EURASIAN lOURNAL OF
SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF INTERNATIONAL COMPETITIONS AND FESTIVALS IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK NATIONAL VARIETY ART Tadjiyev Tulkin Berdiyarovich
National Pop Art Institute named after Botir Zakirov under the State Conservatory of Uzbekistan Teacher of Variety singing department https://doi.org/10.5281/zenodo.12088570
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 12th June 2024 Accepted: 17th June 2024 Online: 18th June 2024 KEYWORDS
Nationnal Variety,
international competition, festivals, solo performers, Variety groups, Uzbek concert.
The article highlights the role and importance of international pageants and festivals in the development of national pop art of Uzbekistan. The importance of contests and festivals in the development of national pop art is given, and a comparison with the development of national pop art of other countries is discussed.
O'ZBEK MILLIY ESTRADA SAN'ATI RIVOJIDA XALQARO KORIK TANLOV VA FESTIVALLARNING O'RNI VA AHAMIYATI Tadjiyev To'lqin Berdiyarovich
O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi milliy Estrada san'ati
instituti
Estrada xonandaligi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12088570 ARTICLE INFO__ABSTRACT
Received: 12th June 2024 Accepted: 17th June 2024 Online: 18th June 2024 KEYWORDS
Milliy estrada, xalqaro tanlov, festivallar, yakkaxon ijrochilar, estrada jamoalari, O'zbekkonsert.
Kirish:
O'zbek milliy estrada san'ati, O'zbekistonning musiqa sohasidagi milliy ruhini, koloritini va xususiyatlarini yorituvchi bir qismidir. Bu san'at uslubi shuningdek, zamonaviy musiqa texnologiyalarini va dunyo miqyosidagi musiqa elementlarini, ovozlarini ham qo'llaydi. O'zbek milliy estrada san'ati XX asr o'rtalarida rivojlanishni boshladi va O'zbekistonning mustaqillik yillarida rivojlanib, xalqaro darajadagi tanlov va festivallarda o'z muvaffaqiyatini qozonib, dunyo miqyosidagi auditoriyaga O'zbek musiqasini taqdim etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bu borada konsertlar, tanlovlar, festivallar va boshqa tadbirlar O'zbek musiqasining tarixiy va
Maqolada, O'zbekistonning milliy estrada san'ati rivojida xalqaro ko'rik tanlovlari va festivallarning o'z o'rni va ahamiyati yoritiladi. Tanlovlarning va festivallarning milliy estrada san'ati rivojida ahamiyati keltirilib, boshqa mamlakatlarning milliy estrada san'ati rivojlanishi bilan taqqoslash bo'yicha muhokama qilingan.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
xalqaro miqyosdagi qadr-qimmatini ko'rsatishga imkoniyat yaratdi. O'zbek milliy estradasida milliy kuylar, asarlar va musiqa instrumentlari ko'p ishlatiladi. O'zbek milliy estrada san'ati o'zida o'zbek milliy musiqasining an'analarini, adabiyotini va xalq dostonlarini qayd etadi. Milliy estrada san'ati xalqaro hamkorlikda ham muhim o'rin egallaydi. O'zbek musiqachilari, tanlovlarda, festivallarda va boshqa xalqaro musiqa tadbirlarida xalqaro auditoriyaga O'zbek musiqasini taqdim etishadi. Bu keng aytilgan xususiyatlari bilan, O'zbek milliy estrada san'ati O'zbekiston musiqiy madaniyatida muhum o'rin egallaydi va u milliy musiqa me'rosini dunyo miqyosida namoyish etishda muhim ahamiyatga ega.
Milliy estrada san'ati O'zbekistonning etnik musiqasi va dunyo musiqa tajribasining moslashtirilgan birligini ifodalaydi. Ushbu uslub musiqachilar uchun qisqa tadbirlarni, konsertlar va tanlovlarni o'tkazish, hamda xalqaro festivallarda ishtirok etish imkoniyatlarini taklif etadi. Milliy estrada san'ati, O'zbek musiqa tarixining rivojlanishi va kengayishiga o'z hissasini qo'shadi va O'zbek musiqasini dunyo miqyosida mashhur qilishga yordam beradi. Bu uslub O'zbekistonning milliy xususiyatlarini saqlab qolishiga va milliy musiqa to'plamini rivojlantirishga yordam beradi.
