SAMARQAND SHAHRIDAGI MAKTABLARNING SXEMATIK JOYLASHUV XARITASINI ARC-GIS DASTURI YORDAMIDA YARATISHDA KARTOGRAFIK METODLARDAN FOYDALANISH
Bobokalonov M.X.
SamDAQU katta o'qituvchisi https://orcid.org/0000-0002-7222-2118
Obidova D.D.
SamDAQU stajor-o'qituvchisi https://orcid.org/0009-0002-6337-773X
Hamdamova D.O.
SamDAQU stajor-o'qituvchi dinorahamdamova@mail .ru
Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda Samarqand shahridagi maktablarning sxematik joylashuv xaritasini arc-gis dasturi yordamida yaratishda kartografik metodlardan foydalanish imkoniyatlari bayon qilingan hamda sxematik joylashuv xaritasini arc-gis dasturi yordamida yaratishda kartografik metodlardan foydalanish bo'yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: sxematik joylashuv, arc-gis dasturi, kartografik metodlar, xalq ta'lim tizimi.
Aholi muayyan bir hududda yashovchi kishilarning umumiyligi, birligi bo'lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish kuchi va ayni vaqtda u o'zi yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklarning iste'molchisidir. Shu sababli aholi yashash punktlarida ta'lim olish sifatini yaxshilash, ularning intellektual bilimini oshirish, ular yashab turgan hududda qanday ta'lim muassasalari borligini o'rganib, ularda qanday ta'lim olishni, qaysi fanlar chuqurlashtirilib o'tilishi, o'quvchilar soni, o'qituvchilarning saviyasi, aholi punktlariga nisbatan, qancha masofada joylashgani, aholiga bu muassasani qulay tomonlarini, geografik joylashishini, maktabni ta'lim sifatini o'zgarishini, maktabning tarkibini va boshqa xususiyatlarini chuqur o'rganib, ularni tasvirlash usullarini to'g'ri tanlab so'ng kartasini yaratish lozim. Mamlakat aholisini bilimini oshirishda va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda maktab kartalarini roli katta. Shu jihatdan kelib chiqqan holda, maktabni kartografiyalash, ta'lim berilayotgan resurslarini hisobga olishda va ulardan unumli foydalanishda, maktab tarkibini aniqlashda, maktabning atrof muhit ekologiyasiga ko'rsatayotgan ta'sirini aniqlash kabi muammolari hal etishda, hamda statistik ma'lumotlar tuzishda qo'llanilishi mumkin.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, elektron raqamli kartalarni yaratish metodikasi va texnologiyasi ishlab chiqilgunga qadar mavjud bo'lgan karta tuzish bosqichlari o'ta murakkab jarayonlarni o'z ichiga olgan [3].
Olib borilgan maqsadli izlanishlar natijasida GAT texnologiyalarining ustunligini, keng qamrovliligi bilan bir qatorda, fazoviy ma'lumotlarni kartografik tasvir asosida ifodalashdagi imkoniyatlarini ko'rdik.
Maqsadli tadqiqot ishini olib borish jarayonida shu narsa ma'lum bo'ldiki, ayrim hududlarning raqamli va elektron kartalarini yaratishda mavjud qog'ozli kartalardan asos sifatida foydalanish kutilgan natijani bermadi.
Shuning uchun tadqiqot ishi oldiga qo'yilgan masalalarni hal etish maqsadida birinchi navbatda kartografik asos yaratish talab etildi. Shu bois olib borilgan tadqiqot natijalarini kartalarda aks ettirish maqsadida kartografik asosni yaratishda masofadan zondlash materiallaridan foydalandik.
Xalq ta'limini kartalashtirishda bajariladigan geodezik ishlarga bog'langan bo'lib, bunda asosan "Geodizist" android ilovasi va GPS navigatori xotirasiga koordinatalar va markaziy meridianining koeffitsent tuzatmalarini kiritish, atributiv ma'lumotlar kiritish orqali serverga geolokatsiyalashning nazariy va amaliy asoslariga asosiy e'tibor qaratildi.
