Научная статья на тему 'MUMTOZ ASARLAR LUGʻATLARI VA MORFOLOGIK TAHLIL QILISH MODELLARI'

MUMTOZ ASARLAR LUGʻATLARI VA MORFOLOGIK TAHLIL QILISH MODELLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3512
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’zbek mumtoz adiblari / elektron lug’at / mumtoz lug’at / morfologiya / mumtoz asarlar / model / matematik model. / Uzbek classics / electronic dictionary / classical dictionary / morphology / classics / model / mathematical model.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Raximbayev, Musobek Komiljon Oʻgʻli

Ushbu maqolada o’zbek mumtoz adiblari tamonidan yozib qoldirilgan asarlar lug’atida qo’llanilgan so’zlarning morfologik tahlili modelini ishlab chiqish tahlil qilingan. Morfologik model yordamida o’zbek mumtoz adiblari lug’atini morfologik tahlil dasturiy ta’minotni ishlab chiqishgacha bo’lgan bosqichlari keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DICTIONARIES OF CLASSICAL WORKS AND MODELS OF MORPHOLOGICAL ANALYSIS

This article analyzes the development of a model for the morphological analysis of words used in the dictionary of Uzbek classics. Morphological analysis of the dictionary of Uzbek classics using a morphological model covers the stages preceding software development.

Текст научной работы на тему «MUMTOZ ASARLAR LUGʻATLARI VA MORFOLOGIK TAHLIL QILISH MODELLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUMTOZ ASARLAR LUG'ATLARI VA MORFOLOGIK TAHLIL QILISH

MODELLARI

Ushbu maqolada o 'zbek mumtoz adiblari tamonidan yozib qoldirilgan asarlar lug'atida qo'llanilgan so'zlarning morfologik tahlili modelini ishlab chiqish tahlil qilingan. Morfologik model yordamida o'zbek mumtoz adiblari lug'atini morfologik tahlil dasturiy ta'minotni ishlab chiqishgacha bo 'lgan bosqichlari kengyoritilgan.

Kalit so'zlar: o'zbek mumtoz adiblari, elektron lug'at, mumtoz lug'at, morfologiya, mumtoz asarlar, model, matematik model.

В данной статье анализируется разработка модели морфологического анализа слов, используемых в словаре произведений узбекских классиков. Морфологический анализ словаря узбекских классиков с использованием морфологической модели охватывает этапы, предшествующие разработке программного обеспечения.

Ключевые слова: узбекская классика, электронный словарь, классический словарь, морфология, классика, модель, математическая модель.

This article analyzes the development of a model for the morphological analysis of words used in the dictionary of Uzbek classics. Morphological analysis of the dictionary of Uzbek classics using a morphological model covers the stages preceding software development.

Keywords: Uzbek classics, electronic dictionary, classical dictionary, morphology, classics, model, mathematical model.

Tabiiy tillar insonlar o'rtasida aloqani taminlovchi oddiy bir vosita bo'libgina qolmay balki butun bir millatning ko'zgusi hisoblanadi. Hozirda o'zbek tilshunosligi bo'yicha ko'plab yangidan-yangi loihalarga qo'l urilmoqda, jumladan elektron lug'atlar va elektron tahlil qilish dasturlari ishlab chiqilmoqda, lekin hali hanus mumtoz manbalar borasida muammolar yetarlicha bo'lgani sababli o'zbek mumtoz adiblarimiz ilimlarini va asarlarini o'rganish borasida yetarlicha elektron qo'llanmalar mavjud emasdir.

Raximbayev Musobek Komiljon o'g'li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA

O'zbek tilshunosligida va o'zbek adabiyotini jahon internet tarmog'ida munosib o'rin egalashi uchun kompyuter dasturiy ta'minotlarini yaratish muhim masala hisoblanadi.

Hozirgi vaqtgacha o'zbek mumtoz adiblari asarlarini tahlil qilishga mo'ljallangan algoritm va dasturiy ta'minotlar yaratish bo'yicha qilingan ilmiy izlanishlar yetarli darajada emas, shu sababli ushbu ilmiy maqolada o'zbek mumtoz adiblari asarlarini tahlil qilish modellari uchun algoritm va dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish masalasini ko'rib chiqamiz.