Mamlakatimizda zamonaviy estrada qo'shiqchilik san'atini rivojlantirish yo'lida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat tomonidan bu sohaga katta e'tibor qaratilib, keng jamoatchilik, xususan yoshlar o'rtasida estrada san'atiga qiziqish kuchayib bormoqda, yangi-yangi ijodiy guruhlar va xonandalar maydonga chiqmoqda. Shu bilan birga, estrada san'ati madaniyatini, estrada ijodkorlarining professional malakasini oshirish, yosh san'atkorlarning o'z iqtidorini to'la namoyon etishi uchun yurtimizda katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda milliy musiqa san'atimiz, xususan, milliy estrada san'atini rivojlantirishga ham e'tibor kuchaydi.
Xalqaro tanlovlar va festivallar O'zbek milliy estrada san'atining rivojlanishida muhim rol o'ynaydi, bu uning mamlakat ichida ham, undan tashqarida ham targ'iboti va tan olinishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Xalqaro tanlovlar o'zbekistonlik san'atkorlarga o'z mahoratini jahon standartlari bilan taqqoslash va xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalarini olish imkoniyatini beradi. Bu O'zbek san'atkorlarining mahorat darajasi va professionalligini oshirishga xizmat qiladi.
Xalqaro tanlovlar yosh iste'dodlarni topish va qo'llab-quvvatlash uchun maydondir. Bunday tanlovlarda ishtirok etish o'zbekistonlik yosh san'atkorlarga mamlakat ichida ham, undan tashqarida ham tan olinishi va qo'llab-quvvatlanishiga yordam berishi mumkin. O'zbekistonlik san'atkorlarning xalqaro tanlov va festivallarda ishtirok etishi xalqaro ko'rinishni oshirishga yordam beradi
Xalqaro tanlovlarning O'zbekiston estrada san'atiga ta'siri keng bo'lgani sababli, bu tanlovlarda ishtirok etish musiqachilar uchun dunyodagi ko'pgina auditoriyaga o'zlarini namoyish etish imkoniyatini yaratadi. Bu auditoriyalar, ijrochilarning mavqelarini oshirish va ularga xalqaro darajadagi integratsiya uchun zamin yaratadi. Bu tanlovlarda ishtirok etuvchi ijrochilar yuqori sifatli repertuarlarini namoyish etish orqali o'zlarining yuqori darajadagi mahoratlarini namoyon qilishadi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Xalqaro tanlovlarda qatnashish, O'zbekiston estrada san'atining dunyodagi boshqa mamlakatlar bilan hamkorliklar va munosabatlar rivojlanishiga ham imkon beradi. Bu tanlovlarda ijrochilar, boshqa mamlakatlarning ijrochilari bilan aloqada bo'lishadi va ularga o'zlarini namoyish etishga, o'zaro tajriba almashishga katta imkoniyat yaratadi. O'zbekiston estrada san'atining ijrochilarining motivatsiyasini oshirish va ularga yuqori maqsadlarga erishish uchun ilhom manbai desak ham mubolag'a bo'lmaydi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2001 yil 26-iyun kuni 272-sonli qarorining yangi tahririda milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashining o'rnatilishi va uning vazifalari, huquqlari va ish rejasi haqida xabar berilgan. Bu kengashning asosiy vazifalari o'z ichiga estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar va boshqa san'atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, estrada san'atini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlikda rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, kengash estrada qo'shiqchiligi sohasida yutuqlarni rag'batlantirish va yosh ijodkorlarning kasbiy va ma'naviy kamol topishiga imkoniyat yaratishga, ijodiy ko'maklashuvchi vakillar guruhi yordamida "O'zbekkonsert" davlat muassasasining faoliyatini nazorat qilishga ham javob beradi.
