Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI QO‘LLASHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI QO‘LLASHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
247
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kriptografiya / kriptoanaliz / kriptovalyuta / digital currencies / blokcheyn / ICO / fiat pullar / kraudsorsing. / cryptography / criptoanaliz / criptocurrency / digital technology / blokcheyn / ICO / fiat currencies / kraudsorsing / kraudfunding / e-commerce.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — To‘rayev Xurshid Baxriddin O‘g‘li

Mazkur maqolada mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llanilishining metodologik asoslari, shu jumladan, kriptovalyutalar, kraudfonding, blokcheyn texnologiyalari va bulutli texnologiyalarni rivojlantirishning imkoniyatlari hamda yo‘nalishlari tahlil qilingan holda bu yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan bir qancha taklif va mulohazalar beirlgan. Shu bilan birga, mahalliy darajada milliy blokcheynli tizimlar, kraudsorsing va kraudfunding hamda respublikaga investisiyalar jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan bir qancha raqamli rivojlanish mexanizmlari ham taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAIN DIRECTIONS OF APPLICATION OF DIGITAL ECONOMY IN THE SECTORS OF THE ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

In this article discussed and analyzed contemporary issues of further developing digital economy, krowdtechnologies, blokchayin technology and kriptocurrency in the Republic of Uzbekistan in the conditions of globalization. Also, authors analyzed mechanisms of implementing sovereign kriptocurrency systems, blockchain, kraudsorsing, kraudfunding technologies and initial coin offering mechanizms in the local conditions.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI QO‘LLASHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT TARMOQLARIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI QO'LLASHINING ASOSIY YO'NALISHLARI

Annotatsiya: Mazkur maqolada mamlakatimizda raqamli texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlarida qo'llanilishining metodologik asoslari, shu jumladan, kriptovalyutalar, kraudfonding, blokcheyn texnologiyalari va bulutli texnologiyalarni rivojlantirishning imkoniyatlari hamda yo'nalishlari tahlil qilingan holda bu yo'nalishda amalga oshirilishi zarur bo 'lgan bir qancha taklif va mulohazalar beirlgan. Shu bilan birga, mahalliy darajada milliy blokcheynli tizimlar, kraudsorsing va kraudfunding hamda respublikaga investisiyalar jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan bir qancha raqamli rivojlanish mexanizmlari ham taklif qilingan.

Kalit so'zlar: kriptografiya, kriptoanaliz, kriptovalyuta, digital currencies, blokcheyn, ICO, fiatpullar, kraudsorsing.

Аннотация. В данной статье проанализированы методологические аспекты использования средств цифровой экономики в отраслях и сферах национальной экономики Республики Узбекистан для формирования основ информационного общества и даны конкретные предложения по развитию данного направления. Также обсуждены преимущества и риски развития цифровых технологий, в частности, криптовалют, блокчейн технологий, краудсорсинга и краудфондинга. Обсуждено некоторые механизмы использования механизмов краудфондингга, блокчейнов и других цифровых механизмов местных условиях.

Ключевые слова: криптография, криптоанализ, криптовалюта, цифровые технологии, блокчейн, ИСО, фиатные деньги, краудсорсинг, краудфондинг.

Abstract: In this article discussed and analyzed contemporary issues of further developing digital economy, krowdtechnologies, blokchayin technology and kriptocurrency in the Republic of Uzbekistan in the conditions of globalization. Also, authors analyzed mechanisms of implementing sovereign kriptocurrency systems, blockchain, kraudsorsing, kraudfunding technologies and initial coin offering mechanizms in the local conditions.

Keywords: cryptography, criptoanaliz, criptocurrency, digital technology, blokcheyn, ICO, fiat currencies, kraudsorsing, kraudfunding, e-commerce.

To 'rayev Xurshid Baxriddin o'g'li Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Innovatsion rivojlanish va iqtisodiyot sohasida bir qancha olamshumul o'zgarishlar amalga oshirilayotgan bir davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha ilg'or raqamli texnologiyalar kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Respublikamiz rahbariyati busohada bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi hamda joriy yilni "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb ataldi. Prezidentimiy 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo'yicha quyidagi fikrlarini aytib o'tdi: "Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko'zda tutadigan "Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi"ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli O'zbekiston-2030" dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o'stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o'tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o'tish bo'yicha "yo'l haritasi"ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur".

