Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ CHOLG‘USI AFG‘ON RUBOBINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEK XALQ CHOLG‘USI AFG‘ON RUBOBINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
256
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Afg‘on rubobi / qadimiy cholg‘ular / arxeologik topilmalar / ijro / yetuk sozandalar / qo‘shiq / san’at

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ehtiromxon Qudratullayeva, U.M.Boltaboyeva

Ush bu maqolada afg‘on rubobining kelib chiqish tarixi, uning o‘zbek xalq cholg‘ularidagi boshqa sozlardan farqi va afg‘on rubobining o‘ziga xos xususiyatlari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ CHOLG‘USI AFG‘ON RUBOBINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

O'ZBEK XALQ CHOLG'USI AFG'ON RUBOBINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Ehtiromxon Qudratullayeva Ilmiy rahbar: U.M.Boltaboyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ush bu maqolada afg'on rubobining kelib chiqish tarixi, uning o'zbek xalq cholg'ularidagi boshqa sozlardan farqi va afg'on rubobining o'ziga xos xususiyatlari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Afg'on rubobi, qadimiy cholg'ular, arxeologik topilmalar, ijro, yetuk sozandalar, qo'shiq, san'at

UZBEK FOLK INSTRUMENT CHARACTERISTICS OF AFGHAN RUBI

Ehtiromkhan Qudratullayeva Scientific supervisor: U.M.Boltaboyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article tells about the history of the origin of the Afghan rubob, its difference from other Uzbek folk instruments, and the specific characteristics of the Afghan rubob.

Keywords: Afghan rubobi, ancient musical instruments, archaeological findings, performance, advanced musicians, song, art

Dastlabki xalq cholg'ulari ma'limotlarga qaraganda XIII - ming yilliklarda paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi. O'zbek xalq cholg'ulari juda qadimiy cholg'ulardan ekanligi ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan yozma manbalarda va arxeologik topilmalardagi turli hil suratlar orqali bizgacha yetib kelgan. Mana shu qadimiy cholg'ulardan biri bu - afg'on rubobi xisoblanadi. Afg'on rubobi torli -chertma (mizrobli) cholg'ular guruxiga kiradi. U o'ziga xos jarangli ovozi va juda boy tembri bilan o'zbek xalq cholg'ulari orasida faxrli o'rinni egallagan. Afg'on rubobining kelib chiqishi haqida aniq faktlar keltirilmagan. Bu haqida turli manbalarda turlicha ma'lumotlar keltirilgan. Qadimdan bu cholg'uni Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Hindiston xalqlari sevib ijro qilishadi va xalq orasida ommalashgan cholg'ular turiga kiradi. N.N.Mironov tomonidan afg'on rubobining Hindistonda uchrashi, Qashqarda uni rubob deb atalishi ham ma'lum. Professor Fitrat o'zining "Klassik musiqasi tarixi" asarida bu cholg'uning Xorazm amiri Muhammad Xorazimshoh davrida Balx shahrida shaxsi noma'lum kimsa tomonidan yasalgani

ncTTni^^H] 318 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

haqida rivoyatni keltiradi. Afg'on rubobi qadim zamonlardan o'zbek xalqi orasida ayniqsa, Buxoro va Samarqandda keng tarqalgan. Undan yangrayotgan taronalarni xalqimiz sevib tinglaydi va ijro etadi. Afg'on rubobining yoqimli navosi to'la va mungli sadosi, qolaversa ba'zi rivoyatlarga qaraganda, bemor kishilarni davolash xususiyatiga ega bo'lganlidi tufayli hali hamon xalqimiz tomonidan ardoqlanib kelinmoqda.

XX asrning 30 - 40 yillarida o'zbek xalq cholg'ulari A.I.Petrosyans tomonidan takomillashtirilgan ya'ni rekonstruksiya qilingan. Shu jumladan afg'on rubob cholg'usi ham bundan musnasno emas. Uning dastasi, qorin qismi, quloqlari, unga qoplanadigan terisi torlari va pardalariga o'zgartirish kiritilgan. Shu sababdan cholg'uning dastasiga xramatik tovush qatorlar o'rnatilib, cholg'uning ijro diapazoni kichik oktava "Lya" dan uchinchi oktava "mi" gacha yetkazilgan. Dastasi qashqar bubobiga nisbatan ancha kalta bo'lib, uch tomoni bir oz orqaga qayrilgan. Kosa "qismi bilan dastasi yaxlit yog'ochdan (ko'pincha tutdan) yasaladi. Dastasi pardalarga bo'lingan bo'lib, uning pastki qismi kengayib qopqoqqa ulanib ketadi va korpusning ustuni o'yiqlarga qadar yopadi. Korpusning qolgan qismi (o'yiqlardan keying qismi) ga teri qoplanadi. Asbobning umumiy uzunligi 70 - 80 santimetrni tashkil qiladi. Afg'on rubobi ko'rinishi va ijro uslubi jihatidan boshqa cholg'ulardan ajralib turadi. Hajmi katta baland avjli kuylarni ijro etishda rubob dastasining davomi sfatida, rezonator qopqig'ining ustki qismiga dastadagi asosiy 4 pardadan tashqari o'rnashtirilgan 6,7 xaspardalar asos bo'ladi. Afg'on rubobida besh asosiy va diatonik tarzda sozlangan 10, 11 aks sado beruvchi torlar mavjud bo'lib, asosiylardan 1 - 2 bilan, 3 - 4 bilan, 5 - torlar kvarta oralig'da sozlanadi. Afg'on rubobning boshqa sozlardan farqi shundaki barcha torlari ijroda keng qo'llaniladi.

