EURASIAN lOURNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
DEVELOPMENT OF STUDENTS' PERFORMANCE SKILLS
ON THE PIANO INSTRUMENT AND WORK ON THE TECHNIQUE OF CLEAR, CLEAR SOUND PERFORMANCE Ibragimova Sitora Sunnat kizi
Uzbek National Music and Art Institute named after Yunus Rajabi Teacher of composition and general piano department https://doi.org/10.5281/zenodo.11650613
ARTICLE INFO
ABSTRACT
This article provides recommendations on the development of piano performance in Uzbekistan, the development of students' piano performance skills, and the development of more clear and clear sound performance techniques in piano performance.
Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024 KEYWORDS
Uzbek piano music, composer, composer,
harmony, solfeggio, analysis of musical works, piano, performance technique, etudes, musical image.
TALABALARNING FORTEPIANO CHOLG'USIDA IJRO ETISH MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH VA TOVUSHNI TINIQ, RAVSHAN IJROSI TEXNIKASI
USTIDA ISHLASH
Ibragimova Sitora Sunnat qizi
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'at instituti Kompozitorlik va umumiy fortepiano kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11650613
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024 KEYWORDS
O'zbek fortepiano musiqasi, kompozitor, bastakor,
garmoniya, solfedjio,
musiqiy asarlar tahlili, fortepiano, ijro texnikasi, etyudlar, musiqiy obraz.
Ushbu maqolada O'zbekistonda fortepiano ijrochiligi rivojlanishi, talabalarning fortepiano cholg'usida ijro etish malakalarini rivojlantirish, fortepiano ijrosida tovushni yanada tiniq, ravshan ijro texnikasi ustida ishlash bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Kirish:
Musiqa san'atida Fortepano ijrochiligi eng ommalashgan turlardan biri sanaladi. Har bir xalqning o'z milliy cholg'u sozlari bo'lishi barchaga ma'lum. Bugungi kunda dunyoning barcha xalqlari orasida eng ommalashgan umuminsoniy cholg'u sozlari ham mavjud. Bulardan biri -fortepiano cholg'usidir. Ushbu cholg'u uchun jahonning barcha taniqli kompozitorlari
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
qatorida O'zbekiston kompozitorlari ham yorqin asarlar yaratdilar. Ular yosh ijrochilar tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda. XX asrning 2-yarmida fortepiano san'atida rivojlanish kuzatildi. Musiqiy avangardning har xil oqimlari paydo bo'ldi. A.Shyonbergning shogird va izdoshlari nafaqat butun dunyoda, hatto O'zbekistonda ham paydo bo'ldi. Musiqa materialini umumiy (total) qator birlashtirilishiga intilishning kuchayishi kuzatildi. Bunday rivojlanish bosqichlari O'zbekistonda ham bo'lib o'tdi va bu haqda keyingi darslarda bilib olasiz.
O'zbek fortepiano musiqasi chorakkam bir asrlik davrni o'z ichiga oladi. Lekin u juda qisqa davr ichida fantastik rivoj jarayonini boshidan kechirdi va Yevropaning zabardast monumental fortepiano asarlariga mos keladigan yetuk o'zbekona namunalar yaratishga muvaffaq bo'lindi. Bugungi kunga kelib yurtimizda musiqa sohasida bir qator yangi asarlar xalqimiz e'tiboriga havola etilmoqda. Yoshlarimiz ham bu borada misli ko'rilmagan yutuqlarni qo'lga kiritmoqda.
Respublikada professional musiqa san'atini rivojlantirish, kompozitorlar nufuzini oshirish, viloyatlarda faoliyat olib borayotgan yosh istedodli ijodkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ijodini rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 avgustida «O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida» gi PQ-3212 sonli qarori e'lon qilindi. Mazkur qarorda viloyatlarda faoliyat olib borayotgan, yosh iste'dodli va istiqbolli kompozitorlar, bastakorlar va musiqashunoslarni kashf etish, ularga ijod qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, ijodini keng targ'ib etish va rag'batlantirishga alohida urg'u berilgan. Shunday ekan O'zbekistonda musiqa madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida bor imkonyatlarimizdan kelib chiqqan holda bugungi kun uchun va ertangi kunimiz uchun sidqidildan ijod qilib yurtimiz ravnaqi va musiqasini rivojlantirishga harakat qilishimiz zarur.
