Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO‘LGAN XALQARO REYTINGDA MAMALKATANING O‘RNINI YAXSHILASHDA VA DAVLAT HUDUDIDAGI BYUDJET XARAJATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA G‘AZNACHILIK TIZIMINING AHAMIYATI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO‘LGAN XALQARO REYTINGDA MAMALKATANING O‘RNINI YAXSHILASHDA VA DAVLAT HUDUDIDAGI BYUDJET XARAJATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA G‘AZNACHILIK TIZIMINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
23
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat xarajatlari / byudjet xarajatlari / g‘aznachilik tizimi / davlat xarajatlarining o‘sishi / A.Vagner / milliy daromad

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shodmonkulova Shahlo Olimjon Qizi

Davlat byudjeti xarajatlari davlat xarajatlarining ajralmas va eng muhim tarkibiy ismidir. U davlat xarajatlarining dinamikasini, ularning sifat va samara jihatidan tuzilishini belgilaydi. Aynan mana shunday muhim omillarga e’tibor berish asosida O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reytingda mamlakatning o‘rnini yaxshilashda va byudjet xarajatlari samaradorligini oshirishda g‘aznachilik tizimining tutgan o‘rni, uning nechog‘lik ahamiyatli ekanligini e’tirof etish maqsadida mazkur maqola shakllantirildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO‘LGAN XALQARO REYTINGDA MAMALKATANING O‘RNINI YAXSHILASHDA VA DAVLAT HUDUDIDAGI BYUDJET XARAJATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA G‘AZNACHILIK TIZIMINING AHAMIYATI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO'LGAN XALQARO REYTINGDA MAMALKATANING O'RNINI YAXSHILASHDA VA DAVLAT HUDUDIDAGI BYUDJET XARAJATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA G'AZNACHILIK TIZIMINING AHAMIYATI Shodmonkulova Shahlo Olimjon qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 08.00.07 — «Moliya, pul muomalasi va kredit»

ixtisosligi I bosqich tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10142885

Annotatsiya. Davlat byudjeti xarajatlari davlat xarajatlarining ajralmas va eng muhim tarkibiy ismidir. U davlat xarajatlarining dinamikasini, ularning sifat va samara jihatidan tuzilishini belgilaydi. Aynan mana shunday muhim omillarga e 'tibor berish asosida O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reytingda mamlakatning o'rnini yaxshilashda va byudjet xarajatlari samaradorligini oshirishda g'aznachilik tizimining tutgan o'rni, uning nechog'lik ahamiyatli ekanligini e 'tirof etish maqsadida mazkur maqola shakllantirildi.

Kalit so'zlar: Davlat xarajatlari, byudjet xarajatlari, g'aznachilik tizimi, davlat xarajatlarining o'sishi, A.Vagner, milliy daromad.

Аннотация. Расходы государственного бюджета являются неотъемлемой и важнейшей составляющей государственных расходов. Он определяет динамику государственных расходов, их структуру по качеству и эффективности. Именно на основе обращения внимания на столь важные факторы приоритетом для Республики Узбекистан является признание роли казначейской системы в улучшении позиций страны в международных рейтингах и повышении эффективности бюджетных расходов, а также ее важности. Эта статья создана именно для этого.

Ключевые слова: Государственные расходы, расходы бюджета, казначейская система, рост государственных расходов, А. Вагнер, национальный доход.

Abstract. State budget expenditures are an integral and most important component of state expenditures. It determines the dynamics of state expenditures, their structure in terms of quality and efficiency. It is on the basis ofpaying attention to such important factors that the priority for the Republic of Uzbekistan is to recognize the role of the treasury system in improving the country's position in the international ranking and increasing the efficiency of budget expenditures, and how important it is. This article was created for this purpose.

Keywords:State expenditures, budget expenditures, treasury system, growth of state expenditures, A. Wagner, national income.

