Научная статья на тему 'OʻRTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA’SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI'

OʻRTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA’SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
175
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OʻRTA ZARAFSHON / LANDSHAFT / ANTROPOGEN LANDSHAFT / TABIIY LANDSHAFT / ERROZIYA / ANTROPOGEN OMIL / BIOTIK / LANDSHAFT KOMPONENTLARI

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xurramova N.X., Mirzaliyev S.R., Juraxujayev D.D.

Mazkur maqolada Oʻrta Zarafshoh havzasi hududidagi landshaftlar va ularning antropogen omillar ta’sirida qanday oʻzgarganligi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANTHROPOGENIC INFLUENCE ON THE LANDSCAPES OF THE MIDDLE ZARAFSHAN BASIN AND LAWS OF BASIN LANDSCAPE DEVELOPMENT

This article analyzes the landscapes of the Middle Zarafshah basin and how they have changed under the influence of anthropogenic factors.

Текст научной работы на тему «OʻRTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN TA’SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH QONUNIYATLARI»

UO'K: 911.52

Xurramova N.X Mirzaliyev S.R.

Juraxujayev D.D.

"Tabiiy fanlar" kefdrasi o'qituvchilari O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

O'RTA ZARAFSHON HAVZASI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN

TA'SIR VA HAVZA LANDSHAFTLARINING RIVOJLANISH

QONUNIYATLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'rta Zarafshoh havzasi hududidagi landshaftlar va ularning antropogen omillar ta'sirida qanday o'zgarganligi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: O'rta Zarafshon, landshaft, antropogen landshaft, tabiiy landshaft, erroziya, antropogen omil, biotik, landshaft komponentlari.

Khurramova N.X. Mirzaliyev S.R.

Juraxujaev D.D.

Department of natural sciences Uzbek - Finnish pedagogical institute

ANTHROPOGENIC INFLUENCE ON THE LANDSCAPES OF THE MIDDLE ZARAFSHAN BASIN AND LAWS OF BASIN LANDSCAPE

DEVELOPMENT

Annotation. This article analyzes the landscapes of the Middle Zarafshah basin and how they have changed under the influence of anthropogenic factors.

Key words: Middle Zarafshan, landscape, anthropogenic landscape, natural landscape, erosion, anthropogenic factor, biotic, landscape components.

O'rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi O'zbekistonning markaziy qismida Zarafshon vodiysining respublikamizga qaraydigan o'rta qismini o'z ichiga oladi. Okrug aniq tabiiy chegaraga ega bo'lib, uni shimol tamondan Nurota tog'lari, janubdan Chaqilikalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog'lari o'rab tursa,sharqdan Tojikiston bilan chegaradosh.G'arbda Quyi Zarafshon okrugidan Xazar yo'lagi bilan ajralib turadi. Havzaning umumiy maydoni taxminan 8725 km2 ni tashkil etadi.

Okrug hududidagi Zarafshon vodiysining o'ziga xos xususiyati shundaki, u goh kengayadi, goh torayadi.Zarafshon vodiysining ana shunday kengaygan joyida Samarqand botig'i joylashgan. Uning yer usti tuzilishi yassi tekislikdan iborat bo'lib, g'arbda to Hazar yo'lagigacha 220 km.ga cho'zilgan. Uning

kengligi 50-60 km bo'lib, shimol va janubdan past tog'lar bilan o'ralgan. Okrugning bu qismida Zarafshon daryosining uchta ko'hna qayirlari bo'lib, ular lyossimon yumshoq jinslardan tuzilgan. Shu sababli soy va mavsumiy suvlar yuvib, juda ko'p jarlar hosil bo'lgan.

Ayniqsa, keyingi yillarda landshaftlarni insonlar tamonidan xo'jalik o'zlashtirilishi tufayli O'rta Zarafshon tabiiy geografik okrugida sezilarni o'zgarishlar ro'y berdi. Buning asosiy sababi yer resurslaridan yildan yilga ko'proq foydalanilayotganligi va aholi sonining oshib borayotganligidir. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda O'zbekiston aholisi 2022-yil 30-dekabr holatiga ko'ra, 36 million kishidan oshdi. aholi zichligi esa 1km2 er maydoniga o'rtacha 79,8 nafar doimiy aholi soni to'g'ri keladi.

Qayd etilishicha aholi zichligi o'tgan yillarga nisbatan 1,7 kishiga ortgan. Bu ko'rsatgich esa yildan yilga o'saveradi. Aholi zichligining oshishi bilan, tabiiyki, insonlarning tabiatga ta'siri ham kuchayadi.