Shuningdek, geoma'lumotlar bazasiga axborotlarni to'g'ridan to'g'ri integratsiya qilish strukturasini ishlab chiqishga hamda avtomatik tahliliy ishlarni olib borishga qaratildi. Xalq ta'limining raqamli kartografik ta'minotini amaliyotga joriy etilish masalalari yoritildi.
Olingan tasvirlar ArcGIS dasturiga eksport qilinadi va tahlil ishlarini amalga oshirish mumkin.
Dasturda yaratilgan yangi kartografik asosga yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasi, ya'ni geolokatsiya usuli yordamida markaziy ma'lumotlar bazasiga to'plangan statistik ma'lumotlar joylashtirib o'zaro bog'landi. So'ngra kartografik tasvirlash usullaridan foydalangan holda Samarqand shahri maktablarining sxematik kartasi deb nomlangan ilk karta tuzildi (1-rasm).
Qf samarqand3t51 -ArcMap
1-rasm. Samarqand viloyati maktablarini ArcGIS dasturida yaratilgan kartasi
Mavjud GAT texnologiyalarining hozirgi kundagi versiyalari avvalgilarini to'la qamrab olgan va bir muncha takomillashgan. Amaldagi dasturiy ta'minotlar avvalgi elektron versiyalarida tuzilgan raqamli kartalardan samarali foydalanish imkonini ochib berdi [5].
Natijada yangi Samarqand viloyati hududlari maktab kartalarini yaratish, turli mavzuli, jumladan hududlardagi demogarfik ma'lumotlar bazalarini yaratish, ularni vizuallashtirish ishlarining barchasi dasturiy vositalarda amalga oshirildi.
Mavzuli karta va planlarni yaratish, ularni qayta ishlash, ma'lumotlar bazalarini shakllantirish, integratsiyalash hamda vizuallashtirish kabi ishlar GAT texnologiyasining asosiy maqsadli vazifalaridan biri deb qabul qilindi.
Bugungi kunda kartografiya sohasida yangi geoinformatsion kartografiyaning uslubiy va texnologik aspektlarining faolligini yaqqol ko'rishimiz mumkin [4].
Kartalarni tuzishda analogli usullar o'rniga GAT dasturiy ta'minoti asosida ma'lumotlar bazasini va elektron kartalarni yaratish metodlarini geoinformatsion kartografiya va geografik axborot tizimlarining ahamiyati katta [6].
GAT va texnologiya dasturlarga tayangan holda, Samarqand viloyatidagi talim tizimini tahlil qilib, tadqiqot ishining dastlabki bo'limlarida ishlab chiqilgan tizimlashgan texnologik sxemalar asosida elektron raqamli kartaning ikkinchi maktablarning 3D ko'rinishini kartasi tuzildi (2-rasm).
2-rasm. Samarqand shahridagi maktablarning 3D ko'rinishidagi kartasi
GAT dasturlarining yana bir katta imkoniyati shundaki, yaratilayotgan karta uchun kartografik asos tayyorlab olinsa statistik ma'lumotlar yordamida barcha mavzudagi kartalarni tez va sifatli tayyorlashga imkon yaratadi. Bunda albatta yaratiladigan karta masshtabidan yirik masshtabdagi kartografik asos tayyorlash talab etiladi. Maktablarning kartalarini sifatli yaratishning bu tizimi ish jarayonini
jadallashtiradi va shu bilan bir qatorda ishni sifatliligini hamda ma'lumotlarni aniqligini oshiradi.
Bundan tashqari GIS raqamli maktab kartalarni yaratish tizimidan biz tabiiy hamda antrapogen kuch ta'sirida hosil bo'lgan ob'ektlar, voqea va hodisalar haqida axborotlarni yig'ish hamda qidirishni ta'minlab beruvchi apparatlashtirishgan dastur sifatida foydalanildi.
Kartalar vizual (ko'z orqali), yoki kompyuter tomonidan, raqamli tarzda ko'rinishi mumkin. Vizual qiyoslaganda - inson intuitsiyasiga tayangan holda turli farq yoki o'xshashliklarni topish mumkin [5].
