Научная статья на тему 'O’T O’SIMLIKLARNING TUPROQ EROZIYASINI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI'

O’T O’SIMLIKLARNING TUPROQ EROZIYASINI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eroziya / qiyalik / o’t o’simliklar / yemirilish / zarracha / il / kolloid

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Isxoqova Shoira Mirsodiqovna, Samatova Dono Bahodir Qizi, Zakirova Salomat Kasimbaevna

Maqolada nishablik va qiyaliklarda ro'y beradigan suv eroziyasining zarar haqida qiqsacha ma'lumot beriladi. Laboratoriya sharoitida o't o'simliklarning tuproqni suv eroziyasidan himoya qilish imkoniyati ko'rib chiqilganligi bayon etiladi. Asosan suv eroziyasida, bilamizki ,mayda kolloid va loy zarrachalari yuvilib ketadi. Toshkent shahridan oqib o'tuvchi katta anhor va suv qirg'oqlaridagi va katta avtomagistral yo'llar bo'yidagi nishabliklarning yuvilishini manzarali o'simliklar orqali to'xtab yoki sekinlashtirish mumkinligi sinab ko'rildi. Asosan 3 xil o'simlik tajriba uchun tanlab olindi: gazon, bo'rigul, bo'rigulning mayda turi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’T O’SIMLIKLARNING TUPROQ EROZIYASINI OLDINI OLISHDAGI AHAMIYATI»

O'T O'SMLIKLARNING TUPROQ EROZIYASINIOLDINIOLISHDAGIAHAMIYATI

Isxoqova Shoira Mirsodiqovna,1

sh.iskhakova@gmail.com Samatova Dono Bahodir qizi,2 ^ samatovadono454@gmail.com Zakirova Salomat Kasimbaevna. q.x.f.n.dotsent, salomatxz@mail.ru O'zbekiston Milliy universiteti, https://doi.org/10.5281/zenodo.11508255

Annotatsiya. Maqolada nishablik va qiyaliklarda ro'y beradigan suv eroziyasining zarar haqida qiqsacha ma'lumot beriladi. Laboratoriya sharoitida o't o'simliklarning tuproqni suv eroziyasidan himoya qilish imkoniyati ko'rib chiqilganligi bayon etiladi. Asosan suv eroziyasida, bilamizki ,mayda kolloid va loy zarrachalari yuvilib ketadi. Toshkent shahridan oqib o'tuvchi katta anhor va suv qirg'oqlaridagi va katta avtomagistral yo'llar bo'yidagi nishabliklarning yuvilishini manzarali o'simliklar orqali to'xtab yoki sekinlashtirish mumkinligi sinab ko'rildi. Asosan 3 xil o'simlik tajriba uchun tanlab olindi: gazon, bo'rigul, bo'rigulning mayda turi.

Абстракт. В статье приведены подробные сведения об эрозионных процессах, причиняемом водной эрозией склонам и откосам. Установлено, что в лабораторных условиях рассмотрена способность травянистых растений защищать почву от водной эрозии. Мы знаем, что в основном при водной эрозии смываются мелкие частицы коллоида и глины. Проверено, можно ли остановить или замедлить размыв откосов крупных каналов и водоемов, протекающих через город Ташкент и вдоль основных магистралей, декоративными растениями. В основном для эксперимента были выбраны 3 вида растений: газон, волчий цветок, волчий цветок мелкий.

Annotation. This article provides detailed information on the damage caused by water erosion on slopes. It discusses the ability of grass plants to protect soil from water erosion in laboratory conditions. The article highlights that small colloid and clay particles are primarily washed away in water erosion. The experiment aimed to determine whether ornamental plants could impede the washing of slopes on the banks of large canals, as well as water flow through the city of Tashkent and along major highways. Three types of plants were selected for the experiment: grass, Vinca erecta, and a smaller variety of Vinca erecta.

Kalit so'zlar: eroziya, qiyalik, o't o'simliklar, yemirilish, zarracha, il, kolloid

Ключевые слова: эрозия,склон, травянистые растения, деградация, частицы ил, коллоид.

Keywords: erosion, slope, herbaceous plants, degradation, silt particles, colloid.

