Научная статья на тему 'O‘ZBEK MUSIQALI TEATRI'

O‘ZBEK MUSIQALI TEATRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / drama / tragediya / komediya / rechitativ / operetta / balet / sinkritik / buffo / seriya / pyesa / ansambl / dramaturgiya / spektakl

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Xudoyberdiyeva, M.Qurbonova

Ushbu maqolada teatr tushunchasi, o‘zbek musiqali teatrining rivojlanish tarixi, musiqali dramalar va ular tarkibidagi asarlar, musiqiy komediyalar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MUSIQALI TEATRI»

O'ZBEK MUSIQALI TEATRI

M.Xudoyberdiyeva M.Qurbonova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada teatr tushunchasi, o'zbek musiqali teatrining rivojlanish tarixi, musiqali dramalar va ular tarkibidagi asarlar, musiqiy komediyalar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: teatr, drama, tragediya, komediya, rechitativ, operetta, balet, sinkritik, buffo, seriya, pyesa, ansambl, dramaturgiya, spektakl

UZBEK MUSICAL THEATER

M.Khudoyberdiyeva M.Kurbanova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the concept of theater, the history of the development of Uzbek musical theater, musical dramas and their works, musical comedies.

Keywords: theater, drama, tragedy, comedy, recitative, operetta, ballet, syncretic, buffo, series, play, ensemble, dramaturgy, performance

San'at tushunchasi azaldan dunyoning paydo bo'lishi bilan bir qatorda afsonaviy, diniy tasavvurlar bilan birgalikda shakllangan. Ijtimoiylashuv taraqqiyoti negizida bir qancha bosqichlarni bosib o'tib, odamning turli qiyofalar ko'rinishlarini boshdan o'tqazgan.

Teatr yunoncha threatron so'zidan olingan bo'lib, «tomoshagoh" ma'nosini bildirib, cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ijro etadigan sahna ko'rinishi orqali tomoshabinga fikr uzatuvchi san'at janridir. Ba'zan teatr tomoshalari o'tkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi. Teatr san'atida ham boshqa san'atlarda bo'lganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib, jamiyat taraqqiyoti, ma'naviyati, madaniyati, bilan bog'liq holda o'zgarib, takomillashib boradi. Teatr asosida og'zaki, yoki yozma dramaturgiya yotadi. Teatrning yana bir muhim vositalaridan biri bu - sahna nutqidir. Teatr sintez san'at bo'lib, jamiyat hayotida tomoshabinlarning ma'naviy va estetik tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Teatrda musiqaning ham o'rni katta, tomosha turi va janriga bog'liq holda u turli vazifani

bajaradi. Teatr san'ati uzoq tarixga ega bo'lib, uning asosiy unsurlari (boshqa qiyofaga kirish, dialog, to'qnashuv kabilar) tashkil etadi.

XX asr o'zbek teatr madaniyati tarixida ro'y bergan noyob o'zgarish davri hisoblanadi. Ilk marotaba 1914-yili Muhammadxo'ja Behbudiy «Padarkush" pyesasi bilan o'zbek teatrining yaqin ikki uch o'n yillik ichidagi o'zbek xalqi faxrlansa arzigulik teatr sifatida maydonga chiqqan. O'zbek teatri - o'sha davrning jadidchilik islohotlar mehnatining mevasi ya'ni madaniy-ma'rifiy teatr sifatida tug'ilgan.

O'zbekistonning madaniy hayotida XX asrda bunyodga kelgan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi Respublika davlat musiqali drama va komediya teatri, Berdaq nomidagiQoraqalpog'iston avtonom respublikasi davlat musiqali teatri va Respublikamizning barcha viloyatlaridagi hamda Qo'qon va Bekobod shaharlaridagi musiqali drama va komediya teatrlari xalqimizning ma'naviy hayotida ham alohida ahamiyat kasb etib kelgan. O'zbek teatrining yillar mobaynida bosib o'tgan tarixiy va ijod yo'li hamda faoliyati keng qamrovli hamda samarali ekanligini e'tirof etish lozimdir.1

Bu davrda Jadid teatri va dramaturgiyasining muhim xususiyati - uning oila hayotini tasvirlash bilan inson qalbiga kirib borish, uni ma'rifiy tarbiyalash va shu orqali jamiyat hayotida avj olib borayotgan milliy uyg'onish g'oyalarini tarannum etishda o'z aksini topgan. Jadid ma'rifatparvarlari yoqqan ma'rifat mash'ali qariyb 1930-yillarga qadar yangi g'oya va intilishlar bilan hamda dramaturgiyaga kirib kelgan ahli san'at yo'larrini yoritib turgan.

