Научная статья на тему 'LANDSHAFTLARNI KARTAGA OLISHNING MOHIYATI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

LANDSHAFTLARNI KARTAGA OLISHNING MOHIYATI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
648
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LANDSHAFT KOMPLEKSI / TABIAT KOMPONENTI / LANDSHAFT / LANDSHAFTLAR STRUKTURASI / ANTROPOGEN LANDSHAFT / TABIIY LANDSHAFT / LANDSHAFT-MELIORATIV TADBIRLAR / LANDSHAFT TAKSONOMIK BIRLIKLARI

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Meliyev B.A., Gulmurodov F.E., Qalandarov M.M.

Maqolada landshaft kartalashtirishning asosiy muammolaridan biri hisoblanadigan taksonomik birliklar sistemasini tartibga keltirish, ularni tasniflashning umumiy prinsiplarini ishlab chiqish, turli masshtablardagi landshaft kartalarining mazmunini va ularning generalizasiyasini takomillashtirish, landshaft birliklarini sistemalash va tasniflash hamda landshaft kartalarini legendasini ishlab chiqish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATURE AND SPECIFIC CHARACTERISTICS OF LANDSCAPE MAPPING

The article covers the issues of organizing the system of taxonomic units, which is one of the main problems of landscape mapping, developing general principles of their classification, improving the content of landscape maps at different scales and their generalization, systematizing and classifying landscape units, and developing the legend of landscape maps.

Текст научной работы на тему «LANDSHAFTLARNI KARTAGA OLISHNING MOHIYATI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Meliyev B.A.

Samarqand davlat universiteti dotsenti, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD)

Gulmurodov F.E.

Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori (PhD)

Qalandarov M.M.

Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti doktoranti

LANDSHAFTLARNI KARTAGA OLISHNING MOHIYATI VA O'ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Maqolada landshaft kartalashtirishning asosiy muammolaridan biri hisoblanadigan taksonomik birliklar sistemasini tartibga keltirish, ularni tasniflashning umumiy prinsiplarini ishlab chiqish, turli masshtablardagi landshaft kartalarining mazmunini va ularning generalizasiyasini takomillashtirish, landshaft birliklarini sistemalash va tasniflash hamda landshaft kartalarini legendasini ishlab chiqish masalalari yoritilgan.

Kalit so^zlar. Landshaft kompleksi, tabiat komponenti, landshaft, landshaftlar strukturasi, antropogen landshaft, tabiiy landshaft, landshaft-meliorativ tadbirlar, landshaft taksonomik birliklari.

Meliyev B.A., doctor of philosophy (PhD) in geography

associate professor Samarkand State University Gulmurodov F.E., doctor of philosophy of technical sciences (PhD)

associate professor

Samarkand State University of Architecture and Construction

Qalandarov M.M. doctoral student

Samarkand State University of Architecture and Construction

NATURE AND SPECIFIC CHARACTERISTICS OF LANDSCAPE

MAPPING

Abstract. The article covers the issues of organizing the system of taxonomic units, which is one of the main problems of landscape mapping, developing general principles of their classification, improving the content of landscape maps at different scales and their generalization, systematizing and classifying landscape units, and developing the legend of landscape maps.

Key words: landscape complex, nature component, landscape, structure of landscapes, anthropogenic landscape, natural landscape, landscape-ameliorative measures, landscape taxonomic units.

Jahonda insoniyatni tabiiy resurslar bilan ta'minlash maqsadida landshaftlardan intensiv foydalanilayotganligi tufayli tabiiy muhitda texnogen buzilish, cho'llanish, yerlarning meliorativ holatini yomonlashishi, tuproq eroziyasi, degradasiyasi va boshqa salbiy geoekologik hamda tabiiy geografik jarayonlar kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bu muammolarga qarshi kurashishga xalqaro tashkilotlar katta e'tibor bermoqda. Jumladan, BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish bo'yicha dasturida "quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o'rmonlarni rasional boshqarish, cho'llanishga qarshi kurashish, yerlarning degradasiyasini to'xtatish va biologik xilma-xillik yo'qolishining oldini olish" vazifalari yechimiga yo'naltirilgan18. Mazkur vazifalar ayniqsa arid iqlimli hududlarda sug'orma dehqonchilikning rivojlanishi hududni tizimli-strukturaviy tahlili asosidagi ma'lumotlar negizida landshaft-meliorativ tadbirlarni majmuali olib borishni taqozo etadi. Shuningdek, landshaft tadqiqotlarini zamonaviy metodlarga tayangan holda olib borish, ularning mavjud imkoniyatlarini tahlil qilish, baholash, dolzarb muammolarini aniqlash va ularni ilmiy asosda hal etish yo'llarini ishlab chiqishga muhim yo'nalish sanaladi.

Respublikamizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida, hududlarning tabiiy resurs salohiyatidan ilmiy asosda foydalanish, ularni baholashda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ularning kadastrini olib borish, sho'rlanishi va cho'llanishiga qarshi kurashish, odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta'minlash bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. «O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi»da19 "sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va irrigasiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish" yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada jumladan tabiiy va antropogen landshaftlarning strukturasi va landshaftlarning tabaqalanishiga ta'sir etuvchi geografik omillarning rolini aniqlashga doir maqsadli tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Kompleks tabiiy geografik tadqiqotlar bilan R.I. Abolin (1929), S.P. Suchkov (1950), E.M. Murzayev (1953), S.P. Makeyev (1956), B.A. Fedorov (1957), N.V. Kimberg (1960), L.N. Babushkin (1961, 1964, 1969), N.A. Kogay (1969, 1964), N.A. Gvozdeskiy (1965), A.S. Saidov (1965, 1972), T.N. Zvonkova (1965), J.A. Hoshimov (1966) P. Baratov (1977), L.A. Alibekov

18 Повестки дня в области устойчивого развития на период до 2030 года //Электронный доступ: http://www.uz/undp/org/content/ uzbekistan.ru

19 Узбекистан Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон «Узбекистан Республикасини янада ривожлантириш буйича Хдракатлар стратегияси тугрисида» ги Фармони.

(1982), A.A.Abdulqosimov (1990, 2006), I.K. Nazarov (1992, 2007), N.I. Sabitova (2002, 2007), A. Raxmatullayev (1991, 2004, 2018), A.N.Hojimatov (1996), Yu.H.Abduraxmonova (2003), O.Sh. Ro'ziqulova (2008) va boshqalar shugullanishgan. Landshaftlarni zamonaviy metodlar asosida tadqiq etishda esa xorijiy olimlardan P.A.Burrough (1988), G.Eichorn (1979), C.Le Bas, M.Jamagne (1996), I.Yu.Katorgin (2003), A.A.Kashin (2015) shug'ullanishgan.

Lekin landshaftlarni kartaga olishning mohiyati va o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishda zamonaviy metodlardan foydalanishga kam e'tibor berilgan. Ushbu ishning asosiy maqsadi yuqoridagi kamchililiklarni to'ldirishdan iborat.

Asosiy qism. Landshaft kartalashtirishning asosiy obyekti tabiiy hududiy komplekslardir, ya'ni geografik qobiq komponentlarining umumgeografik qonuniyatlar asosida rivojlangan va mukammallashgan bir butun tabiiy hosiladir. Landshaft kompleksining bir butunligini geografik qobiqning barcha komponentlaridan - iqlim, tog' jinslari, relef, yer usti va yer osti suvlari, tuproq, o'simlik qoplami va hayvonot dunyosidan iborat bir butun tabiiy geografik sistemaning o'zaro aloqador va rivojlangan qismlari deb qarash o'rinlidir [1, 3].

Landshaft komplekslarini tadqiq etishda va kartalashtirishda turli kartografik metodlardan foydalaniladi. Bulardan asosiylari: analitik va sintetik metodlardir. Birinchi metod shundan iboratki, bunda landshaft kompleksining xususiyatlari bir vaqtning o'zida uning alohida komponentlari - relefi, tuprog'i, o'simligi va boshqalarini bitta kartada tasvirlash yo'li bilan ochib beriladi. Sintetik metodda esa landshaft kompleksi va uning tipologik o'xshashligi tasvirlanadi.

