Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILI FILOLOGIYASIDA TERMINOLOGIYANING ISHLATILISHI VA AHAMIYATI'

O‘ZBEK TILI FILOLOGIYASIDA TERMINOLOGIYANING ISHLATILISHI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3642
357
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
termin / fikr / fakt / ko‘p til / ommaviy axborot / tushuncha / arxaizm / budjet.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bekzod Nizomboy O‘g‘li Sobirov

Bugungi ushbu maqolada o‘zbek tilining keng targ‘ib qilinishi, so‘zlarning ishlatilishi, terminlarning kelib chiqishi hamda terminologiyaning ahamiyati haqida fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILI FILOLOGIYASIDA TERMINOLOGIYANING ISHLATILISHI VA AHAMIYATI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

O'ZBEK TILI FILOLOGIYASIDA TERMINOLOGIYANING ISHLATILISHI

#

VA AHAMIYATI

* : i>

»

Bekzod Nizomboy o'g'li Sobirov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali assistent o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7238518

ß-<\ > Cj )><#

Annotatsiya: Bugungi ushbu maqolada o'zbek tilining keng targ'ib qilinishi, so'zlarning ishlatilishi, terminlarning kelib chiqishi hamda terminologiyaning ahamiyati haqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: termin, fikr, fakt, ko'p til, ommaviy axborot, tushuncha, arxaizm, budjet.

*<3>

Ur\ r-w-i rm Tjonfrln r\ ' ^KqI/ larm in aI Afrn moi nnr f rvm Anl nmn rnon/inm rinrln m I nr ml n-n

Hozirgi vaqtda o'zbek terminologiyasi har tomonlama shahdam qadamlar bilan

taraqqiy etmoqda. Ilm, fan va texnika, siyosat, iqtisodiyot va madaniy hayotga doir asasiy tushunchalar mutanosib terminologiya tizimi bilan ta'minlangan. Mustaqillik yillari mamlakatda turfa ikki tilli, ko'p tilli hamda izohli lug'atlar dunyo yuzini

»

m?

ko'rdi. Ayni paytda turli sohaga oid terminologik lug'atlar tuzish borasida jadal ishlar amalga oshirilmoqda, terminlogiyaga oid o'quv, o'quv-metodik va ilmiy adabiyot nashrdan chiqmoqda. O'zbek terminologiyasining yanada rivojlanishida ommaviy axborot vostalarining o'rni salmoqli bo'lmoqda. Hozirgi o'zbek adabiy tili muayyan

terminologik tizimi boyishi, to'ldirilishi va takomillashishining bosh manbasi, boshqa

....... ................... , ,

tillarda kechayotganidek, shubhasiz, o'z lug'at boyligi ekanligi ayni haqiqat. O'zbek terminologiyasining o'z boyliklari va imkoniyatlari hisobiga taraqqiy etishi ikki yo'l bilan voqelanadi: a) tilda mavjud, tayyor so'zlardan yangi narsa-predmet va tushunchalarni ifodalashda foydalanish: b) o'zbek adabiy tili so'z yasash imkoniyatlari ishtirokida yangi terminlar yaratish. Yangi terminlarni ro'yobga keltirishda so'z yasashning morfologik, semantik va sintaktik usullaridan unumli istifoda etiladi. Terminlar yaratishda qalqalash usulining ham sezilarli o'rni bor. O'zbek tili terminologiyasining ulkan ulushini ruscha-baynalmilal fond asosida J-jt

11 MI I f n n 1 7~-i 1 U r» ri Ii n MA+llflrlTr +1 1 I n-^TiniA r» ' T—w\ r\ n Ii rtn 11 1-m 1 I nf

yuzaga chiqqan nomlar tashkil etadi. Boshqa noturkiy tillardan o'zlashgan te rminlar

o'zbek xalqi faoliyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, sotsial, madaniy, ma'naviy jabhalarini qamrab olganligi bilan xarakterlidir. O'zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989- yilning 21- oktabrida "Davlat tili haqida"gi Qonunning qabul

