Научная статья на тему 'O‘TA ERTAGI TARVUZ YETISHTIRISHGA MOS DURAGAYLARINI AJRATISH VA ULARNI AGROTEXNOLOGIYASI'

O‘TA ERTAGI TARVUZ YETISHTIRISHGA MOS DURAGAYLARINI AJRATISH VA ULARNI AGROTEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
83
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarvuz / nav va duragaylari / ko‘chatlari / plyonkali himoyalangan maydon / o‘sish / mahsuldorlik / qantdorlik

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ostonaqulov T.E., Hakimova M.X., Umirova D.M.

Maqolada vaqtinchalik plyonka bilan himoyalangan maydonlar sharoitida tarvuz nav-duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi, hosildorligi va meva sifatini o‘rganish yakunlari keltirilgan. Eng yuqori (159.6-196.4s/ga) ertagi hosil, sifatli 7,0 -7,6 % qantdorlik bilan tarvuz Montana F1, Talisman F1, Dolby F1, Hollar F1, Super crimson F1 geterozisli duragaylaridan olingani qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘TA ERTAGI TARVUZ YETISHTIRISHGA MOS DURAGAYLARINI AJRATISH VA ULARNI AGROTEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'TA ERTAGI TARVUZ YETISHTIRISHGA MOS DURAGAYLARINI AJRATISH VA

ULARNI AGROTEXNOLOGIYASI 1Ostonaqulov T.E., 2Hakimova M.X., 3Umirova D.M.

1QarDU professori 2Qarshi MII kafedra mudiri, dotsent 3QarshiDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8003058

Annotatsiya. Maqolada vaqtinchalik plyonka bilan himoyalangan maydonlar sharoitida tarvuz nav-duragaylarining o'sishi, rivojlanishi, mahsuldorligi, hosildorligi va meva sifatini o'rganish yakunlari keltirilgan. Eng yuqori (159.6-196.4s/ga) ertagi hosil, sifatli 7,0 -7,6 % qantdorlik bilan tarvuz Montana Fj, Talisman Fj, Dolby Fj, Hollar Fj, Super crimson Fj geterozisli duragaylaridan olingani qayd etilgan.

Kalit so'zlar: tarvuz, nav va duragaylari, ko 'chatlari, plyonkali himoyalangan maydon, o'sish, mahsuldorlik, qantdorlik.

Kirish. Respublikamizda har yili 60 ming gektardan ziyod maydonga poliz ekinlari ekilib, shuning 60-65% ini tarvuz egallaydi. Tarvuz xalqimizning asosiy oziq ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanib, uning mevasi eti va shirasidan kamqonlikni davolash, yallig'lanishga qarshi va o't suyuqligini haydovchi kuchli, ateroskleroz, moddalar almashinuvi buzilishi, jigar va yurak-qon tomir tuzilishi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. U odam organizmini zaharli moddalar va shlaklardan tozalaydi, xolesterin ajralib chiqishiga yordamlashadi. Tarkibida A, C, YE va V guruh vitaminlari, magniy, kalsiy, fosfor, temir, natriy kabilarni, 5-13 foizgacha qand saqlaydi. Undagi likopin moddasining mavjudligi turli nurlanishlarga, jumladan ultrabinafsha nurlariga qarshi kurashishda organizmga yordam beradi[2,5,6].

Respublika Davlat reyestrida tarvuzning 53 ta navlari, shuning 16 tasi mahalliy, qolganlari chetdan keltirilgan nav va duragaylardir. Ular asosan kechpishar va o'rtapishar bo'lib, tezpishar navlardan - Mramorniy-2159, Dehqon,Fermer, O'zbekskiy 452 navlari mavjud[4,7] .

Ertagi va uzluksiz tarvuz hosili yetishtirishda muayyan tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, tezpishar, stress omillarga chidamli, jadal hosil shakllantiradigan, sifatli tashiluvchan, saqlanuvchan nav va geterozisli nav-duragaylarni tanlashga, tuproqni mulchalash, ekinni ko'chatdan ekish, vaqtincha plyonka ostida o'stirish, himoyalangan issiqhonalarda yetishtirish kabi agrotexnologiya tadbirlarini ishlab chiqishga ko'p jihatdan bog'liq.

