Научная статья на тему 'XORIJIY MAMLAKATLARDA DAVLAT HOKIMIYATI INSTITUTLARINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

XORIJIY MAMLAKATLARDA DAVLAT HOKIMIYATI INSTITUTLARINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
175
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat hokimiyati institutlari / axborot erkinligi / ochiqlik / shaffoflik / murojaatlar / Freedom of Information (FOI) / muddatlar. / public authorities / freedom of information / openness / transparency / appeals / Freedom of Information (FOI) / deadlines.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jamoliddin Xudoberdiyev

Davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi demokratiyaning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan xorij mamlakatlarida davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligiga oid qonunchilik o‘ziga xos tarzda rivojlangan. Ko‘plab mamlakatlarda davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, shuningdek axborot erkinligini ta’minlash masalalari qonun darajasida mustahkamlangan. Mazkur maqolada rivojlangan xorij mamlakatlarining mazkur sohadagi tajribasi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF ENSURING OPENNESS AND TRANSPARENCY OF STATE INSTITUTIONS IN FOREIGN COUNTRIES

Openness and transparency of public institutions are one of the most important indicators of democracy. In developed countries, the legislation on the transparency of public administration has developed in a unique way. In many countries, the issues of openness and transparency of public institutions, as well as freedom of information are enshrined in law. This article analyzes the experience of developed countries in this area.

Текст научной работы на тему «XORIJIY MAMLAKATLARDA DAVLAT HOKIMIYATI INSTITUTLARINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

XORIJIY MAMLAKATLARDA DAVLAT HOKIMIYATI INSTITUTLARINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA'MINLASHNING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi demokratiyaning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan xorij mamlakatlarida davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligiga oid qonunchilik o'ziga xos tarzda rivojlangan. Ko'plab mamlakatlarda davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, shuningdek axborot erkinligini ta'minlash masalalari qonun darajasida mustahkamlangan. Mazkur maqolada rivojlangan xorij mamlakatlarining mazkur sohadagi tajribasi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: davlat hokimiyati institutlari, axborot erkinligi, ochiqlik, shaffoflik, murojaatlar, Freedom of Information (FOI), muddatlar.

SPECIFIC FEATURES OF ENSURING OPENNESS AND TRANSPARENCY OF STATE INSTITUTIONS IN FOREIGN COUNTRIES

Openness and transparency of public institutions are one of the most important indicators of democracy. In developed countries, the legislation on the transparency of public administration has developed in a unique way. In many countries, the issues of openness and transparency of public institutions, as well as freedom of information are enshrined in law. This article analyzes the experience of developed countries in this area.

Keywords: public authorities, freedom of information, openness, transparency, appeals, Freedom of Information (FOI), deadlines.

Xorijiy mamlakatlarda davlat hokimiyati institutlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlash o'ziga xos tarzda rivojlangan. Rivojlangan xorij mamlakatlarida fuqarolarning davlat hokimiyati organlari faoliyatiga doir axborotlarni olishi, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning jamoatchilikka taqdim etilishi

Jamoliddin Xudoberdiyev

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

jarayonlarini tartibga soluvchi maxsus qonun hujjatlari qabul qilingan. Davlat hokimiyati institutlari o'z faoliyati haqidagi axborotlarni jamoatchillikka yetib borishini ta'minlash jarayoni tartibga solingan bo'lib, bu davlatning muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Ko'p xorijiy davlatlarda hukumat zimmasiga davlat hokimiyati institutlari faoliyatiga oid axborotlardan fuqarolarning erkin foydalanishini ta'minlash qonunlar bilan yuklatilgan. Jamoatchilikka davlat faoliyatiga oid ma'lumotlar, axborot va hujjatlarning tez va aniq yetkazilishi yo'lga qo'yilgan.

