INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© M.Y. Murodov1^_
1O'zbekiston Milliy universiteti,Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISh: o'smirlarning deviant xulq-atvori psixologik va ta'lim sohalarida jiddiy tashvish tug'diradi, bu nafaqat ishtirok etgan shaxslarga, balki ularning oilalari, maktablari va jamoalariga ham ta'sir qiladi. Bunday xatti-harakatlarga ta'sir qiluvchi psixologik omillarni tushunish samarali choralar va qo'llab-quvvatlash tizimlarini ishlab chiqish uchun juda muhimdir. Ushbu maqolada o'smirlarning deviant xatti-harakatlariga ta'sir qiluvchi psixologik omillar ko'rib chiqiladi, xarakter shakllanishi va uning bu xatti-harakatlarni yumshatish yoki kuchaytirishdagi roliga e'tibor qaratiladi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi o'smirlarning deviant xatti-harakatlariga yordam beradigan psixologik omillarni o'rganish va xarakter shakllanishi ushbu xatti-harakatlarga qanday ta'sir qilishini tushunishdir. Tadqiqot asosiy psixologik determinantlarni aniqlashga, ularning xulq-atvorga ta'sirini baholashga va o'smirlarda ijobiy xarakter rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun o'qituvchilar, ota-onalar va ruhiy salomatlik bo'yicha mutaxassislarga tavsiyalar berishga intiladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot miqdoriy va sifatli tadqiqotlarni birlashtirgan aralash usullardan foydalanadi. Materiallarga psixologik baholash vositalari, xatti-harakatlarni baholash shkalasi va xarakterni rivojlantirish dasturlari kiradi. Usullar o'smirlar, ota-onalar va o'qituvchilar bilan so'rovlar va suhbatlar, shuningdek, amaliy tadqiqotlar va bo'ylama kuzatuvlarni o'z ichiga oladi. Ma'lumotlarni tahlil qilish psixologik omillar va deviant xatti-harakatlar o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlashga va xarakterni tarbiyalash dasturlari samaradorligini tekshirishga qaratilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: munozarada qat'iyatlilik, hamdardlik va axloqiy qarorlar qabul qilishga qaratilgan xarakter tarbiyasi dasturlari muhimligini ta'kidlaydi. O'smirlarni jamoat ishlariga jalb etuvchi, ustozlik qiladigan va tengdoshlarning ijobiy o'zaro munosabatlarini rag'batlantiradigan dasturlar deviant xulq-atvorni kamaytirishda samarali ekanligi ko'rsatilgan. Natijalar, shuningdek, sog'lom xarakter rivojlanishiga yordam beradigan qo'llab-quvvatlovchi muhitni yaratish uchun maktablar, oilalar va ruhiy salomatlik mutaxassislari o'rtasida hamkorlikdagi sa'y-harakatlar zarurligini ta'kidlaydi.
XULOSA: tadqiqot o'smirlarning deviant xatti-harakatlariga ta'sir qiluvchi psixologik omillarni hal qilish xarakter tarbiyasi va qo'llab-quvvatlovchi tadbirlarni o'z ichiga olgan kompleks yondashuvni talab qiladi.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Kalit so'zlar: O'smirlar, profilaktika, xulq-atvor, deviant, deviatsiya, delikvent va jinoiy xulq-atvor, agressiv xulq-atvor, g'arazli xulq-atvor, kichik o'g'riliklar, ta'magirlik, avtoulovlarni olib qochish, ijtimoiy me'yor
Iqtibos uchun: Murodov M.Y. O'smirlar deviant xulq - atvorining shakllanishiga ta'sir etuvchi psixologik omillar. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 431-438.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ОТКЛОНЕННОЕ ПОВЕДЕНИЕ
ПОДРОСТКОВ - ФОРМИРОВАНИЕ ХАРАКТЕРА_
© М.Й. Муродов1^
1 Национальный университет Узбекистана, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: девиантное поведение подростков является серьезной проблемой в психологической и образовательной сферах, затрагивая не только отдельных лиц, но и их семьи, школы и сообщества. Понимание психологических факторов, влияющих на такое поведение, имеет решающее значение для разработки эффективных мер вмешательства и систем поддержки. В данной статье рассматриваются психологические факторы, влияющие на девиантное поведение подростков, особое внимание уделяется формированию характера и его роли в смягчении или усугублении такого поведения.