\ >»•

qilinishi o'zbek tili so'z boyligining asosiy qatlamlaridan hisoblanmish terminologik leksikaga yangicha munosabatda bo'lishni taqozo etdi. Qonunning 7-moddasida ta'kidlanganidek, "Davlat o'zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini

........ 1__________c ____• . -i •_________•

ta'minlaydi, shu jumladan, unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi". Ushbu jahonshumul ahamiyatga

#

molik Qonunning qabul qilinishidan so'ng, taxminan, 3-5 yil davomida ilgaridan tilda qo'llanishda bo'lgan terminlarni, ayniqsa, ruscha-baynalmilal qatlamni qaytadan ko'rib chiqish tendensiyasi kuchayib ketdi. So'zsiz, bunday sa'y -harakatlar o'zbek tilining sofligini saqlash, uning asl tabiatini qayta tiklashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Sobiq sho'rolar hukmronligi davrida o'zbek tili lug'at tarkibining shakllanishi va rivojlanishida alohida rolga ega bo'lgan ko'pdan-ko'p

! \m-

ko'hna so'zlar asossiz ravishda eskirgan leksik birliklar kategoriyasi, ya'ni arxaizmlar sirasiga kiritilgan edi. Ayni nohaqlikni o'nglash, tarixiy haqiqatni tiklash muhim vazifa sifatida kun tartibiga qo'yilgan edi.

O'zbek tili terminologiyasi tizimida muayyan tushunchalarning muqobili bo'lmaganligi bois ularni bitta so'z bilan ifodalashning imkoniyati cheklangan. Chetdan kirib kelayotgan tushunchani bir qancha so'zlar yordamida izohlash yoki tavsiflash terminologiya talablariga ziddir. Mana shunday holatlarda ruscha-

Km rn o 1 m 11 o 1 farminl or +11 o nntinoir o nn 1/I rl n Krv'1 on ' "tKqI/ filirrn r nil

baynalmilal terminlar donor tilda qanday shaklda bo'lsa o'zbek tiliga ayni shu

shaklda tayyor tarzda qabul qilinadi. Masalan: budjet - budjet, kredit - kredit, atom -atom, gidrolokatsiya - gidrolokatsiya, deduksiya - deduksiya, gerb - gerb, auditor -auditor, repatriatsiya - repatriatsiya, fraksiya - fraksiya, profitsit-profitsit,

»

integratsiya-integratsiya, diplomatiya-diplomatiya, texnologiya-texnologiya, solyari-solyari, 44 stomatologiya-stomatologiya, timidin-timidin, gers-gers, volt-volt, amperamper, mentalitet-mentalitet, kislorod-kislorod, uglerod-uglerod va h.k. Ayni holatni tilshunoslik terminlari sistemasida ham kuzatamiz: aksent, artikulyatsiya, fonetika, fonema, diftong, reduksiya, metateza, dissimilyatsiya, logografiya, affiks, pragmatika, sintagmatika, semantika, idioma, infinitiv, gerundiy, semiotika, sinergetika, mentalingvistika, morfologiya, konsept, geshtalt, biolingvistika, diskurs va h.k. Ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishning shiddat bilan rivojlanayotganligi, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida sodir bo'layotgan globallashuv va integratsiya jarayonlari tillarning o'zaro jips aloqalarga kirishi ularga xos leksik

^^^ v I I ^

fondning boyishiga zamin yaratdi. Chunonchi, bugungi hayotni zamonaviy axborot kommunikatsiya tarmoqlari, xususan, internet va ushbu sohada qo'llanuvchi terminlar sistemasisiz tasavvur etishning aslo imkoni yo'q. O'zbek tili

J-jt

terminologiyasi tarkibiga kirib kelayotgan internet terminlari asosan o'zlashmalardan iborat bo'lib, ularni ikki, ya'ni ingliz tilidan aynan o'zlashgan overley, paket, peydjing, trakt, petebayt, ping, piksel, plagin, gigabayt, terabayt, exabayt, kross-brauzer va h.k. hamda rus tilidan o'zlashgan yakor, massiv, magistral, shlyuz, shrift,