ASOSIY QISM

Dunyo bo'ylab hozirgi kunda 100 dan ortiq mamlakatlarda, xususan AQSh, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Shvetsiya, Kanada, Albaniya, Estoniya, Finlandiya, Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda axborot erkinligi, davlat hokimiyati institutlarining ochiqligi, fuqarolarning davlat hokimiyati organlari faoliyatiga oid axborotlarni erkin olishiga doir qonun hujjatlarining turli shakllari joriy qilingan. Davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning rivojlanish tarixi 250 yildan ziyodga borib taqaladi. Jumladam, Shvetsiyada 1766-yilda qabul qilingan "Matbuot erkinligi to'g'risida"gi qonun axborot erkinligi to'g'risida dunyodagi eng qadimgi qonun hisoblanadi. Shvetsiyadagi ushbu qonun davlat hokimiyati institutlari faoliyatiga oid ma'lumotlarni ommaviy nashr etishga va fuqarolarga davlat hokimiyati institutlari faoliyatiga oid hujjatlarga kirishga huquq bergan.

Boshqa rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, AQShda Konstitutsiyaning tegishli moddalari, 1966-yilda qabul qilingan "Axborot erkinligi to'g'risida"gi qonun, "Hukumatning ochiqligi va shaffofligi to'g'risida" gi memorandum, 2013-yil 9-mayda imzolangan "Hukumat faoliyati ochiqligi to'g'risida"gi farmon va boshqa hujjatlar fuqarolarning davlat hokimiyati organlari faoliyatiga doir axborotlarga erkin kirishini kafolatlaydi. 1966-yilda qabul qilingan "Axborot erkinligi to'g'risida"gi qonunga ko'ra har bir davlat organlari AQSh federal reestrida jamoatchilikka quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishi shart:

1. Davlat organi yoki tashkilotning markaziy va hududiy bo'linmalarining strukturaviy tavsifi, manzili, shuningdek, jamoatchilik tomonidan murojaatlarni yuborish, murojaatlarga javob berish va jamoatchilikka davlat organi faoliyati haqida ma'lumot berishi mumkin bo'lgan xodimlar haqida ma'lumot;

2. Davlat organi yoki tashkilotning funksiyalarini belgilab beruvchi asosiy strategiyasining mazmun-moxiyati, shuningdek, mavjud bo'lgan barcha rasmiy va norasmiy protseduralarning xususiyati va talablari haqida ma'lumot;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

3. Protsedura qoidalari, mavjud hujjatlarning tavsifi yoki hujjatlarni olish mumkin bo'lgan joylar, hisobotlar yoki tekshiruvlarning hajmi va mazmuni bo'yicha ko'rsatmalar;

4. Qonun bilan belgilangan umumiy qo'llanuvchi qoidalar va mazkur davlat organi yoki tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan umumiy prinsiplar haqidagi bayonotlar yoki sharhlar;

5. Yuqoridagi hujjatlarga kiritilgan har bir o'zgartirish, qo'shimcha, shuningdek, bekor qilingan har bir hujjat haqidagi ma'lumotlar1.

Shuningdek yuqoridagi qonunda oshkor etilishi va jamoatchilikka taqdim qilinishi mumkin bo'lmagan ma'lumotlar ham alohida ko'rsatib o'tilgan. Bular:

1. Milliy, mudofaaviy va tashqi siyosiy manfaatlar yuzasidan sir saqlanishi belgilangan hujjatlar;

2. Faqatgina idora va tashkilot xodimlarining ichki faoliyati va amaliyotiga oid hujjatlar;

3. Federal qonunlarga muvofiq oshkor etilishi va taqdim qilinishi mumkin bo'lgan axborot haqidagi qoidalarga maxsus istisno sifatida kiritilgan turdagi hujjatlar;

4. Tijorat sirlari, jumladan himoyalangan imtiyozlar va maxfiy tijorat yoki moliyaviy ma'lumotlar;

5. Idoralararo memorandumlar yoki davlat organlari, sud munozarasiga olib boruvchi yuqorida qayd etilgan davlat tashkilotlaridan tashqari xizmat yozishmalari;

