Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO‘ZYASALISHINING SINXRONIK, DIAXRONIYA USULLARI'

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO‘ZYASALISHINING SINXRONIK, DIAXRONIYA USULLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
32
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvistika / oldin / turk tili / forma / tarixiy va hozirgi zamon.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tursunov A.R.

Yasama so‘z tarkibidagi ma’no mustahkamlovchi omil ekanligi bu olimlarning tadqiqotlarida belgilab berilgan. Tarixiy va hozirgi zamon morfologiyasini o‘rganish bo‘yicha ham jiddiy tadqiqot yuzaga kelganligi aytildi. Ma’lumki, morfologiya aslida grammatik shakl haqidagi ta’limot.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO‘ZYASALISHINING SINXRONIK, DIAXRONIYA USULLARI»

Tursunov A.R.

dots.

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA SO'ZYASALISHINING SINXRONIK,

DIAXRONIYA USULLARI

Annatatsiya: Yasama so Z tarkibidagi ma 'no mustahkamlovchi omil ekanligi bu olimlarning tadqiqotlarida belgilab berilgan. Tarixiy va hozirgi zamon morfologiyasini o 'rganish bo 'yicha ham jiddiy tadqiqot yuzaga kelganligi aytildi. Ma 'lumki, morfologiya aslida grammatik shakl haqidagi ta 'limot.

Kalit so'zlari: lingvistika, oldin, turk tili, forma, tarixiy va hozirgi zamon.

Tursunov A.R. associate professor Navoi State University of Mining and Technology

SYNCHRONIC AND DIACHRONIC METHODS OF WORD FORMATION IN UZBEK LINGUISTICS

Annotation. It has been determined in the researches of these scientists that the meaning of the artificial word is a strengthening factor. It was said that a serious study of the historical and modern morphology has also taken place. It is known that morphology is the study of grammatical form.

Key words: linguistics, before, Turkish language, form, historical and present tense.

XX asrda o'zbek tilshunosligi morfologiya sohasining taraqqiyotida yirik olimi Said Usmonovning xizmati alohida o'rin tutadi. S.Usmonov 1953 yilda tilshunos T.Ibrohimov rahbarligida "Hozirgi zamon o'zbek tilida undovlar" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Bu ish uning morfologiyaga oid dastlabki jiddiy ishi edi. Shundan so'ng olimning morfologiyaga oid qator ishi nashr qilindi. "So'z va uning morfologik strukturasi haqida" alohida qo'llanma" (1957), "Bosh kelishik formasida takrorlangan so'zning semantik va grammatik xususiyatiga doir" (1957), "Ba'zi fe'l formalari haqida" (1966), "Hozirgi o'zbek tilida so'zning morfologik tuzilishi" (1963), "Tillarning morfologik klassifikatsiyasi va turkiy tillarda agglyutinatsiya" (1963), "So'z yasovchi affiksoid" (1969), "O'zbek tilida so'zning grammatik formalari" (1964), "Hozirgi o'zbek tilida so'z formalarining qo'llanish xususiyati va til tipologiyasi masalasi" (1964), "So'zning morfologik va funksional analizi haqida" (1965) kabilar shular jumlasidan. [1]

S.Usmonovning umuman turkiy tillar, shu jumladan, o'zbek tili morfologiyasi taraqqiyotini belgilab berishdagi barcha qarashi, ayniqsa, uning

