Научная статья на тему 'O‘SMIR QIZLAR O‘RTASIDA IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NAMOYON BO'LISHINING MUHIM TOMONLARI'

O‘SMIR QIZLAR O‘RTASIDA IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NAMOYON BO'LISHINING MUHIM TOMONLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘smir qizlar / ijtimoiy munosabat / oila / xulq / tarbiya / maktab / psixologiya / девочки-подростки / социальная установка / семья / поведение / образование / школа / психология

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Zebiniso Mirkomil Qizi Meyliyeva

Ushbu maqolada o‘smir qizlar o‘rtasida bo‘layotgan ijtimoiy munosabatlar va buning namoyon bo‘lish jihatlari haqida qayd etilgan. O‘smir yoshidagi qizlarning ma’naviy tarbiyasini shakllantirish va bu bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar xususida fikrlar bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье описаны социальные отношения между девочкамиподростками и аспекты их проявления. Были высказаны мнения о формировании духовного воспитания девочек-подростков и исследованиях, проводимых в этом направлении

Текст научной работы на тему «O‘SMIR QIZLAR O‘RTASIDA IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NAMOYON BO'LISHINING MUHIM TOMONLARI»

O'SMIR QIZLAR O'RTASIDA IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NAMOYON

BO'LISHINING MUHIM TOMONLARI

Zebiniso Mirkomil Qizi Meyliyeva

O'zbekiston Milliy Universiteti talabasi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada o'smir qizlar o'rtasida bo'layotgan ijtimoiy munosabatlar va buning namoyon bo'lish jihatlari haqida qayd etilgan. O'smir yoshidagi qizlarning ma'naviy tarbiyasini shakllantirish va bu bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar xususida fikrlar bildirilgan

Kalit so'zlar: o'smir qizlar, ijtimoiy munosabat, oila, xulq, tarbiya, maktab, psixologiya

АННОТАЦИЯ:

В данной статье описаны социальные отношения между девочками-подростками и аспекты их проявления. Были высказаны мнения о формировании духовного воспитания девочек-подростков и исследованиях, проводимых в этом направлении

Ключевые слова: девочки-подростки, социальная установка, семья, поведение, образование, школа, психология

ABSTRACT:

This article describes the social relations between teenage girls and the aspects of its manifestation. Opinions were expressed about the formation of the spiritual education of adolescent girls and the research conducted in this regard.

Keywords: adolescent girls, social attitude, family, behavior, education, school, psychology

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, odob-axloq, tarbiya xotin-qizlar, ona va ayol haqidagi g'oyalar eramizdan oldingi birinchi ming yillik boshlarida shakllanganligi haqidagi ma'lumotlar bor. Eng qadimgi yozma manbalarda odob-axloq g'oyalari zardushtiylik ta'limotining muqaddas kitobi "Avesto"da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Muqaddas Qur'oni-Karim va Hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, ma'naviyati, axloqi, e'tiqodi, har tomonlama barkamolligi kabi insoniy sifatlarni shakllantirishda ayol va xotin-qizlarga bag'ishlangan qimmatli fikrlari bayon qilingan. Hadislarda "qizlarni turmushga chiqarish to'g'risida onalar bilan maslahatlashing" deb ta'kidlangan.

May 2024

489

Insoniyat paydo bo'libdiki, farzand tarbiyasi eng dolzarb masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Har qanday jamiyat, tuzumda kelajak avlod tarbiyasi, istiqboli birlamchi vazifalardan hisoblanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga yetayotgan o'g'il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog'liq. Turli xil davrlarda farzand tarbiyasiga bo'lgan e'tibor turli darajada bo'lgan. Qaysi jamiyat o'z naslining istiqbolini o'ylamas ekan ana o'sha jamiyat inqirozga uchrashi, parokandalikka yuz tutishiga tarix sahifalari ko'p bor guvohlik bergan. Bugun O'zbekiston aholisining ko'pchiligini yoshlar tashkil etadi. Ular manfaatini himoya qilish, barkamol bo'lib voyaga yetishlari va qulay shart-sharoitlarda o'qishlari, mehnat qilishlari va imkoniyatlarning yaratilishi yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishidir. Yoshlarning dunyoqarashi, hayotiy maqsadlari, ijtimoiy mo'ljallari, o'zlarini qanday tuta bilishlari mamlakatimizning kelajak taqdiri bilan juda uyg'un. O'zbekona qarashlarda qadimdan qiz bola tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qaraladi.

