Научная статья на тему 'O‘ZBEK SHALYAPINI SIFATIDA E’TIROF ETILGAN SAN’ATKOR'

O‘ZBEK SHALYAPINI SIFATIDA E’TIROF ETILGAN SAN’ATKOR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
31
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Farg‘ona / qori / musiqiy bilim / xotira / maftunkor ovoz / o‘zbek teatri / spektakl / Moskva / rus vokal maktabi / Fyodor Shalyapin / xoreograf / Tamaraxonim / kontsert

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — A.Haydarov

Ushbu maqolada o‘zining beqiyos iste’dodi, o‘lmas merosi bilan o‘zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, o‘z hayotini Vatan, xalq, millat ravnaqiga bag‘ishlagan Oʻzbekiston xalq artisti Muhiddin Qori-Yoqubov haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK SHALYAPINI SIFATIDA E’TIROF ETILGAN SAN’ATKOR»

O'ZBEK SHALYAPINI SIFATIDA E'TIROF ETILGAN SAN'ATKOR

A.Haydarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zining beqiyos iste'dodi, o'lmas merosi bilan o'zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan, o'z hayotini Vatan, xalq, millat ravnaqiga bag'ishlagan O'zbekiston xalq artisti Muhiddin Qori-Yoqubov haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Farg'ona, qori, musiqiy bilim, xotira, maftunkor ovoz, o'zbek teatri, spektakl, Moskva, rus vokal maktabi, Fyodor Shalyapin, xoreograf, Tamaraxonim, kontsert

AN ARTIST RECOGNIZED AS AN UZBEK CHALYAPI

A.Haydarov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article is about the People's Artist of Uzbekistan Muhiddin Qori-Yakubov, who made a great contribution to the development of Uzbek national culture with his incomparable talent and immortal heritage, and devoted his life to the development of the Motherland, people, and nation. is spoken.

Keywords: Fergana, qori, musical knowledge, memory, charming voice, Uzbek theater, performance, Moscow, Russian vocal school, Fyodor Shalyapin, choreographer, Tamarakhonim, concert

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-avgustdagi Farmoniga ko'ra "O'zining beqiyos iste'dodi, o'lmas merosi bilan o'zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan o'z hayotini Vatan, xalq, millat ravnaqiga bag'ishlagan, yurt va xalq oldidagi beqiyos xizmatlarini hisobga olib, vafotidan keyin (11 nafar) yozuvchi va san'atkorlar "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlandi. Ro'yxatda joy olganlar qatorida XX asr yangi o'zbek musiqa madaniyati asoschilaridan biri, O'zbekiston xalq artisti Muhiddin Qori-Yoqubov ham bor edi.

Muhiddin so'lim va go'zal Farg'ona shahrida 1896 yili tavallud topdi. Uning otasi hattot va muallimlik qilar edi. Bola eski o'zbek maktabida ta'lim olgan, u yerda o'quvchilar muqaddas Qur'on o'qish san'atini ham o'rganar edilar. O'sha paytdagi musulmon jamiyatida "qori" (Qur'on o'quvchi) bo'lish katta sharaf hisoblangan. Qur'onning barcha matnlarini yoddan aytish uchun inson ajoyib musiqiy bilim va xotiraga, maftunkor ovozga ega bo'lishi kerak edi. Muxitdin shu fazilatlari tufayli

shahardagi har bir masjid o'z xizmatida bo'lishni sharaf deb bilgan mashhur "qori"ga aylandi.