6. Oshkor etilishi shaxsiy hayotga aralashishga sabab bo'ladigan hujjatlar, jumladan, shaxsning sog'ligiga oid ma'lumotlari, sog'liqqa oid arxiv ma'lumotlari va tibbiy varaqalar;

7. Huquqiy majburiyat maqsadida olingan axborotni o'z ichiga olgan hujjatlar;

8. Moliyaviy muassasalar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish vakolatiga ega davlat organi yoki tashkilotning bank va moliyaviy muassasalarni tekshirish va ularning faoliyatiga oid hujjatlari;

9. Geologik yoki geofizik izlanishlar, shuningdek shaxtalar, foydali qazilma konlari joylashgan joylarning xaritalari bilan bog'liq axborot va materiallar2. Yuqorida qayd etilgan qonunga ko'ra fuqaroning murojaati foyda olishga

qaratilgan faoliyatga oid bo'lsa, murojaatni ko'rib chiqqanlik va murojaatda talab etilgan axborotni taqdim etganlik uchun belgilangan yagona davlat boji undiriladi.

1 Freedom of Information 5 U.C.S (source: https://www.iustice.gov/oip/freedom-information-act-5-usc-552) ( Accessed

2 Freedom of Information 5 U.C.S (source: https://www.justice.gov/oip/freedom-information-act-5-usc-552) (Accessed

09.01.2014)

09.01.2014)

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Shuningdek AQSHda davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi qay darajada ta'minlanganligini kuzatib borish uchun statistik ma'lumotlar yuritish tizimi ham yo'lga qo'yilgan. Unga ko'ra davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar har yilning 1 fevraligacha Adliya vazirligiga fuqarolarga 1 yil davomida taqdim etilgan axborotlar

"3

yuzasidan hisobot taqdim etadi . AQSh tajribasi asosida ko'rish mumkinki, fuqarolarga taqdim etiladigan va taqdim etilishi cheklangan axborot turlarini aniq belgilab qo 'yish davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.

Albaniyada 2014-yil qabul qilingan "Axborot olish kafolatlari to'g'risida"gi qonunga muvofiq Konstitutsiya yoki qonunlar bilan belgilangan vakolatlarga ega har qanday davlat hokimiyati organi, qonun chiqaruvchi, sud va prokuratura organlari, istalgan darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari o'z faoliyatini ochiqlik tamoyillari asosida olib boradi, fuqarolar esa davlat hokimiyati organlari faoliyatiga doir axborotlarni olish haqida murojaat qilishlari mumkin. Qonunga ko'ra davlat organi murojaat yuborilganidan so'ng 10 kun muddat ichida fuqaroning so'roviga javob berishi kerak. Agar murojaat boshqa organga tegishli bo'lsa murojaat qiluvchiga bu haqida xabar beriladi va murojaat tegishli organga yuboriladi. Murojaat katta hajmdagi axborotlarni talab qilsa yoki murojaatga javob berish uchun boshqa davlat organlari bilan maslahatlashish lozim deb topilsa davlat organi murojaatni ko'rib chiqish muddatini 15 kungacha uzaytirishi mumkin4.

Avstraliyada 1982-yili qabul qilingan "Axborot erkinligi to'g'risida"gi qonunga ko'ra fuqarolar davlat hokimiyati idoralari faoliyati to'g'risidagi hujjatlar va hukumat yoki agentliklari tasarrufidagi hujjatlardan foydalanish huquqi ega. Bundan ayrim hujjatlar, jumladan, tijorat sirini oshkor qiluvchi hujjatlar, milliy xavfsizlikka, mudofaaga yoki xalqaro munosabatlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan hujjatlar, Hamdo'stlik davlatlari munosabatlariga putur yetkazuvchi har qanday hujjatlar mustasno bo'lib, oshkor etilishi har qanday shaxs, shu jumladan vafot etgan shaxs haqidagi shaxsiy ma'lumotlarning asossiz ravishda oshkor etilishiga olib keladigan hujjatlarga kirish cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati organlari faoliyatiga doir hujjatlarni olishga doir so'rovlar yozma shaklda bo'lishi va uni topish osonroq bo'lishi uchun so'ralayotgan hujjat to'g'risida tegishli ma'lumotni o'z ichiga olishi kerak. Murojaatni qabul qilib olgan davlat organi, vazirlik va idoralar 14 kun ichida so'rov yuborgan fuqaroga uning so'rovi idoraga kelib tushganligi to'g'risida xabar berishi, shuningdek, so'rov olingan kundan boshlab 30 kun ichida so'rov yuborgan fuqaroga