Hayot qonuniyatlari tobora milliy taraqqiyot milliy til mavqei va nufuzi yuksalishi bilan bo'lishiga iqror qilib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ-4479-sonli "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonuni qabul qilinganligining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risida" 1 gi qarorida, jumladan, O'zbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi - milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o'rni va nufuzini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda" - deb ta'kidlanadi. Mamlakatimizdagi keng ko'lamli islohotlar o'zbek tilining ham Davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning mavqeini ko'tarish bo'yicha qabul qilingan qonun va qarorlar sharqshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining yangi bosqichga ko'tarilishiga ham sabab bo'ldi. "Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o'z milliy manfaatlarini ta'minlash, bu borada avvalo o'z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir" deyiladi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi PF-5850-sonli "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"2gi farmonida.

O'zbek mumtoz asarlari bizgacha yetib kelganligini o'zi biz uchun bir baxtdir, chunki bizgacha yetib kelgan manbalar ezgulikga, muahabbatga, tinchlikga yetaklovchi hikmatlar xazinasidir.

Adiblarimizning mumtoz asarlarida har bir so'z kata ahamiyatga ega bo'lgan holda ilmiylig borasida katta ma'no kasb etadi. Har bir tilning o'ziga yarasha imkoniyatlari bo'lgani kabi o'zbek tilining ham o'zigahosligi shundagi so'zlar ma'noviy jihatdan bir biriga tobelanib kelishi ko'p hollarda uchrab turadi.

2

1 Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.10.2019-y., 10/19/4479/4203-son KoHyH xy^^araapu Mai^yMoraapu mh^HH 6a3acn, 22.10.2019 H., 06/19/5850/3939-COH

513

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

NATIJA

Adiblarimizning mumtoz asarlarida qayt etilgan so'zlar har bir ijodkorning yangi qirralarini namoyon qilib boradi. Badiiy asarlar yaratilishi mobaynida har bir o'zbek mumtoz adiblari o'z lug'atini kashf qila boshlaydi va shu yaratilgan lug'at asosida o'quvchiga yozilgan asarni o'qish mazmunli bo'ladi. Yaratilgan asarga qo'shimcha sifatida yangi so'zlar asarlar qiyofasiga yangicha jilo beradi. Asarlarda qayt qilib boriladigan yangi so'zlar majmuasi yangidan-yangi lug'atlar yaralishiga sababchi bo'ladi.

Mumtoz lug'atlar bu - mumtoz asarlar yaratilishi bilan bir qatorda shakillantirilib boriladigan so'zlar majmuasi bo'lib, yangi so'zlarning ma'nolarini va ularda so'zlarning qo'llanilishini izohlab o'tadi.

Alisher Navoiy ijodiga nazar tashlasak sheriy misralar va baytlar yozishi davomida minglab so'zlar jamlanmalari Navoiy asarlari lug'atlarida o'z aksini topgan. Navoiyning bizgacha yetib kelgan asarlari lug'ati 4 ta jiltdan iborat bo'lib lug'at o'z ichiga so'zning izohi va qo'llanilishini mujassam qilib boradi.

Alisher Navoiy asarlarida qo'lanilgan so'zlar lug'ati tahlili:

Karakxayliga qarchig'ay darmiyon, Alar cho'jayanglig', bu bir mokiyon

Saddi Iskandariy (Xamsa),1285 .

Quydagi bayt tarkibida qatnashgan so'zlar qo'lanilishidan ma'lumki asarda bizgacha yetib kelgan izohli lug'at so'zlari ojizligini sezasiz. Deylik lug'atda qatnashgan "darmiyon"- so'zini izohlab o'taylik:

"darmiyon "so'zi o'rtada, orada - degan ma'nolarni anglatadi.

Bunga o'xshash so'zlar Navoiy ijodida ko'plab uchraydi va izohlanib boriladi.