Keyingi yillarda landshaft komplekslar kartalaridan qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish tarmoqlarida amaliy foydalanishning yangidan-yangi metodlari ochilmoqda. Shunday metodlardan biri - foydali qazilmalarni qidirishda landshaft kartalaridan foydalanish hisoblanadi. Bunday holatda landshaft kartalari aynan landshaft - geokimyoviy kartalarini tuzishda asos bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, ularning asosiy mazmunini ayrim geokimyoviy ko'rsatkichlar bilan to'ldirilgan turli landshaft tiplarining konturlari tashkil etadi. M.A.Glazovskaya (1987) landshaft geokimyoviy kartalarni amaliy maqsadlarda, jumladan qishloq xo'jaligida, sanitar-gigiyenik vaziyatlarni tahlil qilishda va boshqa geoekologik holatlarni aniqlashda katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlagan [2, 4 ].

Landshaft kartalashtirishning maxsus yo'nalishlari F.N. Milkov tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, muallifning fikriga ko'ra landshaft kartalashtirishning taksonomik birliklari sifatida landshaft tipi, joy tipi va urochisha tipi olingan. F.N.Milkov (1954, 1959) birinchilar qatorida Rossiya tekisligining o'rmon-dasht va dasht zonalari doirasida tipologik landshaft komplekslarni tadqiq qilib, ularga tavsif bergan va kartalashtirgan.

K.I. Gerenchuk «joy tiplari» sistemasining regional o'ziga xosligini hisobga olib, har bir zona va provinsiya uchun alohida karta tuzilishi kerak deb

hisoblaydi. K.I. Gerenchuk tomonidan Ukrainaning g'arbiy oblastlari uchun ko'proq o'rta masshtabli kartalar tuzilgan, ammo bu kartalarda «joy tiplari» nomi bilan ko'pincha unga mos kelmaydigan birliklar ajratilgan. Masalan, ayrim kartalarda joy tiplari mazmuni jihatidan urochisha tiplaridan umuman farq qilmaydi, yoki joy tipi F.N.Milkov bo'yicha qayir, qayir usti terrasa tiplariga, M.M. Koynov bo'yicha esa landshaftlarga mos keladi. K.G.Raman landshaft kartalashtirishning taksonomik birliklar sistemasi va metodikasini ishlab chiqqan hamda landshaftlarni kartalashtirgan [1, 2, 5 ].

Keyingi yillarda landshaft kartalashtirishda muhim yutuqlarga erishildi va tuzilgan landshaft kartalari ko'proq e'tirofga sazovor bo'ldi. Ammo geografiyaning bu muhim sohasida ko'plab kamchiliklari ham mavjud. Bunday kamchiliklarni kompleks tadqiqot ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish, ilmiy yo'nalishlarni barqaror rivojlantirish va ularni takomillashtirib borish yo'li bilan bartaraf etish mumkin. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, landshaft kartalashtirishning asosiy muammolarini batafsil yoritishning juda muhim bosqichlarini ko'rsatib o'tish mumkin. Masalan, hozirgi landshaft kartalarini ko'zdan kechirib, kartalarni va ularni legendalarini tuzishda hali ham turli xil noaniqliklar mavjud. Bizning fikrimizcha, buning asosiy sababi, kartalashtirishning obyekti bo'lgan landshaft komplekslari va ularning morfologik birliklarini tasniflash prinsiplarini turlicha tushunishdadir.

Har qanday taksonomik birlikdagi landshaftlarni kartalashtirishda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Landshaft kartalashtirish obyektini tanlash va uni qaysi masshtabda amalga oshirishni aniqlash. Bu masalani hal etish uchun birinchi navbatda biz kartada tasvirlanadigan geografik kompleksning turkumini bilishimiz kerak. Ikkinchidan, tuziladigan kartaning masshtabini va qanday maqsadlarda foydalanilishini hisobga olish zarur. Uchinchidan, tanlangan geografik obyektdagi landshaftlarning xarakteriga va ularni qay darajada o'rganilganligiga e'tibor berish lozim. Ana shu mezonlarga amal qilingan holda landshaft tipologik kartaning dastlabki varianti tuziladi.

