Научная статья на тему 'O’ZBEK KOMPOZITORLARINING FORTEPIANO ASARLARI USTIDA ISHLASH VA TAHLIL QILISH'

O’ZBEK KOMPOZITORLARINING FORTEPIANO ASARLARI USTIDA ISHLASH VA TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
XTK / prelyudiya / fuga / inventsiya / xoral / simfoniya / imitatsiya / tahlil / fortepiano / mashq / tezura / ritm pauza / texnika / do mojor / nota / faktura / cresc / dim / dinamika / barmoq / arpedjio / akkord / oktava / dissonans / konsanans / trel / polifoniya / plastik / intonatsiya / melodiya / staccato / non legato.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nazarov Farxodjon Allaberdiyevich

Ushbu maqolada o’zbek kompozitori Farxod Nazarovning fortepiano uchun yozilgan asarlari hamda buyuk Rus kompozitori D.Shostakovich ishlatgan leytmotiv asosida yaratilgan musiqa obveaturasida ishlashning vazifalari va uning aniqlik bilan rang-barang ohanglarni professional tarzda ijro etish metodlaridan tashkil topgan bo’lib,pedagogining zimmasiga qo’yiladigan vazifa va topshiriqlarni unumli bajarish uslublari va printsiplari, shu nuqtai nazardan berilgan ma’lumotlar aks etmoqda ,binobarin har tomonlama barkamol avlod va yosh o’qituvchi kadrlarimizning sifatli olgan bilim ko’nikma malakalarini muayyan tovushlarni olish mexanizmlar va turli metodlar texnikasini qo’llash hamda uzviy qiyoslash, shuningdek, ilg’or tajribalarni keng takomillashtirishdan iboratdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK KOMPOZITORLARINING FORTEPIANO ASARLARI USTIDA ISHLASH VA TAHLIL QILISH»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

O'ZBEK KOMPOZITORLARINING FORTEPIANO ASARLARI USTIDA ISHLASH VA TAHLIL QILISH NAZAROV FARXODJON ALLABERDIYEVICH

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI Milliy libos va san'at fakulteti, musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10803168

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th March 2024 Accepted: 10th March 2024 Online: 11th March 2024

KEYWORDS XTK, prelyudiya, fuga, inventsiya, xoral, simfoniya, imitatsiya, tahlil, fortepiano, mashq, tezura, ritm pauza, texnika, do mojor, nota, faktura, cresc, dim, dinamika, barmoq, arpedjio, akkord, oktava, dissonans, konsanans, trel, polifoniya, plastik, intonatsiya, melodiya, staccato, non legato.

Ushbu maqolada o'zbekkompozitori Farxod Nazarovning fortepiano uchun yozilgan asarlari hamda buyuk Rus kompozitori D.Shostakovich ishlatgan leytmotiv asosida yaratilgan musiqa obveaturasida ishlashning vazifalari va uning aniqlik bilan rang-barang ohanglarni professional tarzda ijro etish metodlaridan tashkil topgan bo'lib,pedagogining zimmasiga qo'yiladigan vazifa va topshiriqlarni unumli bajarish uslublari va printsiplari, shu nuqtai nazardan berilgan ma'lumotlar aks etmoqda ,binobarin har tomonlama barkamol avlod va yosh o'qituvchi kadrlarimizning sifatli olgan bilim ko'nikma malakalarini muayyan tovushlarni olish mexanizmlar va turli metodlar texnikasini qo'llash hamda uzviy qiyoslash, shuningdek, ilg'or tajribalarni keng takomillashtirishdan iboratdir.