ЦЕЛЬ: цель данного исследования — изучить психологические факторы, способствующие девиантному поведению подростков, и понять, как формирование характера влияет на такое поведение. Исследование направлено на выявление ключевых психологических детерминант, оценку их влияния на поведение и предоставление рекомендаций педагогам, родителям и специалистам в области психического здоровья для поддержки позитивного развития характера у подростков.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использован смешанный подход, сочетающий количественные и качественные исследования. Материалы включают инструменты психологической оценки, шкалы оценки поведения и программы развития характера. Методы включают опросы и интервью с подростками, родителями и педагогами, а также тематические исследования и продольные наблюдения. Анализ данных направлен на выявление корреляций между психологическими факторами и девиантным поведением, а также на изучение эффективности программ воспитания характера.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: обсуждение подчеркивает важность программ воспитания характера, направленных на развитие устойчивости, сочувствия и принятия этических решений. Программы, которые привлекают подростков к общественным работам, обеспечивают наставничество и способствуют позитивному взаимодействию со сверстниками, эффективны в снижении девиантного поведения. Результаты также подчеркивают необходимость совместных усилий
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
школ, семей и [специалистов в области психического здоровья для создания благоприятной среды, способствующей здоровому развитию характера.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в исследовании делается вывод, что устранение психологических факторов, влияющих на девиантное поведение подростков, требует комплексного подхода, включающего воспитание характера и поддерживающие вмешательства.
Ключевые слова: Подростки, профилактика, поведение, девиантное, делинквентное и преступное поведение, агрессивное поведение, злонамеренное поведение, мелкая кража, кража, угон автомобиля, социальная норма.
Для цитирования: Муродов М.Й. Психологические факторы, влияющие на отклоненное поведение подростков - формирование характера. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 431-438.
PSYCHOLOGICAL FACTORS AFFECTING THE DEVIANT BEHAVIOR OF ADOLESCENTS - CHARACTER FORMATION_
© Mashrab Y. Murodov1®
National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: adolescent deviant behavior is a significant concern in psychological and educational fields, affecting not only the individuals involved but also their families, schools, and communities. Understanding the psychological factors that influence such behavior is crucial for developing effective interventions and support systems. This article examines the psychological factors affecting deviant behavior in adolescents, focusing on character formation and its role in mitigating or exacerbating these behaviors.
AIM: the aim of this study is to explore the psychological factors that contribute to deviant behavior in adolescents and to understand how character formation influences these behaviors. The study seeks to identify key psychological determinants, assess their impact on behavior, and provide recommendations for educators, parents, and mental health professionals to support positive character development in adolescents.
MATERIALS AND METHODS: the study employs a mixed-methods approach, combining quantitative and qualitative research. Materials include psychological assessment tools, behavior rating scales, and character development programs. Methods involve surveys and interviews with adolescents, parents, and educators, as well as case studies and longitudinal observations. Data analysis focuses on identifying correlations between psychological factors and deviant behaviors, and examining the effectiveness of character education programs.
DISCUSSION AND RESULTS: the discussion highlights the importance of character education programs that focus on building resilience, empathy, and ethical decision-making. Programs that engage adolescents in community service, provide mentorship, and promote
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
positive peer interactions are shown to be effective in reducing deviant behavior. The results also underscore the need for collaborative efforts between schools, families, and mental health professionals to create supportive environments that foster healthy character development.
CONCLUSION: the study concludes that addressing the psychological factors influencing deviant behavior in adolescents requires a comprehensive approach that includes character education and supportive interventions.
Keywords: Adolescents, prevention, behavior, deviant, deviance, delinquent and criminal behavior, aggressive behavior, malicious behavior, petty theft, theft, carjacking, social norm.
Mamlakatimizda yaratilayotgan islohotlarning aksariyati aynan yoshlarning kelajagi, ularning har tomonlama yetuk shaxs bo'lib yetishishi uchun qaratilgan, yurtimizni dunyoga tanitgan buyuk bobokalonlarimizning izdoshlari zamonamiz qaxramoni sifatida yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni yana qayta jahon maydoniga chiqishini istar ekanmiz, mazkur maqsadning asosiy omili bo'lgan yoshlarning aynan tarbiyasiga katta e'tibor qaratishni va bu jarayonda ijtimoiy muhit ta'sirini inobatga olishni dolzarb vazifa sifatida ko'rsatmoqda. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim [1;3].
