Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA RUS TILIDAGI AYRIM SOMATIK IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI'

O‘ZBEK VA RUS TILIDAGI AYRIM SOMATIK IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
500
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ibora / frazeologiya / somatizm / frazeologik birliklar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D.X.Suyunova

Mazkur maqolada frazeologik birliklarning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berilgan. Rus va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili bir qancha misollarda tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA RUS TILIDAGI AYRIM SOMATIK IBORALARNING SEMANTIK TAHLILI»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali ^ №17

O'ZBEK VA RUS TILIDAGIAYRIM SOMATIKIBORALARNING

SEMANTIK TAHLILI

D.X.Suyunova

SamDU mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7546942

Annotatsiya: Mazkur maqolada frazeologik birliklarning o'ziga xos jihatlari haqida ma'lumot berilgan. Rus va o'zbek tillaridagi somatik frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili bir qancha misollarda tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ibora, frazeologiya, somatizm, frazeologik birliklar.

Tillar frazeologiyasini qiyosiy jihatdan o'rganish alohida ahamiyatga ega. Bunday tadqiqot muayyan tillar frazeologiyasidagi umumiy va o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash, frazeologizatsiya jarayonining mohiyatiga chuqurroq kirib borish va frazeologik birliklarning xususiyatlarini aniqlashtirish imkonini beradi. Har qanday frazeologik birlik - bu matn, madaniy ma'lumotlarning saqlovchisidir. Tilning frazeologik tarkibiy qismi nafaqat milliy dunyoqarashning elementlari va xususiyatlarini takrorlaydi, balki ularni shakllantiradi. Lingvokulturologik jihatdan belgilangan ma'nolarni o'z ichiga oigan har bir frazeologik birlik milliy madaniyatning umumiy ko'rinishga hissa qo'shadi.

Ma'lumki, har bir tilning frazeologiyasi o'ziga xosdir. Bu har bir xalqning hayoti, madaniyati va mentalitetining o'ziga xosligi bilan bog'liq. Aynan frazeologiyada dunyoning milliy manzarasi, xalq hayoti va tarixidagi voqeliklar aks ettirilgan. V.A. Maslovaning fikriga ko'ra "tilning frazeologik fondi xalqning madaniyati va mentaliteti haqidagi eng qimmatli manbadir, unda xalqning afsonalari, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari, odob-axloqi mujassamlashgan".17

So'nggi yillarda somatik komponentli frazeologizmlarni o'rganishga qiziqish ortib bormoqda. Dunyoda mavjud turli tillar frazeologik fondini asosan somatizmlar tashkil etadi. Somatik frazeologik birlik (FB)lar xalqning eng qadimgi qatlamlarini ifodalaydi. Tilga "somatizm" terminini tatbiq etgan olim F.Vakk frazeologizmlar eston tilining eng qadimgi qatlamlaridan biri degan xulosaga keldi.18

Ma'lum tillarga xos frazeologiyani qiyosiy o'rganish tillar haqida umumiy va o'ziga xos xususiyatlar haqida muayyan xulosalarga kelish imkonini beradi. Inson tana a'zolari nomi bilan bog'liq FB larni tahlil qilish lingvokulturologik tadqiqotlar

17 Маслова В.А. Лингвокультурология. 2-е издание. - M.: Academia, 2004. - 204 с.

18 Вакк Ф. В. О соматичекой фразеологии эстонского языка. Вопросы фразеологии и составления фразеологических словарей / Ф. Вакк. - Баку, 1968.

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

№17

uchun juda muhimdir, chunki xalqlarning milliy-madaniy o'ziga xos xususiyatlari uning tilida qoSiangan iboralarida aks etadi.

Rus va o'zbek tillarida somatik FB lar katta miqdorda qo'llanadi, bu esa frazeologik materiallar asosida tahlillar olib borish dqiqot o'tkazish imkoniyatini beradi.

Rus tilida inson tana a'zolari ishtirok etgan frazeologik birliklar A.M.

Chepasov, N.F. Aliferenko, V.A. Lebedenskaya, L.P. Gasheva kabi olimlar, o'zbek tilshunosligida esa Sh.Rahmatullayev, A.Isayev, Sh.Usmanova, B. Yo'ldashev, A. Mamatov, U.Rashidova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Qiyoslanadigan har ikkala tilda inson tana a'zolari hisoblanmish somatik frazeologik biriklarning muqobili mavjud bo'lib, ular ma'no jihatdan mutloq yoki qisman bir-biriga muvofiq keladi. Tana qismlarining nomlarini majoziy ma'noda ishlatib, odam o'z fikrlarini to'liq etkazishga va aytilganlardan ko'proq taassurot qoldirishga harakat qiladi. Frazeologizmlar tarkibida inson tana a'zolarining qo'llanilishi ham rus tili, ham o'zbek tili uchun xosdir. Masalan, inson tana a'zosi hisoblangan "ko'z" so'zi bilan bog'liq rus tilidagi бросаться в глаза iborasi o'zbek tilida ko'zga tashlanmoq iborasiga teng bo'lib, "aniq ajralib sezilib turmoq" ma'noni beradi.

