Научная статья на тему 'О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI KОNSTITUTSIYASI – ERKIN VA FARОVОN HAYОT GARОVI'

О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI KОNSTITUTSIYASI – ERKIN VA FARОVОN HAYОT GARОVI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Temur tuzuklari / Kоnstitutsiya / Taraqqiyоt strategiyasi / Gendertenglik / Demоkratiya / Huquqiy davlat / Ijtimоiy davlat / “Vijdоn erkinligi va diniy tashkilоtlar tоʻgʻrisida’’gi qоnun

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Mirzaabdulla Madmarоv

Ushbu maqоlada О‘zbekistоn Respublikasi Kоnstitutsiyasining avvalо, yaratilish tarixi, uning bоsqichlari haqida sо‘z yuritganmiz, bundan tashqari Kоnstitutsiyamizdagi nоrmalarni bоshqa bir qatоr davlatlarning kоnstitutsiyasi bilan sоlishtirganmizni, kо‘rishingiz mumkin. Shu bilan birga yangi tahrirdagi kоnstitutsiya bilan avvalgi kоnstitutsiyadagi asоsiy farqlar, о‘zgarishlar va qо‘shimchalar tizimli tahlil qilingan. Asоsiysi, maqоlada yangi tahrirdagi Kоnstitutsiyaning “insоn – jamiyat – davlat” tamоyillari asоsida qurilganligi, davlat bоshqaruvining demоkratik, huquqiy, ijtimоiy va dunyоviy xususiyatlarini atrоflicha yоritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEKISTОN RESPUBLIKASI KОNSTITUTSIYASI – ERKIN VA FARОVОN HAYОT GARОVI»

ARTICLE INFO

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI - ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI Madmarov Mirzaabdulla Abrorjon o'g'li. Namangan davlat universiteti yurdik fakulteti 1-bosqich talabasi, madmarovmirzaabdulla86@gmail .com Tel: +998948956009 https://doi.org/10.5281/zenodo.14498756

ABSTRACT

Received: 12th December 2024 Accepted:14th December 2024 Published:15th December 2024

KEYWORDS Temur tuzuklari, Konstitutsiya, Taraqqiyot strategiyasi, Gender tenglik, Demokratiya, Huquqiy davlat, Ijtimoiy davlat, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonun.

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining avvalo, yaratilish tarixi, uning bosqichlari haqida so'z yuritganmiz, bundan tashqari Konstitutsiyamizdagi normalarni boshqa bir qator davlatlarning konstitutsiyasi bilan solishtirganmizni, ko'rishingiz mumkin. Shu bilan birga yangi tahrirdagi konstitutsiya bilan avvalgi konstitutsiyadagi asosiy farqlar, o'zgarishlar va qo'shimchalar tizimli tahlil qilingan. Asosiysi, maqolada yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning "inson - jamiyat - davlat" tamoyillari asosida qurilganligi, davlat boshqaruvining demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy xususiyatlarini atroflichayoritilgan.

"O'zbekiston - boshqaruvning Respublika shakliga ega bo'lgan suveren, demokratik, huquqiy,

ijtimoiy va dunyoviy davlat"

"Uzbekistan is a sovereign, democratic, legal, social and secular state with a republican form of

government"

"Узбекистан - суверенте, deMoxpamuHecxoe, npaeoeoe, тциальте и ceemcxoe

eocydapcmeo с республикански фoрмoй правления"

[O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1-moddasi. ]

Kirish: Mamlakatimizning uzoq yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak qonunlar doim ezgulikka va taraqqiyotga, asosan vatan sha'ni, tinchlik, sarhadlar daxlsizligi, fidokorlik va sadoqat kabi jihatlarni o'z ichiga olgan. Birgina misol "Temur tuzuklari" nomi bilan Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos bo'lgan sarkarda Amir Temur tomonidan tuzilgan qonun konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo'lib, yuqorida ko'rsatilgan jihatlarni o'zida jamlab shar'iy qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli ta'sir ko'rsatgan1. Mamlakatimiz Respublika miqyosiga erishgan yangi tarixdagi Asosiy qonunimiz ya'ni konstitutsiyaga ega bo'lgan bo'lsa, dastlab konstitutsiya muhokamaga qo'yilgan va bu muhokama 3 oy davom etgan, muhokama davomida 6000 ta kelib tushgan takliflar asosida 80 dan ortiq o'zgartirishlar kiritilgan. Dastlab konistitutsiya 1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. Muqaddima, 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat qonunimiz, mustaqillik yillarida erishgan

