UDK 656
GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI MA'LUMOTLAR BAZASI TUZILISHI
Rajapova Sayyora Sotivoldiyevna Toshkent davlat transport universiteti, katta o'qituvchisi, sayyora [email protected], +998 93 503 80 59
Abdullayeva Nozima Xoshimovna, NamMQI, katta o'qituvchisi, [email protected], +998907410829
Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridan biri geografik axborot tizimlarini ma'lumotlar bazasini yaratish xususida bir qator fikr-mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, bu zamonaviy tizimlarni axborot ta'minoti manbaalari va e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar sharhi keltirilgan.
Аннотация: В данной статье представлен ряд мнений по созданию базы данных геоинформационных систем, одной из областей информационных и коммуникационных технологий. Также приведен обзор источников информационного обеспечения этих современных систем и аспектов, на которые следует обратить внимание.
Abstract: This article presents a number of opinions on the creation of a database of geographic information systems, one of the areas of information and communication technologies. It also provides an overview of the sources of information support for these modern systems and aspects to which attention should be paid.
Kalit so'zlar: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), geografik axborot tizimlarini (GAT), geoaxborot tizimlari ma'lumotlar bazasi, GPS navigatsiya tizimi, elektron (raqamli) xaritalar, ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT).
Ключевые слова: информационно-коммуникационные технологии (ИКТ), геоинформационные системы (ГИС), база данных геоинформационных систем, навигационная система GPS, электронные (цифровые) карты, системы управления базами данных (СУБД).
Keywords: information and communication technologies (ICT), geographic information systems (GIS), database of geographic information systems, GPS navigation system, electronic (digital) maps, database management systems (DBMS).
Kirish
O'zbekiston Respublikasining jadal rivojlanishining muhim sharti ilm-fan va texnika imkoniyatlaridan keng foydalangan holda iqtisodiyot, ijtimoiy, transport va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishdan iborat.
Endilikda mamlakatimizning rivojlanayotgan barcha sohalarining jahon taraqqiyoti yetakchilari qatoriga tez va sifatli kirib borishini ta'minlash uchun zamonaviy innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan islohotlarni amalga oshirishni va qo'llab-quvvatlashni taqozo etmoqda.
Turli hududlarning tumanlari va aholi punktlari o'rtasidagi aloqalarni ta'minlovchi transport tizimi va uning ekspluatatsiya holati hamda yo'l tarmog'ining rivojlanishi, shuningdek, qo'shni hududlarning avtomobil yo'llari tarmog'ini integratsiyalashuvi ko'p jihatdan barqaror iqtisodiy o'sishga erishish, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirish, yangi islohotlarni amalga oshirish va alohida hududlarning transport tizimini mamlakatning yagona transport tizimiga integratsiya qilish vazifalarini hal qilishni
belgilaydi. Bu esa zamonaviy geografik axborot tizimlarining yanada kengroq joriy etilishini va ularning axborot bilan ta'minlanishi sifatini oshirishni taqozo etadi [1].
Taxlillar
Har bir geografik axborot tizimining asosiy negizini ma'lumotlar bazasi (MB) tashkil etadi. Ma'lumotlar bazasi deganda ob'yektning holatini, uning xossalari va boshqa ob'yektlar bilan o'zaro munosabatlarini aks ettiruvchi ma'lumotlarning nomlangan to'plami hamda bu ma'lumotlar bazasini yuritish uchun zarur bo'lgan texnik va dasturiy vositalarning kompleksi tushuniladi. Umumiy ma'noda ma'lumotlar bazasi - bu maxsus tashkil etilgan yozuv va fayllar to'plamidir [2].
Jadval - bitta tuzilmaning yozuvlari to'plami.
Yozuv (jadvaldagi qator) - mantiqiy bog'liq bo'lgan maydonlar to'plamidir.
Maydon (jadvaldagi ustun) - ma'lumotlarni mantiqiy tashkil etishning elementar birligidir.
Maydonlarni tavsiflash uchun bir qator belgilar qo'llaniladi: nom; turi (ramziy, raqamli, kalendar, pul, mantiqiy, hisoblagich - seriya raqami); uzunlik (bayt yoki belgilar bilan); aniqlik (raqamli ma'lumotlar uchun - sonning kasr qismidagi kasrlar soni).
Barcha jadvallar quyidagi xususiyatlar to'plami bilan tavsiflanadi: jadvalda ikkita bir xil qator mavjud emas; jadvaldagi barcha ustunlar (maydonlar) bir hil, ya'ni, ustundagi barcha elementlar bir xil turga va uzunlikka ega; munosabatdagi har bir atribut o'ziga xos nomga ega; jadvaldagi satr va ustunlar tartibi ixtiyoriy.
GATning MBsida, masalan, ob'yektning nomi, u joylashgan viloyat yoki shahar, u haqida joy kartasi, ob'yektning iqtisodiy geografik va boshqa ko'rsatkichlari saqlanishi mumkin.