Musiqiy asarlarni ijro etishda albatta ijrochidan musiqiy estetik did, kuchli texnik mahorat va albatta musiqiy his muhim rol o'ynaydi. Tabiiyki, kompozitor tomonidan o'ylangan musiqiy g'oyani muxlislarga yetkazishda ijrochi ma'lum darajada bilim va ko'nikmaga ega bo'lishi darkor. Ushbu asarlarni ijro etayotganda, har taraflama pioninachilarning texnik mahorati ya'ni barmoqlarning tez va shiddatli harakatlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, kerakli bo'lgan texnik manbaga yo'naltirib uni rivojlantiradi. Shuni aytishim mumkinki, O'zbekiston kompozitorlarining fortepiano ijodiy asarlaridan tamomila farqlanadi. Hozirgi paytda ijrochilarimiz yangi fortepiano uchun yozilgan milliy innovatsion asarlarni kutishmoqda, ba'zan pianinochilarimiz ma'lum bir xalqaro ko'rik-tanlovlarda ishtirok etsa, albatta, tanlovning shartida, ishtirokchi istiqomat qiluvchi davlat kompozitorining asarlarini ijro etishi darkor bu esa ayni muddao.
Yetuk sozanda va xonanda sifatida barkamol ijodkor bo'lish barcha zamonlarda inson aql-zakovati, musiqa ilmi tushunchalari yo'naltirilgan eng muhim soha sifatida qarashgan. V. A. Suxomlinskiy Musiqa tarbiya bu- musiqachi tarbiyasi emas, inson tarbiyasidir, shunday ekan, hozirgi kelajak avlodni tarbiyalashda san'at muhim o'rin tutadi. San'at insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida uning hissiyotini o'stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Fortepiano fani umumkasbiy fan hisoblanib, barcha sohalarda bilim oladigan talabalar fortepiano cholg'usida ijro etish ko'nikmalariga ega bo'lishini talab qiladi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Kompozitorlar asarlarini ijro etishda, jo'rnavoz sifatida mashg'ulotlarini olib borishda ushbu cholg'uning o'rni beqiyosdir.
"Fortepiano" fani barcha ijrochilik ixtisosliklari uchun umumkasbiy fan hisoblanib, u - Garmoniya, Solfedjio, Musiqiy asarlar tahlili kabilar bilan o'zaro uzviy bog'liqdir. O'zlashtirilgan ijrochilik ko'nikmalari, ularni yanada keng va chuqurroq o'rganishga ma'lum darajada ko'mak bo'ladi. Musiqa san'atida fortepiano ijrochiligi eng ommalashgan turlardan biri sanaladi. Har bir xalqning o'z milliy cholg'u sozlari bo'lishi barchaga ma'lum. Bugungi kunda dunyoning barcha xalqlari orasida eng ommalashgan umuminsoniy cholg'u sozlari ham mavjud. Bulardan biri - fortepiano cholg'usidir. Ushbu cholg'u uchun jahonning barcha taniqli kompozitorlari qatorida O'zbekiston kompozitorlari ham yorqin asarlar yaratdilar. Ular yosh ijrochilar tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.
Fortepiano cholg'usi o'ziga xos xususiyatga ega. Unda ijro etishda tovushni tiniq, ravon ijro etish uchun ularning imkoniyatlarini nazariy va amaliy jihatdan bilish hamda ularda ijro etish ko'nikmalarini o'zlashtirish talab etiladi. Ijro etilayotgan asarlarni qismlarga va qismlarni jumla va frazalarga bo'lish orqali musiqaning aniq ijro etishga erishiladi. Bir nechta musiqiy jumladan esa asarning qismi paydo bo'ladi. Yangi asarlarni o'zlashtirish jarayonida har bitta fraza, jumla uchun a Ijro dasturini tanlash
Fortepiano ijrochiligining boshlang'ich davrida ijro repertuarining ko'lami nihoyatda kengdir. Jahon kompozitorlarining musiqiy namunalari bilan birga, O'zbekiston kompozitorlarining milliy ruh bilan sug'orilgan ko'plab namunalari, o'zbek xalq kuylarining fortepiano uchun moslashtirilgan variantlari mavjuddir. Talabalarning badiiy ijrochilik tafakkurini boyitish, texnik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun turli xarakterdagi asarlarni tanlash, zamonaviy kompozitor- larning asarlari bilan birga, O'zbekiston va jahon musiqa madaniyati durdonalari- dan namunalar bilan tanishib borish muhim ahamiyatga ega. O'quvchilar o'rganishi kerak bo'lgan ilk asarlar bir ovozli qo'shiq namunalari bo'lib, ular asta sekin ikki qo'l bilan chalish uchun mo'ljallanadi. Ikki qo'l orasida taqsimlangan cholg'u kuyini yanada aniq tushunish uchun sekin tempda kuyning she'riy matnini qo'shiq qilib kuylash juda foydalidir. Alohida tovush kuchi talab etilishi mumkin.
