Научная статья на тему 'O‘TLOQI SAZ TUPROQLAR SHAROITIDA SABZI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

O‘TLOQI SAZ TUPROQLAR SHAROITIDA SABZI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘tloqi tuproq / sho‘rlanish / tajriba / arziq / sabzi / texnologiya / oziq elementlar / hosildorlik / variantlar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mirzayev U.B.

Maqolada Farg‘ona viloyati cho‘l mintaqasining sho‘rlanishga moyil o‘tloqi tuproqlari xossalari va ularda sabzi yetishtirish masalalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘TLOQI SAZ TUPROQLAR SHAROITIDA SABZI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

O'TLOQI SAZ TUPROQLAR SHAROITIDA SABZI YETISHTIRISH

TEXNOLOGIYASI Mirzayev U.B.

B.f.n., dotsent. FarDU https://doi.org/10.5281/zenodo.11190237

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona viloyati cho'l mintaqasining sho'rlanishga moyil o'tloqi tuproqlari xossalari va ularda sabzi yetishtirish masalalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: O'tloqi tuproq, sho'rlanish, tajriba, arziq, sabzi, texnologiya, oziq elementlar, hosildorlik, variantlar.

Аннотация. В статье освещены свойства засоленных почв пустынного региона Ферганской области и вопросы выращивания в них моркови

Ключевые слова: Луговые сазовые, засоление, опыт, арзык, марков, питательные элементи, урожайность, варианты.

Abstract. The article highlights the properties of saline soils in the desert region of the Ferghana region and the issues of growing carrots in them

Keywords: Meadow carp, salinity, experience, arzyk, stamps, nutritional elements, yield, options.

Kirish. Farg'ona viloyatida o'tloqi tuproqlar katta maydonni egallab, ular cho'l mintaqasining asosiy qismini egallaydi. Hududdagi o'tloqi tuproqlar sizot suvlari asosan turg'un, saz rejimida bo'lganligi uchun sho'rlanishga moyilligi yuqori, shu tufayli sabzovot ekinlari hosildorligi ham nisbatan past darajada bo'lib, bunday tuproq sharoitlari uchun yangi texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va qo'llash yetishtirilayotgan hosil salmog'ini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, jahon miqiyosida organik dehqonchilik rivojlanib, ekologik toza mahsulotlarga bo'lgan talab kun sayin ortib borayotgan sharoitda tuproqlar holatini yaxshilash ham muhim masalalardan bo'lib, organik dehqonchilik uchun ularning meliorativ holati qulay bo'lishi talab etiladi.

Tadqiqot usullari va tajriba sxemasi. Tadqiqot hududimiz tuproqlari O'zbekiston tuproqlari uchun (1975 y) ishlab chiqilgan tasnifga muvofiq sug'oriladigan chuqurlashgan arziqli o'tloqi saz tuproqlar jumlasiga kiradi.

Maqsadga erishish uchun hududdagi fermer xo'jaliklaridagi sabzi ekishga mo'ljallangan ekin maydonlari kuzatuv maydonchalar sifatida tanlab olindi. Tuproq tahlillari uchun namunalar olinib, tahlillar YE.V.Arinushkina (1970) tomonidan ishlab chiqilgan, agrokimyoviy tahlillar esa O'zPITI tomonidan ishlab chiqilgan (1963, 1977) umumqabul qilingan usullar asosida bajarildi.

Tajribalar takroriy ekin sifatida ekilayotgan sabzining "Mirzoi sariq" (zarcha) navini yetishtirish bo'yicha Toshloq tumani fermer xo'jaligi dalalarida o'tkazildi. Kuzatuv tajribalari 2 tuproq ayirmasida, har bir ayirma bo'yicha 1 variantdan iborat, variantning qaytariqlari 4 karrali. Tajriba maydoni 0,8 gektarni tashkil etadi, himoya polosalari bilan 1 ga yetadi.