O'rta Zarafshoh havzasi hududida antropogen omillar ta'sirida landshaftlar kuchli o'zgartirilgan. Havzadagi antropogen omillar ta'sirida o'zgargan landshaftlarga quyidagi sabablarni ko'rsatishimiz mumkin;

• daryo yoqalaridagi to'qayzorlarning kesib va yoqib yuborilishi;

• daryo qayirlarida sholi maydonlarining kengayishi;

• sun'iy ko'llar tashkil etilib baliqchilik xo'jaliklarini tashkil etilishi;

• daryo yoqalarida chorva mollarining betartib boqilishi;

• maishiy chiqindilarning daryo o'zani va yoqalariga tashlanishi;

• rekreatsion dam olish maqsadida ko'plab sayohatchilar tamonidan turli xil chiqindilarning tashlab ketishi;

• o'simliklarning payhon qilinishi landshaftlarning o'zgarishiga sabab bo'lmoqda.

O'rta Zarafshon hududi rang-barang landshaft majmualaridan iborat. Ularning barqarorligi va ekologik muvozanatini saqlash kerak. Buning uchun avvalambor, tabiatdan foydalanish texnologiyasiga, hududni kompleks o'rganishga, tarkibiy qismlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik mexanizmini inobatga olib, tabiatdan aql bilan uning qonuniyatlariga bo'ysungan holda foydalanish zarur. Shundagina tabiat va inson orasidagi muvozanatni saqlashga erishgan bo'lamiz.

Landshaftlarning rivojlanish qonuniyatlarini O'rta Zarafshon havzasi misolida o'rganganimizda havza landshaftlari quyidagi qonuniyatlar asosida rivojlangan.

Birinchi qonuniyat: O'rta Zarafshon havzasi landshaftlarining rivojlanish jarayoniga tashqi kuchlarning ta'siri. Har qanday muayyan bir landshaft ma'lum bir landshaftlar guruhida yoki bir kattaroq geotizim tarkibida mavjuddir va "yashaydi". O'zi mavjud bo'lgan tabiiy muhitga moslashgan bo'ladi va shu muhitda barqaror hisoblanadi. Landshaftning rivojlanishidagi asosiy sabab va harakatlantiruvchi kuch kopincha tashqi kuchlarning ta'siri hisoblanadi. Tashqi muhitning o'zgarishi landshaftlarning ham o'zgarishiga olib keladi. Havzada ham

landshaftlarning ko'pchiligi tashqi omillar, masalan insonning xo'jalikdagi faoliyati ta'sirida o'zgarganligini ko'rishimiz mumkin. Bunday o'zgarishlarning qanchalik jadal yoki sust bo'lishi tashqi omillarning ta'sir kuchiga va landshaftlarning barqarorlik darajasiga bog'liqdir.

Ikkinchi qonuniyati: O'rta Zarafshon havzasi landshaftlarining rivojlanish jarayoniga ichki kuchlarning ta'siri. Havzada tarqalgan landshaftlarning ichidagi komponentlarning o'zaro ta'sir va qarama-qarshiliklari landshaftlarni sust, bir maromda va keskin o'zgarishlarsiz rivojlanishiga sabab bo'lsa, tashqaridan bo'ladigan ta'sir va aloqadorliklar bu jarayonni tezlashtirishi yoki keskin o'zgartirib yuborishi mumkin. Landshaftning rivojlanishi uning ichki tuzilishiga xos bo'lgan belgilarini yangi struktura belgilari tomonidan siqib chiqarishi demakdir. Bu jarayon landshaftda sifat o'zgarishlarini hosil qilib, yangi landshaftni barpo bo'lishiga olib keladi.

Uchinchi qonuniyati: Havza landshaft komponentlarining bir butunlik qonuniyati. Havzadagi landshaftlarning har bir komponenti uzluksiz rivojlanishda va ozgarishdadir. Agar shu komponentlardan birining xususiyati (masalan, iqlim) o'zgarib, yangi sifatga ega bo'lsa, qolgan komponentlar yoki ularning xususiyati (masalan, tuproq) unga moslashib olishga harakat qiladi. Bunday jarayon turli komponentlarda turlicha jadallik bilan va bazan ancha vaqtni oz ichiga oladi. Ammo birinchi bo'lib ozgargan komponent bu paytda esa yana rivojlanishda va o zgarishda boladi. Qolgan komponentlar yana unga moslashishga harakat qilaveradi.