3 Access to Information Act. 4.(1), (a),(b). R.S.C., 1985, c. A-1 / Current to December 1, 2011. (http: // laws-lois.justice.gc.ca) (Accessed: 12/01/2014).

4 Source: https://idfi.ge/en/newfreedom-of-ifnromation-legislation-albania. Accessed 2014.11.07

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

so'rov bo'yicha o'z qarori to'g'risida xabar berishi shart. Agar fuqaroning so'rovi to'liq yoki qisman rad etilgan bo'lsa, murojaatlarni qabul qiluvchi organ so'rov yuboruvchiga buning sabablarini ko'rsatishi kerak. 2010-yil 1-noyabrda mazkur qonunga kiritilgan o'zgarishlarga ko'ra Avstraliyada axborot erkinligiga oid qonunchilikda ko'rsatilgan holatlar yuzasidan berilgan arizalarni ko'rib chiqqanlik uchun to'lov olinmaydi5.

Kanadada "Axborot olish huquqi to'g'risida"gi qonun fuqarolarga federal davlat organlaridan, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan ularning faoliyatiga doir hujjatlarni talab qilish imkonini beradi. Ushbu hujjat 1983-yilda kuchga kirgan va kanadaliklarga hukumat faoliyatiga oid ma'lumotlarni olishga ruxsat beradi, shuningdek, qonunda fuqarolar olishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar toifasi aniq belgilab qo'yilgan va fuqarolar yuborgan so'rovlarga javob berish muddatlari ham aniq ko'rsatilgan6.

Estoniyada 2000-yilda qabul qilingan "Ommaviy axborot to'g'risida"gi qonun demokratik va ijtimoiy qonun ustuvorligi hamda ochiq jamiyat tamoyillariga asoslanib, jamoatchilik va har bir shaxs davlat hokimiyati institutlari faoliyatiga oid axborotlardan erkin foydalanishini ta'minlashga va fuqarolarning davlat o'z vazifalarini bajarishini nazorat qilish imkoniyatini yaratishga qaratilgan. Qonun barcha davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlarini, ommaviy huquq sohasidagi yuridik shaxslarni va xususiy huquq sohasidagi yuridik shaxslarni, agar ular davlatga tegishli ma'lum bir funksiyani (sog'liqni saqlash, ta'lim va hokazo.) bajarayotgan bo'lsa, ularning faoliyatiga doir

n

axborotlarni ochiqligini ta'minlashga qaratilgan .

Finlandiyada 1951-yildagi "Davlat hujjatlarining ochiqligi to'g'risida"gi qonun davlat hokimiyati organlari faoliyatiga oid barcha yozuvlar va hujjatlarning ochiqligini ta'minlashga qaratilgan. Qonunda ba'zi istisnolar keltirilgan bo'lib, qonun yoki davlat xavfsizligiga oid aniq sanab o'tilgan sabablarga ko'ra ma'lumot berish cheklanishi mumkin. Fuqarolar hujjatlarni elektron yoki yozma ravishda organdan so'rashi mumkin. So'rov davlat organiga kelib tushgach, davlat organi 2 hafta muddatda fuqaroning

o

so'roviga javob berishi lozim . Davlat organi fuqaroning so'rovi davlat siriga yoki xavfsizlikka putur yetkazadi deb topgan taqdirda so'rovni rad etishga haqli, bunday vaziyatda fuqaro ma'muriy sudga shikoyat qilishi mumkin. Hujjat og'zaki o'qish va

5 Source: https://www.oaic.gov.au/freedom-of-information-in-australia.

6 Roy, J. (2006). E-government in Canada: Transformation for the Digital Age. University of Ottawa Press.

7 Ernsdorff, M., & Berbec, A. (2006). Estonia: The short road to e-government and e-democracy. In E-government in Europe (pp. 199-211). Routledge.