Sabzining o'simligining ko'chat qalinligi hisobi yaganalashdan keyin va vegetatsiya oxirida delyankalarning hisob maydonidagi o'simliklar miqdorini sanash usuli bilan olindi. Sabzi hosilining o'rtacha massasini aniqlash uchun hosil yig'ishtirilishi oldidan, tanlangan nuqtalardan sabzi mevalari kavlab olindi va ularning o'rtacha massasi aniqlandi. Bu ish tajribaning barcha variantlari va qaytariqlarida bajarildi.

Tadqiqot natijalari. Kuzatuv maydonchamizdagi o'tloqi saz tuproqlar uch qavatli yoki uch yarusli tuzilishga ega. Kesmaning eng ustki qavati arziq usti yoki chin tuproq qatlami, o'rta qavat arziqli qatlamchalardan tashkil topgan bo'lib, tarkibi 10-70% gips va 15-40% karbonatlardan iborat. Arziqli qatlamlar juda zieh qovushmaga ega. Ko'pincha kuchli sementlashgan qavatchalar ham uchraydi. Ularning aeratsiya g'ovakligi juda kichik, suvni o'tkazish va ushlab qolish qobiliyati yomon. Kuzatuv maydonchalarimiz tuproqlari ham yuqoridagi tavsif doirasida bo'lib, o'ziga xos, mayin jinsli tuzilishga ega.

Tuproqlar suvli so'rimdagi quruq qoldiq miqdoriga ko'ra o'tloqi saz tuproqlar sho'rlanmagan, quyi qatlamlarida sho'rlanishning kuchsiz darajalari (0,3-0.5%) kuzatiladi. Chuqur arziqli qatlamlarda esa kuchsiz va o'rta darajadagi sho'rlanish mavjud (0,4-1,1%). Minerallashgan sizot suvlari sathi 1-1,5 m atrofida. Kesma bo'ylab gumus miqdori 1,4-0,6% atrofida, umumiy azot 0,06-0,12% atrofida. Oziqa elementlarining harakatchan shakllari bilan o'rta darajada ta'minlangan.

Kuzatuv maydonchalarimizda sabzi ekini lenta shaklda, har bir egat pushtasida 20X15 sm sxemada, pushta kengligi 80 sm, qatorlar oraligi 50 sm qilib ekildi. Kuzatuvlarimiz ikki variantda, ya'ni qator oralariga ishlov berish va ishlov bermasdan sabzi yetishtirish texnologiyasini o'rganish asosida olib borildi. Sabzi yetishtirish quyidagi agrotexnika asosida amalga oshirildi (1-jadval)

Tajriba maydonida amalga oshirish dala ishlarining muddatlari

t/r Bajariladigan dala ishlari nomi Ishlarni bajararish muddatlari

1 2 3 4 5 6

1. Shudgor odidan P2O5, K2O o'g'itlari solish 10.07.

2. Shudgor 11-15.07.

3. Joriy yer tekislash 13-20. 07.

4. Erni ekishga tayyorlash, egat olish 15-21.07.

5 Urug' ekish 22-25.07.

6 Sug'orish 1-variant 26.07. 31.07. 10.08. 30.08. 20.09

Sug'orish 2-variant 26.07. 31.07. 10.08. - 20.09.

7 Sug'orish meyorlari, m3/ga 1200 1000 900 850 700

8. Mineral o'g'itlarni solish 10.08. 20.09.

9. Kultivatsiya (1-variant uchun) 20.08.

10. Yagana 18.08.

11 Begona o'tlarga qarshi kimyoviy preparatlar yordamida ishlov berish 10.08.

11. O'toq 18.08. 05.09.

15. Hosilni yig'ishtirib olish 05.11.

Yaganalash davridan keyin ko'chat qalinligi har bir kuzatuv maydonida gektariga 210000 tadan bo'ldi. Sug'orish meyorlari jadvalda ko'rsatilganidek, 1-variantda 3800, ikkinchi variantda esa 4650 m3/ga bo'ldi. Mineral o'g'itlar quyidagi meyor va muddatlarda solindi (2-jadval).