XIX asr oxiriga kelib Farg'ona Turkistonning o'ziga xos san'at markaziga aylandi. Bu yerda o'zbek musiqa, vokal va raqs san'atining taniqli namoyandalari yashab ijod qilishgan. 1916 yilda yigirma yoshli Muhiddin shahar kotiblar uyushmasida "Birinchi o'zbek teatri"ni tashkil qiladi. 1918 yil may oyidan boshlab "Birinchi o'zbek teatri" "Musulmon yoshlari dramatik truppasi"ga aylantirildi. Qisqa vaqt ichida Hamza pyesalari asosida sahnalashtirilgan spektakllar sahnalashtirildi. "Boy ila xizmatchi" spektakllarida Muhiddin boy, "Tuhmatchilarga jazo"da Qosimjon, "Farg'ona fojiasi"da muallim rollarini ijro etgan. Bu qahramonlarning barchasi o'zining yorqin badiiy ifodaliligi va musiqiyligi bilan ajralib turardi. Muhiddinning "mahorat bo'yicha" ustozlari iste'dodli muallimlar va ko'zga ko'ringan san'atkorlar, rejissyorlar Hamza va Uyg'ur edilar. Moskvalik rejissyor Mixail Shorshteyn esa aktyorni poytaxtga yaqin do'sti Vsevolod Meyerxold huzuriga o'qishga borishini tavsiya qildi. 1922 yil bahorida O'zbekistondan kelgan qurultoy delegatlari tarkibida Muhiddin Qori Yoqubov ham Moskvaga keldi. Keyingi yili V.Meyerxold tavsiyasi bilan Muhiddin Davlat teatr san'ati institutiga (texnikum) o'qishga kiradi. Bu qo'shiqchi uchun kelajakda yaxshi maktab bo'lib xizmat qildi. Ikki yil davomda kuchli mutaxassislar yordamida vokal san'ati texnikasini puxta egalladi, unga nafas yo'llarini ochishiga yordam berildi. "Xalqaro qo'shiqlar va raqslar" dasturi bilan Moskvada chiqish qilgan taniqli xonanda Nadejda Sobinova-Viryazova bilan Muhiddin aktrisa o'z repertuariga kiritilgan o'zbek qo'shiq va raqslarini mashq qildi. U rus vokal maktabini qiziqish bilan o'rgandi. Ayniqsa, Fyodor Shalyapinni tinglashni yaxshi ko'rardi.

1923 yilning yozi Muhiddin uchun esda qolarli davr bo'ldi. U Toshkentga ta'tilga keldi. Bir kuni kechqurun u taniqli xoreograf, o'zbek estrada raqsi ijodkori AliArdobus Ibrohimov tomonidan tashkil etilgan kontsertga keldi. Muhiddin musiqa to'garaklari san'atkorlarining chiqishlarini maroq bilan tomosha qildi. Sahnada allaqachon el ichida tanilib ulgurgan aktyor Abror Hidoyatov va ko'zlari tabassumdan chaqnab turgan yosh va go'zal Tamara Petrosyants juftligi paydo bo'ldi. Keyinchalik Muhiddin va Tamara nafaqat sahnaviy sherik balki umr yo'llari ham birlashgan juftlikka aylanishdi. Tamaraxonim uzoq yillar davomida serqirra ijodkorning "ilhom parisi" bo'lib keldi. Ularning shuhrati butun mamalakat bo'ylab tez tarqaldi.

1924-yilda O'zbekiston hukumati bir guruh iste'dodli san'atkorlarni, jumladan Tamarani Moskvaga, Lunacharskiy nomidagi teatr texnikumiga o'qishga yubordi. Tamara xoreografiya bo'limiga o'qishga kirdi. Qizni tez-tez kontsertlarga taklif qilishardi. Konsert tashkilotchilari afisha joylasharkan, o'zbek artistini nima deb nomlashni bilmay qolishdi. Parda ortida ayol kishiga hurmat ma'nosida Tamaraxonim

deb atashgani eshitishgani sababli shu nom bilan sahnalarda chiqa boshladi va mashhurlikka erishdi

Moskvada o'qishni bitirgach, Muhiddinga o'qituvchilar Italiyaga o'qishga borishni maslahat berishdi. Muhiddin bu iltimos bilan Buxoro Xalq Respublikasi Xalq Nazirlari Kengashi raisi Fayzulla Xo'jayevga murojaat qiladi, va u yordam berishga va'da beradi. Italiya safari oldidan Qori-Yoqubovning Turkiston shaharlari bo'ylab xayrlashuv safari boshlandi.

1925 yil 14 iyulda Moskvada saralash bosqichidan o'tib, Qori-Yoqubov va Tamaraxonim bir guruh san'atkorlar tarkibida Butunjahon dekorativ san'at ko'rgazmasi kontsertlarida qatnashish uchun Parijga kelishadi. O'zbekistonlik san'atkorlarning chiqishlari xorijiy matbuotda katta shov-shuv uyg'otdi. O'z chiqishlari bilan ular deyarli yo'qolib borayotgan san'atga qiziqishni oshirdi. San'atkorning repertuarini ikki yuz yillik tarixga ega bo'lgan hamda hali notalashtirilib ulgurilmagan qo'shiqlar tashkil etadi. U Parijdan kelib, Berlin aholisi oldida chiqishlar qildi, ular uni qizg'in va samimiy tarzda kutib oldilar.

