Научная статья на тему 'OʻZBEK MUMTOZ ADIBLARI ASARLARI LUGʻATI MA’LUMOTLAR MODELINI QURISH'

OʻZBEK MUMTOZ ADIBLARI ASARLARI LUGʻATI MA’LUMOTLAR MODELINI QURISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
633
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻzbek mumtoz adiblari / mumtoz manbalar / ma’lumot / ma’lumotlar modeli. / Uzbek classic writers / classic sources / information / data model.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Musobek Komiljon Oʻgʻli Raximbayev

Maqolada oʻzbek mumtoz adiblari asarlaridan foydalanilgan holda milliy adiblarimizning asarlaridagi soʻzlar birlashuvi modeli va ma’lumotlar bazasini qurish boʻyicha koʻrsatmalar majmuasini yaratishdir. Oʻzbek mumtoz adiblarimizning asarlarida qoʻllanilgan soʻzlar lugʻatini elektron shakilda yaratish asosiy masalaning yechimi hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DICTIONARY OF WORKS OF UZBEK CLASSICAL WRITERS BUILDING A DATA MODEL

The article aims to create a model of word combinations and a set of instructions for building a database in the works of our national writers, using the works of Uzbek classics. Creating an electronic dictionary of words used in the works of our Uzbek classics is the solution to the main problem.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK MUMTOZ ADIBLARI ASARLARI LUGʻATI MA’LUMOTLAR MODELINI QURISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'ZBEK MUMTOZ ADIBLARI ASARLARI LUG'ATI MA'LUMOTLAR

MODELINI QURISH

Maqolada o'zbek mumtoz adiblari asarlaridan foydalanilgan holda milliy adiblarimizning asarlaridagi so'zlar birlashuvi modeli va ma'lumotlar bazasini qurish bo'yicha ko'rsatmalar majmuasini yaratishdir. O'zbek mumtoz adiblarimizning asarlarida qo'llanilgan so'zlar lug'atini elektron shakilda yaratish asosiy masalaning yechimi hisoblanadi.

Kalit so'zlari: o'zbek mumtoz adiblari, mumtoz manbalar, ma'lumot, ma'lumotlar modeli.

DICTIONARY OF WORKS OF UZBEK CLASSICAL WRITERS BUILDING A

DATA MODEL

The article aims to create a model of word combinations and a set of instructions for building a database in the works of our national writers, using the works of Uzbek classics. Creating an electronic dictionary of words used in the works of our Uzbek classics is the solution to the main problem.

Keywords: Uzbek classic writers, classic sources, information, data model.

O'zbek tilshunosligida keyingi davrda reklamalar, qonunchilik tiliga bag'ishlangan bir qator tadqiqotlar paydo bo'ldi. "Tilshunoslik va tabiiy fanlar", "Kompyuter lingvistikasi", "Matematik lingvistika" fanlari oliy o'quv yurtlari filologiya yo'nalishlari o'quv rejalariga (nomuntazam) kiritildi. Ushbu yo'nalishlarda muayyan tadqiqotlar paydo bo'ldi. Biroq ushbu tadqiqotlar, balki shu sohada dastlabki tajribalardan bo'lgani sababli, umumiy ma'lumotlar berish va jahon tilshunosligida mavjud tajribalarni o'zbek tiliga tatbiq etishga urinishdan iborat bo'lib qoldi.

MUHOKAMA

Yaratilajak "O'zbek mumtoz adiblari asarlari elektron modeli" o'zida kamida 20 000 (yigirma ming)dan ortiq bosh so'zni qamrab oladi. Ushbu modelga ishlab chiqilgan

Musobek Komiljon o'g'li Raximbayev

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

mobil ilova va veb ilovalar orqali xalqimizning Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammad Rizo Ogahiy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxon kabi daholari tomonidan yaratilgan deyarli ming (!) yillik milliy merosini o'zlashtirish, ma'naviyat durdonalaridan bahramand bo'lishga keng imkoniyat yuzaga keladi. Muhimi, lug'atni keyinchalik ham xarajatlarsiz boyitib borish, mukammallashtirish imkoniyati bo 'ladi. Elektron lug'at beradigan axboroti, ilmiy va amaliy ahamiyati an'anaviy lug'atlar bilan bir xil bo'lishiga qaramay, foydalanish imkoniyati, o'quvchilar doirasi jalb qilish salohiyati, ta'sir ko'lami kattaligi bilan ustunlikka ega. Shuning uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2018-2021-yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida "Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari" yo'nalishi bo'yicha e'lon qilingan tematik mavzular ro'yxatida 6 ta lug'at yaratish g'oyasi ilgari surilgan bo'lib, ularning 3 tasi elektron lug'atlar edi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida1"gi, 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida "gi farmonlari; 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida3"gi, 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-sonli "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida4"gi, 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4479-sonli "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni qabul qilinganligining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risida5"gi qarorlari hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu amaliy loyiha muayyan darajada xizmat qila oladi.

