Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSI O‘TLOQI TUPROQLARI MELIORATIV HOLATI VA UNUMDORLIGI'

FARG‘ONA VODIYSI O‘TLOQI TUPROQLARI MELIORATIV HOLATI VA UNUMDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproqlar unumdorligi / Yer osti suvlari / Sug‘orish va yog‘in suvlari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mirzayev U.B., Qo‘Ldasheva M.I.

Maqolada Farg‘ona vodiysining gidromorf tuproqlari, ularning o‘rganilishi holati, kelib chiqishi va xossa va xususiyatlari haqida so‘z yuritilib, ushbu xususiyatlar turli relyef elementlari misolida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSI O‘TLOQI TUPROQLARI MELIORATIV HOLATI VA UNUMDORLIGI»

FARG'ONA VODIYSI O'TLOQI TUPROQLARI MELIORATIV HOLATI VA

UNUMDORLIGI Mirzayev U.B., Qo'ldasheva M.I. https://doi.org/10.5281/zenodo.11183789

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona vodiysining gidromorf tuproqlari, ularning o'rganilishi holati, kelib chiqishi va xossa va xususiyatlari haqida so'z yuritilib, ushbu xususiyatlar turli relyef elementlari misolida yoritib berilgan.

Аннотация. В статье освешено о гидроморфных почвах Ферганской долины, состоянии их изученности, их происхождении, свойствах и характеристиках, на примере различных элементов рельефа.

Abstract. The article covers the hydromorphic soils of the Fergana Valley, the state of their knowledge, their origin, properties and characteristics, using the example of various relief elements.

Kalit so'zlar: Tuproqlar unumdorligi, Yer osti suvlari, Sug'orish va yog'in suvlari

Sug'oriladigan tuproqlar meliorativ holati va unumdorligi muammolarini o'rganish, ularni bartaraf etish ushbu tuproqlar unumdorligini oshirish va ulardan olinayotgan hosil salmog'ini oshirish hamda sifatini yaxshilashdagi muhim yo'nalishlardan biridir.

Hozirgi vaqtga kelib, dunyo miqiyosida antropogen tuproqlar maydoni tobora ko'payib bormoqda. Odatda, antropogen ta'sir bo'lmagan tuproqning o'zi yo'q, faqat to'la o'zgarmagan tuproqlar mavjud xolos.

Odatda, tuproqlarga antropogen ta'sir kishilik jamiyatining ibtidoiy jamoa tuzumi vaqtidan boshlangan bo'lib, ilk ta'sir jarayonlari, aytish mumkinki, juda kuchsiz darajada bo'lgan. Vaqtlar o'tib, ilmiy yutuqlar tadbiq etilishi jarayoni kuchayishi bilan ta'sir darajasi ortib bordi va o'tgan asrning ikkinchi choragidan boshlab jadal sur'atlarga o'tdi.

Hozirda ushbu ta'sirlar insonning qo'riq tuproqlarni o'zlashtirishi, sug'orish bilan bog'liq, sho'r yuvish, yerlarni tekislash, o'g'itlash, tabiiy o'simliklar o'rnini parvarishlanadigan madaniy ekinlar o'rni olish kabilarda o'z aksini topadi. Bu jarayonlar tuproqlar holatida o'z aksini topib, o'zlarining tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda o'zgarishlar ta'sirini ham ifodalamoqda. Va bu o'zgarishlarni tadbiq etish orqali ularda yuz berayotgan o'zgarishlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tuproqning shunday xususiyatlaridan biri uning unumdorligi hisoblanadi.

Tuproqning tabiiy tana sifatidagi muhim ajralmas o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning unumdorligi bo'lib, unumdorlik elementlari hamda uni cheklovchi omillarga ko'ra uning kategoriyalari o'ziga xos ko'rsatkichlarga ega bo'ladi.

O'zlashtirilib dehqonchilik qilinar ekan, tuproqlar tabiiy unumdorlik ko'rsatkichlari insonning unga ko'rsatgan tasiriga ko'ra turlicha, ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgarishi, shuningdek, bir taraflama o'zgarish bo'lgan taqdirda ham uning darajalari tuproq sharoitlariga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin. Bunday holat o'hshash tuproq ayirmalaridagi unumdorlikni cheklovchi omillar va ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Tuproqlar unumdorligi, uning elementlari muayyan tuproq xossa va xususiyatlari va bevosita meliorativ holatiga bog'liq holda shakllanib, tuproq profili kelib chiqishi va

rivojlanishidagi namlanish darajasiga ko'ra ajratiladigan gidromorf va avtomorf tabiatli tuproqlarda bu holatlar o'ziga xos tarzda kechadi.