"Morfologicheskie osobennosti slova v sovremennom uzbekskom yaztike" ("Hozirgi o'zbek tilida so'zning morfologik xususiyati") fundamental tadqiqotida o'z ifodasini topdi. S.Usmonov tilni morfologik jihatdan tasniflashga e'tiborning Yevropa tilshunosligida XVIII asr oxirida boshlanganligini qayd etib, aka-uka Shlegel, keyinroq Shteyntal, nihoyat, Ya.Grimm, A.Shleyxer, A.I.Tomson qarashida bu holatga e'tibor berilganini ta'kidlaydi. Tilni flektiv va agglyutinativ til tarzida ikki guruhga ajratish, fleksiya hamda agglyutinatsiyaning o'ziga xos jihati bo'yicha barcha qarashni tahlil etgan tilshunos S.Usmonov "agglyutinatsiya" terminini tilshunoslikka birinchi marta Lassen olib kirgan bo'lsa-da, biroq agglyutinatsiya nazariyasini F.Bopp yaratganligini qayd etadi. S.Usmonov agglyutinatsiyaga yondashishda alohida yo'nalish shakllanganligiga alohida e'tibor qaratadi. Chunki turkiy til morfologiyasiga oid tadqiqotni amalga oshirishda bu masalaga aniqlik kiritilishi juda muhim ekanligi unga ma'lum edi.

S.UsmonovFerdinad de Sossyurnibelgilaydi. Ferdinad de Sossyurningagglyutinatsiyagaxosuchxususiyatniko'rsatibberganliginiqaydetadi. Olim agglyutinatsiyani o'zakka ketma-ket (yoki asosga), bir zanjirga bog'lanishning a'zosi, qismi tarzida qo'shimchaning qo'shilib kelishi, shu asosda grammatik ma'noning ifodalanishi tarzida baholangan uchinchi yo'nalish vakillariga alohida e'tibor qaratib, A.Shleyxer, V.A.Bogorodskiy, V.V.Radlov kabi olim qarashlariga o'z munosabatini bildiradi.

S.Usmonov so'zning grammatik shakliga alohida e'tibor qaratdi. Ma'lumki, morfologiya aslida grammatik shakl haqidagi ta'limot. So'z shakl, grammatik shakl; sintetik va analitik shakl haqida muhim fikr aytgan olim grammatik ma'no va funksiya bo'yicha so'zshakl ko'rinishini belgilaydi.

XX asr o'zbek tilshunosligining morfologiya sohasida V.V.Reshetov, Ye.D.Polivanov, A.N.Kononov, S.N.Ivanov, A.M.Shcherbakning asari ilmiy-amaliy hamda metodik asos vazifasini o'taydi. Bu borada, albatta, V.V.Reshetovning "O'zbek tili fonetikasi va grammatikasi asosi" (1960) kitobining o'rni alohida ekanligini ta'kidlash zarur.

50-yillarda O.Qosimxo'jaeva, B.Madvaliev, A.Xo'jaev, Z.Ma'rupov, S.Ferdaus, S.Fuzailov, A.Sulaymonov kabi olim o'zbek tilshunosligi morfologiya sohasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan bo'lsa, 60-yillarga kelib, A.G'ulomov, A.Borovkov kabi olim bilan hamkorlik qilgan mashhur turkolog A.N.Kononov bu sohada katta ish qildi.

Turkiyshunoslik va o'zbek tilshunosligida XX asrning50-yillaridan boshlab so'z yasalishining asosiy masalalari bo'yicha muhim tadqiqotlar orasida A.G'.G'ulomovning asarlari o'zining teran fikrlari, yangi ilmiy xulosalarga boyligi bilan ajralib turadi. Jahon tilshunosligida qo'lga kiritilgan yutuqlardan foydalangan holda, boy ilmiy tarixiy manbalarimiz, badiiy asarlar, xalq og'zaki ijodi va sheva dalillarini o'ziga xos ilmiy uslub va tafakkur,zakovat bilan tadqiq etgan olim umumtilshunoslik rivojiga ulkan hissa qo'shganligi keyingi yillardagina e'tirof etilmoqda. Bu e'tirof tilshunoslikning boshqa sohalari qatori to'liq ma'noda so'z yasalishi sohasiga ham taalluqlidir. [2]

A.G'.G'ulomov bu xil holatlarga nisbatan quyidagicha baho beradi:"so'zning ma'nosi uning tarkibidagi qismlarning semantik xususiyati bilan bog'liq" degan fikr hamma vaqt ham shu qismlarning ma'nosi yig'ilib, o'sha so'zning ma'nosini hosil qiladi, shunga teng bo'ladi,degan mazmunni anglata bermaydi" Masalan, suvoq, suvoqchi, suvoqchilik kabi holatlarda yasalmaning ma'nosi qismlarining ma'nosidan tug'ilsa, andavalamoq so'zining "xaspo'shlamoq" ma'nosi so'z qismlardan anglashilgan ma'nodan boshqacharoq ko'rinishni olgan.

