphere and economic sectors based on advanced educational technologies, constitution, spiritual, intellectual, creative, physical, and describes moral formation.
Key words: higher education, state, society, constitution, qualified personnel.
В данной статье приоритеты системного реформирования высшего образования, процесса подготовки высоко квалифицированных кадров, модернизации, развития социальной сферы и отраслей экономики на основе передовых образовательных технологий, конституции, духовной, интеллектуальной, творческой, физической и описано моральное формирование.
Ключевые слова: высшее образование, государство, общество, конституция, квалифицированные кадры.
Hozirgi vaqtda oliy ta'lim tizimi oldidagi asosiy vazifalardan biri pedagogik ta'limni modеrnizatsiyalash ьо'нь, uning asosiy maqsadi jamiyat еhtiyojlariga muvofiq mintaqaviy mеhnat bozorini malakali реdagogik kadrlar bilan ta'minlash, ta'lim muassasalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, joriy еtiladigan хizmatlar sifatini uzluksiz yaхshilash va рirovard natijada, mamlakat intellektual rеsurslarini takomillashtirishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasida Oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash,
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, Oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida "Oliy ta'limni 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi" farmoni tasdiqlandi.1
O'zbekiston respublikasi o'z istiqloliga erishgach jamiyat siyosiy-ijtimoiy hayotining barcha jabhalarini yangilash va zamonaviylashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo'ldi. Zero, davr talablaridan kelib chiqib yangilanish va modernizatsiya jarayonlarini sobit qadamlik bilan davom ettirgan jamiyatgina barqaror taraqqiyotga erisha oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Dunyoda ro'y berayotgan tendensiyalar shundan dalolat beradiki, aynan o'z jamiyatida yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarini evolyusion tarzda amalga oshira olgan mamlakatlarda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va fan-texnologiya sohalarida intensiv taraqqiyot ro'y bergan. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, modernizatsiya jarayonlarining nazariy asoslarining paydo bo'lishi va rivojlanishi ham aynan dunyo mamlakatlari oldida turgan ustuvor muammolarni hal etish, zamon ehtiyojlaridan kelib chiqib yangilash maqsadlari zaminida ro'y berdi.[6]
Etimologik jihatdan modernizatsiya atamasi o'rta asrlardagi lotincha, "modo" (hozirning o'zida, hozirgi vaqtda, endilikda kabi ma'nolarni anglatadi), so'ziga borib taqaladi. Keyinchalik undan "modern, modernizer" so'zlari kelib chiqdi. Modern (fransuzcha moderne) yangi, zamonaviy degan ma'nolarni anglatadi. Ushbu so'zdan kelib chiqqan modernize (fransuzcha-moderniser) so'zi takomillashtirish, yangilash, zamonaviy talablardan kelib chiqib o'zgartirish degan ma'nolarni anglatadi. XX asr o'rtalariga kelib "Sivilizatsiyalashgan jamiyat" ma'nosini anglatuvchi "modernity" tushunchasi shakllandi.
Modernizatsiya haqidagi dastlabki konseptual g'oyalar jumladan, XX asrning 50-60-yillariga kelib ancha mufassal darajada shakllanganligi manbalardan ma'lumdir. Modernizatsiya jarayonlari tufayli fuqarolik jamiyati asoslari, institutlarini mutanosib ravishda vujudga keltirish uchun real imkoniyatlar yaratiladi. Bugungi ta'limni modernizatsiyalash jarayonida pedagogik ta'limni modernizatsiyalashdan maqsad-mamalkatimizda ta'lim tiziminini modernizatsiyalash sharoitida pedagogik ta'limining samarali va dinamik ishlash mexanizmini yaratishdir. Pedagogik ta'limni modernizatsiyalash natijasi jamiyat
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni// Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son; 30.04.2020 y., 06/20/5987/0521-son.
Research BIB / Index Copernicus
tomonidan pedagog kadrlarga qo'yilgan talablariga javob beradigan o'qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yangilangan tizimini shakkllantirishdan iborat bo'lishi kerak.[9]
O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida "O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi. Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadrqimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi"- deb ta'kidlangan.
Bugungi globallashuv tendensiyalari kuchayayotgan zamonaviy jamiyatda ta'lim sohasini innovatsion asosda takomillashtirish muhim jarayondir. Ta'lim tizimini rivojlantirishning konsepsiyalari va uning transformatsiyalashib borish jarayonlari hamda innovatsionlashish tendensiyalari dolzarb masala sanaladi. Xususan, milliy yuksalish jarayonlari va fuqarolik jamiyatini barpo etishda ta'lim sohasini innovatsion rivojlantirish qonuniyatlari va barqaror rivojlanishiga ta'sir qiluvchi innovatsion texnologiyalarini tadqiq etish muhim jarayondir.
O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini takomillashtirish va innovatsion rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligi quyidagilarda namoyon bo'lmoqda:
- birinchidan, mamlakatda oliy tizim va ilmiy muassasalar ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar olib boriladigan asosiy maskandir;
- oliy ta'limda zamonaviy kadrlar tayyorlash bo'yicha ilmiy va pedagogik kadrlar salohiyati mavjud;
- uchinchidan, O'zbekiston manfaatlari kesimida xorijiy davlatlarning ta'lim tizimida innovatsiyalar bo'yicha tajribalarini qo'llash imkoniyatlari mavjud.[4]
Mamlakatimiz yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ta'limga oid huquqiy normalarning takomillashuvi ta'lim sohasining, uning natijasida ijtimoiy taraqqiyotning yuksalish tamoyillarini belgilab beradi. Ta'kidlanishicha, "Huquqiy normaning mazmuni fuqarolarning ta'lim olish, bepul umumiy ta'lim olish va maktab ishlarini davlat tomonidan himoya qilinishi huquqini nazarda tutadi. Hozirgi jadal texnik va texnologik taraqqiyot, fanlar, nazariyalar, dunyoqarashlarning jadal rivojlanishi sharoitida ta'limni tashkil etish va amalga oshirish jarayonlari uzluksizlikni, tizimli, yaxlit yoki differensial yondashuvni taqozo etadi.