Bu ko'rsatmalarning ahamiyatini ta'kiglagan holda, aytishimiz mumkinki, postindustrial yoki information jamiyatga hizmatlar sektori mamlakat yalpi milliy daromadning 60% dan ortig'ini tashkil qiladigan davlatlar kiradi hamda ularda dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan band bo'lgan tarmorlarda moliyalashtirish keyingi o'ttiz yil davomida 130 martadan ko'proq ortdi. Informatsion innovatsiyalarning tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat ko'rsatuvchi global kompaniyalarda rivojlanish goyasi juda ham oddiydir - yangi progressiv imformatsion texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi Innovasion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Raqamli iqtisodning asosiz ko'rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish usullarini ((pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual mulkka egalik qilishini, iste'mol modellaring o'zgarishini (sharing economy) va ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod (internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, electron to'lov va boshqalar)ning O'zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko'rsatadiki, yuqorida ko'rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari,

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

to'rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 industriya texnologiyalari bilan bog'liq bo'lgan texnologik o'zgarishlar, ya'ni, ommaviy robotlashtirish, qo'shimcha va virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi. 4.0 Industriya (to 'rtinchi sanoat inqilobi) atamasi 2011 yilda iste'molga kirdi va uning ma'nosi raqamli texnologiyalar vositasida qo'shimcha qiymat hosil qilish global zanjirini amalga oshirishdan iborat. "Aqlli texnologiyalar" va "aqlli robotlar" kabi texnologiyalarining jahon bo'ylab tarqalishini amalga oshirgan holda, to'rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada virtual va fizikaviynavbatida mahsulotlarning to'liq moslashuvchanligiga hamda yangi operatsion modellar yaratilishiga olib keladi. Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi joriy qilinish yo'nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko'rsatishimiz mumkin

- Professional hizmatlar - on-demand professional services - buxgalter hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar.

- Jamoaviy moliyalashtish - collaborative finance - kraudfunding (crowd-funding), o'zaro kreditlash (peer-to-peer lending)

- Uyda ko'rsatiladigan hizmatlar - on-demand household services

- Uy-joydan birgalikda foydalanish (peer-to-peer accommodation)

- Transportdan birgalikda foydalanish (peer-to-peer transportation)

Raqamli iqtisodiyotning yana boshqa bir hizmatlari, shu jumladan, big data, sun'iy intellekt, mashina vositasida ta'lim berish, kraudsorsing, kraudfunding, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol ko'rsatib turibdi. Masalan, kraudsorsing va kraudfunding texnologiyalari kompaniyaning oyoqqa turib olishini, rivojini va raqobatbardoshliligini ta'minlash uchun hizmat qiladi. Agarda kraudsorsing jamoaviy tafakkur bo'lsa, kraudfunding jamoaviy moliyaviy mablag'lar yig'ish mexanizmi deb hisoblaniladi. Ish ko'lami, faoliyat turi va kattaligidan qat'iy nazar, turli xil loyihalar uchun moliyaviy mablag'lar yig'ish texnologiyasi bo'lgan kraudfundung barcha kompaniyalar uc hun katta ahamiyatga ega bo'lgan unikal moliyaviy mexanismdir. Misol sifatida, Rosiya bozorida ham bir qancha yirik kraudfunding platfiormalari bo'lib, ular kraudfunding loyihalarining amalga oshishiga ko'mak berib turadilar. Eng ommabop kraudfundung platformalar planeta.ru va Boombaster 2012 yilda tashkil qilinganlar. Hozirgi paytda esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib ketgan. Planeta.ru tomonidan sakki mingta loyihaga 660 mln rubl yig'ilgan bo'lsa, huddi shu davrning o'zida taniqli xorijiy kraudfunding platforma Kickstarter tomonidan 3 mlrd dollar mablag' yig'ilib, 126 mingta muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Korporativ boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan texnologiyalardan bin blokcheyn texnologiyasi bo'lib, u nafaqat virtual pullar bo'yicha operatsiyalarni amalga oshira oladi, balki u yangi turdagi biznesning arxitekturasi ham bo'la oladi. Raqamli iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo miqyosida yanada ommabop bo'lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham kelajak korporativ va moliyaviy boshqaruv uchun alohida ahamiyatga molik bo'lib, virtual iqtisodiyot uchun yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar yaratmoqda. Ma'lumotlarni bulutli uslubiyatda saqlash va on-line texnologiyalardan foydalanish ma'lumotlar havfsizligini ta'minlash hamda operatsion harajatlarni keskin qisqartirishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Masalan, hozirgi kunda Amazon bulutida 10 mingta serverni ijaraga olish soatiga tahminan 90 dollarga tushmoqda. Bu esa ushbu turdagi hizmatlarning narxini yanadapasayishini bashorat qilishga va respublikamizda ham bunday texnologiyalarda keng miqyosda imkon beradi hamda keyinchalik bu texnologiyalardan kichik va o'rta biznes ham bemalol foydalana oladi.