So'z yasalishi, olimning fikricha, "bir vaqtlilik" (sinxronik) munosabatga tayanadi, "har vaqtlilik" (diaxroniya) esa davrlar bo'yicha o'zgarish, taraqqiyotini tushuntirishda ishlatiladigan tamoyillar majmuidan iborat: "Har qanday yasalma(hosil qilingan-yasalib chiqqan element) dastlabki ("birlamchi") emas, balki keyingi (ikkilamchi) hodisadir: u boshqa bir hodisaga tobe (ma'no va boshqa jihatlardan),uning semantik va struktural xususiyatlari o'sha dastlabki hodisa orqali aniqlanadi. So'z yasalishi tahlilida tarixiy, diaxronik faktlar zarur bo'lib qolgan o'rinlaridagina, qiyos uchun keltiriladi, hisobga olinadi, lekin asosga olinmaydi. A.G'.G'ulomovning ishlarida umumiy tilshunoslikdagi "tilning ichki formasi (shakli)"(V.fonGumboldt), "so'zning ichki formasi (shakli)" (A.A.Potebnya) hodisalariga ham munosabat bildirilib, yasama so'zning paydo bo'lish sabablari, uning motivatsiya asoslari qayd etiladi: "Yangi so'z hayotning talabi bilan tug'iladi. Bu talab-jamiyatning shu bilan aloqador holdaongning taraqqiyotiga bog'liq...u hamma yangiliklarning, dinamikaning, hamma o'zgarishlarning tug'ilish manbaidir" [3]

Tarixiy va hozirgi zamon morfologiyasini o'rganish bo'yicha ham jiddiy tadqiqot yuzaga kelganligi aytildi. Bundan tashqari, Yevropa va jahon tilshunosligida, yirik tadqiqot qilinib, uning barcha yutug'i o'zbek tilshunosligiga tatbiq etila boshladi.

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash joizki, N.A.Baskakov, A.N.Kononov, S.N.Ivanov kabi yirik olimning o'zbek tilshunoslari bilan uchrashuvlari, muloqoti natijasi sifatida ham morfologiyaning jiddiy tadqiqotchilari safi F.Kamolov, T.Ibragimov, S.Usmonov, A.G'ulomov kabi qator olimlar bilan kengaydi. A.Hojiev, M.Sodiqova, R.Qo'ng'urov, I.Qo'chqortoev, A.H.Sulaymonov ("Hozirgi o'zbek adabiy tilidan so'ng ko'makchilar"), A.Abduazizov, I.Rasulov, X.Komilova, A.Madg'oziev, K.Nazarov kabi yirik tadqiqotchi, morfologiya sohasining jonkuyari ular safidan o'rin olgan bo'lsa, aynan 70-yillar boshidan M.A'lamova, M.Narimonova, M.Jo'raboeva, Yo.Tojiev, A.Berdialiev, T.Mirzaqulov, S.Maxmatqulov, S.Sultonsaidova kabi ko'plab tilshunos olimlarimiz tomonidan morfologiya sohasida jiddiy ilmiy izlanishlar boshlab yuborildilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.Usmonov S.O'zbek tilida so'zning morfologik tuzilishi. Toshkent 2010y, 125-b.

2. Usmonov S. So'zning moгfematik va funksional analizi haqida //O'zbek tili va adabiyoti jurnali 1965y,1- soni. 59-63 b.

3. Usmonov S. Hoziïgi o'zbek tilida so'zning morfologik tuzilishi //Nizomiy nomidagi TDPI Ilmiy asarlari, 42-tom, I-kitob. - Toshkent, 1963y,45-48 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.