1926 yil boshida Muhiddin va Tamara Farg'onaga qaytib kelishdi. Bu erda ular o'z atrofida qo'shiqchilar, raqqosalar, musiqachilarni birlashtirdilar. Aprel oyida yangi guruh - "O'zbek konsert-etnografik truppasi" tashkil etildi. Tayyor dastur bilan truppa O'zbekistonning shahar va viloyatlari: Samarqand, Toshkent, Farg'ona vodiysi, Buxoro viloyati va Termiz tumani bo'ylab sayohat qildi. Jamoa doimo yo'lda edi, shahar va qishloqlarda repertuar boyitib borildi, shu yerni o'zidayoq o'rganildi va tomoshabinlarga namoyish etildi. Turlar Markaziy Osiyo shaharlarida, hamda Rossiyada bo'lib o'tdi. Har bir chiqishlari bilan Etnografik truppa tobora ko'proq muxlislarga ega bo'ldi va ularning shon-shuhrati shamol tezligida tarqaldi.

1929-yil 7-noyabrda "O'zbek kontsert etnografik truppasi" Samarqandda ochilgan "Davlat o'zbek musiqali teatri" maqomini oldi. Aktyorlar ovozni yo'lga qo'yish, nota yozish malakasini oshirish, balet, rejissyorlik, o'zbek adabiyoti va teatr tarixi bo'yicha maxsus mashg'ulotlarda qatnashdilar. Yangi repertuar yaratish uchun Qori Yoqubov andijonlik dramaturglar Komil Yashen, Muzafar Muhamedov va aktrisa Halima Nosirovani, yosh bastakorlar Muxtor Ashrafiy, buxorolik Mutal Burxonovni, toshkentlik xonanda Karim Zokirovni taklif qildi. Ma'lumki, o'zbek musiqa cholg'u asboblari o'zining jarangdorligi jihatidan juda sokin va anchayin keng joylarda eshitilishi biroz mushkul. Qori-Yoqubov esa milliy xalqona asarlarini pianino jo'rligida birinchi bo'lib ijro etgan. Shuning uchun u pianinochi A. Chetvertakov bilan birgalikda birinchi marta tajriba tarzida o'zbek xalq cholg'u asboblarini simfonik orkestr cholg'u asboblari bilan birlashtirdi. "Layli va Majnun", "Arshin mol alan", "Farhod va Shirin" kabi asarlarning musiqiy chiqishlari simfonik orkestr jo'rligida ijro etila boshlandi. 1930-yil iyun oyida Moskvada bo'lib o'tgan SSSR xalqlari teatr, kino va san'atining I Butunittifoq olimpiadasida O'zbek musiqali teatri jamoasi keng

ko'lamli dastur - K.Yashinning "O'rtoqlar" komediyasini, U.Zafariyning "Halima" dramasi va turli janrdagi 60 ta asardan iborat etnografik konsert dasrturlarini namoyish etdi. Butunittifoq olimpiadasining hakamlar hay'ati teatr jamoasi va badiiy rahbari Muhiddin Qori-Yoqubov mehnatini yuqori baholab, xalq amaliy san'ati, dastur va spektakl uchun mukofot bilan taqdirladi.

1925-yilda Berlindagi Shubert xolldagi Qori Yoqubovning chiqishlari chog'ida xonandadan: "O'zbeklar musiqa san'ati qay yo'l bilan rivojlanadi?" deb so'rashgan edi. Shunda Muhiddin qat'iyat bilan: "Biz o'z milliy opera va baletimizni yaratishga intilamiz", deb javob beradi. Bu fikr Qori-Yoqubovni bir zum bo'lsada tark etmadi. Endi bu muammo hal qilish zaruratiga aylandi. Bu taklif bilan 1934 yilning bahorida u respublika hukumatiga murojaat qildi. Muhiddin Moskva konservatoriyasi qoshida o'zbek opera studiyasini ochish va u yerga iste'dodli musiqali teatr san'atkorlarini yuborishni zarur deb hisoblar edi. Kelajakda bu studiyada O'zbekiston musiqa san'atining bo'lajak yorqin yulduzlari bo'lmish Muxtor Ashrafiy, Halima Nosirova, Karim Zokirov, Mutal Burxonov, Sulaymon Yudakov, Tolibjon Sodiqov, Boborahim Mirzayevlar tahsil oladi.