Ayni yo'nalishdagi tadqiqotlar Farg'ona vodiysining sharqiy va markaziy qismida o'tkazildi.

Aniqlanishicha, vodiyning bu ikki qism hududlarida gidromorf tuproqlar o'ziga xos tabiatga ega.

Vodiyning sharqiy qismi uchun S.S. Neustruyev (1912), D.I.Tarasov va O.I.Yankina (1928), B.V.Fedorov, V.O.Malaxov va M.V.Fedorova (1925-1930), keyingi davrlarda S.G.Vasilyeva, S.A.Kudrin, K.Shodmonovning tadqiqotlari xos bo'lib, ular ushbu tuproqlarning kelib chiqishi, tasnifi, suv-fizik xossalari, hududlarining meliorativ holati og'ir bo'lgan, sug'oriladigan sho'rlangan tuproqlar tavsifi, tuzlarni sug'orish jarayonida yuvilishi, yer osti suvlarining parametrlari, tuproqning suv-tuz rejimi, sho'r yuvish, zovurlar qazish, shuningdek, tuproqlarning asosiy unumdorlik ko'rsatkichlari - agrokimyoviy xossa va xususiyatlari ochib berilgan. Lekin, ularning tadqiqotlarini o'zaro umumlashtirish, tuproqlar unumdorligi, ekologik holati va evolyutsiyasi bilan bog'liq tadqiqotlar hali to'la yetarli emas.

Sharqiy Farg'ona tuproqlari haqida so'ngi nisbatan kengqamrovli tadqiqotlar Sh.Mansurov (2019) ishlarida o'z aksini topgan. Unda Farg'ona vodiysining sharqiy qismi sug'oriladigan hududlaridagi Oqbo'ra-Aravonsoy yoyilmasining o'tloqi, Qoradaryo yoyilmasining o'tloqi saz hamda Aravon-Shahrixonsoy yoyilmasining o'tloqi-allyuvial tuproqlarining xossa-xususiyatlari, ekologik-meliorativ holati va unumdorligini sug'orma dehqonchilik ta'sirida o'zgarishi, antropogen omillar ta'sirida gidromorfizm jarayonlari yuzaga kelishi aniqlanib, ulardan samarali foydalanish, serdaromad qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Bundan ikki asr muqaddam foydalanishga kiritilgan Shahrixonsoy kanali sharqiy Farg'onaning janubiy qismidan shimoliy qismi, hozirgi Bo'z tumanigacha bo'lgan hududda katta maydonni sug'orish uchun xizmat qilib kelmoqda. O'tgan vaqt mobaynida uning ta'sir zonasidagi tuproqlar kesimi va xossa xususiyatlarida o'ziga xos o'zgarishlar kuzatila boshlangan.

Bizning tadqiqotlarimizga ko'ra hududning janubiy qismlari, asosan shahrixonsoy ta'sir zonasidagi tuproqlar yuqoridagi tadqiqotchilar ma'lumotlarini tasdiqlash bilan birga, tutash hududlardan o'ziga xos xossalari bilan ham ajralib turadi. Tuproqlar morfologik tavsifi ularni aniq ajralib turadigan gipsli gorizontlarining aniq ifodalanmaganligi, karbonatli hosilalarning ham shakllaridagi turli tumanlik to'la aksini topmaganligi bilan ajralib turadi.

Tuproqlar unumdorligi ularning agrokimyoviy xossalariga ko'ra o'rta darajada. Uzoq yillar sug'orma dehqonchilik ta'sirida gumusli qatlam qalinligi nisbatan yuqori, oziqa moddalardan umumiy azot, fosfor va kaliy tutash hududlar holatini aks ettiradi. Ularning harakatchan shakllari ta'minlanish darajalari bo'yicha o'rta va undan past darajalarda bo'lsada, gumusli qatlam qalinligi hisobiga umuiy zaxirasi biroz yuqori.

Hududning yuqori relyef elementida joylashganligi, nisbatan botiqlik gidromorfizmini keltirib chiqargan. Shu bois, sho'rlanishning yuqori darajalari hududda o'z aksini topmagan, quruq qoldiq miqdori bo'yicha ayrim joylarda kam sho'rlangan tuproqlar uchraydi.