"O'zbek mumtoz adiblari asarlari elektron lug'ati" ixtisosligi, yoshi, millati, jinsi, ma'lumoti, fuqaroligidan qat'i nazar o'zbek milliy mumtoz merosi ixlosmandlari uchun mo'ljallangan ilova shaklida tuziladi;

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ILOVA

2 (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 06/19/5850/3939-son)

3 KpHyH xy^^araapn Mat^yMoraapn MHMHH 6a3acn, 29.06.2020 H., 06/20/5370/0975-COH, 09.07.2020 H., 06/20/602 1/1047-COH, 28.09.2020 H., 06/20/6075/1330-COH

4 Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 07/18/3775/1313-son; 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son

5 Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.10.2019-y., 10/19/4479/4203-son

NATIJA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

- mazkur ilova orqali ixtisosligi, yoshi, millati, jinsi, ma'lumoti, fuqaroligidan qat'i nazar o'zbek milliy mumtoz merosi ixlosmand bo'lgan insonlar intilishlarini faollashtirishga imkon beradigan internet-resurs yaratiladi

- filologiya, ta'lim, tarix, madaniyatshunoslik, falsafa, etnografiya, ma'naviyat kabi sohalar uchun amaliy takliflar ishlab chiqiladi, respublika ijod maktablari faoliyatida adabiyotshunoslik, matnshunoslik, qiyosiy tahlil, tarjimashunoslik, germenevtika (sharh) kabi yo'nalishlarda yangi amaliy imkoniyatlar paydo bo'ladi;

- "O'zbek mumtoz adiblari asarlari elektron lug'ati" elektron platformasi va mobil ilovasi yaratiladi.

"O'zbek mumtoz adiblari asarlari elektron lug'ati" ilovasi ishga tushishi orqali ta'limning turli bosqichlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun na faqat o'zbek, balki jahon madaniyatining o'ta noyob durdonalari bilan tanishib borish imkoniyatlari yuzaga keladi. Ushbu ilovaga maktab, ijod maktablari, oliy o'quv yurtlarida ijtimoiy fanlarning deyarli barcha ixtisosliklarida talab bor. Lug'atda illyustrativ misollarinnng umuminsoniy hamda milliy ezg'u g'oyalarni targ'ib qilishi, shuningdek, ta'lim-tarbiyaviy maqsadlarga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Ushbu mobil ilova axborot texnologiyalari yordamida yoshlarning boy milliy adabiy merosimizdan bexabarligi, mumtoz adiblari ijodiy merosiga e'tiborsizligi, millat sha'ni hamda uning asosiy belgisi sanalmish tilimiz qadrsizlanishiga loqaydligi kabi ta'lim va tarbiya jarayoni, shu bilan birga ijtimoiy muhitda yuzaga kelgan ayrim muammolar echimiga xizmat qilishi mumkinligi bemalol ko'rsata oladi.

Model "O'zbek mumtoz adiblari asarlari"da qayt etilgan so'zlarga nisbatan qo'llaniladi. Deylik Alisher Navoiy ijodiga mansub bo'lgan manbalarga nazar tashlaylik, Navoiy ijodidan bizgacha yetib kelgan asarlarning lug'atlari elektron shakli 4 ta jilddan iborat. Ushbu elektron lug'atlardan foydalanish davomida Navoiy asarlarida qo'llanilgan so'zlar ma'nolarini va qaysi asarlarda qo'llanilganligini bilib olishimiz mumkun bo'ladi.

Bitta "anjumson" so'zini olaylik va bu so'zning elektron lug'atdan ma'nosini va qo'llanilishini ko'rib chiqaylik.

Lug'atdan ma'lumki ushbu "anjumson" so'zi - "yulduz kabi, yulduzga o 'xshash; atrofini yulduz o 'ragandek" degan ma'nolarni anglatadi.

So'zning asarlarda qo'llanilishi:

6 https://ziyouz.uz/ milliy elektron kutubxona "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4 jildlik (1983-1985)"

'Boshig 'a sim o 'lub parron, tushub girdig 'a anjumson, Tulu ' etkan kibi har yon qamar atrofida axtar."

Xazoyinul-maoniym IIb-1986.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

Ushbu baytda qo'llanilgan so'zlami oddiy o'zbek tilshunosligiga aloqador bo'lmagan o'quvchi tushunishi juda ham mushkuldir. Shuning uchun chuqur tahlillar asosiga qurilayotgan lingvistik model orqali bu masalalarga yechim izlashimiz mumkun bo'ladi.

Lingvistik modelda mumtoz adiblarimiz asarlarida qatnashtirilgan baytlar tarkibidagi barcha so'zlar kompyuter tiliga o'tkazib olinadi va kompyuter uchun har bir so'z orasidagi bo'sh joy ikkinchi bir so'z boshlanganligini anglatadi.