O'smirlar tomonidan axborotlarni idrok etishda ularning tengdoshlari videofilmlar, reklama roliklari va boshqa axborot kanallari orqali olingan turli toifadagi axborotlarga nisbatan o'z vaqtida psixologik profilaktika tadbirlarini o'tkazilmaganligi ota-onalarning farzand tarbiyasiga bo'lgan e'tiborsizligi ularda deviant xulq-atvorning shakllanishiga sabab bo'lmoqda. Mazkur muammolarning barchasi ijtimoiy muhit ta'sirida o'smir shaxsining ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omil bo'lib hisoblanadi[5;4].
Sir emaski, insonning xulq-atvori o'zgaruvchan va rang-barang bo'lib, uning individual xususiyatlari, o'ziga xos «uslublari»ning mavjudligi hech qachon va hech kimda, hech qanday shubha tug'dirmaydi. Biroq bu xulqatvorning xilma-xilligi uning cheksiz degani emas, zero insonlarning o'zaro muloqoti, o'zaro munosabati, ularni turli ijtimoiy guruhlarga birikuvi, yashashi uchun iliq psixologik muhitning saqlanishi zaruratdir. Ma'lumki, har bir jamiyat o'zining qatiy belgilangan ijtimoiy xulq-atvor dasturlari tizimiga va jamoatchilik fikri, odatlar, axloqiy tamoyillar, ananalar kuchiga tayanuvchi xulq-atvor qoidalariga ega. Qabul qilingan me'yorlar xulq-atvorning tarixan shakllangan qoidalari sifatida talqin qilinadi, shu bilan birga u baholovchi vazifaga ham ega. Unga muvofiq ravishda har qanday harakat «to'g'ri» yoki «noto'g'ri» «yaxshi» yoki «yomon» deb tavsiflanadi. Bunday tushunishda myorning tabiiy bo'g'lanishi, ya'ni unga aloqador tushuncha «buzilish» atamasi bo'lib
For citation: Mashrab Y. Murodov. (2024) 'Psychological factors affecting the deviant behavior of adolescents - character formation', Inter education & global study, (4(2)), pp. 431-438. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hisoblanadi. Odatda «buzilish» atamasi har qanday «kasal» va «kasallik» xususida mulohaza yuritilganda ham ishlatiladi. Chunki buzilish aniq termin bo'lmasdan, balki bu tushuncha orqali xulq-atvor yoki uning simptomlari bilan bog'liq belgilar tushuniladi. Lekin psixik buzilishlar guruhiga alohida ijtimoiy og'ishlar yoki shaxsiyatsiz vazifalar kirmaydi. Har bir shaxs o'z yosh davriga xos muayyan ijtimoiy munosabatlar egasi hamda unga jamiyat tomonidan ko'rsatiladigan ko'plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy tasirlarning obekti hisoblanadi (2, 67).
Deviatsiyaning eng ommabop shakli uning shaxs qiyofasida ifodalanishi hisoblanadi. Qiyofasida ko'rinadigan. chetga chiquvchi xulq-atvor ijtimoiy dezadaptatsiya ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va o'smirlar dezadaptatsiyasi haqida gapirganda bu jarayonga mansub bo'lgan bolalar toifalarini quyidagicha izoxlash mumkin. Bular: maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar, yetim bolalar, ijtimoiy yetimlar, bolalar uylarida joylar yetishmasligi sababli ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar bilan birga vaqtincha yashayotgan bolalar;
giyohvand va toksin moddalar iste'mol qiluvchi bolalar, jinsiy intizomsiz bolalar,
g'ayri huquqiy hatti-harakatlar sodir etgan bolalar.
Deviatsiya - deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvor shakllarida bo'ladi.
Deviant xulq-atvor-mikro ijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va kichik ijtimoiy guruhlarga xos bo'lgan ijtimoiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalarini buzish bilan bog'liq me'yordan og'uvchi xulq-atvor turlaridan biridir. Deviant xulq-atvorga o'qishdan qochish va daydilik, bolalar va o'smirlarning aroqxo'rlik, giyohvandlik va u bilan bog'liq g'ayri ijtimoiy harakatlar, jinsiy harakterdagi hatti-harakatlar, o'ziga suiqasd qilishga urinish kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Delikvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va o'smirlarning takrorlanib turuvchi g'ayri ijtimoiy hatti-harakatlar sifatida harakterlanadi. Bu huquqiy me'yorlarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf darajasiga ko'ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan harakatlardir.
Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari mavjud:
-agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o't qo'yish kabilar kiradi;
-g'arazli xulq-atvor: (kichik o'g'riliklar, ta'magirlik, avtoulovlarni olib qochish va mulkiy tajovuzlar);
-giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatish.