Qizig'i shundaki, har ikki til FBlari tarkibidagi soma (a'zo) o'xshash, masalan: o'zbek tilida mavjud tili bir qarich iborasi rus tilida язык длинный ga; sochi tikka bo'ldi - волосы дыбом стали; tilni tiymoq - держать язык за зубами; boshi oqqan tomonga - куда глаза гледят; bu qulog'idan kirib, bu qilog'idan chiqib ketmoq - в одно ухо влетает, в другое вылетает; boshi bilan shung'ib ketmoq - погружаться головой; qo'lga tushmoq - попадать в руки; tishi o'tmaydi - не по зубам.

Tilshunos D.Jumanova frazeologizmlarning tarjimasiga bag'ishlangan maqolalaridan birida shunday degan: "To'liq bo'lmagan ekvivalentlar asl frazeologizmdan sinonim tarkibiy qismlar, kichik shakl o'zgarishlari, sintaksis tuzilish, moslik hamda morfologik munosabatlar bilan farq qilishi mumkin: rus. задирать (задрать) нос ma'nosi «mag'rurlanish, muhimlik, takabburlik» - o'zb. burnini osmonga ko'tarmoq"19.

Biroq bir tildan boshqasiga tarjima qilishda asosiy komponent ko'pincha o'zgaradi. Bu o'zbek va rus tillari uchun juda qiziqarli hodisadir. Biz quyidagi frazeologik birliklarda tasvirlarning farqini kuzatamiz: qovoq kalla (тыквенная голова) - голова еловая; yuzma-yuz (лицом к лицу) - с глазу на глаз; tomdan tarasha tushgandek (как полена с крыши упало) - как снегу на голову va h.k. Quyida rus tilining FBlari ularning o'zbek FBlariga semantik va grammatik muvofiqligi haqida so'z yuritamiz.

19 Джуманова Д. Р. Специфика перевода фразеологизмов // Актуальные вопросы переводоведения и практики перевода. - Т., 2013. - С. 23-29.

CMS

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali л №17

Birinchidan, bir tilda bayon etilayotgan ñkrning konseptual mazmuni, ma'nolari va og'zaki ifodasi boshqa bir tilga to'liq mos keladi. Masalan: o'zb qo'li uzun -длинные руки. Bu misolimizda ko'rinib turibtiki, grammatik shakllar o'zbek tilida ham rus tilida ham bir-biriga mos tushadi. O'zbek tilida qo'li uzun frazeololgizmi ot+sifat so'z turkumlaridan iborat, rus tilida ham bu holatni kuzatishimiz mumkin длинные руки прилагательное + существительное. Tahlil qilingan birliklarning lug'aviy tarkibi to'liq mos keladi. Tahlil qilingan tillardagi to'liq tillararo ekvivalentlarga frazeologik birliklar misol bo4 la oladi: o'zb. baliq boshidan sasiydi -rus. рыба тухнет с головы.

Ikkinchidan, yaqin tillararo frazeologik analoglar guruhi alohida bo'lib, unda umumiy mafkuraviy tarkib majoziy qarashlar bilan vaziyatga turli xil obrazlar prizmasi orqali uzatiladi. Bunday vaziyatda frazeologik birliklarning leksik tarkibi qisman farq qiladi. Masalan: o'zb. joniga tegmoq - rus. стоять поперек горла.

Uchinchidan, to'liq bo'lmagan tillararo frazeologik analoglar guruhi ajralib turadi, bunda frazeologik birliklarning kontseptual o'xshashligi seziladi, ularning shakllanishi ikki tilda, ammo mutlaqo boshqa turlarga asoslangan va shuning uchun frazeologik birliklarning leksik to'liqligi unchalik o'xshash bo'lmasligi mumkin. Taqqoslashning asosiy asosi leksik va majoziy bo'lib, grammatik mezon hisobga olinmaydi. Misol uchun: o'zb. ko'ngilga zig'ir yog'dek tegmoq - rus. надоел как горькая редька. Yuqorida frazeologik birliklarning leksik tarkibi farq qilishini ko'rdik.

Xullas, frazeologik semantika deganda ma'lum bir xalqning ko'p asrlar mobaynida yig'gan tajribasining iboralar mazmuniga singishini tushunamiz. Muayyan tushunchalarni tahlil qilish taqqoslanadigan tillarning frazeologik birliklarining tipologik, universal xususiyatini aniqlashga imkon beradi.Demak, frazeologik birliklarda obrazlilik, bo'yoqdorlik bo'rtib turadi. Ibora yoki uning bir qismi ko'pincha ko'chma ma'noda bo'lganligi uchun obrazlilikka boy bo'ladi. Inson tana a'zolari qatnashgan frazeologizmlar nutq faoliyatida eng ko'p ishlatiladigan elementlardan biri bo'lib, ularni nutqda to'g'ri qo'llay olish nutqimizning yanada jozibador bo'lishini ta'minlaydi.

Fovdalanilgan adabiyotlar:

1. Rahmatullayev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati - Toshkent: O'qituvchi, 1978-380 b.

2. Вакк Ф. В. О соматической фразеологии эстонского языка. Вопросы фразеологии и составления фразеологических словарей / Ф. Вакк. - Баку, 1968.

3. Джуманова Д. Р. Специфика перевода фразеологизмов // Актуальные вопросы переводоведения и практики перевода. - Т., 2013. - С. 23-29.

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali Щ №17

4. Маслова В.А. Лингвокультурология. 2-е издание. - M.: Academia, 2004.-204 с.

5. Молоткова А.И. Фразеологический словарь русского языка. - М.: Советская энциклопедия, 1968. - 543 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.