Mineral o'g'itlar Yillik meyori, kg/ga Shudgordan oldin, kg/ga 3-sug'orish oldidan, kg/ga Tegishlicha 5 va 4 -sug'orish oldidan, kg/ga

N 250 - 100 150

P2O5 170 50 70 50

K2O 100 20 40 40

Sabzi hosildorligi. Ma'lumki ekinlar hosildorligi ularga qanchalik ko'p ishlov berish, o'g'it solish va sug'orishlar soni va meyorlariga emas, balki ularning qantay tartibda berilishi, meyorlari va muddatlari kabi omillarga bog'liq bo'ladi.

Kuzatuvlarimizdan maqsadidan kelib chiqib, sabzi ekiniga mineral o'g'itlarning yillik meyor va muddatlarini ta'sirini emas, balki ularni yetishtirish agrotexnologiyasi, ya'ni sug'orish soni, muddati va meyorlari hamda qator oralariga ishlov berishning ta'sirini o'rganishdan iborat bo'lganligi uchun ayni variantlar bo'yicha olingan hosil miqdori taqqoslandi.

Hosil yig'ish oldidan yakuniy tahlillarimizdan quyidagilar aniqlandi (3-jadval).

Variantlar Ko'chat qalinligi, ga hisobida Sabzi mevasining o'rtacha massasi, gr Hosildorlik t/ga

O'rtacha hisoblangan Amalda olingan

1 210000 135 28,3 27,7

2 210000 120 25,2 24,0

Natijalarga ko'ra ham yuqori hosildorlik 1-variantda kuzatilib, ikkinchi variantga nisbatan 3,7 t/ga yuqori hosildorlikka erishilgan. Nazariy hisoblangandan chetga chiqish holati hosil yig'ib-terib olish jarayonida ularning yaroqsiz va istemol uchun yaroqsiz bo'lganlari ajratib tashlanishida bo'lib, bunday sabzovotlar odatda maydonning o'zida qoldirilib ketiladi. Bu holatga ko'ra ham birinchi variantda hosil yo'qotilishi kamligi ko'zga tashlanadi.

Xulosa. Shunday qilib, kuzatuv maydonchalarimizdagi sabzi hosildorligi natijalari tuproqlar ekomeliorativ holatiga bog'liq holda qator oralariga ishlov berish hamda sug'orish soni va meyorlarini to'g'ri taqsimlash sabzi hosildorligini ortishiga olib kelishini ko'rsatadi.

Sug'orish soni va meyorlarini 2-variantdagisi odatda meyoriy ko'rsatkichlar hisoblanadi. Lekin, tuproqlarimiz sizot suvlari nisbatan turg'un va nisbatan sayoz joylashgan o'tloqi tuproqlar bo'lib, odatda yilning ikkinchi yarmi, kuz fasllariga tomon ularning yer yuzasiga yanada ko'tarilishi tufayli kuzgi sabzining sug'orish meyorlarini nisbatan kamaytirish ularda nam yetishmasligini keltirib chiqarmaydi. Bu davrda sabzi ildizlari chuqur qatlamlargacha yetib borganligi sababli, kapillyarlardan ko'tarilayotgan namlikdan foydalana oladi. Bu davrda berilgan ortiqcha namlik sabzining barglari g'ovlab ketishi, oziqaning behuda sarflanishi va havo hossalarini yomonlashishi, shuningdek, tuproqlar sho'rlanishga moyilligi yuqori bo'lgan sharoitda sho'rlanish darajalarini ortishiga olib kelishini e'tiborga olib ularni qator oralarini kultivatsiyalash va namlanishni cheklash yaxshi samara beradi.

REFERENCES

1. Balashev N.N., Zeman G.O. Sabzavotchilik.-O'qituvchi.- 1977y. 419 b.

2. Bo'riyev H.CH., Abdullayev A.G. Tomorqa sabzavotchiligi. T.: 1994y. 176 b.

3. Isaqov V.Y., Mirzayev U.B. Markaziy Farg'onada shakllangan arziqli tuproqlarning xossalari va ularning inson omili ta'sirida o'zgarishi. - Toshkent.: - Fan. 2009 y. 227 b.