Jinoiy hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma'lum yoshga yetganda jinoiy ish qo'zg'ashga sabab bo'luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida nazarda tutilgan g'ayri huquqiy hatti-harakatlar hisoblanadi. Deviatsiyaning salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqxo'rlik, toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o'z joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritish mumkin [6].
Voyaga yetmaganlarning deviant xulq-atvorini keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilardir: Biologik omillar. Bola organizmida uning ijtimoiy adaptatsiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning mavjudligi natijasida o'z ifodasini topadi. Ularga quyidagilar kiradi: irsiy xususiyatlar; aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ko'rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi va boshqalar; organizmga psixofiziologik zo'r berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya'ni quvvat manbalari bilan bog'liq bo'lgan psixofiziologik xususiyatlar.
Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki harakterining aksetkatsiyasining borligi kiradi. Bu me'yordan chetga chiqishlar asab kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g'ayri adekvant reaksiyalarni paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon bo'ladi [4].
Ruhiy me'yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuatsiyaga ega bolalar psixologik ta'sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ijtimoiy tibbiy reabilitatsiyaga ehtiyoj sezadilar.
Bola rivojlanishining har bir davrida shaxsiyat va harakterning ba'zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O'smirda ruhiyat rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: yoki u yashaydigan ijtimoiy muhitdan bezib qoladi, yoki ko'nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi tomonidan yetarli mehr his qilmasa unda bu holatda uning himoya vositasi vazifasini begonalashuv bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, atrofdagilar bilan munosabatlarning buzilishi, emotsional sovuqlik, psixik rivojlanishning to'xtab qolishi, turli ruhiy patalogiyalarda namoyon bo'ladi.
Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me'yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me'yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo'lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me'yorning bir necha turlari mavjud bo'lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me'yorlar shular jumlasidandir.
Ijtimoiy me'yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me'yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o'rnatilgan me'yorlar ham eskirib boradi va yangi me'yorlar o'rnatiladi. Yangi me'yorlarni o'rnatish jarayoni jamiyatda o'rnatilgan mavjud me'yorlar doirasini kengaytirish va o'zgartishdan iboratdir. Jamiyat a'zolarini mazkur ijtimoiy me'yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar kiradi.
Insonlar bolalarga ijtimoiy me'yorlarni o'rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me'yoriy talablarining to'g'ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu ivdividual tavsifga ega bo'ladi, agar butun bir jamoa, oila, do'stlar, maktab, mahalla (qo'ni-qo'shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo'ladi hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi.
Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo'lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o'rni katta bo'ladi. Quyida deviant xulq-atvorning klinik shakllari, ularni shakllantirishning psixologik va psixopatologik mexanizmlari ko'rsatilgan.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Deviant xulq-atvor hodisasi shunchalik keng va murakkabki, uni o'rganish uchun alohida fan mavjud - deviantologiya. U ko'plab boshqa fanlar - sotsiologiya, kriminologiya, psixiatriya, falsafa va, albatta, psixologiya chorrahasida paydo bo'lgan. Psixologiyada insonning og'ishgan xatti-harakatlarini o'rganadigan maxsus bo'lim mavjud - divanda yurish-turish psixologiyasi.
Lotin tilidagi "og'ish" - bu og'ish. Deviant xatti-harakatlar - ijtimoiy me'yorlardan chetga chiqish, shaxsning barqaror xulq-atvori, jamiyat va odamlarga real zarar etkazish. Deviant xatti-harakatlar nafaqat halokatli, balki avtostrukt hamdir, chunki uni buzuvchi (deviant) va o'zi boshqarishi mumkin.
Deviant xulq-atvor ta'rifidan uning ijtimoiy, shuning uchun salbiy yo'nalishi aniq bo'lishiga qaramay, ba'zi deviantologlar ijobiy og'ishlar, ijtimoiy ijod deb ataladigan - qonun doirasiga to'g'ri kelmaydigan, ammo jamiyatga zarar keltirmaydigan ilmiy, texnik, kompyuter va boshqa ijodkorlik.
Biroq og'ishlarning aksariyati tajovuzkor, zararli va jinoiy xatti-harakatlardir. Ularning eng keng tarqalgani shakli: jinoyat, giyohvandlik, alkogolizm, o'z joniga qasd qilish, beparvolik, fohishalik, vandalizm, aqidaparastlik va boshqalar.