Musiqa asarining ijrosi yoqimli bo'lishi yoki biror musiqiy obraz ta'sirini boyitib, tinglovchilarga eshittirish, tovushning qanday kengaytirilishini ko'rsatish uchun musiqada maxsus belgilar qo'llaniladi. Ushbu belgilar nomlari italyanchadan olingan bo'lib, ular dinamik belgilar deb ataladi.
O'quvchi-talabalarning malakasining yaxshi rivojlanishining asosi - etyud ijrosini muntazam tarzda tashkil etishdir. Chunki, etyudlar musiqa ijrochilik jarayonida mushkul holatlarni to'g'ri yechishda fikrni jamlash va har qanday qiyinchilikdan chiqib ketishda katta ko'nikma hosil qiladi. Ular texnik mahoratni musiqiy masalalar bilan uyg'unlashtirish mezonlarining to'g'ri hal qilinishiga rahnamolik qiladi. Ijrochini nafaqat jismonan, balki ruhan tetiklashtirib, o'zida ishonch hislarini uyg'otadi, dadillikni shakllantiradi. Oqibatda o'quvchi-talabalar har qanday asarni osonlik bilan ijro etadi. O'quvchi-talabalar texnikani oshirishda gamma va arpedjio kabi muhim texnik unsurlarga katta e'tibor berishi kerak. UIar bilan ishlashda turli etyudlardan foydalaniladi. foydalaniladi. Shular orasida eng asosiysi K. Cheni yaratgan etyudlar hisoblanadi. Chunki u yaratgan etyudlarning aksariyati kichik bamoqlar texnikasini o'stirishga mo'ljallangan. Bular: tezlik-chaqqonlik, ijroda tekislik va aniqlik. Qayd
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
etish lozimki, K. Cherni tomonidan katta ahamiyat berilgan texnik ko'rinishdagi gammalami mashq qilish juda han foydalidir. Chernining aksariyat etyudlari badiiy imkoniyatlarga boy. Bundan tashqari, ular barmoqlar harakatining turli xil usullariga asoslanganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Cherni etyudlarining har biri muayyan mashqlar doirasida badiiy ma'nolar bilan sug'orilgan.
Fortepiano ijrochiligida lirik jozibani ifoda etuvchi bir qator bezaklar mavjud. Trel ham shular qatoriga kiradi. Bu bezakni ijro etishda muayyan ko'nikma hosil qilguncha mashq qilish maqsadga muvofiqdir.Chunki o'quvchilar ko'phollarda trellarni oxirigacha chala olmaydilar, yoki aksincha, ko'paytirib yuboradilar. Ushbu kamchillikni muvofiqlashtirish uchun ayrim uslubiy tomonlariga e'tibor berib o'zlashtirish lozim. Ya'ni mashq bajarilishida tayanch nuqtalarni aniqlab olish zarur. So'ngra taktning kuchli hissasiga to'g'ri keladigan va harakat almashinuvida yuz beradigan yengil urg'uni anglab olish kerak. Xuddi shunday urg'uni anglab olish kerak Xuddi shunday almashinuv nuqtalarini mustahkamlash harakatlarini ko'p passajlarda ishlatish katta samara beradi. Etyudlar ijrosi jarayonida chap qo'lda ijro etiladigan akkordlarga ham ahamiyat bilan yondashish talab etiladi. Staccatoli akkordlami yengil va o'tkir tarzda, choraktalik va yarimtalik cho'zimda ifodalangan akkordlarni klaviaturaga qo'lni to'laligicha bosib ijro etish lozim. Ammo etyudni ko'tarinki kayfiyatda, ritmik jihatdan dadil ijro etish taqozo etiladi.