Fazoviy ma'lumotlarni GAT texnologiyalarda vizuallashtirishda bosh omil -fazoviy ma'lumotlarni qatlamli tashkil qilishi va bir tipdagi ma'lumotlarni qatlamlarga guruhlanishidir. Bu yerda bir tipdagi ma'lumotlar deganda o'xshash semantikaga ega yoki bir xil o'lchamga yohud topologik strukturaga ega bo'lgan ob'ektlarni tushunish mumkin [3].
Tadqiqot maqsadiga ko'ra, Samarqand shahri maktab kartalar tizimini yaratishni amalga oshirishni hisobga olib, vizualizatsiyaga maqsadning tasavvurdagi obrazidir.
Ma'lumki, dastlab GAT texnologiyalaridan aynan vizuallashtirish maqsadida foydalanilgan. Hozirgi kunda esa GAT texnologiyalari tomonidan turli shakldagi vizuallashtirish imkoniyatlari mavjud bo'lib, ma'lumotlarni nafaqat karta shaklida, balki foydalanuvchi bilan o'zaro muloqotni amalga oshirgan holda jadvallar, diagrammalar va boshqa shakllarda tasvirlanadi.
GAT texnologiyalarida vertual real tizimini yaratishi uchun vizual muloqot katta ahamiyat kasb etadi va unda barcha GAT texnologiyalari ko'rinishlari qo'llaniladi. Vizual muloqot orientatsiya va navigatsiya, tanlash, boshqarish hamda tahlil qilish funksiyalariga ajratiladi. Agar foydalanuvchi 3D muhit ichida bo'lsa, ushbu funksiyalar imkoni boricha 3D muhitda o'z aksini topishi kerak. Buni virtual olamning o'zidan foydalangan holda amalga oshirish mumkin [5].
Olib borilgan maqsadli tadqiqot ishi natijasi sifatida qaralayotgan Samarqand shahri maktab kartalarini yaratishda vizualizatsiya jarayonidan foydalanildi. Vizualizatsiya jarayonida kartografik usullar va zamonaviy GAT texnologiyalar dasturiy vositalari qo'llanildi.
Vizualizatsiya jarayonlarining maqsadi fazoviy ma'lumotlarni qayta ishlanishiga qarab bir-biridan katta farq qiladi. Ular oddiy yoki murakkab bo'lishi mumkin va ishlab chiqarish vaqti qisqa yoki uzoq bo'ladi [7]. Vizualizatsiya tarixiy ob'ektlar, shahar va landshaftlarda, ayniqsa arxeologiya va turizm, inson faoliyatining ko'plab sohalarida ishlatiladi [8].
Shu o'rinda vizualizatsiyaning axborotlarga boy ishlarini, strukturali va strukturasiz ma'lumotlari uchun yangi konstruksiyalarini yaratilishi namoyishlari mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Misol uchun, examples include TreeMaps, Cone Trees, Perspective Walls, StarField displays, Hyperbolic trees, DOITrees, SpaceTrees va boshqalarni o'z ichiga oladi [7].
Shu o'rinda, vizualizatsiya jarayonida kartalarning xususiyatidan kelib chiqib, fazoviy qayta ishlashdagi munosabati bilan ularning vazifalari kartografik asar ko'rinishidagi grafik ma'lumotlar bazasi yoki fazoviy ma'lumotlar manbasi grafigi hisoblanadi. Vizual mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tajribali mutaxassis vizualizatsiyani faollashtirish uchun grafik va fazoviy ma'lumotlar bazalarini yuqori aniqlikda tuzish zarurligi talab etiladi.
Vizuallashtirish jarayonida fazoviy ma'lumotlar axborotlarni qayta ishlash uchun to'plangan manbalardan ko'p sonli axborotlar va asos vazifasini o'taydigan kartalardan foydalaniladi. Bundan tashqari yana ko'plab ilmiy adabiyotlardan foydalanish talab etiladi [8].
