Научная статья на тему '“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY QONUNNING LOYIHASI” HAQIDA FIKR-MULOHAZALAR'

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY QONUNNING LOYIHASI” HAQIDA FIKR-MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
134
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI / KONSTITUTSIYA / REFERENDUM / MODDA / IJTIMOIY / QONUN LOYIHASI / UMUMXALQ MUHOKAMASI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zokirov Sh.Z.

Maqolada joriy 2023-yil 30-aprelda bo‘lib o‘tilishi kutilayotgan referendumda xalq muhokamasiga qo‘yilishi belgilangan» O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi” haqida shaxsiy fikrlar, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilayotgan ayrim e’tiborga molik bo‘lgan muhim moddalar haqida mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OPINIONS ON THE "DRAFT CONSTITUTIONAL LAW OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN"

The article contains personal opinions, changes and additions to the» Draft Constitutional Law of the Republic of Uzbekistan”, which is planned to be submitted for public discussion at a referendum, which is expected to take place on April 30, 2023. Important substances with properties are discussed.

Текст научной работы на тему «“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY QONUNNING LOYIHASI” HAQIDA FIKR-MULOHAZALAR»

Zokirov Sh.Z. Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti TarixfakultetiMilliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limiyo'nalishi talabasi

"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY QONUNNING LOYIHASI" HAQIDA FIKR-MULOHAZALAR

Anotatsiya: Maqolada joriy 2023-yil 30-aprelda bo'lib o'tilishi kutilayotgan referendumda xalq muhokamasiga qo'yilishi belgilangan» O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi" haqida shaxsiy fikrlar, o'zgartish va qo'shimchalar kiritilishi kutilayotgan ayrim e'tiborga molik bo'lgan muhim moddalar haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi, Konstitutsiya, referendum, modda, ijtimoiy, qonun loyihasi, umumxalq muhokamasi.

Zakirov Sh.Z. student

National Idea, Spiritual Foundations and Legal Education

Faculty of History Kokand State Pedagogical Institute

OPINIONS ON THE "DRAFT CONSTITUTIONAL LAW OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN"

Abstract: The article contains personal opinions, changes and additions to the» Draft Constitutional Law of the Republic of Uzbekistan", which is planned to be submitted for public discussion at a referendum, which is expected to take place on April 30, 2023. Important substances with properties are discussed.

Key words: Republic of Uzbekistan, Constitution, referendum, article, society, bill, public discussion.

Kirish. Davlatimizning asosiy qonun hujjati, oliy yuridik kuchga ega bo'lgan qomusimiz bugungi kunga kelib yangilanayotgan O'zbekistonda yangi islohotlarga yuz tutmoqda. Bunga sabab jadal rivojlanayotgan davrda yangi qarashlar vujudga kelishi. Shafof, zamon talablariga to'la mos, xalqaro standartlarga amal qiluvchi, odil konstitutsiya qabul qilish, eng muhimi xalqimiz irodasi ularning fikrlarini bilish maqsadida 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq referendumiga qo'yilmoqda. Endi amaldagi o'zgarishi kutilayotgan konstitutsiyamiz haqida qisqacha to'xtalib o'tsak. O'zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan.»O'zbekiston

Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-Avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda bo'lib o'tgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya O'zbekiston respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiyani tuzish to'g'risida qaror qabul qilgan. 39 Amaldagi konstitutsiyamiz salkam 30 yil mamlakatimizda qonunlarni tartibga soldi, davlat va fuqarolar erkinliklari, majburiyatlarini belgilab berdi. Bugungi kunga kelib taraqqiy etayotgan yurtimizda islohotlardan konstitutsiya chetda qolib ketishiga yo'l qo'yilmadi. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatda keng ko'lamli islohotlar dasturini amalga oshirish izchil davom etmoqda. Keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etdi. Umumxalq muhokamalarida 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgan bo'lsa, ularning har to'rttasidan bittasi loyihadan joy oldi, desak to'g'ri bo'ladi. Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda. Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko'paymoqda. Ya'ni, amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda. 40 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga(referendumga) qo'yiladi. 41