Bugun butun dunyo bo'ylab har bir mamlakatning iqtisodiy sohasida qator yangilik va o'zgarishlarning joriy qilinayotgani hech sir emas. Bu o'zgarishlar mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan yanada takomillashishiga, shuningdek, xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilashga xizmat qiladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy hayotida ham xuddi shu kabi yangikiklarning amalda joriy bo'layotganini alohida ta'kidlash joiz. Aynan davlat moliyasi yo'nalishida institutsional islohotlar keng ko'lamda amalga oshirilyapti. Ushbu amaliy harakatlarning negizida eng avvalo, davlat byudjeti ijrosiga dunyo tan olgan va dunyo mamlakatlarida sinovdan o'tgan, byudjet mablag'laridan natijakor foydalanishni ta'minlab beruvchi g'aznachilik tizimining joriy qilinganini alohida e'tirof bilan tilga olish lozim. Bundan tashqari, davlat moliyasi yo'nalishida g'aznachilik tizimining ahamiyati yuqori ekanini davlat

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

byudjeti xarajatlari samaradorligini oshirishda ham xalqaro miqyosda reyting va indekslarda o'z o'rnini tobora egallab kelayotganini unutmaslik zarur.

O'zbekiston Respublikasida davlat budjetining g'azna ijrosini samarali tashkil qilinishiga mustaqillikning sharofati, jumladan, barqaror rivojlanish ko'rsatkichlarini qo'lga kirita boshlanganidan so'nggina muvaffaq bo'lindi. O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimi bo'yicha ham keng qamrovga ega bo'lgan muvaffaqiyatli natijani berayotgan islohotlarni joriy qilmoqda. Bunday ishlohotlarning ijobiy natijalari davlat budjeti g'azna ijrosining omadli tarzda joriy qilinishida yaqqol ko'zga tashlanadi, deya aytish mumkin.

Davlat budjetining g'azna ijrosi davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha tushumlarini yagona g'azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag'lari, davlat qarzlari va ularga xizmat ko'rsatish jarayonlarining tezkor nazoratini va monitoringini olib borish, davlat mablag'larining samarali ishlatilishini ta'minlash, davlat moliyaviy resurslarining harakati Davlat byudjeti g'azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat ekanligi to'g'risidagi operativ tarzda ma'lumotlarni jamlash imkonini yaratadi.

Eng asosiysi, davlat byudjeti xarajatlari davlat xarajatlarining eng muhim tarkibiy qismi bo'lib, davlat xarajatlarining dinamikasini, ularning sifatli va samarali tuzilishini belgilashini qat'iyan ta'kidlash lozim. Davlat xarajatlari va ularning tarkibiy qismlarining o'zgarishi (o'sishi) tendensiyalari turli taxminlar va nazariyalar yordamida tushuntiriladi hamda o'rganiladi. Buni iqtisod sohasida ko'zga ko'ringan olimlarning ishlarida ham ko'rish mumkin.

Sohaga oid tadqiqotlar tarixiga nazar tashlansa, unda davlat xarajatlarining dinamikasi va o'sishini tushuntirishga birinchi urinishlardan biri nemis iqtisodchisi A.Vagner tomonidan amalga oshirilganligiga guvoh bo'lish mumkin. U sanoatlashgan mamlakatlarda davlat xarajatlari milliy ishlab chiqarish va daromaddan tezroq o'sishini talab qiladigan «Hukumat qonuni»ni ishlab chiqqan.

Vagner uchun davlat xarajatlarining uzoq muddatli o'sishi aholi soni va zichligi oshishi bilan birga kelgan iqtisodiy rivojlanish natijasidir. Biroq bu nemis iqtisodchisining yondashuvi ma'lum bir ma'lumot mazmuni bilan ajralib turardi. Xususan, davlat xarajatlari va milliy daromad o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatish uchun mantiqdan foydalanilgan. A.Vagner davlat xizmatlarining bevosita iqtisodiy qiymati qanchalik katta bo'lsa, bu xizmatlar ishlab chiqaruvchi kuchlarga qanchalik ko'p hissa qo'shsa, aholining eng zarur moddiy ehtiyojlari qondirilgandan keyin qoladigan mutlaq erkin milliy daromad yoki daromad shunchalik ko'p bo'ladi. Davlat sof daromadining katta qismi soliqlar emas, balki davlat xo'jalik korxonalari hisobidan kelganligi sababli, davlat xarajatlari ham mutlaq qiymatda, ham milliy daromadga nisbatan kattaroq bo'lishi mumkin, — deb yozadi o'z izlanishlari va ularning natijalarida.