Maqolamizni tarixchi olim Krupennikovning (1985) obrazli iborasi bilan boshlamoqchimiz, "eroziya - tuproq uchun o'tkir bolta misol, tuproqning bosh qismini, ya'ni yuqori gumus qatlamini, hamma ozuqa elementlari to'plangan qatlamidan judo qilishi mumkin", - deb aytib o'tgan edi. Haqiqatta ham sho'rlangan tuproqlarni sho'rdan yuvish, qatqaloq tuproqni yumshatishning iloji bor, lekin eroziyaga uchragan tuproqlarni qayta tiklash o'ta mushkul vazifalardan biri.

O'zbekiston Respublikasining 2023 yil 24 noyabrda qabul qilingan "Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risidagi" qonunda, qiyaliklarda suv eroziyasiga qarshi

kurashish uchun ko'p yillik o'tlar, "butalar va daraxtlar" ekish tadbirlarini yo'lga qo'yish ham belgilab qo'yilgan.

Shuning uchun biz bo'lg'usi mutaxasis tuproqshunos sifatida o'z oldimizga qiyaliklarda, ayniqsa katta suv bo'ylarida rivojlangan nishablik va qiyalik tuproqlarini suv eroziyasidan o't o'simliklar orqali himoya qilish choralarini ishlab chiqishni maqsad qilib qo'ydik. Oldimizga qo'ygan vazifalarimiz, bir necha xil o't o'simliklarning ildiz tizimi tuproq zarrachalarini qay darajada ushlay olish qobiliyatini tekshirish va bu o't o'simliklarining suvga chidamlilik qobiliyatlarini o'rganish. Biz o'z tajribalarimizni O'zbekiston Milliy Universitetining Biologiya fakulteti, Tuproqshunoslik kafedrasi labaratoriyasida olib bordik. Tajribalarimiz labaratoriya

sharoitida olib borildi. Tajribalar g'oyasi internet saytlaridan olindi va rivojlantirilgan. Uslubning mohiyati o'simlik o'z ildizlari orqali tuproq zarrachalarini mustahkamlashi va bu zarrachalarning suvni ushlab qolish qobiliyatiga asoslangan.

Eroziya - o'zi nima ? Tuproq eroziyasi (lot, erasio yemirilish, nurash) - tuproqning eng unumdor yuqori qatlamlari va tuproq osti jinslarining atmosfera yog'inlari hamda sug'orish suvlari, shamol va boshqa ta'sirida yemirilish jarayoni. Eroziya bir necha turlarga bo'linadi. Shularning 1-rasm Tajribalardan namunalar ichida eng tarqalgan eroziya - suv eroziyasi

hisoblanadi. Suv eroziyasining asosiy mohiyati ma'lum sathga kelayotgan (yomg'ir sug'orish) suv miqdorining shimilayotgan suvdan ortiq bo'lishidir. Natijada suv nishablik bo'yicha harakatlanadi va tuproq zarrachalarini bir yerdan ikkinchi yerga ko'chiradi. Suv harakati odatda nishablik 1° dan ortiq bo'lgan maydonlarda boshlanadi. [1].

Suv eroziyasining jadalligi relyefga, iqlimga, tuproq va jinslarning tarkibi va tuzilishiga, o'simliklarning tarkibi va qalinligiga bog'liq bo'ladi. Sug'oriladigan dehqonchilik mintaqasida suv eroziyasi inson faoliyati bilan bog'liq bo'ladi. Suv eroziyasining shakllanishida yuza oqimi mavjud bo'lishi shart. Suv eroziyasida yuza oqimining 3 turi - yomg'ir suvi oqimi, erigan qor suvi oqimi, sug'orishda beriladigan suv oqimi ishtirok etadi. Shunga qarab yomg'ir eroziyasi, qor erigan vaqtdagi eroziya va sug'orish (irrigatsiya) eroziyasi sodir bo'ladi.[4]

Amerika olimi R.Parsonning ta'kidlashicha "tuproq eroziyasini tezlashtirishda barcha sharoitlar orasida qiyalik nishabi birinchi o'rinda turadi".