1936 yilda Qori-Yoqubov Davlat filarmoniyasining badiiy rahbari va direktori etib tayinlandi. Qori Yoqubovning o'zbek operasini yaratish orzusi nihoyat amalga oshdi. 1939 yil iyun oyida O'zbek musiqali teatri sahnasida M. Ashrafiyning birinchi o'zbek operasi "Buron"ning premyerasi bo'lib o'tdi. Unda general-gubernator rolini Qori-Yoqubov ijro etdi. Bu muhim voqea O'zbek Davlat opera va balet teatrining ochilishida muhim rol o'ynadi. Teatr musiqa jamoatchiligiga V.Brusilovskiyning "Yor targ'in" ("Jasoratli Targ'in") operasini taqdim etdi, unda Qori-Yoqubov bosh rolni -qo'rqmas ritsar, qozoq dashtlari botiri, katta xalq odami obrazini talqin etdi. Keyinroq esa T.Sodiqov, R.Glierning "Layli va Majnun" operasining premyerasi bo'lib, unda Qori-Yoqubov oliyjanob qo'rqmas adolat ritsarining Navfal rolini ijro etdi. 1941 yil boshida Aleksey Kozlovskiyning "Ulug'bek" operasi uchun repetisiya bo'lib o'tdi, unda Qori-Yoqubov bosh rolni ijro etdi. U Ulug'bekning ko'p qirrali, olam sirlarini bilgan mard va ilg'or olim sifatidagi obrazini yaratishga muvaffaq bo'ldi. Bastakor M.Burxonov o'z xotiralarida shunday yozgan edi: "Menimcha, Aleksey Fedorovich Kozlovskiyga "Ulug'bek" operasini yaratishida Qori-Yoqubov "sabab" bo'lgan. Aynan shu toifadagi san'atkor va xonandagina Ulug'bek obrazini yarata olar edi.

Uning ikkinchi rafiqasi Iqbolxon o'zini butunlay turmush o'rtog'iga, oilasiga bag'ishladi. U turmush o'rtog'ining tashqi ko'rinishiga e'tibor qaratar, uning sog'lig'iga g'amxo'rlik qilar, uni ijod bilan to'liq shug'ullanishi uchun sharoit yaratib berar edi. Do'stlar va hamkasblar tez-tez ularning uyiga yig'ilib, opera teatrini, repertuarini yanada rivojlantirish, yangi kadrlar tayyorlash muammolarini muhokama qilishar edi. Muhiddin kontsertlar uyushtirar, sadoqatli do'sti, professional pianinochi Ivan Fomenko jo'rligida operalardan qo'shiqlar, romanslar va ariyalar kuylar edi.

Muhiddin doimo qishloq mehnatkashlariga hurmat bilan qaragan. Iqbolxon turmush o'rtog'i bilan eng chekka hududlarga, dala oromgohlariga tez-tez gastrollarga borib turardi. Odatda spektakllar chekka joylardan ko'plab odamlar to'planadigan ochiq-oydin zallarda bo'lib o'tar edi. Tomoshabinlar xilma-xil edi - keksalardan tortib, bolali ayollargacha.

M.Qori-Yoqubov 1956 yilning yanvar oyidan yigirma yil avval ochgan va unga rahbarlik qilgan filarmoniyasida solist bo'lib ishlay boshladi. Tez orada uni Shayxontohurda ochilgan Estrada teatriga taklif qilishdi. Muhiddin kontsert repertuarini oldi, unda xalq qo'shiqlari, opera va romanslardan ariyalar bor edi. Har bir konsertdan so'ng butun zal o'rnidan turib xonandani uzoq qarsaklar bilan kutib oldi.

1957 yilning yanvarida Muhiddin xotini bilan uyga qaytayotgan edi. Yer qattiq muzlagan edi. Uyning kiraverishidagi hovlida Qori Yoqubov sirpanib yiqilib tushadi. Bu yiqilish uning uchun halokatli bo'ldi. Bir necha haftadan so'ng, 1957-yilning 2-fevralida Muhiddin Qori Yoqubov olamdan o'tadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Мастура Исхакова. «Мухитдин Кари-Якубов. Узбекский Шаляпин». Ташкент. 2007

2. Документальная монография Л. Авдеевой «Мухитдин Кари-Якубов». Ташкент. 1988

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.