Afg'on rubobda chalish ancha qiyin va murakkab bo'lgani sababli ayrim cholg'ular singari mutaxasis sozandalar qo'lida ko'ramiz. Nafaqat Afg'on rubobining balki barcha sozlarning mavqei, ijrochilikda tutadigan o'rni sozandalarga ham bog'liq. Hozirgi kunda afg'on rubobida yetuk sozandalarni yetishib chiqayotgani, faxriy unvonlar, respublika va xalqaro tanlovlar g'olibalari shu jumladan davlat mukofotlariga sazovor bo'layotgani hammaga ma'lum. Yoshlarimizni manashunday darajaga yetayotgani bu albatta ustozlarimizning mehnatlari va mashaqqatlari mevasidir.

Masalan: Ustozlardan Usta Muhammad Umar (1906 - 1981), Tovur Jumayev (1918 - 1983), Ergash shukurullayev (1922 - 1995), Umarjon Xomidov (1919 -1985), Dotsent Ilxom Azimov, Dotsent G'ulomqodir Ergashev (1946 - 2007), professor Azatgul Toshmatova, Anvarjon Hojinazarov, Nixol mukofoti sovrindori Fazliddin Shafoatov va yosh istedodli ustozlarimizdan Dilshodjon Meliboyevlarni misol keltirishimiz mumkun.

319

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Afg'on rubobining yaratilishi haqida bizgacha xalqimiz tomonidan turli rivoyatlar va hikoylar yetib kelgan. Shu rivoyatlardan birida hikoya qilinishicha: "Bir kuni Buxoro xonining qizi kasal bo'lib qolibdi. Shunda xon Hindiston va yetti iqlimdan donishmand tabib va olimlarni o'z saroyiga chaqiradi, bittayu - bitta qizini qanday qilib davolash kerakligi haqida maslahat so'raydi. Ammo barcha harakatlari zoye ketibdi. Shunda Balh shahrida tug'ilib, o'zi Buxoroda noma'lum sozanda xonning oldiga borib, uning qizini davolash uchun urinib ko'ishga ruhsat olibdi. Shunda Xon; "Qizimni kim davolasa yarim boyligim va qizimni beraman, deb" va'da beribdi. Ammo qizini to'gridan - to'g'ri ko'rish va u bilan suhbatlashishning imkoni bo'lmabdi. U davrlarda ayollarni faqatgina parda ortidan ko'rishga ruhsat berilgan edi. Shunday qilib malika yonida o'zi yahshi ko'gan sirdoshi kanizaki bor edi. Yigit qizni nimaga qiziqadi, nimaga u hech kimni yoqtirmaydi va ko'p hayol surishi haqida so'rabdi. Shunda kanizak yigitga xonzoda nihoyatda tovusni yahshi ko'rishi, ayniqsa, u qanotlarini yoyib o'z chiroyini ko'z - ko'z qilganda: "Qani edi shu tovus kuylasa mening dardimga da'vo bo'lardi" degan gapini kanizak yigitga yetkazibdi. Shundan keyin Balhlik yigit Buxorodagi o'z ustaxonasida tovusga o'xshash rubob yasaydi honzoda huzuriga olib boradi. Keyin parda orqasida rubob chalib, uni maftun etadi. Xonzoda rubobdan chiqayotgan kuyga zavqlanib rohatlanib o'z holiga keladi, asablari tiklanadi va oldingidan ham go'zallashib ketadi. Buni ko'rgan xon o'z vadasida turib sozandaga qizini va boyligini yarmini hadya qiladi. Shunda bu rubob "kimniki"- deb so'rashganda, "bu ana shu afg'onniki" - deb odamlar aytishibdi. Vaqt o'tishi bilan yigit va xonzoda uzoq yillar baxtli hayot kechirib, farzandli bo'lishibdi va ularning farzandlari ham otasi kabi mohir usta va sozanda bo'lib Bixoroda bir necha yillar davomida rivojlanib, kuylar ijro qilib ketishibdi." Demak, yuqorida ta'kidlaganimdek afg'on rubobi bemorlar dardiga da'voligini bir misol tariqasida rivoyatdan bilib oldik.

Xar bir o'zbek xonadoniga milliy cholg'u sozi, milliy kuy va qo'shiq kirib borsagina san'at tirikchilik vositasi emas, balki insoniy mohiyat, va iste'dodni namoyon etish bo'lsagina, yurakdan qo'shiq aytish yoki raqsga tushish uyat hisoblanmaydigan madaniy - axloqiy muhit vujudga kelsagina o'zbek milliy musiqa san'atining yutuqlari va uning porloq istiqbollari haqida fikr yuritish, u bilan faxrlanish huquqiga ega bo'lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmadjon Yo'lchiyev "Xalq cholg'ularini o'rganish Qo'qon - 2023 - yil.

2. Rafiq Axmedov '' sozandalar ansambili" Qo'qon - 2023 - yil.

3. G'ulomqodir Ergashev '' Afg'on rubobi darsligi " Toshkent - 2004 - yil.

4. N. N. Mironov '' Muzika uzbekov " Samarqand - 1929 - yil

ficiv^^^BI 320 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.