Научная статья на тему 'O‘SMIRLIK YOSHIDAGI IJODKOR BOLALARNING OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR'

O‘SMIRLIK YOSHIDAGI IJODKOR BOLALARNING OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
192
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mutatsiya / ovoz / tarbiya / alt / soprano / ovoz diapazoni / ovoz tarbiyasi

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — A.Xaydarov

Ushbu maqolada o‘smirlik yoshida bo‘ladigan o‘zgarishlar, ovoz pardalarining yo‘g‘onlashib borishi va ularni tarbiyalashda pedagogik yondashuvlar haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLIK YOSHIDAGI IJODKOR BOLALARNING OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR»

O'SMIRLIK YOSHIDAGI IJODKOR BOLALARNING OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

A.Xaydarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotasiya: Ushbu maqolada o'smirlik yoshida bo'ladigan o'zgarishlar, ovoz pardalarining yo'g'onlashib borishi va ularni tarbiyalashda pedagogik yondashuvlar haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Mutatsiya, ovoz, tarbiya, alt, soprano,ovoz diapazoni, ovoz tarbiyasi.

PEDAGOGICAL APPROACHES TO EDUCATING THE VOICE OF CREATIVE CHILDREN IN ADOLESCENCE

A.Xaydarov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the changes that take place during adolescence, the thickening of the vocal cords and pedagogical approaches to their upbringing.

Keywords: Mutation, voice, education, sub, soprano, sound range, voice education.

O'smir yoshida yuz beradigan o'zgarishlarning eng muhimi, bu ularda Mutatsiya holatining yuz berishidan iboratdir. O'smirlik yoshida bo'ladigan o'zgarishlar ularning ovoz paylariga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Ovoz paylari va ovoz pardalari bu yoshdagi o'g'il bolalarda ikki hissa o'sadi. Ma'lumki, torlar qanchalik uzun bo'lsa, undan shunchalik past ovoz hosil bo'ladi. Ovoz paylarining ikki hissa o'sishi ham ularning ovozlarini ikki hissa pasaytirishga olib keladi. Ovoz pardalarining yo'g'onlashib borishi ham ulardagi ingichka, nafis ovoz o'rniga qo'pol, yo'g'on ovozning paydo bo'lishiga olib keladi.

Mutatsiya bu ovozning bir turdan - ikkinchi turga o'tish holatini bildiruvchi jarayondir. Endi o'g'il bolalarning ovozida erkaklarga xos yo'g'on, qo'polroq ovoz hosil bo'ladi. Ammo u darrovgina yuz beradigan hodisa bo'lmay ikki-uch yil davomida ba'zan ingichkalashib, ba'zan yana yo'g'onlashib turadi. Yettinchi sinfning oxirlariga borib ovoz endi anchagina mustahkam, o'zining yangi holatiga o'tgan bo'ladi.

Qiz bolalarda mutatsiya davri deyarlik sezilmasdan o'tishi mumkin. Ularda ham ovoz paylari qisman uzayadi va ovoz pardalari yo'g'onlashadi. Natijada, ilgarigi bolalarcha ovoz o'rnini endi katta qizlarga xos yo'g'onroq, kuchliroq ovoz egallaydi.

O'g'il bolalarda ham, qizlarda ham mutatsiyaning o'tayotganligini ularning hiqildoq atrofidagi paylarning, pardalarning qizarib qolishidan bilib olish mumkin.

Ayni shu o'smirlik yoshidagi o'quvchilarni, loringologlar tez-tez ko'rikdan o'tkazib turishlari tavsiya etiladi.

5-7-sinf o'quvchilarining ovozi musiqa o'qituvchisining ham qat'iy nazoratida bo'lishi kerak. Ayrim metodist o'qituvchilar bu yoshdagi o'quvchilarga ashula ayttirishni mutlaqo taqiqlab qo'yishni maslahat beradilar. Ammo bunga mutlaqo qo'shilib bo'lmaydi. Ularni doimiy nazorat ostida saqlash va zarur bo'lgan hollarda, loringolog maslahati bilan ularni kuylashdan ozod qilish tavsiya etiladi.