O'zbekchilikda qizlarning yurish-turishi, gap-so'zi, o'zini tutishi-yu, epchil-chaqqonligi u ko'zga ko'ringan paytdan boshlab odamlarning og'ziga tushadi. Elimizda qiz bolaning chiroyidan ko'ra uning husni xulqi, epchil, chaqqon, pazanda -yu chevarligiga ko'proq ahamiyat beriladi. Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo'q. Eng muhim qiziqish -teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o'smir

tomosha qiladi. Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50 foizi sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga boradigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.

O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning uchun maktab hayoti "qiyin" vazifalarga to'liq bo'ladi. Bu yoshda o'smirlar kattalar oldida o'zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi.

O'z-o'zini tarbiyalashga bo'lgan talab o'sadi. "Dangasa", "qo'pol", "bee'tibor", "qobiliyatsiz" degan kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar. O'smir yoshida o'g'il va qiz bolalar o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor berish lozim. O'z-o'zini tarbiyalash natijasida o'g'il bolalar kuchli, erkin, e'tiborli, jasur; qizlar esa - o'ta ko'nikuvchan, kamtar va jiddiy bo'la boshlaydilar. Shuning uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish, vazminlik paydo bo'la boshlaydi.

May 2024

490

Muhimi, o'smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo'lib qolganligidan bilib olish zarur.

Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12-15 yosh). O'smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Bolaning o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'l-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida mehnat, o'yin, sport va jamoat ishlari katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi pasayadi, intizomi bo'shashadi. Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga tashlanadi:

1. Intellektual rivojlanish - tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'gar aklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi.

2. O'z-o'zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi. Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o'smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar - yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.

Lekin o'smirlarning hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o'quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituviga bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas.

Tanlab olingan obyektlarda, xususan, o'smirlik yoshidagi qizlarning oilaviy ajrimlar hamda oilaviy nizolar sharoitida o'zining oiladagi mavqeini aniqlashga imkon beruvchi fikrlari, baholari, ustanovkalarini o'rgandik. olingan natijalarni ota-onalarning oilaviy ustanovkalari bilan solishtirish, shu orqali konstruktiv hamda destruktiv xarakterli konfliktlar to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlarni jinsga, yoshga va hududga bog'liq o'ziga xosligini aniqlashdan iborat. O'smirlarning oilaviy ajrimlar bo'yicha bergan baholari va ustanovkalarini aniqlash uchun ijtimoiy-psixologik so'rovnomadan foydalanildi.

Xulosa qilib aytganda, o'smirning o'zini o'zi tarbiyalash tajribasi - bu o'zini va boshqalarni bilish orqali amaliy harakatlar jarayonida shakllanadigan va uning fazilatlari va xatti-harakatlarini ma'naviy-axloqiy tartibga muvofiq o'zgartirishga qaratilgan faoliyatda mustahkamlangan bilim va ko'nikmalar tizimidir. Shuningdek, o'smir qizlar o'rtasida ijtimoiy munosabatlar sirlashish, o'zining ichki kechinmalarini aytish maqsadida o'ziga yaqin olgan qizlar bilan munosabat qiladi.

491

May 2024

REFERENCES:

1. ."Ma'naviy hayot" jurnali, 2022-yil 3-son.

2. Xudoyqulov X.J. O'zbek qizining g'ururi - uning or-nomusi va odobidadir. - T.: "DizaynPress", 2011. - 5 b.

3. Abdurahmonova Z.A. Yoshlarni tarbiyalashda nazariy tayergarlik: muammolar va yechimlar // "Uzluksiz ta'lim tizimida barkamol avlodni tarbiyalash muammolari va yechimlari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. Toshkent- 2017. B.55-57.

4. Социальная психология. Учеб. пос. \\ Под ред. А.Л.Журавлева, — М.: 2002.

5. Фромов С.С. Основа социологии. — М.: Юрист, 1997.II. Чалдини R, Кенрик Д. Социальная психология. — М.: 2002.

6. V. Karimova. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. — Т.: 2009.

7.V. Karimova, O.Xayitov. Shaxsning ijtimoiylashuv masalasi. - Т.: 2007

492

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.