Tarixdan bizga ma'lumki, O'zbek va O'rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotlarida XX asrga qadar qadimiy Yunon va Yevropa davlatlarida shakllangan «musiqali komediya", «operetta", «vodivil", «opera", «balet" kabi janr hamda teatr san'ati turlari deyarli shakllanmagan edi. Mahalliy xaqlarning yuqoridagi mavzularda tilga olingan teatr elemenlari xususan, xalq tomoshalari, «mim" (tanqid), «masxaraboz", «askiya", «qo'g'irchoq" teatrining ko'plab turlari qadim-qadim zamonlardan rivoj topib kelgan. Ularni umumlashtirgan holda «xalq teatri" atamasi qo'llanilgan.2

Xalq teatrining muhim ahamiyatli taraflaridan biri shuki, unda teatrning tarkibiy qismi - bu musiqa sanaladi. Masxaraboz, qiziqchi, ayniqsa qo'g'irchoq tomoshalarida ishtirok etuvchi aktyorlar o'zbek xalq termalari, aytishuvlari, lapar, yalla, qo'shiq hamda turli cholg'ular yordamidagi kuylardan keng foydalanishgan. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, xalqqa ko'rsatilayotgan tomosha voqealariga musiqa ohangi bevosita bog'liq bo'lmasada, uning obrazliligini kuchaytirish va zavq ta'sir doirasini ko'tarishda musiqa albatta ishlatilgan.

1 O'zbek musiqasi tarixi A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova 63-bet

2 O'zbek musiqasi tarixi A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova 65-bet

Musiqali dramatik murakkab sinkretik san'at janrining paydo bo'lishi ham o'zbek xalqining ulkan boy baddiy me'rosiga egaligi va shu me'rosni zamonaviy teatr tiliga yetkazib bera olgan iqtidorlar borligi bilan bevosita bog'liqdir. O'zbek musiqali teatr san'atining ildizi xalq musiqiy me'rosi, folklori, urf-odatlari, an'analari va shu bilan bir qatorda xalq orasidan chiqqan baxshilar, qiziqchilar, masxarabozlar, hofizlar kabi o'zbek an'anaviy teatri mehnatkashlarining yuksak xizmatlari evaziga shakllanib keldi. Shuningdek, xalq teatrida bosh ijodkor bu- masxaraboz va qiziqchilar hisoblanadi. Ular ham yaratuvchilik, ham ijrochilk, ham tashkilotchilik vazifalarini bajarishgan. Xalq teatrining repertuarlari tog'risida teatrshunos A.L.Troitskaya 1936-yili Farg'ona vodiysida ekspeditsiya tashkil qilib, unda «xalq teatri» ning tarixini na ish faoliyatini o'rganib, «Из истории народного театра и цирка в Узбекистане» maqolasida shunday keldiradi: « G'afurjon Toshmatov, Ismat qori, Ibrohim Teshaboyev, Aka Buxor, ayniqsa Yusufjon qiziqchi Shakarjonovlar bilan tanishib hamda arxivlarni o'rganib xalq teatri to'g'risida, uning tarixi, repertuari, boshqarish va moliyaviy faoliyatlarini o'rganishga harakat qildim. Repertuardagi «Mudarris», «Zarkokil», «Tabibchilik», «Attorlik», «Murab», «Hammom», «O'lik sotdi», «To'g'on», «Tol sotdi», «Xum o'g'risi», «Er bo'lish» hamda boshqalarni mazmunlari bilan keltirmoqdaman».

Shu o'rinda teatr tomoshabinlari tomonidan bir savol tug'ilishi mumkin, ya'ni «Nima uchun dunyo xalqlarining tilida teatr so'zi «drama», «komediya», «operetta», «opera», «balet», kabi atamalar bir xil nom bilan ataladi" degan. Bunga javob topish uchun esa bir zumga kengrog' tarzda fikrlaymiz. Tetrni paydo bo'lish tarixiga e'tibor qaratsak, shunday javob topamiz. Miloddan avvalgi davrlarda qadimgi Yunon davlatlarida sahnada tomosha ko'rsatishni «teatr», (ko'ryabman), sahna asari nomini «drama» - harakat, fikr, g'oya to'qnashuvi, dialog va monolog badiiy so'z orqali ifodalanadi, ya'ni jamiyatning nuqsonlarini, insonlarning orasidagi nizolar va kelishmovchiliklar, ziddiyatlar, g'oyaviy to'qnashuvlar va ularning yechimi yaxshilik biloan yoki fojiali yakun topishidadur.

Tragediya - (fojia) teatri jamiyat tuzumidagi nuqsonlar, insonlarning o'rtasidagi munosabatda jiddiy muammolar, ziddiyatlar, qarama-qarshi fikr, g'oya, turli yomon xislatlar, xatti-harakatlar va shu kabi qator masalalar to'qnashuvi va ularning yechimi fojia bilan tugallanishi tragediya deyiladi.