Virtual reallik (virtual reality, VR) va qo'shimcha virtual reallik (augmented reality, AR) texnologiyalarining rivojlanishi ham kelajak trendlaridan biri bo'lib, ularning ishlab chiqarishga bo'lgan ta'siri borgan sari salmoqli bo'lib bormoqda. Bunday texnologiyalar ishchi va xizmatchilarga mashina va mexanizmlarning ichki tuzilishini ko'rish hamda ularning faoliyatini kuzatish imkonini beradilar. Masalan, Gigi Capital kompaniyasining baholashicha, AR bozorining hajmi 2016 yilda 1 mlrd dollar bo'lgan bo'lsa, 2020 yilga kelib 90 mlrd ga etishi mumkin ekan. Goldman Sachs ning bashoratlariga ko'ra esa virtual reallik dasturiy ta'minotining sotuv hajmi 2025 yilga kelib 9 mlrd dollarga yetar ekan.

Hozirgi paytda kraudsorsong atamasining bir qancha aniqlanuvlari bo'lib, ulardan biri quyidagicha: "Jamoa uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan muammolarni ko'ngillilar kuchi vositasida hal qilish yoki bir qancha ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan amallarni aniq bo'lmagan shaxslar jamoasiga topshirish". Lekin kraudsorsingning bu ta'rifida bir qancha kamchiliklar bo'lib, ularni to'g'ri hal qilish uchun, shu jumladan, kraudsorsing mehnizmini real biznesga tadbiq qilish imkoniyatiga ega bo'lish uchun kraudsorsingning quyidagi keng ma'nodagi al'ternativ aniqlanuvi ham taklif etiladi. Kraudsorsing platformasi vositasida mahsulot yoki hizmatga qo'shimcha talab yaratish yoki muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish hamda loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish yohud yangi mahsulot yaratish asosida insonlarni jalb qilish keng ma'nodagi kraudsorsing deb ataladi. Chegaralangan ma'noda esa kraudsorsingni sinergetik effektga olib keluvchi kollektiv bilim va hatti-harakatlarni masofaviy usulda

Scientific Journal Impact Factor

dunyoning turli nuqtalaridan turib, internet orqali 24/7/364 rejimida ishlatihsga asoslangan yangi interfaol ishlab chiqarish mexanizmi sifatida ham tushunish mumkin. Biz tadqiqotimizni huddi shu aniqlanuv asosida amalga oshiramiz. Bunda milliy, irqiy, bilim darajasi, professional mahorat kabilar bo'yicha insonlar bir-biridan farq qilinmaydilar. Ko'pchilik insonlarni bunday usulda qandaydir ishlarni bajarishga lalb qilish faqatgina internet texnologiyalar asosidagina amalga oshirilishi mumkin, albatta. Sinergetik samaraga esa kraud-loyohalarga jalb qilingan insonlarning turli-tumanligi asosida erishiladi. Kraudsorsing platformasi deb esa mahsus ishlab chiqilgan, ijaraga olingan yoki foydalaniladigan texnologik servisga tushunilib, uning yordamida kata hajmdagi ma'lumotlarni hamda moliyaviy mablag'larni yig'ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish mumkin bo'lgan mahsus avtomatlashtirilgan tizimga aytiladi. Kraudsorsing mahsuloti sifatida esa loyiha, mahsulot yoki hizmat turi tushunilishi mumkin. Bunda bir misol sifatida Rossiyaning 2010 yilda asos solingan Vitology Innovasion kompaniyasini keltirish mumkin. Bu kompaniya o'z kraudsorsing platformasiga ega bo'lib, bu kompaniya o'z kraudsorsing texnologiyasi yordamida intellectual biznes masalalarini yechib berish bo'yicha hizmatlar taklif etadi. Hozirgi paytda tijorat, ijtimoiy va innovatsiya kraudsorsinglari mavjud. Masalan, mahsulot yoki hizmatningsifatini oshirishga yo'naltirilgan Innovasion g'oyalarni qidirishga bag'ishlangan amalni innovatsiyalar kraudsorsingi texnologiyasi deyish mumkin. Shu o'rinda aytish kerakki, kraudfunding (crowdfunding) moliyaviy kraudsorsing texnologiyasi bo'lib, uning yordamida turli xildagi Innovasion loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy mablag'lar yig'ilishi mumkin. Bu holda kraudfundingning oxirgi mahsuloti bo'lib, loyihani moliyalashtirish uchun yig'ilgan mablag'lar tushuniladi. AQSh dagi Kickstarter deb nomlangan yirik venchur fondi 2014 yilning mart oyida turli xil loyihalar uchun bir milliard dollar hajmidagi mablag' yig'a oldi. Biz ham huddi shunday loyihalarning amalga oshirilish mexanizmini o'rganib chiqqan holda, respublikamizda ham shunday katta loyihalarni amalga oshirishimiz kerak.

