RAQAMLIIQTISODIYOTNING JAMOAGA TADBIQ ETILISHI HAMDA UNDA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Muxlisa Olmurot qizi Xo'jayeva Sevaraxon Sarvarxo'jayevna Rasulova
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistratura talabalari
ANNOTATSIYA
Hozirgi tezkor zamonda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi barchaga malum desak xato bolmaydi. Raqamli iqtisodiyotning ommaga keng tarqalishi hammaga birdek anchagina yengillik yaratdi, biroq shu qatorda bir qancha muammolarga ham duch keldi. Bu jarayondagi bazi jabhalariga bir qancha o'zgartirishlar kiritilsa avvaloambor aholi uchun keying navbatda davlat uchun bazi qulayliklarni yaratadi.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, identifikatsiya raqami, raqamli platforma, texnologiya, resurslar, shaffoflik, blokcheyn texnologiyalari, ethereum, kriptovalyuta
COMMUNITY IMPLEMENTATION OF THE DIGITAL ECONOMY AND ITS
PROBLEMS AND SOLUTIONS
Muxlisa Olmurot kizi Khojaeva Sevaraxon Sarvarxojaevna Rasulova
Master's students of Tashkent State University of Economics
ABSTARCT
In today's fast-paced world, it is safe to say that the concept of "digital economy" is well known. The proliferation of the digital economy has brought great relief to all, but it has also faced a number of challenges. If some changes are made in some aspects of this process, first of all, it will create some benefits for the population, and then for the state.
Keywords: digital economy, identification number, digital platform, technology, resources, transparency, blockchain technology, ethereum, cryptocurrency
KIRISH
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinishdagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat
ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron to'lovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. {5}
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"Raqamli iqtisodiyot" atamasi birinchi bo'lib 1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va'da va xavf-xatar" (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo'tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog'lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko'rsatiladi. {6} Ushbu malumotlar shuni anglatadiki, raqamli iqtisodiyot bizning ommaga sezilarli darajada kech kirib kelgan. Bu esa oz o'rnida davlat iqtisodiyotiga salbiy tasir ko'rsatmasdan qolmaydi.
Blokcheyn texnologiyalari (malumotlar bazasi) tomonlarning hech qanday vositachisiz bitimlarni xavfsiz, ishonchli amalga oshirishga imkon beruvchi texnologiyadir. Uni ko'pchilik kriptovalyuta (raqamli tizim) texnologiyasi sifatida bilsa-da, aslida blokcheyndan raqamli identifikatsiya, egalik va mulkiy huquqlar ximoyasi, to'lov tizimi sifatida foydalanish mumkin. Ethereum (blokcheynga asoslangan platforma) kabi blokcheyn bazasida ishlaydigan ochiq manbali platformalar an'anaviy huquqiy jarayonlarsiz har qanday aktivlar bo'yicha bitimlar tuzish, bank xizmatlarini ko'rsatish imkonini beradi. Hozirda jahonning turli mamlakatlarida moliyaviy texnologiyalar, yer resurslarini boshqarish, transport, sog'liqni saqlash, ta'lim sohalarida blokcheyn tizimidan foydalaniladi. Blokcheyn tizimi har qanday sohaning shaffoflik darajasini oshiradi, korruptsiya holatlarining kamayishiga xizmat qiladi. {7} Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Ozbekiston Respublikasi uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo"naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag„batlantirish zarurligi demakdir.Milliy iqtisodiyotimizning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM asosiy qismi davlat korporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo'lgan kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Bunday sharoitlardaprofilli vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo'lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga mos
keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma ba'zasini yaratadi. Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda asosiy e'tiborni quyidagi yo'nalishlarga qaratish zarur: telekommunikatsiyalar, energetika, transport, sog'likni saqlash, soliq va soliqqa tortish, dori-darmonlar logistikasi, ma'lumotlarni qayta ishlash, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko'chmas mulk savdosi va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning rivojlanishi kerakli infratuzilma va mos texnologik baza yaratishga imkon beradi.So'ngra ularni iqtisodiyotning boshqa sohalarga ko'chirgan holda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni maksimal darajada tez shaklllantirish mumkinboladi.
MUHOKAMA
Bunday yondashuv bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muvofiq bo'lib ko'rinadi, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Ammo mos keluvchi strategiya tanlashda unga asoslanishi lozim bo„lgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan yo„l risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozim. Rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko„plab dasturlari (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar) asosiy e'tiborni "raqamli tibbiyot" va "aqlli shahar" ijtimoiy yo'nalishlariga qaratgan. Bunday loyihalarni rivojlantirish yo'nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu tanlov bir qator dalillar vositasida bir qadar asoslanishi mumkin:
- har qanday keng ko4amli rivojlanish dasturi g'arb turidagi ochiq jamiyatda omma tomondan ma'qullanishi va qo'llab-quvvatlanishi lozim. Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ijtimoiy loyihalar belgisi ostida borgani ma'qul;
- yirik sanoatlarda raqamli texnologiyalar joriy qilish ertamikechmi, o'z-o'zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro'y beradi. Ijtimoiy loyihalar esa davlat va halq tomonidan qollab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi;
- ko'pchilik rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ma'lum bir ko'rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik asoslarga keng aholi ommasining bilimli ekanligiga tayanadi. Bizda esa raqamli iqtisodiyotni yaratish aholining keng qatlamlari uchun tushunarli tarzda amalga oshirilgani ma"qul;
- raqamli texnologiyalarni sanoatda joriy qilish (masalan, ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 3D-printerlarni ishlab chiqarishga keng miqyosda joriy qilish kabilar) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi kozda tutilgan. "Raqamli tibbiyot" va "aqlli shahar" ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish esa ko'proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar keng xalq ommasi tomonidan qollab-quvvatlanadi.
NATIJA
Respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ilk pallasida, moddiy, ma'naviy, dasturiy, texnik va ijtimoiy zahiralar cheklanganligi sababli, sa'yi-
harakatlarni qaysi yo'nalishga qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo'lishi ehtimoli juda katta, ya'ni, oldimizda ikki yo'l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy moslashtirish bilan shug'ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni raqamli iqtisodiyot vositasida rivojlantirish yo'li. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni iqtisodiyotimizning har bir sohalarida mukammal holatda ko'rishni istasak, avvalambor takomillashgan texnologik platformani rivonlantirishimiz, hamda ushbu sohada zarur texnologik yondashishimiz, bundan tashqari omma ya'ni xalqimizni bunga tayyor qilishimiz zarurdir. Bu bilan biz iqtisodiyotimizni jadal rivojlanishiga, jahon bozoriga sezilarli darajada kirib borishimizga, aholini zamonaviy ilmini rivojlantirishga erishgan bo'lamiz.
XULOSA
"Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor" - davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ushbu so'zlari fikrimizning yaqqol tasviridir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - 20.01.2020 yil
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
3. Гулямов С.С. va boshqalar.Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. Т.: "Iqtisod Molia" nashriyoti, 2019.
4. Аюпов Р.Х., Балтабаева Г.Р. Ракамли валюталар бозори: инновациялар ва ривожланиш истикболлари. -Т: "Фан ва технология" nashriyoti, 2018
6. http://tsue.uz/uz/raqamli-iqtisodiyot-yangi-ozbekiston-taraqqiyotining-yangi-davri/
7. https://mininnovation.uz/oz/news/raqamli-iqtisodiyot-muammolar-va-imkoniyatlar