Respublikamiz janubiy Qashqadaryo viloyati ertagi tarvuz yetishtirishga ixtisoslashgan bo'lib, maxsus ixtisoslashgan klaster va fermer xo'jaliklari tashkil etilgan, yetarli tajribaga egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur sharoitda ertagi tarvuz yetishtirishni ko'paytirish va hosildorligini oshirishda moslanuvchan, jadal shakllanuvchi, noqulay sharoitlarga, kasallik va zararkunandalarga chidamli geterozisli duragaylarni ajratish, ularni o'stirishning maxsus usullari hamda agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo'yicha izlanishlar o'tkazish ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuni hisobga olib, biz Chiroqchi tumani Xolmirza Murodov tomorqa xo'jaligi och tusli bo'z tuproqlari sharoitida maxsus dala tajribasi o'tqazdik.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Material va metodlar. Tajribaning maqsadi - viloyatning shartli sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sharoitida tarvuz tezpishar geterozisli duragay va navlarini plyonka ostida o'stirib, o'sishi, rivojlanishi, hosil to'plashi, kasallik-zararkunandalarga chidamliligi, umumiy va tovar hosildorligi bo'yicha baholab, istiqbollilarini ajratish hamda o'stirish agrotexnologiyasining asosiy elementlari-ko'chat tayyorlash, ekish tartibi va qalinligini ishlab chiqishdan iborat. Tajribada tarvuzning tezpishar Dehqon(UZ,2009), Fermer(UZ,2010) navlari, Dolby Fi (NL,2006), Hollar Fi (NL,2021), Red Star Fi (NL,2018), Talisman Fi (NL,2018), Montana F1 (NL,2019), Krimstar F1 (JP,2005), Oriji F1 (NL,2018) geterozisli duragaylari o'rganildi. Barcha kuzatish,o'lchash, hisoblash va tahlillar umumqabul qilingan uslublar va tavsiyalar asosida olib borildi[1,3].

Ko'chatlar maxsus xandaklarda (chuqurligi 0.8 m, kengligi 1.0- 1.2 m uzunligi ixtiyoriy) yetishtirildi. Ular ichiga 15-20 sm qalinlikda go'ng, ustiga 20 sm qalinlikda tuproq solindi va plyonka tortilib, har 10x10 sm oraliqda teshib chiqildi. Stakanchalarga (hajmi 10x10sm) 40% go'ng+ 40% tuproq+20% biogumus yoki yog'och qirindisi solinib, yaxshilab sug'orildi. So'ngra 4 fevralda bittadan urug' tashlanib, 2 sm qalinlikda chirindi solinib, ko'mildi. Stakanchalar shundan so'ng xandaklarga joylashtirilib, ustiga simdan yoylar yasalib, plyonka bilan yopildi. Issiqlikni saqlash uchun ikki qavatli termos shaklida yopilib, yoritilib, elektr isitgichlar bilan isitilib turildi. Unib chiqishgacha harorat 22-230C, kechasi12-140C, unib chiqqandan so'ng 16-180C bo'ldi. Ko'chatxona (xandak) da ko'chatlar 2 marta, 1-marta 1-2 chinbarglik davrida 10 l suvga 13-15 kg azotli, 18-20 gramm fosforli, 15-20 gramm kaliyli o'g'itlar yoki NPK-18 lik kristaloni 10 gramm solinib, 3-3.5 m2 ga sepildi. Oradan 10-12 kun o'tgach yuqoridagi o'g'itlar meyoridan 2 marta ko'proq qo'shilib yoki NPK-20 lik kristaloni 10 gramm 10 litr suvga aralashtirilib, oziqlantirildi.

Ko'chatlar dalaga o'tkazishga 5-7 kun qolganda plyonka kunduzi ochilib , chiniqtirildi. Shundan keyin yoshi 30-40 kunlik 3-4 chinbargli ko'chatlar plyonkalar ostiga 19 martda

(280 + 70): 2x50sm sxemada ekildi. Ko'chat o'tqazishda har bir uyaga bir qoshiqdan ammofos solinib, ekilib, sug'orildi.