Deviant xatti-harakatlar o'z mohiyatiga ko'ra salbiydir, chunki u biron bir tarzda g'azab, tajovuz, zo'ravonlik, vayronagarchilik bilan bog'liq, shuning uchun jamiyat unga qarshi shartli yoki qonuniy ravishda sanktsiyalar qo'llagan. Jamiyat rasmiy yoki norasmiy ravishda axloqiy va axloqiy me'yorlarni buzgan shaxsni izolyatsiya qiladi, davolaydi, tuzatadi yoki jazolaydi. Ammo deviant shaxsiyatining psixologiyasi uning harakatlari kabi shubhasiz salbiy emas, balki ziddiyatli va murakkabdir.
Deviant xulq-atvor psixologiyasi shaxs qanday qilib, qachon, qaerda huquqbuzarlik sodir etganligini va buning uchun uni qanday jazo kutayotganini aniq hisobga olmaydi. umumiy naqshlar va shaxsiyat xususiyatlari deviantlar: deviant xulq-atvorning sabablari va manbalari, deviantning rag'batlantirishi, motivlari, hissiyotlari, maqsadlari; xarakter xususiyatlari; ruhiy salomatlik va psixopatologiya; deviant xulq-atvorni psixologik tuzatish xususiyatlari va deviant psixoterapiyasi.
Bugungi kunda o'smirlar taqdiri masalasi g'oyat muhim axamiyat kasb etmoqda, o'smirlik muammosiga e'tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
1. Fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san'at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o'zgarayotgani;
2. Ommaviy axborot ko'lamining kengayishi tufayli o'smirlar ongliligi darajasining ko'tarilgani;
3. O'g'il va qizlarning dunyo voqealaridan xabardorligi;
4. Ularning jismoniy va aqliy kamolotining jadallashgani;
5. O'smirlar bilan ishlashda g'oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaga alohida yondashishi zarurligi;
6. Oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kirib borayotgani; Щ^^ШШ^^ШШ^ШШ^^ШШ^Ш^ШШШШ^^^Ш
O'quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi jamoa ichida uning o'z o'rnini borgan sari yo'qolib borishiga sabab bo'ladi. Bu o'rinda unutmaslik kerakki, o'smirning har bir xatti-xarakati u bilan hisoblashish kerakligidan boshqa narsa emas. Shuning uchun jamoa a'zolari bunday o'smirning qarashlarini vaqti-vaqti bilan hisobga olishlari yaxshi natija beradi. Aksincha, o'smirning fikr va qiziqishlari jamoa tomonidan qo'llab-quvvatlanmasligi yoki beparvoligi uni tartibbuzarlikka undaydi va xulq og'ishining kelib chikishi uchun imkoniyat yaratadi. Natijada o'smir uchun kelajak rejalarining paymol bulish xavfi tug'iladi. Ta'lim olish va jamoadan yuz o'girgan o'smir o'z kelajagi, orzu-umidlarini maktab va jamoa faoliyatiga bog'lashdan ko'ra, e'tiqod va qarashlari mos bo'lgan boshqa kishilardan najot izlaydi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston, 2017
2. G'oziev . Ontogeniz psixologiyasi. O'quv qo'llanma. Toshkent -2010.
3. O'smirlarda axloq me'yorlaridan chetga chiqish sabablari va uni bartaraf etish yo'llari BMI Raimov Shuxrat 2013.
4. Abu Nasr Farobiy "Fozil odamlar shahri" T. "Fan" 1993 yil
5. Хайдарова Х. Р. МИЛЛИЙ КАДРИЯТЛАР АСОСИДА ОТА-ОНАЛАРНИНГ ВИРТУАЛ-ПЕДАГОГИК МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ //Results of National Scientific Research International Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 264-272.
6. Turg'unboyev K., M.Tolipov, I.Oxunov Ijtimoiy pedagogika asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent, 2008 yil.
7. I.M. Xakimova. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. O'quv qo'llanma. Toshkent - 2014.
8. Umarov B.M. Xulq buzilishining kelib chiqishida oila muhiti. "Xalq ta'limi" jurnali. T.2001.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Murodov Mashrab Yoqub o'g'li, o'qituvchi [Муродов Машраб Ёкуб угли,
преподователь], [Murodov Y. Mashrab, teacher ]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 4-uy [адреа Узбекистан, город Ташкент улица Университетская, дом 4, Алмазорский район,], [address: University street, 4th house, Almazor district, Tashkent city ]; E-mail: [email protected]