Yurtimiz mustaqilligining sharofati bilan barcha sohalar kabi milliy musiqa san'ati xam xar tomonlama rivojlanib ravnaq topmoqda. Bu borada o'zbek bastakorlarining ijodi etakchi soxalardan biriga aylanayotganing guvohi bo'lamiz. Bu isloxatlarning natijalari bevosita ta'lim tizimida tayorlanayotgan mutaxassis kadrlarning saloxiatiga bog'liqdir. Shu bilan birga, o'zbek kompozitorlik maktabiga e'tibor ajratilib, yosh kadrlarga imkoniyatlar yaratilmoqda, Kompozitorlik ijodiyoti keng qamrovli bo'lib musiqaning yaratuvchilari, y'ani kompozitorlarning ijodiyoti xalq ma'naviyaati, madaniyati, tarixi, an'ana va qadriyatli xaqida ma'lumot beruvchi axborot manbai vazifasini o'taydi. Kompozitorlik ijodiyotining maxsuli xakqning ma'naviy dunyosini zamonaga mutanosib xolda aks ettirib, xalqqa taqdim etishdir. Bugungi kunda musiqa san'atining turli janrlarida asarlar yaratib, o'z ustida tinimsiz ijodiy izlanishda bo'lgan yosh ijodkorlardan biri- kompozitor Nurali Erkaevdir. Uning davr talabiga xos yaratilgan jiddiy asarlaridan biri fortepiano dueti uchubn yozgan «DSCH» asaridir. DSCH so'zi XX asrda yashab ijod qilgan buyuk kompozitor D.Shostakovichning ismi sharifidan olingan abreviatura xisoblanadi. D- Dmitriy, SCH- Shostakovich demakdir.

Ushbu abreviaturani nota belgilariga ko'chiradigan bo'lasak, D- re, S- mi bemol, C-do, H-si tarzida namoyon bo'ladi. Ushbu sekunda intervallari bo'ylab tuzilgan oxangni shartli ravishda ikki submotivga bo'lish mumkin. Birinchi oxang «re-mi bemol», ikkinchi submotivdagi

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

oxang «do-si» bo'lib, uning aylanmali variant sifatida qabul qilinadi. Bundan ko'rinib turibtiki, DSCH mavzusining o'zida varian-variatsion va polifonik unsurlar mavjud. Mavzu tuzilishida yotgan ushbu xususiyatlar asarning aynan variant-variatsion va polifonik tamoyilar orqali rivojlanishiga asos bo'ladi. Kompozitor mavzusini sematik, janr nuqtai nazaridan turlicha talqin etadi. Masalan, mavzuning sekin sur'atda aks etuvchi variantida uning falsafiy, lirik, lament xarakteri o'z ifodasini topsa, mavzuning tez sur'atda aks etuvchi variantida uning ritmik rivoji faollashib, ritmik sur'atlar bilan o'zgartirilgan skerstotsimon, Shistakivichning ijodiy qalamiga xos bo'lgan grotesk xarakteri o'z ifodasini topadi

DSCH-bastakor Dimitro Shostakovich tomonidan o'z ismini kodlash uchun foydalanadigan musiqiy motiv Bu B-A_C_H uslubidagi musiqiy kriptogramma, D, E tekisligi, C.H yozuvlaridan tashkil topgan (klassik yozuvda), bu nemis translyatsiyasida bastakorning bosh harflariga mos keladi :D. Sch. (D mitri Schostakowitsch).

Har bir asarning o'ziga xos uslub va janri, badiiy obraz jihati, mazmun mohiyati va o'zining dramaturgiyasi bilan ajralib turadi. Musiqiy asarlarni ijro etishda albatta ijrochidan musiqiy estetik did, kuchli texnik mahorat va albatta musiqiy his muhim rol o'ynaydi. Tabiiyki, kompozitor tomonidan o'ylangan musiqiy g'oyani muxlislarga yetkazishda ijrochi ma'lum darajada bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi darkor. Ushbu asarlarni ijro etayotganda, har taraflama pioninachilarning texnik mahorati ya'ni barmoqlarning tez va shiddatli harakatlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, kerakli bo'lgan texnik manbaga yo'naltirib uni rivojlantiradi. Shuni aytishimiz mumkinki, O'zbekiston kompozitorlarining fortepiano ijodiy asarlaridan tamomila farqlanadi. Hozirgi paytda ijrochilarimiz yangi fortepiano uchun yozilgan milliy innovatsion asarlarni kutishmoqda, ba'zan pianinochilarimiz ma'lum bir xalqaro ko'rik-tanlovlarda ishtirok etsa, albatta, tanlovning shartida, ishtirokchi istiqomat qiluvchi davlat kompozitorining asarlarini ijro etishi darkor bu esa ayni muddao. Asar tahliliga qisqacha e'tibor bersak, maqsadga muvofiq bo'ladi

Ushbu asar buyuk jahon kompozitori D.Shostakovich motivi asosida yaratilgan. Berilgan musiqaviy matoni harfiy tizimda ko'rib chiqsak D harfi (re) tovushni, eS (mi bemol) tovushni, C (do) tovushni, H (si) tovushni beradi bularni umumiy yig'sak DeSCh D. Shostakovich bo'ladi. Ushbu tushunchani mualliflik belgi, motiv, o'zining tonlar kombinatsiyasining monogrammasidir desak mubolag'a bo'lmaydi.