O'quvchi-talabada ijodiy g'oyani mukammal yo'sinda ro'yobga chiqarish yoki fortepiano chalishtexnikasini egallashga yordam beradigan vosita va usullar tizimini shakllantirishdir. Fortepiano chalish texnikasining o'zi emas, balki uning ijrochiga badiiy maqsadni amalga oshirishda, asarning g'oyaviy-emotsional mazmunini chuqurroq yoritishda yordam berishi qimmatlidir. Shuning uchun texnik qiyinchiliklar ustida ishlash badiiy obrazni yoritish va ijrochilikmahoratini o'zlashtirishningyo'li hisoblanadi. Musiqa pedagogikasida "texnika" tushunchasi keng ma'noni, ya'ni tovushlarni sifatli sadolantira olish va fortepiano chalishning har xil usullarini o'zlashtirishni, pedaldan foydalanish va applikatura tamoyillarini egallashni, aranjirovka, dinamik qarama- qarshiliklar, agogika va albatta, texnik qiyinchiliklaming har xil turlarini egallashni anglatadi.
Musiqa asarlari ustida ishlashda yuqoridagi asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun muayyan usul va vositalarni qo'llash zarur. Shulardan biri - asarlar ustida bosqichma-bosqich ishlashdir. Bu bosqichlar shartli bo'lib, u har bir ijrochida turlicha kechadi. Bosqichma-bosqich ishlash o'quvchilarga asarning musiqiy tilini sinchiklab va asta-sekin o'rganish, ishdagi qiyinchiliklarni qunt bilan yengish hamda badiy talqinni yaratish imkonini beradi.
Nota matni bilan dastlabki tanishish uni o'qishdan, tushunib olishdan va ilk tahlil qilishdan iborat bo'ladi. Bu ish o'quvchi pyesaning xarakterini his etishi, asosiy mazmunini anglab olishi, unda uchraydigan qiyinchiliklarga, ifoda jihatlariga e'tibor berishi uchun zarurdir. Fortepiano maktabining barcha mashhur namoyandalari mana shu bosqich musiqa asarini bevosita o'rganishdan oldin amalga oshirilishi kerak deb hisoblaganlar va nota matni ustida dastlabki ishlashda fikrlash eshitish ishlari zarurligini uqtirganlar. Cholg'usiz ishlashning afzalligi shuki, unda o'quvchining diqqati texnik qiyinchiliklarga bo'linmaydi, ayni paytda musiqachining ichki eshitishi musiqiy obrazlarni anglash, muayyan emotsional holatni boshdan kechirish, asardagi tovushlarning boyligini o'ylab ko'rish imkonini beradi. Ammo matn ustida olib boriladigan mana shunday fikrlash, eshitish har bir o'quvchiga ham to'g'ri
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
kelavermaydi. Ichki eshitish qobiliyati yetarli darajada rivojlanmagan o'quvchilar bilan shug'ullanishda asar ustida ishlashni cholg'u asbobidan boshlashga to'g'ri keladi. Shunga qaramay, o'quvchi-talabaning ichki eshitishni, tafakkurini faollashtiradigan usullardan doimiy ravishda foydalanish, musiqiy asosni eshitib o'zlashtirish orqaligina asarning badiiy tilini tushunish mumkinligini unutmaslik kerak.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoni.
2. Mirziyoev Sh.M. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini to'grisidagi farmoni.
3. Mirziyoev Sh.M. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus. 2019 yil.
4. Abdullaev R. Navro'z lavhalari. T., 1998.
5. Azimov X. Fortepiano darsligi. "O'qituvchi" T., 1998.
6. Azimov X. Fortepiano uchun polifonik pyesalar. T., 1990.
7. Альбом фортепианных миниатюр. "Сов.композитор". М., 1979
8. Varelas S. Fortepiano pyesalari albomi. "O'qituvchi", T., 1971.