Vodiyning markaziy qismi nisbatan kengqamrovli tadqiqotlar asosida tadqiq etilgan. Ushbu hududda yuqorida nomlari zikr etilgan mualliflar bilan birgalikda yana, asosiy tuproq tekshirish ishlari A.Maqsudov (1970-1975), Q.Mirzajonov va uning shogirdlari (1970-1990), V.Isaqov va G'.Yuldashev shogirdlari bilan birgalikda (1970-h.v da) tadqiqotlar olib borishgan. O'tkazilgan tadqiqotlarda hudud tuproq qoplamining kelib chiqishi, tasnifi, ularning tabiiy va

antropogen evolyutsiyasi, unumdorligi va ekologik holati masalalari tadqiq etilgan. Lekin, markaziy Farg'ona hududi joylashgan o'rniga ko'ra tuproqlari bevosita chor-atrof geomorfologik viloyatlarining tabiiy sharoitlari ta'siri ostida bo'lishi tufayli o'ziga xos murakkab sharoitlarga ega va doimiy o'zgarishda.

Hudud tuproqlarining unumdorligiga ayniqsa ularni cheklovchi omillar katta ta'sir ko'rsatadi. Ular ichida eng asosiylari sifatida arziq, sho'x kabi o'ta zich va tuzlarga boy qatlamlarning mavjud bo'lishi, tuproq profilining o'rta va yuqori qatlamlarida joylashishi, va nihoyat tuproqlarning sho'rlanishga moyilligi yuqoriligidir.

Tabiatan, joylashgan o'rniga ko'ra tuproqlarning sho'rlanishi ham ona jins va ham minerallashgan sizot suvlarining ta'siri ostida boradi. Sizot suvlarining minerallashganlik darajasi hudud bo'ylab 5-10 g/l atrofida. Ularning tuproq profilini tuzlar bilan boyitishi tabaqalangan holda bo'lib, ostki qatlamda karbonatlar, o'rta qatlamda gips bilan birgalikda, va nihoyat yuqori qatlamda suvda oson eruvchi tuzlar to'planishiga olib keladi (Rasm).

Yer osti suvlarining yuqoriga qarab harakatlanishi va uning kapillyar ko'tarilishi bilan ko'proq eruvchan birikmalar yer yuzasiga yaqin cho'kadi yoki to'g'ridan-to'g'ri uning ustida joylashgan. Bundan kelib chiqib, gidromorf tuproqlarning tuproq profili, birinchidan, nisbatan aniq ko'zga tashlanadigan gumus-akkumulyativ va mineral-akkumulyativ gorizontlar tizimidan iborat bo'lib, ularning har biri uni tashkil etuvchi birikma bilan nomlanadi.

Tadqiqotchilar U.B.Mirzayev va V.Y.Isaqovlar ma'lumotlariga кура arziqli tuproqlar zich va kuchsiz suv o'tkazuvchan geterogen arziqli qatlamlari bo'lgan o'ziga xos kesma tuzilishiga ega. Bu qatlamlar uzoq davrlar mobaynida rivojlanib shakllangan hamda ularda gips (3-70%) va karbonatlarning (2-18% CO2) juda katta zaxirasi mavjud. Arziqli qatlamlarning o'zi o'ta zich qovushma va yomon suv o'tkazuvchanlikka ega. Shuning uchun quruq qoldiq arziq va arziq usti qatlamida yuqori darajada to'plangan bo'lib, kesma bo'ylab, 0,4-1,2% ga yetadi. Arziq usti qatlamlari quruq qoldiq miqdoriga ko'ra o'rta darajada sho'rlangan. Barcha tuzlar miqdorining kesma bo'ylab taqsimlanishi ham quruq qoldiq kabi taqsimlangan. Anionlar orasida sulfat (0,20,8%), kationlar orasida esa kalsiy miqdori (0,2%) ustunlik qiladi. Bu yerda 1978-1992 yillarda tadqiqotlar o'tkazgan V.Isaqovning ma'lumotlari ham o'sha paytda bu tuproqlarning meliorativ xolati deyarli hozirgi xolatni tasvirlashini ko'rsatdi.

Hududda tarqalgan arziqsiz o'tloq saz tuproqlar kesmasi deyarli barcha morfologik belgilari va tuzlar miqdori hamda tarkibi bilan arziqli tuproqlardan farq qilishi aniqlandi. Tuproqlar bo'shoq qovushma va yaxshi suv o'tkazuvchanlikka ega. O'ta qattiq va zichlashgan qatlamlar yo'q. Tuproqlar kesmasida karbonatlar miqdori 6-8%, gips-10-14% atrofida.