1 Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi. „"Temur tuzuklari" - muhim tarixiy-huquqiy

manba" (8-aprel 2022-yil).

eng muhim yutuqlarimizdan biri bo'lib, fuqarolarning jamiyatdagi hayoti, huquq va burchlarini muntazam himoya qilish vazifasini bajarib keldi. Bugungi globallashuv jarayonida butun dunyoda shiddat bilan o'zgarayotgan iqtisodiy, siyosiy, va ijtimoiy sharoitlar har bir davlat qonunchiligining zamon talablariga muvofiq o'zgartirilishini taqozo qilmoqda. O'zbekiston ham bundan mustasno emas. Xususan, so'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyatiga ko'ra, "inson - jamiyat -davlat" degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo'lim 27 bob 155 moddani o'zida jamlashi bilan tom manoda xalqchil konstitutsiya deb belgilanishi va davlatimiz rahbari tomonidan konstitutsiya xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot kafolati2, degan shior olg'a surilganligi isbotidir.

Birinchi navbatda biz: Konstitutsiya - demokratik tartibda xalq kiritgan takliflar orqali yangilanishida, umumxalq ovozi orqali referendum asosida qabul qilinishida va davlatning muhim masalalari hal qilinishida xalqning bevosita ishtirok etishida xalqning ro'li va mas'uliyatini oshiradi hamda muhim masalalarni xalqqa tayanib hal qilish tamoyilini yanada kuchaytiradi.

Ikkinchidan, inson, huquq va erkinliklarini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda kafolatlashga alohida e'tibor qaratilayotganligini, gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjatlari qabul qilindi3. Jumladan, fuqarolarning yashash, ta'lim olish, sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va qulay hayot sharoitlariga ega bo'lish huquqlari aniq qilib belgilab qo'yilishi esa davlat siyosati inson huquqlari bilan uyg'unligini ta'minlashga qaratilganini ko'rsatadi.

Uchinchidan, huquq va erkinliklarni ta'minlash jamiyat rivojlanishining ustuvor vazifasi sifatida belgilandi. Prezidentning "Hammamiz yaxshi tushunamizki, qonunlarni qabul qilish — bu ishning bir qismi, xolos" degan so'zlari davlat siyosatining amaliy natijadorlikka yo'naltirilganligini ta'kidlaydi. Bu tamoyil inson huquqlarini so'zda emas, balki real hayotda amalga oshirishni talab qiladi. Bundan tashqari, ekologik barqarorlikni ta'minlash, tadbirkorlik erkinligini rivojlantirish va yoshlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha aniq mexanizmlar joriy etilgan. Ushbu o'zgarishlar jamiyatni insonparvarlik asosida rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosatni aks ettiradi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 1-moddasiga e'tibor qaratidigan bo'lsak, yangi tahrirdagi norma davlatimizning qanday davlatga aylanishi, qanday davlat qurish maqsad qilinganligini aniq ko'rsatib turibdi: O'zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Ushbu modda negizida juda katta mazmun-mohiyat, islohotlar, erkin va farovon turmush tarzini yaratishga bo'lgan intilishlar yotadi. Bugungi kunda yangi O'zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini qabul qilish Davlatimiz rahbarining har bir sohadagi tashabbusi va qat'iy siyosiy irodasi bilan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan va Taraqqiyot strategiyasi asosida davom etayotgan keng qamrovli islohotlar va sa'y-harakatlar natijasida mamalaktimizda ijtimoiy davlat qurish konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi4

Shu o'rinda yuqoridagi moddani dispozitsiyasidagi har bir yuridik atamaga alohida to'xtalib o'tsak:

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, 16.11.2023 yildagi F-72-sоn

3 О'zbekistоn Respublikasi Оliy Majlisi Senatining qarori, 28.05.2021 yildagi SQ-297-IV-sоn

4 F. Оtaxоnоv. Ijtimоiy davlatning konstitutsiyaviy asоslari. https://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-davlatning- konstituciyaviy-asoslari 471933.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