Tahlil jarayonidan malumki ushbu mumtoz adiblarimiz asarlarida qatnashtirilgan baytlar TOKEN(so'zlar)larga ajratib olinadi:

{Boshig'a} {sim} {o'lub} {parron,} {tushub} {girdig'a} {anjumson,} {Tulu} {etkan} {kibi} {har} {yon} {qamar} {atrofida} {axtar.}

Tokenlarga ajratish davomida ko'rinib turibdiki vergul va shunga o'xshash ajratuvchilar so'zni izlab topish uchun noqulay holatda qolib ketdi. Ushbu holatni oldini olish uchun har bir TOKENni ko'zdan kechirib keraksiz belgilarni olib tashlashimiz maqsadga muofiq bo'ladi.

Tokenlardan keraksiz belgilarni olib tashlash jarayonida biz qanday holatlarga duch kelamiz va bu nimani o'zgartiradi bu savolga hozir izoh berib o'tamiz.

Asarlarda va o'zbek tilshunosligida qo'llaniladigan bir qator so'zlar gap tarkibida hech qanday mustaqil ma'no anglatmasa demat o'sha belgi biz uchun olib tashlanadigan belgi^ qatoriga kiritiladi. Masalan "," - vergul bu belgi bayt tarkibida ajratuvchi vazifasini bildiradi demak tokenlarga ajratish davomida bu belgi manoga ega bo'lmay qoladi. Shunga o'xshash bir nechta bog'lovchi va boshga gramatik belgilar ham so'zlarni kompyuter tiliga o'tkazishda tokenlar safidan chiqarib tashlanar ekan.

{Boshig'a} {sim} {o'lub} {parron} {tushub} {girdig'a} {anjumson} {Tulu} {etkan} {kibi} {har} {yon} {qamar} {atrofida} {axtar}

Ma'lumotlarni tahlil jarayonini shakillantirish maqsadida yaratilgan modelga asoslanib quyidagicha ma'lumotlar bazasi modelini yaratib olamiz. Yaratilgan sxema yordamida kompyuter xotirasida ketma-ketlik ma'lumotlar bazasiga tayangan holda bajariladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Chuqur mulohazalar yordamida yaratilgan blok sxema asosida biz so'zlar, matnlar, baytlar ketmaketligini algoritmlashtirishimiz mumkun bo'ladi.

Modelni ishlash prinsipi quydagicha:

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan model to'liq ma'lumotlar bazasiga tayangan holda o'z faoliyatini yuritadi. O'rganuvchi kiritgan so'z yoki baytlarni tahlil qilish jarayonida har bir so'zni ma'noviy yuklamalari va qaysi asarda qanday qo'llanilganligi haqida xabar bera oladi.

Misol: "anjumson" so'zini model orqali tahlil qilsak:

So'zning ma'nosi: "yulduz kabi, yulduzga o'xshash; atrofini yulduz o 'ragandek". So'zning qo'llanilishi:

"Boshig'a sim o 'lub parron, tushub girdig'a anjumson, Tulu etkan kibi har yon qamar atrofida axtar."

n

Xazoyinul-maoniym IIb-198.

Ushbu model tahlil jarayonida o'rganuvchiga yetarlicha manoga ega bo'lgan ma'lumotlarni taqdim qila oladi.

Modelning foydali jihatlariga qarasak:

❖ tezkor qidiruv tizimi;

❖ zehniy ta'sir tamoillari;

❖ so'z tahlili prisipi; kabi yutuqlarni taqdim qila oladi.

7 https://ziyouz.uz/. Milliy elektron kutubxona "Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4 jildlik (1983-1985)"

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Tezkor qidiruv tizimi asosini tashkil qiluvchi platformada ma'lumotlarni yuqorida keltirib o'tilgan model asosida tahlil qilish juda oson va soddadir. Shuning uchun qidiruv tizimi modelning asosiy hususiyatlaridan biridir.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida keltirib o'tilgan o'zbek mumtoz adiblari asarlarini chuqur o'rganish, ularning o'zbek tilini nufuzini oshirish va boyitib borishdagi ahamiyatini inobatga olgan holda, ularni o'rganishning turli modellarini yaratish va zamonaviy ta'lim muhitida qo'llash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirib borish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy davrda o'zbek tilini o'rganish va tadqiq qilish bo'yicha yeng elektron bazalari kamligini anglatadi. Biz yaratmoqchi bo'lgan model va elektron lug'at ko'pchilikga manzur bo'lidi degan umiddamiz.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. «O'zbek tili morfem lug'ati». T., O'qituvchi»1997 yil

2. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4 jildlik (1983-1985)

3. A.Hojiyev, A.Nurmonov, S.Zaynobidinov, K.Kokren, M.Saidxonov, A.Sobirov, D.Qurbonov. Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarning izohli lug'ati - T; —Sharq 2001 yil

4. Tursunov U., Muxtorov J., RahmatullaevSh. «Hozirgi o'zbek adabiy tili»-T., 1992 yil

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.