Yangilangan Konstitutsiyamizda har kim ta'lim olish huquqiga ega ekanligi, davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlashi, maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, bepul umumiy o'rta ta'lim va
Research BIB / Index Copernicus
boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlashi, umumiy o'rta ta'limning majburiyligi, maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratida ekanligi, ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanishi qat'iy belgilab qo'yildi. Shuningdek, fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli ekanligi, oliy ta'lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o'zini o'zi boshqarish, tadqiqotlar o'tkazish va o'qitish erkinligi huquqiga ega ekanligi belgilandi.
O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etilishi, davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qilishi qayd etib qo'yildi. Konstitutsiyamizga ko'ra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi[7].
Bugungi kunda Davlat yoshlarning ma'naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu bilan birga, davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy va ma'naviy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.
Mamlakatimizda jahonning eng yuqori darajadagi ta'lim standartlari va rivojlangan mamlakatlar ta'lim dasturlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy ta'lim jarayonlari shakllantirilmoqda. Bu jarayondan ko'zlangan asosiy maqsad zamonaviy sharoitda ta'lim tizimini to'liq modernizatsiyalash, milliy ta'lim tizimini jahondagi yetakchi ta'lim dasturlari bilan uyg'unlashtirishdir.
Endilikda ta'lim olish, muayyan kasb-hunar yoki mutaxassislik ma'lumotlarini egallash, bu borada ma'lum ko'nikma va malakalarni shakllantirish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Ta'lim olishga bo'lgan rag'bat va uning mazmuni ta'lim jarayoni muvaffaqiyatining garovi, kafolati bo'la olishi zarur.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda ta'lim tizimini tajrijiy asosda takomillashtirib borish, milliy asosda shakllangan tajribalarimizni mustahkamlash, ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalarni tizim sifatida shakllantirish, jahon standartlariga malakali kadrlar tayyorlash jarayoni jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Ta'lim
Research BIB / Index Copernicus
sohasining barqaror rivojlanishi mamlakatimizning jadal ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlashning garovidir.
Unga erishishda ta'lim xizmatlari bozoridagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish asosida ta'lim muassasalarining samarali faoliyatini ta'minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning birgalikda ta'limni jadal rivojlanishi milliy yuksalish va umummamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan fenomen hisoblanadi.
Ta'lim sohasidagi global tendensiyalarni, so'nggi yillardagi kasbiy-pedagogik faoliyatdagi o'zgarishlarni, o'qituvchilik kasbi rivojlanishini, pedagogik ta'limni modernizatsiyalash, zamonaviylashtirish jarayonlarini tahlil etish shuni ko'rsatadiki, hozirgi zamon sharotida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratiga ham, shaxsiy sifatlariga ham juda yuqori talablar qo'yilmoqda.
Pedagogik kuzatishlar va amaliyot shuni ko'rsatadiki, hozirgi zamon o'qituvchisidan pedagogik faoliyatda duch keladigan asosiy muammolar sifatida ta'lim sifatini ta'minlash, tinmay izlanish, bilim olish, o'zining kasbiy kompetentligini uzluksiz takomillashtirib borish, ijodiy masalalarni va tadqiqot vazifalarini qo'yish va hal qilish; ma'rifatlilik va madaniyat, o'qitish va tarbiyalashning ilg'or texnologiyalarini, vatanimiz va xorijiy mamlakatlarda ta'lim-tarbiya sohasida to'plangan tajribalarni, pedagogika fanining eng so'nggi yutuqlarini doimiy ravishda o'zlashtirish, pedagogika faniga yondosh falsafa, psixologiya, tibbiyot, dinshunoslik, iqtisod, huquq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi fanlardan o'zlashtirilgan bilimlardan integrativ foydalanish kabilarni hal etish talab etiladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi. 2023-yil 1-may, O'RQ-837-son
2. Prezident Sh.Mirziyoyevning Oliy ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risidagi farmoni PF-5847.
3. Джypaeв.P.Х. Оpгaнизaциoннo-пeдaгoгичecкиe ochobbI нтeнcификaции c^TeMbi пpoфeccиoнaльнoй шдготовки в y4e6Hbix зaвeдeнияx пpoфeccиoнaльнoгo o6pa3oBaH^. Автopeф. дис. дoк. пeд. HayK. CaHKT-neTep6ypr 1995. -43-47 б.
4. Ismadiyarov.Ya.U. Oliy pedagogik ta'lim tizimida innovatsion menejmentni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish: p.f.d(DSc) disser.avtoref. Toshkent -2018.- 5. b.
5. Jumaniyozova.M.T. Malaka oshirish jarayonida o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning pedagogik asoslari (tarix fani o'qituvchilari misolida): Pedagogika fanlari nomzodi ... diss. - T., 2007. - 22 b.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
6. Boboyeva ZA. Specific characteristics and functions of pedagogical communication. Jurnal, Modern Science and Research. 2023.4/5 str 864-87.
7. Boboeva, Z. (2023). FEATURES OF LANDSCAPE CREATION IN IMPRESSIONISM. Science and innovation, 2(B2), 597-600.