Musiqa o'qituvchisi o'smirlarning ovozlarini tekshirish jarayonida ham mutatsiyaning yuz berayotganligini hisobga olib borishlari lozim bo'ladi. O'g'il bolalarning ovozlarida bo'ladigan o'zgarishlarni kuzatib borish natijasida ularning ovoz diapazonlari endi katta oktava «lya», «si» notasidan to 1-oktava «mi», «fa» notalarigacha bo'lgan oraliqni ola olishlari mumkinligini kuzatdik. Ayni paytda ularni differensial guruhlarga ham ajratib olish tavsiya etiladi.

2 ovozdagi o'g'il bolalar katta oktava «lya» pardasidan 1-oktava «re»gacha bo'lgan oraliqda kuylay olishlari aniqlanadi.

1 ovozdagi o'g'il bolalar esa «do» kichik oktavadan 2-oktava «mi», «fa»gacha bo'lgan oraliqda kuylay olishlari mumkin.

Shunga ko'ra alohida e'tibor berish lozimki, o'g'il bolalarning ovozlari mutatsiyadan o'tgandan keyin ham skripka kalitidagi notalar orqali yozib boriladi. Ammo endi ular tenor va baslar skripka kalitlarida yozilaveradi. (Bas kaliti ham kamdan-kam hollarda uchraydi) ularning ovozi transpozisiya qilingan tarzda 1-oktava past eshitiladi.

Qizlar ovozi esa deyarlik o'zgarmaganligi uchun, ilgarigiday skripka kalitida yozilaveradi va skripka va alt singari o'zgartirmasdan kuylanadi.

Soprano partiyasining ovoz diapazoni «si» kichik oktavadan 2-oktava «fa»gacha bo'lgan oraliqni o'z ichiga oladi.

Alt partiyasi esa «lya» kichik oktavadan «re» 2-oktavagacha bo'lgan oralikda kuylanadi.

Ayni paytda shuni hisobga olish lozimki, ularning ovozlari hali etilib, qotmagan bo'lganligi uchun o'ta darajadagi past va ayniqsa o'ta darajadagi baland tovushlarda kuylatmaslik lozim.

Shunday ovozlar ham borki, ularning ovoz diapazonlari 4-5 notadan nariga o'tmaydi. Dars jarayonida ular bilan alohida mashq olib borishning imkoniyati

bo'lmasa-da, ularni ba'zi-ba'zida ovozlariga mos pardalarda kuylatib borish lozim bo'ladi.

Musiqa o'qituvchisining muhim ishlaridan biri barcha o'quvchilarga issiq va sovuq taomlarni iste'mol qilishdan saqlanish lozimligini maslahat berib borishdan iboratdir. Yangi paydo bo'lgan ovozlarda haddan tashqari ko'p kuylash, qattiq baqirish ham ovozning buzulib qolishiga olib kelinishi mumkin.

O'smir yoshdagi o'kuvchilar boshlang'ich sinf o'quvchilari singari narsa va hodisalarinnig faqat tashqi tomonlarini emas, balki ularning ichki murakkab tomonlarini ham analiz va sintez qila olish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Ammo ularning kuzatish va idrok qilishlarida hali tajribasizlik elementlari ham sezilib turadi.

O'quvchilar o'smirlik yoshida milliy ruh tushunchasini darov ilg'ab olavermaydilar. Buning uchun albatta o'qituvchining sa'yi-harakatlari, mahorati, tajriba va omilkorligi zarur bo'ladi.

Ayrim tushunchalarni ular anglab olishga qiynaladilar. Xususan, so'zlarda ma'joziy ma'noda berilgan fikrlarni anglab olishlari bir oz qiyin kechadi.