To'rtinchi qonuniyati: Havza landshaftlari rivojlanishida biotik va biotik bo'lmagan komponentlarning o'zaro ta'siri. Havza landshaft komponentlari ichida eng faol hisoblanadigan biota (o'simlik va hayvonotdir). Ular doimo biotik bo'lmagan komponentlar bilan qarama-qarshilikdagi va atrof-muhitga moslashishga harakat qiladi. Natijada havzada bir butun landshaftni qayta tiklash jarayoniga olib keladi. Harakat bilan muvozanat uzluksiz o'zgaruvchan aloqadadir. Landshaftdagi muvozanat landshaftdagi harakat bilan harakatsizlik orasidagi muvozanat sharoitdagina saqlanishi mumkin. Lekin bundan muvozanat nisbiy va vaqtinchalikdir.

Beshinchi qonuniyati: Hozirgi vaqtda havza landshaftlarida uchraydigan ayrim hodisa va jarayonlarni bilish uchun shu havzadagi landshaftlarning tarixini, yoshini bilish zarur bo'ladi. O'rta Zarafshon havzasi qadim tarixga ega. Qadim zamonlardan insonlar bu erlarda yashab o'zlarining xo'jalik faoliyatlarini yuritib kelmoqda. Havza landshaftlari muvozanatdagi tizim emas ular to'xtovsiz o'zgarib turadi. Ba'zan bu o'zgarishlar qisqa muddatli bo'lib bir avlod hayoti davomida kuzatilishi mumkin (masalan, o'rmonning botqoqlanishi, ko'llarni o'simlik bosib ketishi, qum uyumlarining ko'chishi va h.k.), ba'zan esa uzoq muddatda ro'y berib, geologik davrlar miqyosida o'lchanishi mumkin. Ammo bu o'zgarishlar doimo bo'lib turadi. Agar shunday bo'lsa landshaft haqidagi ta'limot landshaftdagi hozirgi vaqtda atrof-muhit bilan ozmi-ko'pmi muvozanatda bo'lib turgan elementlardan tashqari eski (oldingi davrlardan meros bo'lib qolgan)

hamda yangi (progressiv) unsurlarni ham farqlay bilishi va o'rganishi lozim (ichki va tashqi kuchlar ta'siriga bog'liq holda).(B.B.Polinov 1946 - yil).

Oltinchi qonuniyati. Havza landshaftlarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish orqali havza landshaftlari kelajagini baholash. Havza landshaftlari rivojlanishining muayyan yo'nalishini (tendensiyasini) aniqlab olish havza landshaftlarining xalq xo'jaligini u yoki bu tarmog'ini rivojlantirish nuqtai-nazaridan baholash hamda istiqbolini belgilash uchun muhim shart-sharoitlardan biri hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, landshaftda bir komponentning o'zgarishi boshqa komponentning vujudga kelishiga olib keladi. Tabiatdan foydalanish va ishlab chiqarish jarayonida inson tamonidan yo'l qo'yilgan xato tabiiy va antropogen landshaftlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi, ekologik muvozanatni buzadi va geoekologik muvozanatni keskinlashtiradi. Shuning uchun ham landshaftlardan oqilona foydalanish, ularning ifloslanishi va buzilishiga yo'l qo'ymasliklozim. Buning uchun buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, ichki suvlarni turli xil kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishini oldini olish, tuproqning sho'rlanishi va erroziyasiga yo'l qo'ymaslik, atrof-muhitning geoekologik holatini yaxshilash, ekologiyaning buzilishiga qarshi kurashish ishlarini olib borish va landshaftlarni muhofaza qilish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдулкосимов А.А., Абдурахмонова Ю.Х., Давронов K.K. Зарафшон ботиги вохд ландшафтлари ва геоекологияси. Монография. Тошкент- 2017.

2. Berdikulov F. F. et al. LAKE ECOTOURISM: TRENDS IN LANDSCAPE CONSERVATION AND EFFICIENT USE //Экономика и социум. - 2021. -№. 6-1 (85). - С. 247-251.

3. Orifjonova I. et al. O'RTA ZARAFSHON HAVZASI RELYEFI. HAVZA LANDSHAFTLARINI HOSIL QILUVCHI TABIIY VA ANTROPOGEN OMILLAR //Наука и инновация. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 102-104.

4. Рахматуллаев А., Зарафшон хдвзаси тоFлари табиатига кишиларнинг таьсири. Самарканд - 1990.

5. Xurramova N. et al. O'RTA ZARAFSHON HAVZASIDAGI ANTROPOGEN LANDSHAFTLARNING TURLARI //Академические исследования в современной науке. - 2023. - Т. 2. - №. 14. - С. 150-155.

6. Yarashev Q.S. Amaliy landshaftshunoslik fanidan o'quv-uslubiy majmua. Samarqand - 2020 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.