Asosiy qism. Endi yangilanayotgan konstitutsiyamizdagi qator moddalariga kiritilgan qo'shimcha va o'zgarishlar haqida fikr yuritsak. Yangi konstitutsiyamizning 1-moddasida amaldagi moddadan farqlik o'laroq O'zbekiston-boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb yuritilib ketilgan. Bunda biz asosiy o'zgarishni davlatimizning ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida yuritilib o'tilganida ko'rishimiz mumkin. Ushbu o'zgartirish mazmuni shundan iboratki O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy munosabatlar yanada tartibga solinishini guvohi bo'lishimiz mumkin. Mamlakat yuksalishida ijtimoiy sohalarga etibor yanada ortishi va umumiy farovonlik fuqarolarning qonun oldida o'zaro tengligi, hech qaysi millat, qatlam, din vakillari kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik. Kambag'allikni qisqartirish, insonlarning yashash farovonligini davlat tamonidan nazorat qilinishini tushunishimiz mumkin. Bu tajriba misolida

9Zokirov, S. (2022). DUNYO MAMLAKATLARNING ASOSIY QONUN HUJJATLARI. "BOOKNOMY

PRINT"

40 https://www. gov.uz/oz/news/view/36613

41 "KSQ-4-coh 13.03.2023. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish haqida"gi qarorining (ilovasi bilan) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash to'g'risidagi ish yuzasidan" https://lex.uz/uz/docs/ -6405731

Germaniya davlatini misol qilib olishimiz mumkin. Germaniya mamlakatining asosiy qonun hujjati bo'lmish konstitutsiyasida davlatning ijtimoiy davlat ekanligi belgilab qo'yilgan. Hozirgi kunda Germaniyada ijtimoiy soha ancha barqaror bo'lib buni fuqarolarining yashash darajasidan bilib olish qiyin emas. O'zbekiston Respublikasi ham yaqin kelajakda ijtimoiy sohani yuksak darajaga olib chiqishi va rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish uchun intilayotgani yangi konstitutsiyamizda ham o'z isbotini topmoqda.

Yana bir o'zgarish konstitutsiyamizning tashqi siyosat (5-bob) bobiga 18-modda qo'shilayotganini ko'rishimiz mumkin. Asosiy mazmuni amaldagi konstitutsiyaning 17-moddasidan olingan jumlalar bilan to'ldirilib yangi O'zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirish jumlalari qo'shilmoqda. Ushbu moddaning mazmuniga to'xtalsak jadal rivojlanayotgan dunyoda xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etish va rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganish, ular bilan qator sohalarda hamkorlikni yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatlarga e'tibor qaratsak moddaga kiritilayotgan jumlalar o'zini oqlaydi. Shuningdek, ushbu moddada O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatda tinchlik munosabatlarini yoqlashi, mamlakatlar bilan ko'p tarmoqli aloqalardan to'la manfatdor ekanligini belgilab qo'ymoqda.

Yangilanayotgan konstitutsiyaning 28-moddasi amaldagisi singari aybsizlik prezumpsiyasi 42 haqida bo'lib, yangilanayotgan konstitutsiyada inson qadr-qimmatiga daxldor bo'lgan qator to'ldirishlar kiritib o'tilmoqda. Bulardan ahamiyatga molik jumla so'zsiz shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas jumlasidir. Ushbu jumlalar zamirida ham chuqur ma'no yotadi. Avvalari davlat tashkilotlariga kirish, ularda mehnat faoliyatini yuritish uchun qarindosh, oila a'zolarining sudlanganlik holati muhim kasb ahamiyat kasb etgan. Bu esa shafoflik, davlatimiz yuksalishi uch un eng og'ir to'siqlardan biri edi. Qanchadan qancha ilm salohiyatiga ega yoshlar, kadrlar o'qishga, ishga olinmas, mehnat faoliyatidagilar esa qarindoshlari sabablik ishdan olinar edi. Yangilanayotgan konstitutsiyada ham ushbu xatoliklar xalqimiz irodasini namoyon etib bartaraf qilinishi kutilmoqda.

Darhaqiqat, qator yillardan beri og'riqlik jihat bo'lib kelgan, xalqaro hamjamiyatdagi o'rnimizga putur yetkazib kelayotgan vaziyat bu majburiy mehnat edi. Yangi konstitutsiyaning Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar (9-bob) bobining 44-moddasida ushbu muammolarga qonuniy ravishda barham berildi. Unga ko'ra Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Bolalar mehnatining bola sog'ligiga, xavfsizligiga,

42 Aybsizlik prezumpiyasi (lotincha: praesumptio - taxmin, gumon so'zidan olingan) -

shaxs huquqlari himoyasini ta'minlab beruvchi, asossiz ayblash va jazolashning oldini oluvchi jinoyat protsessining umumiy demokratik tamoyillaridan biri hisoblanadi.

axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta'lim olishiga to'sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.