O'quvchilar o'smir yoshida zaruriy narsalarni tezda esda saqlab qola olishi, xususan qo'shiqlarning she'rlarini tezda yod ola bilish qobiliyatiga ega bo'lsalar-da, ma'lum vaqt o'tishi bilan bu narsalar ularning xotirasida uzoq saqlanib qolmaydi. Shuning uchun muhim fikrlarni ularga alohida ta'kidlab o'rgatish va ularning xotirasidan mustahkam o'rin olishi uchun bu materiallarni ora-sira takrorlab turish ham zarur bo'ladi.

Ba'zan o'quvchilarning o'zlari bunga ishora qilganlaridek, ba'zi qo'shiqlarni qayta-qayta kuylatishni iltimos qiladilar. Ammo haddan tashqari ko'p qaytarish ham xotirani o'tmaslashtiradi va bora-bora ular yaxshi ko'rgan qo'shig'idan etirlicha zavq ololmay ham qoladilar.

Musiqa o'qituvchisi o'smirlarda xayoliy fikrlash malakalarini o'stirib borishlari lozim. Xususan, mamlakatimizning kelajagi ularning qo'lida bo'lishini tushuntirgan holda ularni bilim olishga, jahon bolalari oldida o'zlarining bilimlari bilan raqobatbardoshlik ko'rsata olishlari lozimligini uqtirib, ularni ilhom bilan bilim olishga yo'naltirishlari mumkin.

O'quvchilarning hissiy bilimlarini rivojlantirishda musiqaning o'rni alohida ahamiyatlidir. Musiqa asarlarini his-hayajon bilan tinglashlari, qo'shiqlarni zavq bilan kuylashlari bu yoshdagi o'quvchilar uchun ayniqsa xarakterlidir.

Hayot uchun muhim bo'lgan zaruriy tushunchalarni o'quvchilarga his-hayajon bilan idrok ettirilsa, bu tushunchalar ularning ongiga chuqurroq singib boradi.

Xullas, milliy ruhdagi xalqimizning asrlar osha to'plab kelgan milliy musiqiy merosiga bo'lgan munosabat, mehnatga muhabbat, insonlarga hurmat va burch tushunchalarining muqaddasligi musiqa vositasida ayniqsa, qo'shiqlar orqali ularning ongiga chuqurroq singib borishi tabiiy bir holdir. Bu tuyg'ularni o'smirlarga singdirib

borish esa musiqa o'qituvchisidan tinimsiz izlanish, katta uquv, pedagogik mahorat va tadbirkorlikni talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov R. Musiqa pedagogikasi. - T.: O'qituvchi. 2011. - 167 b.

2. Qodirov R. Turkiy xalqlar bolalar folbklor qo'shiqlarini ko'povozda kuylash /Turkiy xalqlar V millatlararo kongress materiallari. - Anqara, 1997. - b.

3. Qodirov D. An'anaviy qo'shiqchilik. - T.: iqtisod - moliya, 2007. - 148b.

4. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

5. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

6. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

7. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

8. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

9. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

10. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

11. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АХДМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

12. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

13. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).

14. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

15. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

16. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

17. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

18. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

19. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

20. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

21. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

22. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

23. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

24. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

25. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

26. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

27. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

28. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

29. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

30. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

31. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

32. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Даётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

33. Дехдонов, Р. (2020). СОЕЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).

34. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

35. Мадалиев, А. (2021). НОДАВЛАТ КУТИРЧОК ТЕАТРЛАРИДА АКТЁРЛИК САНЪАТИ МАСАЛАЛАРИ. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

36. Мадалиев, А. (2021). Кугирчод театри актёрининг пластик имкониятлари. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

37. Мадалиев, А. (2021). Кугирчод театри тарихига назар. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

38. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

39. Умарова, Х., & Курбонов, М. (2021). КС CTAmcnABCK™ ТAЪЛИМОТИДA AKТЁРНИНГ СAXНABИЙ ТAРБИЯСИ. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

40. Йулдашев, К. (2021). РЕЖИССУРА ВА АКТЁРЛИК МАДОРАТИ ФАНЛАРИНИ ИНАВАЦИОН УКИТИШ. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

41. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

42. Еофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).

43. Пулатов, Р. (2020). «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ. Oriental Art and Culture, (V).

44. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.