Davlat xarajatlari, jumladan, davlat byudjeti xarajatlari dinamikasi (o'sishi) sabablarini tushuntiruvchi nazariyalar orasida ichki iqtisodiy omillar nazariyasi, ichki siyosiy omillar nazariyasi va tashqi omillar nazariyasi ham alohida o'rin tutadi. Bundan tashqari yana shuni aytish joizki, davlat byudjeti g'azna ijrosining buxgalteriya hisobi g'aznachilik tomonidan, shuningdek, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, byudjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan davlat byudjeti g'azna ijrosining buxgalteriya

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

hisobi hisobvaraqlarining yagona rejasi va byudjet tasnifi asosida tashkil etiladi hamda amalga oshiriladi.

So'zimiz oxirida xulosa qilib aytish mumkinki, davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo'g'ini — davlat byudjetini boshqarish, byudjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan, byudjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyoti tajribasida sinovdan o'tgan va o'zining ijobiy natijalarini ko'rsata olgan byudjet tizimi byudjetlarining g'azna ijrosiga o'tishning amalga oshirilishi dunyodagi har bir mamlakatning iqtisodiy sohasidagi yutuqlaridan bo'ladi. Bu qatogrda O'zbekistonning ham borligi quvonarlidir. Rivoj topgan mamlakatlarning iqtisodiy amaliyotidagi davlat byudjetining g'aznachilik tizimini O'zbekiston Respublikasida joriy qilish va uni yanada rivojlantirish, davlat moliyaviy resurslarini boshqarishning axborotlashtirilgan tizimiga asos solish, davlat moliyasining holati to'g'risida tezkor va ishonchli axborotlarga ega bo'lish uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi, bu esa davlat moliyasini samarali boshqarishning ta'minotdir. Yana aytish joizki, davlat budjetida mablag'lardan samarali hamda maqsadli foydalanish maqsadida ham g'aznachilik tizimining joriy qilinganligi, ushbu tizimning yaratilishi iqtisodiy soha uchun joriy va yakuniy nazorat jarayonini takomillashtirish bo'yicha kattadan-katta o'zgarishlarning amalga oshishiga sabab bo'lib kelmoqda. Bu mamlakatning iqtisodiy jihatdan erishgan eng katta yutuqlaridan biridir.

REFERENCES

1. Бочаров, В.В. Управление денежным оборотом предприятий и корпораций : учебник. / Бочаров В.В. - М. : Финансы и статистика, 2013. - 412 с.

2. Shahlo Shodmonkulova Olimjon qizi. G'aznachilikda pul oqimlari ustidan kompleks monitoring qilish./SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5. 458-460B. (https://doi.org/10.5281/zenodo.7070762)

3. Shahlo Shodmonkulova Olimjon qizi. FINANCIAL RESOURCES OF THE TREASURY SYSTEM AND ISSUES OF THEIR MANAGEMENT./ Web of Scientist: International Scientific Research journal. ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 3, Mar., 2023. 493-495p.

4. Shahlo Shodmonkulova Olimjon qizi. Experience of foreign countryies in imporoving the methodology for monitoring cash flows in the treasury. / In volume 2, Issue 12 of Web Scientist: International Scientific research Journal (WOS) December, 2021.

5. Shaxlo Shodmonkulova Olimjon qizi. G'aznachilik tizimining joriy qilinishining davlat moliyasi tizimidagi ahamiyati. International conference on developements in education Hosted from Amsterdam, Netherlands; April, 2022. 350-351b.

6. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

7. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

8. https://cyberleninka.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.