"O'zbekkonsert" davlat muas'asasi tashkiloti O'zbekiston milliy estrada san'atining rivojlanishi va o'zining nufuziga ega bo'lishida katta yordam va ko'mak berishda juda xam muhum, ahamiyatli tashkilotlardan biri hisoblanadi. "O'zbekkonsert" xalqaro darajadagi konsertlar, festivallar, tanlovlarni tashkil etish, ijro etish, boshqarish va ko'rsatish bo'yicha mas'uliyatga egadir. Bu tashkilot o'z faoliyatida milliy estrada san'atini rivojlantirish, xorijiy konsertlar va tanlovlarga ishtirok etish, O'zbekiston musiqasini dunyo miqyosida taqdim etishni maqsad qiladi. "O'zbekkonsert"ning faoliyati tashkil etilgan tanlovlari va festivallari, milliy musiqachilar va ijrochilar uchun o'zaro hamkorlikni kengaytiradi va O'zbek san'atini dunyo miqyosida namoyish etishga yordam beradi. Bu tashkilot o'z faoliyati orqali O'zbekiston musiqasi va estrada san'ati yuqori darajada ro'yxatga olingan va dunyo miqyosida tan olingan.
Keyingi yillarda O'zbekiston mamlakatida zamonaviy estrada qo'shiqchilik san'atini rivojlantirish bo'yicha qat'iy ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat bu sohaga katta e'tibor qaratib, keng jamoatchilik, xususan yoshlar o'rtasida estrada san'atiga qiziqish kuchaymoqda, yangi-yangi ijodiy guruhlar va xonandalar maydonga chiqmoqda. Shuningdek, estrada san'ati madaniyatini, estrada ijodkorlarining professional malakasini oshirish, yosh san'atkorlarning o'z iqtidorini to'la namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish borasida kamchilik va nuqsonlarga ham e'tibor qaratilmoqda.
O'zbek milliy musiqa san'atini yanada rivojlantirish, yosh iste'dod egalariga yo'l ochib berish, ularni qo'llab-quvvatlash, moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, estrada qo'shiqchiligining yutuq va tajribalarini umumlashtirish, soha taraqqiyoti uchun zarur imkoniyatlar yaratish, badiiy yuksak asarlarni targ'ib etish maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qarori asosida Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari, estrada san'atining taniqli namoyandalari, Madaniyat ishlari vazirligi, "O'zteleradio" kompaniyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, Badiiy akademiya va boshqa manfaatdor tashkilotlar takliflarini qabul qiladi va Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashini tuzadi. Kengashning vazifalari o'z ichiga estrada jamoalari, yakkaxon ijrochilar hamda boshqa san'atkorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, estrada san'atini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlikda rivojlantirish
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
tamoyillarini belgilash, zamonaviy estrada san'atining O'zbekmusiqa madaniyati taraqqiyotidagi o'rni, g'oyaviy-badiiy yo'nalishlari, uni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlikda rivojlantirish masalalarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, kengash milliy estrada san'atining monitoringini tashkil etadi, sohani rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan turli anjumanlar, ilmiy-ijodiy simpoziumlar, konferensiyalar o'tkazib kelmoqda va o'z davriy nashrlarini yo'lga qo'yib estrada san'atining rivojiga turtki bo'lmoqda.
Ko'rik tanlovlarga alohida to'xtalib o'tadigan bo'lsak televizion ko'rik tanlovlarning O'zbek milliy Estrada san'ati rivojidagi o'rni judayam ahamiyatlidir. So'nggi yillarda yurtimizda Estrada san'atini rivojlantirishga sabab bo'lib kelayotgan television shou - ko'rik tanlovlardan bo'lmish "Artist' , "The cover up", "Talant-shou" va shu bilan bir qatorda xalqaro nufuzga ega, dunyo tan olgan television shou konkurslardan "X-factor" va "Ovoz' teleloyihalari o'zbek milliy Estrada san'atini dunyo reytingiga chiqishidagi asosiy ko'priklardan biri bo'lmoqda desak yanglishmagan bo'lamiz.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoni.
2. Mirziyoev Sh.M. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini to'grisidagi farmoni.
3. Mirziyoev Sh.M. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo=sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus. 2019 yil.
4. Amanullaeva D.D.||Estrada xonandaligi||. Musiqa va san'at oliy ta'lim muassasalari uchun O'quv qo'llanma. T., 2007.
5. Amanullaeva D.D. —Estrada va djaz vokalizlari|| Musiqa va san'at oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanma - T., —Musiqa||, 2014
6. Jabborov A. O'zbekiston Bastakorlari va Musiqashunoslari||. — T., 2004.
7. Madaniyat.uz sayti
8. Lex.uz sayti