Tunnel o'rnatishda yoysimon karkas uchun diametri 4mm, uzunligi 2.8m simlardan yoki tut shoxlaridan foydalanilib, uchlari yerga 20-25 sm kiritilib, oralig'i 1.0-1.5 m bo'ldi. Yoylar bir-biriga 1-3 qator qilib, shpagat ip bilan bog'landi. Ustiga eni 2.8-3 m bo'lgan plyonka yopilib, chetlari tuproq bilan bostirildi. Plyonka uchlari qoziqlarga bog'lab qo'yildi. Shunday qilib, tunnel qurishga bir gektarga 800-1000m plyonka, 1000-1200 kg sim, 200-220 ta qoziq va 20 kg shpagat ip talab etildi.

Tadqiqot natijalari muhakamasi. Plyonka ostida tarvuz nav va duragaylari o'stirilganda o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi, meva sifati bo'yicha sezilarli farqlandi.

Tarvuz Dehqon navida ko'chat o'tqazilgandan pishishgacha bo'lgan davr 66 kunni tashkil etib, bosh poya uzunligi 172 sm, yon shoxlari 3,4 dona, bir tupdagi mevalar 3,6 dona, bir tup hosili 16.1 kg, hosildorlik esa gektaridan 110.7 sentnerni tashkil qilgani aniqlandi. Mevasining qantdorligi 5.9% bo'ldi.

Tarvuz Fermer navida esa bu ko'rsatkichlar, tegishli ravishda, 64 kun, 187 sm, 3.7 dona, 3.8 dona, 18.7 kg, 130.9 sentner va 6.4 % qayd etilib, Dehqon naviga nisbatan hosildorlik 20.2 sentnerga, qantdorlik 0.7 % ga ziyod ekanligi kuzatildi.

O'rganilgan tarvuz geterozisli duragaylarining ko'chat o'tqazilgandan pishishgacha bo'lgan davri 60 kundan ( Dolby F1 ) 73 kunda (Oriji F1 )davom etdi. Eng tezpishar bo'lib,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Dolby F1 , Hollari F1, Krimsar F1 duragaylari hisoblandi. Nisbatan kechpishar Oriji F1, Red star F1, Super crimson F1 duragaylari bo'ldi.

Bosh poya uzunligi o'rganilgan navlarda 172-187 sm bo'lgan bo'lsa, geterozisli duragaylarda 166-223 sm, bir tupdagi mevalar soni 3,5 dan 4.9 donagacha o'zgardi.

Eng kam hosildorlik (110.7 s/ga) tarvuz Dehqon navida kuzatilib, boshqa nav va geterozisli duragaylar hosildorligi gektaridan 130.9 dan 196.4 sentnergacha o'zgardi.

Eng yuqori (159.6-196.4 s/ga) va sifatli (qantdorligi (7.0-7.6%) hosil Montana F1, ,Talisman F1, Dolby F1, Hollar F1, Super crimson F1 duragaylaridan olindi.

Xulosa.Tarvuz o'rganilgan nav va geterozisli duragaylari o'sishi, rivojlanishi,mahsuldorlik ko'rsatkichlari, hosildorligi va hosil sifati bo'yicha keskin farqlandi. Eng yuqori (159.6-196.4 s/ga) va sifatli (qantdorligi 7.0-7.6%) hosil Montana F1 ,Talisman F1, Dolby F1, Hollar F1, Super crimson F1 geterozisli duragaylaridan qayd etildi.

REFERENCES

1. Азимов Б.Ж., Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар утказиш методикаси.Тошкент. Узбекистон миллий энциклопедияси. 2002 (2006). -Б.181 -185.

2. Абдолниёзов Б.О, Гулимов Г.С. Хоразм ковунлари. Урганч. 2008.-Б.65.

3. Белик В.Ф. Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. Москва. 1992.-С. 320

4. Узбекистон Республикаси худудида экиш учун тавсия этилган кишлок хужалик экинлари Давлат реестри. Тошкент. 2021-Б.103

5. Халимова М.У. ^овун ва тарвуз етиштириш. Тошкент. 2021. -Б. 87.

6. Остонакулов Т.Э.,Зуев В.И.,ОДДодирхужаев. Мева-сабзавотчилик (Сабзавотчилик). Тошкент. Навруз. 2019. -Б. 552.

7. Veb saytlar: http://reestr.gossort.com.

8. http://www.agro.uz/uz/services/recommentations/8120/.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.