Marfologik tahlil algoritmlarini yaratish tabiiy tillarni qayta ishlash jarayonida eng birinchi qilinishi kerak bo'lgan ishlardan biri hisoblanadi.

Morfologik tahlil jarayonida so'zlar o'zak va unga qo'shiluvchi affikslar o'rganib chiqiladi.

Mumtoz asarlar lug'atlarini marfologik tahlil qilish modelini qurish jarayonida o'zbek tilidagi so'zlarni o'z navbatida 4 ta turli affikslarga ajratgan holda o'rganamiz:

1. Omonim affikslar shakli bir xil bo'lib, ma'no va vazifasiga ko'ra bog'lanmaydigan qo'shimchalardir: -ki: tepki - ot yasovchi, kechki-sifat yasovchi.

2. Sinonim affikslar shaklan har xil umumiy ma'nosi bir xil bo'lgan qo'shimchalardir: -li,-dor: unumli - unumdor

3 Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4 jildlik (1983-1985)

514

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

3. Antonim affikslar bir-biriga zid ma'noli qo'shimchalardir: kuchli-kuchsiz, mazali - bemaza, g'ayratli-serg'ayrat

4. Ko'p ma'noli affikslar birdan ortiq leksik va grammatik ma'noni shakllantiruvchi qo'shimchalardir: - chi qo'shimchasi: temirchi (asosdan anglashilgan kasbga ega bo'lgan shaxs oti).

Umumiy holda o'zbek tilida so'zning yasalishi quydagicha ketma-ketlikda

bo'ladi:

[so'z]+ [so'z yasovchi] + [lug'oviy shakil yasovchi]+ [sintaktik shakl

yasovchi]

Yuqorida sanab o'tilgan so'z yasalish formulasiga ko'ra misol tariqasida so'zlarni ko'rib chiqamiz: sinif + dosh + lar + dan

- sinif - so'zning asosi,

- dosh - so'z yasovchi qo'shimcha,

- lar - lug'oviy, shakl yasovchi qo'shimchalar,

- dan - sintaktik shakl yasovchi (qaratqich kelishik).

Endi so'zlarni qo'shimchalarini ajratib olgan holda asosni aniqlab beruvchi algoritimni yaratamiz. Uning umumiy ko'rinishi quydagi chizmada keltirilgan:

So'zning asosi va affikslarini chop qilish

Yuqorifa qurilgan blok sxema asosida dastur yaratamiz va uni ishga tushura-miz va so'zlarni tahlil qilib olamiz. Quyida "suvshunos" so'zini marfologik tahlil

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilingan so'zning asosi "suv" affiksi "shunos" va undan tashqari qo'shimcha ravishda so'zning kelishiklarda tuslanishi, so'zning turkumi ham ko'rsatib beradi.

Xulosa qilib aytganda hozirgi davrga kelib dunyoda ko'plab rivojlanishlar bo'lmoqda tilshunoslikda ham anchagina o'zgarishlar va yutuqlar kuzatilyabdi. Har bir davlat milliy tili uchun o'z korpusini yaratish borasida ish olib bormoqda. Milliy o'zbek tilshunosligida ham ko'plab shunga o'xshash jarayonlar tilshunoslarimiz ta'monidan o'rganilmoqda. Milliy o'zbek tilshunosligida matinlar, baytlar, so'zlar tahliliga nazar solar ekanmiz milliy korpusimizni qurush uchun albatta mumtoz adiblar asarlaridan foydalanishimiz maqsadga muofiqdir.

REFERENCES

1. «O'zbek tili morfem lug'ati». T., O'qituvchi»1997 yil

2. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4 jildlik (1983-1985)

3. Hojiyev A., Nurmonov A., Zaynobidinov S., Kokren K., Saidxonov M., Sobirov A., Qurbonov D. Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarning izohli lug'ati - T; —Sharq 2001

4. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullaev Sh. «Hozirgi o'zbek adabiy tili»-T.,

XULOSA

yil

1992 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.