Mamlakatning rivoj topishida, dunyoda o'z o'rniga ega bo'lishida eng muhim ro'lni ta'lim egallaydi. Ta'lim darajasini esa siyosat darajasiga olib chiqgan mamlakatlar ulkan o'sish va rivojlanish yo'lida ketmoqda. O'zbekiston Respublikasi va xalqimiz ham najot ta'limda ekanligini chuqur anglab yetmoqda. Yangi taqdim etilgan konstitutsiyaviy qonun loyihasining 50-51-52-53-moddalarida ham ta'limga berilayotgan e'tibor nechog'lik ahamiyat kasb etayotganligidan na'munadir. Inson qadr qimmati ham ushbu moddalarda o'z aksini topishi kutilmoqda. Yaqqol misol 50-moddada Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun ta'lim va tarbiya ta'minlanishi belgilab berilmoqda. Alohida qarovga muhtoj, imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdan ajrab qolishiga yo'l qo'ymaslik, ularning inson sifatida yuksalishiga shart-sharoitlar yaratish bosh qomusimizda qa'tiy belgilanmoqda. 53-moddadasidagi so'ngi jumla ham g'oyat ahamiyatlik davlat jamiyatining madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishida g'amxo'rlik qiladi. Albatta, ilm ahlining mehnati, izlanishlari va yutuqlari davlat tomonidan e'tirof etiladi.

Mamlakat avvalo davlat deb e'tirof etilishi uchun o'zining mukammal davlat boshqaruv tizimiga ega bo'lmog'i darkor. Ushbu boshqaruv tizimida asosiy vazifani xalq tomonidan bevosita saylangan vakil davlat boshlig'i bo'lmish prezident bajaradi. Hozirga kelib Bilashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi 150 tadan ortiq mamlakatlarda Prezident lavozimi joriy etilgan.43 Dunyoning qator rivojlangan mamlakatlarida davlat boshlig'i prezident hisoblanadi. Ko'pchilikka ma'lumki mamlakatimizda prezident o'z vakolat vazifasini amaldagi, o'zgarishi kutilayotgan konstitutsiyada belgilab qo'yilganidek 5 yil muddatda bajar edi. Yangi konstitutsiyaviy loyihada esa 106-moddada 7 yil muddatga saylanishi belgilab qo'yilmoqda.

Xulosa qilib aytish mumkinki yangi konstitutsiya loyihasida asosan fuqarolarning ijtimoiy munosabatlariga alohida urg'u berilmoqda va asosiy o'zgarishlar ham shu soha bo'yicha bo'lmoqda. Albatta bunday o'zgarishlarda xalqimizning xohish irodasi alohida o'rganilib qabul qilinganligini ko'rishimiz mumkin. Joriy 2023-yil 30-aprel kungi referendumda ushbu konstitutsiyaviy loyiha xalq muhokamasiga qo'yiladi va xalqimiz yana bir bor o'z huquqiy savodxonligini ko'rsatadi, o'z kelajagi va yurtimiz istiqboli uchun maqbulini belgilaydi va fikr mulohazalarini bildiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar:

1. "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunining loyihasi"

2. "KSQ-4-сон 13.03.2023. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining»O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida"gi

43 Sultonova, R. H. Q. (2022). ZAMONAVIY DAVLAT ORGANLARI TIZIMIDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING TUTGAN ORNI VA AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 3(4), 12781287.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish haqida"gi qarorining (ilovasi bilan) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash to'g'risidagi ish yuzasidan" https://lex.uz/uz/docs/-6405731

3. https ://www. gov.uz/oz/news/view/3 6613

4. Zokirov, S. (2022). DUNYO MAMLAKATLARNING ASOSIY QONUN HUJJATLARI. "BOOKNOMY PRINT"|.

5. Sultonova, R. H. Q. (2022). ZAMONAVIY DAVLAT ORGANLARI TIZIMIDA PREZIDENTLIK INSTITUTINING TUTGAN ORNI VA AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 3(4), 1278-1287.

6. Zohidjon o'g'li, Z. S. (2023). THE KINGDOM OF SAUDI ARABIA'S LEGAL SYSTEM AND ATTITUDE TOWARDS WOMEN'S RIGHTS. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 4(01), 66-68.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.