! j>:*-

adaptatsiya kabi guruhlarga ajratish o'zini oqlaydi. Shu jouda yakor o'rnida langar,

shlyuz o'rnida to'g'on, shrift o'rnida harf, magistral o'rnida shoxyo'l leksemalarini qo'llashni tavsiya etish mumkinligini qayd etamiz. O'zbek tili terminologiyasining

qo ^^ tavsiya ............^^ qayd etamiz. o -----erm----------------g

hozirgi holatida o'z hamda o'zlashmalarning yonma-yon qo'llanayotganiga shohid * : j*

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

bo'lamiz. Ushbu jarayon avvalgi terminologiya tizimidagi meyor va yangi leksik

#

>

birlik o'rtasidagi qarama-qarshilik, "yashash uchun kurash"dan guvohlik beradi. Tabiiy, raqobatalashayotgan terminlardan qaysi biri o'zbek tili terminologiyasi tarkibidan munosib o'rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt ko'rsatadi. Hozircha ikki dubletli terminlar jumlasiga aksiya - harakat, aksiya; arxeolog- qadimshunos, arxeolog; blok - ittifoq, blok (deputatlik); veto - veto, ta'qiq; ofitser - zobit, ofitser; reanimatsiya - jonlantirish, reanimatsiy; termin - atama, termin; embargo - embargo, ta'qiqlash; sivilizatsiya - ^üiz^y^ tamaddun;

kollegiya - hay'at, kollegiya; denonsatsiya - denonsatsiya, bekor qilish; tif - tif, terlama; transplantatsiya-transplantatsiya, ko'chirib o'tkazish;

mikrokreditmikrokredit, mikroqarz; terapiya-terapiya, davolash; smeta-smeta, xarajatlar loyihasi; kliyent-server - kliyent-server, mijoz-xodim; agent-vakil, agent; anketa - so'rovnoma; anketa, apellyatsiya - shikoyat, apellyatsiya; akklamatsiya-olqish, akklamatsiya(yur.) va h.k.lar kiritilmoqda. Ba'zi vaziyatlarda, mobodo biron bir tushuncha ikki, ya'ni o'z va o'zlashma (ruscha-baynalmilal) termin bilan

ifodalansa, shubhasiz, afzallik o'zbekcha terminga beriladi - tilshunoslik (lingvistika), nazoratchi (inspektor), qalam haqi (gonorar), nizom (ustav), giyohvandlik (narkomaniya), zahira (rezerv), tenglik (paritet), hokim (mer), jarroh

»

(xirurg), sil (tuberkulez), dorishunos (farmatsevt), dorishunoslik 45 (farmatsevtika), tasnif (klassifikatsiya), imlo (orfografiya), qatag'on (repressiya), sayyora (planeta), tirkama (pritsep), tovon (reparatsiya) va h.k. Kimyo terminologiyasida faol qo'llanuvchi oltin-aurum, kumushargentum, margimush-arsen, oltingugurt-sulfur, temir-ferrum singari terminlarning lotincha dubletlaridan kimyoviy reaksiyalar formulalarini o'qishda istifoda etiladi (Madvaliyev 2017, 22)

O'zbek tili so'zga juda boy tillardan. Bunda ham rasmiy ham norasmiy turdagi so'zlashuvlarni ham misol qilib kiritishimiz mumkin. Aynan biz ishlatayotgan so'zlarning ko'pchiligi ham boshqa davlat, millat tillaridan kirib kelgan. Shuning uchun ham sof o'zbek tilidagi so'zlarni aniq bilishimiz uchun terminologiya bizga juda muhim. Terminologiyada so'zlarning ishlatilishi, qayerdan kirib kelgani, qanday ma'nolarda ishlatilishi kabilar aniq ko'rsatiladi.