Komediya - (hajviy) teatri jamiyat tuzumidagi va insonlarni xulq-atvorlarida, yurish-turishlarida, bir-birlari bilan munosabatlarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, ziddiyatlar to'qnashuvi va ularning yechimi kulgi-hajviya orqali sahnada ifodalanishi aynan komediya deb yuritiladi.

Musiqali komediya - kulgili, hajviy mazmun asosida (frans,vodevil, nemis, zingshpil, italyan, buff opera, operetta kabi) yaratilgan musiqaviy sahna asari hisonlanadi. Tarkiban musiqali dramaga yaqin bo'lsada, lekin undan musiqaviy til va

hajviy mazmuni bilan alohida ajralib turadi. Bu janming ildizlari qadim zamonlarga, Sharq va G'arb xalqlarining og'zaki ijodiyoti, qiziqchi va masxarabozlar san'atlariga borib taqaladi. O'zbekistonda Musiqali komediya yuzaga kelishi, musiqali dramaning jadval rivoji, mavzu doirasining kengayishi bilan uzviy bog'liq. Dastlab (1920-yillar oxirida) hajviy syujetga asoslangan musiqali spektakllar qo'yilib, ularga musiqalarni rejissyor (ba'zan dramaturglar ) o'zbek xalq kuy va qo'shiq (xususan lapar, yalla )lardan tanlashgan. Hamzaning «Maysaraning ishi», K.Yashinning «Aji-aji», Xurshidning «Yomon o'g'il», «Tullak», «Bahor», B.Xalilning «Oshiqlar», S.Abdullaning «Uzunquloqli hazrat» kabi asarlari shu tarzda sahna yuzini ko'rgan.

1940-yillar so'giga kelib, o'zbek Musiqali komediyasi mustaqil janr sifatida shakllandi. Asardagi mavzu va g'oya hajviy-yumoristik harakatlar bilangina cheklanib qolmasdan, balki ularga monand musiqa (yakka qo'shiq, ashula, xor va raqsbop kuylar) vositasida ifodalandi. Xalq teatri xususiyatlari, dialoglarda askiya an'analariga keng tayinlanildi. Uyg'un va Manas Leviyevning «Oltin ko'l» (1949) asari Musiqali komediyaning ilk yuksak namunasi sifatida tan olingan. 1950-1960 yillarga kelib esa, Musiqali komediyaga e'ribor kuchayib, mazkur janr o'zbek bastakor va kompozitorlari ijodidan mustahkam o'rin egalladi. Masalan: H.G'ulomning pyesalari asosida M.Leviyevnong «Toshbolta oshiq», «Ajab savdolar», G'.G'ulomning pyesasi asosida «Zamonali va Omonali», H.Muhammadning pyesasi asosida «Toshkentning nozanin malikasi», J.Jabborovning pyesalari zaminida Ikrom Akbarovning «O'jarlar» va «Yillar o'tib», Turob To'laning pyesasi asosidagi «Qizbuloq», K.Shang'itboyevning asari asosida A.Muhammedovning «Jon qizlar» kabi qator musiqali komediyalari yaratilgan. Keyinchalik esa, M.Tojiyevning «Chol va kampir», M.Mahmudovning «Hiylayi sha'riy», «To'ylar muborak», M.Bafoyevning «Yettinchi jin», F.Olimovning «Soyibho'ja operatsiyasi», «Superqaynona» kabi kompozitorlarning Musiqali komediya janridagi muvaffaqiyatli asarlari yaratildi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, O'zbekistonga teatr san'atining kirib kelishi hamda, uning zamirida ko'plab janrlaring paydo bo'lishi bu o'zbek san'atining rivoji uchun o'zining munosib hissasini qo'shgan san'at turi desak mubolag'a bo'lmaydi. Sababiki, aynan Teatr san'ati bo'yicha yaratilgan barcha asarlar, spektakllar va ko'pgina pyesalar tufayli o'zbek ijodkorlarining asarlari sahna yuzini ko'rdi va o'z muhlislarini topdi hamda nafaqat o'zbelkiston balki, butun dunyoga mashhur asarlar qatoriga ham kiritildi. Hozirgi kunda ham, milliy teatrlarimizda milliy o'zbekona spektakklarimiz va jahon mumtoz san'atining mashhur asarlari ijodkorlarimiz tomonidan tomoshabinlarga yuksak darajada taqdim etilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbek musiqasi tarixi A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova Toshkent 2018.

2. O'zME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi.-T.: 2003.

4. Jabborov A. Musiqiy drama va komediya janrlarmi O'zbekiston kompozitorlarining ijodiyotida. T:2000.

5. Akbarov I. Yunus Rajabiy. -M,: 1982.

6. Ashrafiy M. Yunus Rajabiy. - T.: 1980.

7. Akbarov Il.To'xtasin Jalilov, - T.:1979.

8. «История узбекской музыки" T.:1971.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.