Nota matn namunasida1

1 F.Nazarov fortepiano uchun pyesasi.-Toshkent, 2015. 37-b.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Demak, ushbu ilmiy tadqiqotimizda kompozitor tamonidan qo'llaniladigan o'ziga xos kombinatsiya va texnikalar albatda xar bir ijodkor ijrochini qo'llab quvatllaydi sababi keltirilgan nota matnida juda shidatli dramatik urush g'oyasini ko'rish xis etish mumkin.2

Demak, аsar III qismli murakkab shaklda bo'lib, I qism o'tkir drammatik holatlarni o'zida mujassam etib, kuchli dinamik, dissonans akkordlarni keskin qo'llanilishi, garmoniyaning izchilligi, fakturaning keng diapozonda qo'llanilishi, baslarning o'zaro kurashishi yaxlit bir revolyutsiyani o'zida singdiradi.

Asarning badiiy mazmun mohiyati shiddatli urush kuchli janglar bilan tasvirlangan. II qism, I qismga nisbatan sezilarli darajada kuchli kontrastni sodir etib, undagi mavzu lirik chekinishga qarab harakatlanadi. Undagi mavzu milliy va zamonaviy ohanglar bilan qovushilgan va ularni to'lqinlanish bezaklari mumtoz kolorit baxsh etadi. Pyesani ijro etishda ovoz talqinlariga erishish uchun qator o'ziga xos uslubga qattiq rioya qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Asarning o'rta qismida musiqiy uslub yaqqol muxlislar va musiqashinavandalar tamonidan sezilib turadi unda ishlatiladigan impressianizim musiqiy davr oqimi musiqaviy va fantastik falsafiy psixolagik qirralar yorqin juda mazmunli ishlatilgan ritm va metrning o'zgarishi garmoniyalarning g'arb va sharq bilan uzviy bo'g'langan holda bir biri bilan to'qnashishini ko'rish mumkin.

I-Qism

rivojlov

Repriza(A1)

Epizod

2.2 Nota matnni misol uchun:3

Chunki barmoqlarning to'g'ri ishlatilishi, kaft harakatini kerakli nuqtaga yo'naltirishi, cholg'uning pedali yordamida kuchli dinamizatsiya va avj nuqtasi, qolaversa, musiqaviy urg'uga katta e'tibor bermoq kerak bo'ladi. Kuyning rivojlanishi keskin kurashlar dinamik avj nuqtasida keladigan, ulkan va dahshatli «Maestoso» III qismga tegishlidir kompozitsion nuqtai nazarda g'oyani chuqur yoritishda kuyda mag'rurlik va ruhiy buyuklik kashf etilgan.

2 Karimova N, Nazarov F.Fortepiano o'qitish metodikasi.-Toshkent, 2020, 11-b

3 F.Nazarov fortepiano uchun pyesasi II qism.-Toshkent. 2016.26-b.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

References:

1. Sh.Xolmatov. Fortepiano ijrochiligida innovatsion maxsus mashqlar hamda pedagogik ilmiy-metodlarni rivojlantirish metodikasi// O'quv qo'llanma. Sh.Xolmatov Termiz-2023 17-25 betlar.

2. Karimova N, Nazarov F.Fortepiano o'qitish metodikasi.-Toshkent, 2020, 11-b

3. Нейгауз Г.Г. Об искусстве фортепианной игры: Записки педагога. 5-е изд. -М.: Музыка, 1988.— 29 с.

4. Савшинский, С.И. Средства выразительности музыканта-исполнителя (Фрагменты из незаконченной книги) // С.И. Савшинский музыкант, педагог, ученый. Сборник статей, материалов, воспоминаний / Сост. О. П. Сайгушкина. СПб. : б. и., 2007. С. 32-66.

5. Нейгауз.Об искусстве фортепианной игры.М. 1958. С. 37.

6. Алексеев, А.Д. История фортепианного искусства / А.Д. Алексеев // Ч. 1, 2. - М.: 1988. С.25.

7. Апраксина, О.А. О возможностях и содержании исследовательской работы учителя-музыканта в общеобразовательной школе / О.А. Апраксина // Музыкальное воспитание в школе. Вып 12. - М.: Музыка, 1977 C.24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.