Sug'orish va yog'in suvlari ta'sirida yuqoridan pastga tomon yuvilib tushayotgan tuzlar birorta qatlamda to'planib qolmaydi va ularning doimiy yuvilib turishi sodir bo'ladi. Buning natijasida ularda quruq qoldiq miqdori oz (0,4-0,6 %) va barcha kation va anionlar kesma bo'ylab yuqoridan quyiga tomon asta-sekinlik bilan ortishi aniqlandi.

Shunday qilib, vodiy gidromorf tuproqlari o'zining joylashgan hududiy qismiga ko'ra turlicha tabiatga ega. Bu holat ular gidromorfizmi sharoitlarining shakllanishi bilan bog'liq bo'lib, tuproqlar unumdorligi ko'rsatkichlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Isaqov V.Y., Mirzayev U.B. Markaziy Farg' onada shakllangan arziqli tuproqlarning xossalari va ularning inson omili ta'sirida o'zgarishi. - Toshkent.: Fan, 2009. -228 b.

2. Mansurov Sh.M. Sharqiy Farg'ona gidromorf tuproqlari va ularning unumdorligini dehqonchilik ta'sirida o'zgarishi. B.f.f.d.(PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. T.2020.

3. Pankov M.A. Pochvi Ferganskoy oblasti. -V kn: "Pochvi Uzbekskoy SSR", T.P. Tashkent: Izd-vo AN UzSSR, 1957.

4. Мирзаев У. Б., Умаркулова Б. Н. Влияние антропогенного фактора на эволюцию орошаемых арзык-шоховых почв //Научное обозрение. Биологические науки. - 2020. -№. 2. - С. 5-9.

5. Isakov V., Mirzaev U. Dynamics of arzyk-shokh meadow sasa soils under influence of irrigation //Scientific journal of the Fergana State University. - 2019. - Т. 1. - №. 6. - С. 4750.

6. Исаков В. Ю., Мирзаев У. Б., Юсупова М. А. Гипсоносные почвы ферганской долины и их изменения под влиянием антропогена //Ученый XXI века. - 2017. - Т. 12.

7. Mirzaev U., Umarkulova B., Ganiev Y. Use of organic fertilizers, prepared from local waste, to improve the properties of meadow sulf soils: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1340 //Research Support Center Conferences. - 2021. - №. 18.06.

8. Mirzaev, U., Umarkulova, B., & Ganiev, Y. (2021). Use of organic fertilizers, prepared from local waste, to improve the properties of meadow sulf soils: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1340. In Research Support Center Conferences (No. 18.06).

9. Mirzaev, U., & Madaminov, A. (2022). ТОШ-ШАГАЛЛИ ТУПРО^ЛАРДА МЕВАЛИ ДАРАХТЛАРНИ УГИТЛАШ. Science and innovation, 1(D7), 82-88.

10. Isakov, V. Y., Mirzaev, U. B., & Yusupova, M. A. (2020). Peculiarities of Soil Characteristics of Sandy Massifs of Fergana Valley. Scientific Review. Biol. Sci, 1, 15-19.

11. Mirzaev, U. (2023). CHANGES IN CENTRAL FERGANA SOILS UNDER THE INFLUENCE OF PLANNING. Science and innovation, 2(D2), 218-221.

12. Mirzayev, U. B. (2023). APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE LECTURES OF THE SOIL SCIENCE COURSE. European International Journal of Pedagogics, 3(05), 30-40.

13. Mirzayev, U. B. (2023). EFFECTIVENESS OF THE USE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN LECTURE CLASSES OF THE SOIL SCIENCE COURSE. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 164-169.

14. Mirzayev, U. B., & Tojimatov, A. (2023). MARKAZIY FARG 'ONA TUPROQLARI EVOLYUTSIYASI, UNUMDORLIGI VA EKOLOGIYASI. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 943-946.

15. Мирзаев, У. Б., & Умаркулова, Б. Н. (2022). улдашева МИ Марказий фаргонанинг сугориладиган утлоки саз тупроклари шароитида сабзи етиштиришда янги агротехнологиялари самарадорлиги. Science and innovation, 1(D3), 71-76.

16. Mirzayev, U. B. (2023). Tuproqlar morfologiyasi.

17. Mirzaev, U. (2023). CHANGES IN CENTRAL FERGANA SOILS UNDER THE INFLUENCE OF PLANNING. Science and innovation, 2(D2), 218-221

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.