8 Banisar, D. (2002). Freedom of information and access to government records around the world. Privacy International, 4, 2.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

nusxa ko'chirish uchun organ binosida yoki shaxsning iltimosiga binoan elektron yoki qog'oz nusxada berilishi mumkin9.

Germaniyada federal hukumat 2005-yil 5-sentyabrda "Axborot erkinligi to'g'risida"gi qonunni qabul qilgan. Bu qonun keyinchalik 2013-yil 7-avgustda yangilangan. Qonun har bir shaxsga rasmiy federal ma'lumotlarga kirish uchun so'zsiz huquq beradi. Hech qanday yuridik, tijorat yoki boshqa turdagi asoslash shart emas10.

Xulosa qilib aytganda, rivojlangan davlatlarning davlat hokimiyati institutlari faoliyatining ochiqligiga oid qonunchiligini tahlil qilish asosida birinchidan, davlat hokimiyati faoliyatining ochiqligiga doir murojaatlarning umumiy statistik ma'lumotlar yuritish tizimini yo'lga qo'yish, ikkinchidan, fuqarolarga taqdim etilishi taqiqlangan ma'lumot turlarini aniq belgilab qo'yish, uchinchidan, fuqarolarning murojaati rad etilgan taqdirda ularga rad etilish sabablarini ma'lum qilish, to'rtinchidan, taqdim etilishi yuzasidan to'lov undirilishi lozim bo'lgan axborot turlarini aniq belgilab qo'yish davlat hokimiyati institutlari faoliyati ochiqligini, axborot erkinligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi degan xulosaga kelish mumkin.

IQTIBOSLAR (REFERENCES)

1. Freedom of Information 5 U.C.S (source: https://www.justice.gov/oip/freedom-information-act-5-usc-552) ( Accessed 09.01.2014)

2. Access to Information Act. 4.(1), (a),(b). R.S.C., 1985, c. A-1 / Current to December 1, 2011. (http: // laws-lois.justice.gc.ca) (Accessed: 12/01/2014).

3. J0rgensen, O. (2014). Access to Information in the Nordic Countries. A comparison of the laws of Sweden, Finland, Denmark, Norway and Iceland and international rules. Nordic Council of Ministers, Nordicom.

4. Mueller, C. E., Engewald, B., & Herr, M. (2019). Freedom of information in Germany. In The Laws of Transparency in Action (pp. 205-253). Palgrave Macmillan, Cham.

5. Roy, J. (2006). E-government in Canada: Transformation for the Digital Age. University of Ottawa Press.

6. Ernsdorff, M., & Berbec, A. (2006). Estonia: The short road to e-government and e-democracy. In E-government in Europe (pp. 199-211). Routledge.

9 J0rgensen, O. (2014). Access to Information in the Nordic Countries. A comparison of the laws of Sweden, Finland, Denmark, Norway and Iceland and international rules. Nordic Council of Ministers, Nordicom.

10 Mueller, C. E., Engewald, B., & Herr, M. (2019). Freedom of information in Germany. In The Laws of Transparency in Action (pp. 205-253). Palgrave Macmillan, Cham.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

7. Banisar, D. (2002). Freedom of information and access to government records around the world. Privacy International, 4, 2.

8. Source: https://idfi.ge/en/new-freedom--of-ifnromation-legislation-albania. Accessed 2014.11.07

9. Source: https://www.oaic.gov.au/freedom-of-information-in-australia

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.