2-rasm Yaylov raygasi (A.lolium multifl orum)

Toshkent shahridan oqib o'tuvchining bir necha katta anhorlarning (Bo'zsuv, Anhor) qirg'oqlari obodonlashtirib, daraxtlar ekilgan yoki suv eroziyasiga uchramasligi uchun

betonlashtirib qo'yilgan. Shahar atroflarida oqayotgan anhorlarning qirg'oqlarida suv eroziyasining salbiy ta'sirini ko'rish mumkin. O'simliklarning tuproqni saqlash xossasi xilma xil bo'ladi. Yog'in dastlab o'simliklar ustiga tushadi, bir qismi esa tuproqqa shimiladi, bargalarida, poyasida qolganlari asta sekin bug'lanib ketadi. O'simliklar qoplami qancha qalin bo'lsa, yog'in ular yuzasida shuncha ko'p ushlanib qoladi. Yillik yog'in miqdorining 29 % gacha qismi daraxtlar tanasida, ya'ni bargli qismida, 11% ekib o'stirilayotgan o'simliklar bargida ushlanib qoladi. O'simliklar qoplamining yana bir afzalligi shundaki, yomg'ir tomchilarining birinchi zarbasi

ularga uriladi. O'simliklarning ildiz tizimi ham tuproq yuvilib ketmasligida muhim ahamiyatga ega, chunki ular tuproqning yuqori qatlamini mustahkamlaydi, natijada yuvilish jarayoni kamayadi. Ko'p yillik o'simliklarning yer ustidagi qoplami hamda yaxshi rivojlangan ildiz tizimi qiyaliklarda tuproq yuvilishini keskin kamaytiradi. Bunda tabiiy o'tloqlar va sun'iy ekilgan ko'p yillik o'tzorlarning tarkibi qalinligi, ildiz sistemasi va boshqa xossalari muhim rol o'ynaydi. Tajribalarimizni 4 xil variantda, 3 xil o'simlikda olib bordik. O'zbekiston Milliy universitetining tajriba uchastkalari hududidagi tipik bo'z tuproqlardan olingan monolitlarga ekildi. O'simliklarga qisqacha tavsif berib o'tamiz:

Yaylov raygasi (A.lolium multifl orum) (2 - rasm)- siyrak tupli ekin, beda va dukkakli o'tlar

bilan aralash ekiladi. Raygarsning ildiz tizimi tuproqning yuqori qismida tez ildiz otib, tez rivojlanadi. Ekilgandan keyin 1 haftadayoq unib chiqadi.

Maysalari bilan tuproqni tezda qoplab oladi. Yaylov raygasini ko'proq sport maydonlariga ekiladi, chunki toptalaganda ham nobud bo'lishi kuzatilmagan. Yaylov raygasini qiyalik maydonlarga, yo'l chetiga tuproqni mustahkamlash uchun ekiladi. Raygasni tez-tez sug'orib turish kerak bo'lsa ham ortiqcha namlikni yoqtirmaydi

Bo'rigul (Vinca erecta Regel et Schmalh.)(3 - rasm) - kendirdoshlar oilasiga mansub yotiq ildizpoyali ko'p yillik o't. Bitta ildiz bo'g'zidan 15—40 sm uzunlikdagi bir necha poya chiqadi. Bargi tekis qirrali, bandsiz, qaramaqarshi joylashgan. Apreldan iyulgacha gullaydi, guli oq yoki och binafsha rangli. Bo'rigul Ugom, Farg'ona, Hisor tog'larining janubiy qiyaliklarida, qoyalar va chag'irtoshli tog' yon bag'irlarida o'sadi.

Vinca minor (umumiy nomlari kichik periwinkle yoki mitti periwinkle) (4 -rasm) — gulli o'simlik turi, markaziy va janubiy Yevropa, Portugaliya va Fransiya, Niderlandiya va Boltiqbo'yi davlatlari, sharqda Kavkaz, Turkiya va janubi - g'arbiy Osiyoda o'sadi. Umumiy nomlari orasida kichik periwinkle, oddiy periwinkle bor. Vinca minor — bu yerga tarqalib o'suvchi yarimbuta, katta koloniyalarni hosil qiladi. Balandligi 40 santimetr (16 in) gacha yetadi. Barglari doim yashil, qarama-qarshi, uzunligi 2-4.5 santimetr (0.79-1.77 in) kengligi 1-2.5 santimetr (0.39-0.98 in), yaltiroq to'q yashil rangda. Gullari barg qo'ltig'ida yolg'iz joylashgan, asosan erta bahordan yozning o'rtalarigacha hosil bo'ladi. Ba'zi turlari kuzda gullaydi. Gullari binafsha rangda (ba'zi madaniy seleksiyalarda och binafsha yoki oq), diametri 2-3 santimetr.