4. Камилов О.К., Исаков В.Ю. Генезис и свойства окарбоначенно-загипсованних почв Сентралной Фергани. - Ташкент.: Фан. 1992. 136 б.

5. Максудов А. Почви Сентралной Фергани и их изменения в связи с орошениэм. -Ташкент: Фан, 1979. 120 б.

6. Методи агрохимических анализов почв и растений. -СоюзНИХИ. Ташкент: 1977.

7. Mirzayev, U. B. (2023). Tuproqshunoslik" kursini o 'qitishda pedagogik texnologiyalar.

8. Мирзаев, У. Б., & Умаркулова, Б. Н. (2022). улдашева МИ Марказий фаргонанинг сугориладиган утлоки саз тупроклари шароитида сабзи етиштиришда янги агротехнологиялари самарадорлиги. Science and innovation, 1(D3), 71-76.

9. Mirzaev, U. (2022). КОЛЛЕКТОР-ЗОВУРЛАР ТИЗИМИНИНГ ТУПРОКДАГИ ТУЗЛАРНИНГ ^АЙТА ТАКСИМЛАНИШИДАГИ РОЛИ. Science and innovation, 1(D8), 555-559.

10. Mirzaev, U., G'Ofurov, B., & Tojimatov, A. (2022). АРЗЩЛИ ТУПРОКЛАРДА ГУЗАНИНГ РИВОЖЛАНИШИ ВА ^ОСИЛДОРЛИГИНИ СУГОРИЛАДИГАН ДЕЗДОНЧИЛИК ТАЪСИРИДА УЗГАРИШИ. Science and innovation, 1(D7), 76-81.

11. Mirzaev, U., Umarkulova, B., & Ganiev, Y. (2021). Use of organic fertilizers, prepared from local waste, to improve the properties of meadow sulf soils: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1340. In Research Support Center Conferences (No. 18.06).

12. Mirzaev, U., & Madaminov, A. (2022). ТОШ-ШАГАЛЛИ ТУПРО^ЛАРДА МЕВАЛИ ДАРАХТЛАРНИ УЕИТЛАШ. Science and innovation, 1(D7), 82-88.

13. Isakov, V. Y., Mirzaev, U. B., & Yusupova, M. A. (2020). Peculiarities of Soil Characteristics of Sandy Massifs of Fergana Valley. Scientific Review. Biol. Sci, 1, 15-19.

14. Mirzaev, U. (2023). CHANGES IN CENTRAL FERGANA SOILS UNDER THE INFLUENCE OF PLANNING. Science and innovation, 2(D2), 218-221.

15. Mirzayev, U. B. (2023). APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE LECTURES OF THE SOIL SCIENCE COURSE. European International Journal of Pedagogics, 3(05), 30-40.

16. Mirzayev, U. B. (2023). EFFECTIVENESS OF THE USE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN LECTURE CLASSES OF THE SOIL SCIENCE COURSE. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 164-169.

17. Mirzayev, U. B., & Tojimatov, A. (2023). MARKAZIY FARG 'ONA TUPROQLARI EVOLYUTSIYASI, UNUMDORLIGI VA EKOLOGIYASI. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 943-946.

18. Мирзаев, У. Б., & Умаркулова, Б. Н. (2022). улдашева МИ Марказий фаргонанинг сугориладиган утлоки саз тупроклари шароитида сабзи етиштиришда янги агротехнологиялари самарадорлиги. Science and innovation, 1(D3), 71-76.

19. Mirzayev, U. B. (2023). Tuproqlar morfologiyasi.

20. Mirzaev, U. (2023). CHANGES IN CENTRAL FERGANA SOILS UNDER THE INFLUENCE OF PLANNING. Science and innovation, 2(D2), 218-221

21. Ostonaqulov T.E. Sabzavotlar yetishtirish texnologiyasi. T.: «Sharq», 2003.y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.