O'zbek terminshunoslari oldida yuqorida keltirilgan muammolar qatori

---A,

irtl Ml n n r> 1 r>l n 1 l-Yn-iVi n I n+1 r< tY»nfl'nllTrn+1 1 rr» ' 11 il I n 11 rr +llflU/1-«• numl'»

tubandagi masalalarni ham hal etish mas'uliyati ko'ndalang turibdi: umumqo'llanish

xarakteridagi ba'zi terminlarning mutanosib variantlarining mavjud emasligi; ilm-fan

va texnika soha terminlarini tartibga solish hamda bir xillashtirishning qoniqarsizligi; 4 > ^^ >

terminlarni qo'llashda imloviy chalkashliklarga yo'l qo'yish; terminografiya

! !>»

masalalariga bugungi talablardan kelib chiqib yondashish, turli turdagi terminologik lug'atlar tuzish va nashr qilish jarayonini boshqarish hamda nazorat qilishning sustligi; turli sohalarda qo'llanuvchi terminlar aynanligini ta'minlaydigan metodik

_______ „ J„ • U ____________ • 1 ______A____• 1 -1 „ „

qo'llanma va davriy byulletenning mavjud emasligi; terminologik leksika, ayniqsa,

ы> >>

*: >

й*

>>

#ф>

^ >3> 1

Я>

>3»

Ы >

! Й> #ф>

>j* ' >s#

ж ы>

! Я>

J >:

)Wvj J>

+И >

$4f

ш j

< j>j:> >j>

>

Ы >

* - >

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10

Mustaqillik davri ilmiy-texnikaviy terminlar haqida olib borilayotgan nazariy tadqiqotlaming qoniqarli emasligi; terminologiya masalalari bilan maxsus shug'ullanadigan boshqaruv hamda monitoring organining yo'qligi. O'zbek terminologik lug'atlari, ta'bir joiz bo'lsa, fan sohalarining deyarli barchasini qamrab olgan deyish mumkin. Aniq fan sohalari kabi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari doirasida qo'llanuvchi terminlarning ma'nomohiyatini ifodalashga yo'naltirilgan lug'atnavislik (terminografiya) ishlari respublika ilmiy-tadqiqot institutilari yetakchi olimlari, oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari tomonidan tuzilgan. Terminologik lug'atlarning aksariyati rus tilidan o'zlashgan terminlarning o'zbek tilida ifodalanish masalasiga bag'ishlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Мирзиёев Ш.М. Танкидий тахлил, катъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - хар бир рахбар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак.-Тошкент: Узбекистон, 2017.

2.Узбекистон Республикасининг 1995 йил 21 декабрда янги тахрирда кабул килинган "Давлат тили хакида"ги ^онуни.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3.Узбекистон Республикаси Президентининг 2016 йил 13 майдаги ПФ-4797-сон "Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат узбек тили ва адабиёти университетини ташкил этиш тугрисида"ги Фармони.

4. Абдуллаева А. Лексика сферы международных отношений (на материале русского и узбекского языков).Автореф.дисс.канд. филол.наук.-Ташкент, 2003.

5. Абдуллаева Ш. Газначилик сохасида кулланиладиган молиявий-иктисодий терминларнинг чогиштирма тадкики (инглиз, узбек ва рус тиллари мисолида). Филол. фан. буйича фалс. док. дисс. автореф.-Тошкент, 2018.

6. Абдурахмонов F., Шукуров Ш. Узбек тилининг тарихий грамматикаси.-Тошкент: Укитувчи, 1973. 10 Абдурахмонов F., Рустамов А. ^адимги туркий тил.-Тошкент: Укитувчи, 1982.

jW^ У

q ж**

Ш

!>3*:

Ш

»

Щ4Ъ

Шщ

■Г 1 J>

к»~

s0

q зй

^Н >

Ы:> *ф>

ИИ> qjH*

>Н 1

Ы >

щ >

]>Ж

т «j

т >

Qj^f^S).

181

q > >

Ы >

q

q <;>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.