Eroziya jarayonlarining intensivligi relief, tuproq, iqlim, o'simlik va agrotexnologik sharoitlarga bog'liqlikda ro'r beradi. Masalan, bizning O'zbekiston sharoitida iyun, iyul va avgust oylarida yuz beradigan yog'ingarchiliklar uncha havf tug'dirmaydi, chunki bu vaqtda o'simliklarning ildizlari ancha rivojlangan, tuproq qatlamlariga chuqur kirib, yaxshi himoyalangan bo'ladi. Lekin boshqa fasllarda yog'ingarchilik nisbatan ko'proq bo'lganda, qiyaliklarning nishabligi 2-3° bo'lganda ham mayda zarrachalarning yuvilib tushishini (loyqa) kuzatish mumkin.

[3]

Tajribalarimizning nazorat variantida birinchi marta suv quyilgandek tuproq mayda zarrachalarining ko'p miqdorda yuvilib tushishi kuzatildi. Eroziya bo'yicha olib borilgan ko'p miqyosdagi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, suv eroziyasi birinchi navbatda tuproqning agrofizik xossalariga ta'sir etishi isbotlangan. Tipik bo'z tuproqlarning lessimon qumoqlari ayniqsa tez yuvilishga uchraydi ( X.MaxcygoB...1989). Tuproqning eroziyalanish darajasi il va kolloid zarrachalar bilan uzviy bog'liq.[2]

2 variantda ham 2-o'n kunlikdagi sug'orishda o'simliklarning ildiz tizimi rivojlana boshladi. Olingan natijalardan ko'rinib turibdiki, zarrachalarning (il va kolloid) yuvilib tushgan miqdori ancha kam. Olimlarning bergan ma'lumotlariga qaraganda tabiiy va madaniy o'tloqlarda tuproqning yuvilib tushishi, haydalgan yoki hech nima ekilmagan tuproqlarga nisbatan 5-10 marta kamroq yuz beradi. [3] 1-jadval Olingan natijalar

Nazorat va o'simlik nomlanishi 1 - 10 kunlik 1 litr 2 -10 kinlik 1 litr 3 -10 kunlik 1 litr 4 -10 kunlik 1 litr

Fizik loy (kolloid va il zarrachalari, %)

1 kontrol Loyqa miqdori juda ko'p Loyqa miqdori juda ko'p Loyqa miqdori juda ko'p -

-rasmBo'rigul (Vinca erecta R Schmalh.) legel et 0 0,024 0,011

3. Bo'rigul - Vinca erecta 17,407 5,150 1,918 0,817

4. Kichik perwinkl - Vinca minor 11,642 4,525 1,1601 1,02

4-rasm Vinca minor — bu yerga tarqalib o'suvchi yarimbuta

3 - 10 kunlikda 3 ta o'simlik o'sayotgan tuproqning yuvilishi ancha kamayadi. Olingan natijalar bo'yicha quyidagi xulosalarga keldik:

1. Tuproq zarrachalari raygras (gazon) o'simligining ildizi tomonidan ko'p miqdorda tutib qolingani kuzatildi.

2. Raygras o'simligi tez tez sug'orib turilganda o'simlik ildizlari yaxshi tarmoqlanishi vas hu bilan tuproq zarrachalarini mahkam oz'ib ushlab qoldi.

3. Vinca erecta va Vinca minor o'simliklarining ildizlari ham tarmoqlanishi sababli, tuproq zarrachalarini o'zida ushlab qolish qobiliyati ko'rindi.

4. Vinca erecta va Vinca minor o'simliklari suvga uncha talabchan emas.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. А.А.Хоназаров, Е.К.Кумузуллаев. Тупрок эрозияси ва тог - урмон мелиорацияси.Укув кулланма.Тошкент "УКИТУВЧИ", 1999 й.

2. Махсудов Х.М, Гафурова Л.А. Узбекистонни г эрозияга тог ва тог олди тупроклари.Узбекистон тупроклари ва унумдорлигини оширишни айрим йуналишлари. Мех,нат, Тошкент., 1998 й.

3. Мирхдйдарова Г.С. Изменение свойств почв под влиянием противоэрозионнкх мероприятий в Западных отрогах Чаткальского хребта. Автореф.канд. дисс. Ташкент, 2000 г.

4. Ж.А.Буряк.Совершествование подходов к оценке эрозионной опасноти агроландшафтов с использованием ГИС - технологий. Науки о земле, 2014, №23.Выпуск 29

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.