2. Kartada tasvirlanadigan geografik komplekslarni amaliy jihatdan dala tadqiqot ishlarini olib borish yo'li bilan aniqlash, ajratish va ularning chegaralarini o'tkazish. Geografik komplekslarni ajratish va chegaralashda tuproq qoplamining turlari, relyef shakllari, ona jinslarning litologik tarkibi va boshqa indikatorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

3. Landshaft kartada tasvirlanadigan geografik komplekslarni morfologik jihatdan o'xshashlik darajasiga qarab sinflashtirish va tasniflashtirish sxemasini har tomonlama mukammal ishlab chiqish. Landshaft kartalarini tuzish uchun dalada yoki laboratoriya sharoitida ajratilgan fasiya, urochisha, joy tipi va landshaftlarni dastlab sistemalashtirib, so'ngra ularni kompleks tasniflash zarur. Klassifikasiyalashtirilgan va tasniflashtirilgan landshaftlar kartaning legendasini ishlab chiqishda asos bo'lib xizmat qilad i.

4. Landshaft kartalarini va ularda tasvirlanadigan geografik komplekslarni mazmunini va mohiyatini yorqin ifoda etuvchi legendasini tuzish kerak. Unda kartaning mohiyati va mazmuni legendada o'z aksini va ifodasini topishi kerak. Shundagina kartaning ilmiy va amaliy ahamiyati yanada ortadi. Landshaft kartalarning legendasini tuzish bir oz murakkabligi va ayni paytda muammoli. Legendada muayyan landshaftning nomi, xususiyatlari, strukturaviy tuzilishidagi o'xshashliklar va farqlar, ma'lum sinflarga sistemalashtirilganligi, relyef elementlari, tuproqlari, zonal va azonal o'simlik turlari hamda boshqalar o'z ifodasini topishi kerak. Turli masshtabdagi landshaft kartalarni va ularning legendalarini faqat landshaftshunos geograflar emas, balki boshqa sohadagi mutaxassislar ham bemalol tushunadigan va o'qiy oladigan bo'lishlari shart. Chunki, landshaft kartalari va ularning legendalari landshaft ekologik, antropogen landshaft o'zgarishi, cho'llanish, landshaft kadastri, landshaft prognozi kabi kartalarni tuzishda, shu bilan birga turli xil tadbirlarni ishlab chiqishda asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

T.M.Mirzaliyevning (1992) ta'kidlashicha, kartalarni tuzishda va ularda geografik obyektlarni, hodisa va voqyealarni tasvirlashda maxsus kartografik usullardan - chiziqli belgilar, teng chiziqlar, sifatli rang, areallar kabi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari landshaft kartalarida geokomplekslarini tasvirlashda turli xil kartografik metodlardan, jumladan, joy tiplari va urochisha tiplarini rangli fon bilan va shtrixlar yordamida tasvirlash metodlaridan ham foydalanish mumkin.

Xulosa. Shunday qilib, landshaft kartalashtirishning asosiy muammolari qatoriga taksonomik birliklar sistemasini tartibga keltirish, ularni tasniflashning umumiy prinsiplarini ishlab chiqish, turli masshtablardagi landshaft kartalarining mazmunini va ularning generalizasiyasini takomillashtirishda, landshaft birliklarini sistemalash va tasniflash, landshaft kartalarini legendasini ishlab chiqish va boshqa muammolarni sanab o'tish mumkin. Bu muammolarni yechishda landshaft kartalarini tuzish bo'yicha yetuk olimlardan iborat maxsus komissiya tashkil etish kerak degan fikrdamiz.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Meliyev B.A. Zarafshon havzasi landshaftlarini kosmik ma'lumotlar asosida o'rganish va ularni kartaga olish masalalari //O'zbekiston milliy atlasini yaratishning ilmiy-nazariy asoslari. Toshkent, 2009.

2. Safarov E.Yu., Meliyev B.A. Landshaft tadqiqotlarining zamonaviy metodlari haqida. //O'zbekiston geografiya jamiyati axborot i. 34 jild. -Toshkent, 2009.

3. Yarashev Q.S. Surxondaryo botig'i paragenetik landshaft komplekslari va ularni geoekologik rayonlashtirish. //PhD diss. avtoref. -Toshkent, 2018. - 44 b.

4. Abdulkasimov A., Yarashev Q., Meliyev B. Landshaft komplekslarini kartalashtirishning dolzarb muammolari // SamDU ilmiy tadqiqotlar axborotnomasi. - Samarqand, 2016. 1-son (95), 100-104 b.

5. Yarashev Q., Meliyev B. Problems of studying and mapping paragenetic landscape complexes in Surkhandarya region // European Sciences review. Scientific journal. № 3-4. -Vienna, 2015. -p. 7-9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.