Vizualizatsiya bugungi kunga kelib har bir sohalarda rivojlanib bormoqda. Zamonaviy GAT texnologiyalari asosida vizual tasvir yaratish har bir soha singari maktab kartalarini tuzishda ham ko'plab yutuqlarga erishish uchun zamin bo'la oladi. Buning uchun vizualizatsiyadan foydalanish orqali zamonaviy vizaul ekvivalent yaratiladi. Ma'lumotlar manbalari axborot grafikasi, axborotlarni tasvirlash, tadqiqot ma'lumotlarni tahlil qilish va statistik grafikalar bilan bog'liq. Bu esa o'z-o'zidan tadqiqot ishini mukammalligini oshirishda axborotlarni vizual tasavvurda izlanishlarga undaydi.
Fazoviy ma'lumotlarni qatlamli tashkil qilishda quyidagi ustunliklarga ega ekanligini aniqladik:
> kartani vizuallashtirishda qatlamlarning ko'rinarlilik holatini o'zgartirish imkoniyati;
> kartani vizuallashtirishda qatlamlarning tartibini o'zgartirish imkoniyati;
> kartalarni tuzishdagi mavjud har bir qatlamni vizuallashtirish parametrlarini mustaqil ravishda sozlash imkoniyati;
> kartalar qatlamlari bo'yicha mustaqil fazoviy tahlil imkoniyati;
> dasturiy vositalar asosida turli darajadagi detallangan va natijaviy qatlamlardan kartalarni shakllantirish imkoniyati.
Fazoviy ma'lumotlarni karta ko'rinishida vizuallashtirish va 3D o'lchamli vizuallashtirishning xususiyatlaridan kelib chiqish talab etiladi.
Shunday qilib, elektron raqamli kartalarni tuzish va jarayonlarni vizuallashtirishda geoma'lumotlar bazasiga axborotlarni to'g'ridan to'g'ri integratsiya qilish strukturasini ishlab chiqishga hamda avtomatik tahliliy ishlarni olib borish ishlari bilan birga masofadan zondlash materiallarini qayta ishlash va bunda barcha imkoniyatlardan kelib chiqib fazoviy ma'lumotlarni kartografik tasvir asosida ifodalashga imkon yaratildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. Oymatov Rustam Kamariddinovich "Geoaxborot tizim va texnologiyalari asosida qishloq xo'jaligining elektron kartalarini tuzish uslubini takomillashtirish (buxoro viloyati misolida)".
2. Mardonovich, P. I., Davronzoda, O. D., & Oglu, K. M. M. Update of agricultural electronic digital maps. international journal of innovations in engineering research and technology, 7(4), 1-3.
3. Мирзаев, А. А., Обидова, Д. Д., & Михеев, Д. О. (2020). Метрологический контроль электронных тахеометров на эталонном геодезическом базисе. журнал агро процессинг, (special issue).
4. Bobokalonov, M. K., & Khamdamova, D. (2022). Using arcgis software to create a land reclamation map. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(11), 385-388.
5. Муллоджанова, Г. М. (2020). Мавзули хариталарни яратишда маълумотлар базасини шакллантириш. журнал Агро процессинг, (special issue).
6. Разработка технологии съёмки и исследований состояний памятников архитектуры современными геодезическими методами. Издательство "фан" академии наук республики узбекистан. 15.03.2021. 168/10.8 п.л.. рекомендована к печати решением ученого совета самаркандского государственного архитектурно - строительного института имени мирзо улугбека
7. Muhandislik Geodeziyasi "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi". toshkent - 2021-y. 188/12 b.t. (grif raqami 137-019, 06.04.2016 y.)
8. Bobokalonov, T. M. K. (2022). The procedure for performing parametric equalization of a triangulation grid using Microsoft Excel. The Peerian Journal, 11, 19-30.
9. Haydarovich, B. M., Yarkulov, Z. R., & Mashrab, P. (2023). Main Characteristics of Geoinformation Technologies and Modern Gis. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 194-200.
10. Haydarovich, B. M., Lazizbek, I., Rakhmanovich, Y. Z., & Mashrab, P. (2023). Theoretical and Practical Issues of Water Cadastre Management. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 293-298.