Ijtimоiy davlat deganda har bir fuqaroning ijtimoiy munosib turmush darajasini taminlash maqsadi yotadi. Xususan aytishimiz darkorki aynan ijtimoiy davlat tushunchasi to'g'risida 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonni taraqqiyot strategiyasining 4-bobida keltirilgan jumlada: Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivolantirish5ga alohida e'tibor qaratilgani va mazkur hujjatda belgilangan 43 ta maqsad yurtimizda ijtimoiy hayotni yaxshilashga va farovonlikni taminlashga qaratilganligini ko'rishimiz mumkin. Dunyоviy davlat — davlatning konstitutsiyaviy huquqiy tavsifi bo'lib, Dunyoviy davlat deganda, davlat bilan din o'rtasidagi nisbat, ya'ni davlatning dinga munosabati, dindan xoli mavjud bo'lishi va rivojlanishini tushunish mumkin. Aniqroq aytganda, Dunyoviy davlat hech bir dinga davlat dini, rasmiy din maqomini bermaydi, dinning siyosiylashuviga yo'l qo'ymaydi, ta'lim tizimi va davlat boshqaruvini din ta'siridan holi qilib, o'z yurisdiksiyasida tutuvchi davlat nazarda tutiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 31-moddasidagi norma fuqarolarning vijdon va e'tiqod erkinligi huquqini kafolatlaydi. Vijdon va e'tiqod erkinligini o'rnatuvchi konstitutsiyaviy norma qoidalarining amal qilishini ta'minlash maqsadida O'zbekistonda 1998-yil 1-mayda „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida''gi qonun qabul qilinib, qonun vijdon erkinligini fuqarolarning har qanday dinga e'tiqod qilish yoki hech qanday dinga e'tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqi sifatida belgilangan6. Huquqiy davlatda eng oliy qadriyat inson hisoblanadi. Davlat faqat huquq normalarini yaratibgina qolmay, o'zi ham ularga amal qilishi Huquqiy davlatning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Huquqiy davlat demokratiyaning ajralmas belgisidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida O'zbekiston xalqi insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko'zlab o'zining muxtor vakillari siymosida davlatimizning asosiy qonunini qabul qilishi ta'kidlab o'tilgan. O'zbekistonning mustaqil davlatchiligi davrida konstitutsiya va qonunlarning ustunligi g'oyasi xalq ijtimoiy ongining tarkibiy qismiga aylandi. Qonunni chetlab o'tish emas, aksincha, qonun talablari asosida, unga mos va muvofiq ravishda yashash lozimligi kishilar ongiga tobora singib bormoqda.

Xutosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi nafaqat ichki islohotlarni amalga oshirish, balki xalqaro qonunchilik tamoyillari va standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Konstitutsiya, ayniqsa, inson huquqlari, gender tenglik, vijdon erkinligi kabi prinsiplarni xalqaro huquq hujjatlari, masalan, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va bolalar huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga muvofiq ravishda kafolatlaydi. Bundan tashqari, O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasi Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan demokratik va huquqiy davlat prinsiplariga ham to'liq mos keladi. Xususan, Konstitutsiyada keltirilgan fuqarolarning erkinliklari va huquqlari, shuningdek, davlatning huquqiy va dunyoviy xususiyatlari, ko'plab rivojlangan davlatlar, jumladan, Fransiya, Niderlandiya va Shvetsiya kabi mamlakatlarning qonunchiligiga yaqin bo'lib, bu davlatlarning demokratik qadriyatlari va inson huquqlari sohasidagi ilg'or tajribasini o'z ichiga oladi. Konstitutsiyamizdagi normalar va kiritilgan qo'shimcha, o'zgartirishlarning barchasi inson qadri uchun, sha'ni uchun, erkinligi kafolatlari va farovon yashashi uchundir. Yangilangan Konstitutsiya O'zbekistonda barqaror taraqqiyot, adolatli jamiyat va inson huquqlarini ta'minlash yo'lida mustahkam huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bu hujjatning xalq ishtirokida qabul qilinishi uni haqiqiy xalqchil konstitutsiya sifatida belgilaydi.

5 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

6 https://library-tsul.uz/uzbekiston-yuridik-entsiklopediyasi-2009/

Volume 1, Issue 18, December 2024

Page 22

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. ..O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI". Lex.uz.

2. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi. .."Temur tuzuklari" -muhim tarixiy-huquqiy manba" (8-aprel 2022-yil).

3. F. Otaxonov. Ijtimoiy davlatning konstitutsiyaviy asoslari.

https://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-davlatning- konstituciyaviy-asoslari 471933.

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 28.05.2021 yildagi SQ-297-IV-son

5. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.; «O'zbekiston», 2019, î-tom, 107-bet

6. https://constitution.uz/oz/pages/Ekologik_munosabatlar

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, 16.11.2023 yildagi F-72-son

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son

9. https://library-tsul.uz/uzbekiston-yuridik-entsiklopediyasi-2009/. Husanov O.T. Konstitutsiyaviy huquq; darsiik. - Toshkent; Yuridik adabiyotlar publish, 2023. - 536 bet.

Volume 1, Issue 18, December 2024

Page 23

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.