Keyingi davrlarda nashr qilingan bir qancha ilmiy-amaliy adabiyotlarni va internet resurslarini chuqur o'rganish natijasida shuni taklif etishimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan Innovasion kraudsorsingning asosiy ko'rsatgichlariga quyidagilarni kiritishimiz maqsadga va aqlga muvofiq bo'ladi deb fikrlaymiz:

1. Ko'ngillilik asosida berilgan ishlarni bajaruvchi huquqiy va jismoniy shaxslar - kraudsorserlardir;

Scientific Journal Impact Factor

2. Kraudsorserlarning faoliyati internet tarmog'ida bulutli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi;

3. Kraudsorserlar respublikaning turli-tuman xududlaridagi tashkilotlar va insonlardan iborat bo'ladi;

4. O'zbekistonda amalga oshiriladigan kraud-loyiha uning kim yoki qaysi tashkilot tomonidan amalga oshirilishiga bog'liq ravishda tijorat yoki notijorat ko'rinishiga ega bo'lishi mumkin.

Yana bir muhim hulosa sifatida shuni aytishimiz lozimki, o'zbek milliy valyutasi - so'mni ham qisman yoki qandaydir chegaralangan optimal nisbatlarda kriptovalyutali ko'rinishga va uni bu bilan bog'liq bo'lgan blokcheynga o'tkazish mamlakatimizdagi bir qancha moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli ravishda hal qilish imkonini berar edi. Taklif va hulosalar sifatida quyidagilarni qayd qilishimiz mumkin:

1. Raqamli iqtisod usul va vositalaridan foydalangan holda joriy bank operatsiyalarining shaffofligini va tezkorligini oshirish;

2. Blokcheyn texnologiyalar asosida davlat sektori samaradorligini va uning ishlash tezligini oshirish;

3. Raqamli va bulutli texnologiyalar yordamida ikkilamchi va yashirin bank sektorini yo'q qilish yoki uni nazorat ostiga olish;

4. Raqamli iqtisodiyot usullaridan foydalangan holda davlat apparatidagi byurokratiyani yengish va korruptsiyaga qarshi samarador kurashish;

5. Blokcheynlardan foydalanib, soliqlar to'lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to'lamaslik xolatlariga qarshi samarador kurashish;

6. Raqamli iqtisodiyot usul va vositalari yordamida kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga yangi Innovasion imkoniyatlar yaratish;

7. Kriptovalyutalar va raqamli texnologiyalarning turli mexanizmlari yordamida halqaro valyuta-kredit resurslarini O'zbekiston iqtisodiyotiga keng miqyosda jalb qilish;

8. Raqamli texnologiyalar vositasida iqtisodiyotga naqd pullar va boshqa turdagi valyutalar bosimini kamaytirish va shu asosda so'mning raqobatbardoshligini oshirish;

9. Kraudsorsing va kraudfonding usullari vositasida korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslar uchun yangi, qulay va samarador kredit mexanizmlarini ishga tushirib yuborish;

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

10. Kriptovalyutalar va blokcheyn infratuzilmalarini yaratish orqali yangi ish o'rinlarini yaratish va zamonaviy intellectual information texnologiyalarni respublikamizga keng miqyosda jalb qilish;

11. Innovasion jarayonlarni raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan foydalangan holda yanada jadallashtirish;

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyul "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha chora tadbirlar" to'g'risidagi qarori, PQ-3832.

2. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va amalga oshirish bo'yicha chora tadbirlar" to'g'risidagi qarori.

3. Gulyamov S.S., Baltabayeva G.R. va boshkalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. T: "Navruz" nashriyoti, 2019 yil. 192 bet.

4. Лапидус Л.В. Цифровая экономика: управление электроншм бизнесом и электронной коммерцией // М.: ИНФРА-М, 2018. -381 стр.

5. Натаниэль Поппер. Цифровое Золото. Невероятная история биткойна или о том, как идеалист и бизнесмен изобретают деньги заново, 2016, 350 стр.

6. Балтабаева Г.Р., Аюпов Р.Х. Кичик бизнес ва тадбиркорликда инновацион ривожланиш йуналишлари. -Т: «Фан ва технология» нашриёти, 2018, 232 бет.

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.