MBning iyerarxik, tarmoqli va relyatsion modellari farqlanadi.
Iyerarxik ma'lumotlar bazasi modelida axborotlar qat'iy qaramlik bo'yicha yoziladi. Bunday tarkibga ega ma'lumotlarni saqlash quyidagi rasmda keltirilgan model yordamida yaxshi tushunilishi mumkin (1-rasm).
1-rasm. Ma'lumotlar bazasi iyerarxik modeli chizmasi.
Ma'lumotlarning tarmoqli bazasidan axborotlarning tarkibi oddiyga nisbatan ancha murakkab bo'lganida foydalaniladi. Ma'lumotlarning tarmoqli va iyerarxik bazalari juda aniq qo'yilgan munosabatlar to'plamidan iborat bo'ladi, shuning uchun ma'lumotlar tarkibini dastlab tanlash zarur (2-rasm).
2-rasm. МаЧитоЙаг bazasini iyeraxik июс1е1с1а tasvirlash.
Ma'lumotlar bazasi tarkibiga о'zgarish kiritish та'1ишойаг Ьа2ав1п1 дау1а дипвИш ап§1а1аё1. Ыгог Ыг 2агиг Бауо^а ]ауоЬ оИбЬ иеЬип еБа тахБШ ёаБ1иг yozishga tо'g'ri keladi. Foydalanuvchilaming savollariga javob berish uchun Ьа^ап haftalab, оу1аЬ vaqt talab qilinadi, natijada ma'lumotlar о'z dolzarbligini yо'qotadi.
1уегагак уа 1агшод11 шоёе11аг1п1п§ кашсЫНЫап ma'lumotlaming уап§1 - ге1уа1Б1оп тоёеН рауёо Ьо'lishiga sabab bо'ldi. Relyatsion model МВ 1агк1Ып1 8оёёа1а8Ь11г18Ь§а qaratilgan. Unda hamma ma'lumotlar qator va шШп1аМап 1Ьога1 Ьо'lgan sodda jadvallar kо'rinishiga keltiriladi. Ma'lumotlar bazasining Ьаг Ыг ]аёуа11§а шахБиБ пот Ьеп1аё1. Наг Ыг §ог12оп1а1 qatoгning а1оЫёа fizik шohiyati шау]иё, шasa1an, Ыгог Ьiг шa'шuгiy Ьиёиё. Каг1^а и alohidagi maxsus grafikli obyekt Ьо'^Ы mumkin. Jadvalning barcha N - qator1arida уi1oyatning shuncha М - hududi ifodalanadi, ya'ni jadvalning har bir qatori ushbu hududga tegishli ma'lumotni о'zida jamlaydi [3].
^уа1п^ haг Ьiг ustunida joy1ashgan raqam1arning Ьaгchasi Ьiг tuгga tegish1i ша'1итойаг hisoblanadi. Masalan, rayon markazi ustunida faqat sо'zlar bо'lsa, maydon ustunida о'nlik sonlar, Ш ustunidagi ЬиШп sonlar foydalanuvchilar tomonidan о'matilgan оЬ^еИат^ kodini bildiradi. Jadvallararo aloqa hoshiyalar bо'yicha amalga oshiriladi (1-jadуa1).
1-jadval
Toshkent viloyati tumanlari haqida ma'1umot
ГО Rayonlar Markazi Obyekt Rayon maydoni, тт^ «а ЛЫИ SOni, 111П1« kishi
1 2 3 Bekabod Во'ка Bо'stonliq 2аГаг Во'ка G'azalkent 101 102 103 75.6 59 493 25 67 78
15 Quyi Chiгchiq Dо'stobod 115 55.9 46
Har bir jadval o'ziga tegishli oldindan ma'lum darajada nomlangan ustunlar to'plamiga ega. Jadval hoshiyalari odatda ob'yektlar atributlariga mos keladi, jadvalda qatorlar sonlari cheklanmagan, har bir yozuv biror-bir ob'yekt haqidagi axborotlarni o'zida mujassamlaydi. Hozirgi kunda ma'lumotlarning relyatsion bazasi axborotni saqlash uchun ommabop bo'lgan model hisoblanadi, chunki u o'zida tasvirni ko'rgazmali tasvirlashni, ular bilan ishlashni ma'lum darajada soddalashtirishni ta'minlaydi.
Natijalar
Kartografiyada GATdan foydalanishda, ma'lumotlar bazasining relyatsion modelida ikki turkum ma'lumotlar saqlanadi - grafikli va atributli (mazmunli). Ma'lumotlarning grafikli bazasida kartaning grafikli yoki o'lchamli asosi raqam ko'rinishida saqlanadi. Ma'lumotlarning mazmunli bazasida esa kartaning mazmuni va kartaga to'g'ridan-to'g'ri kiritilishi mumkin bo'lmagan fazoviy ma'lumotlarga tegishli qo'shimcha axborotlar saqlanadi. Ularga obyektning sifati tavsifini ifodalovchi mintaqaning matni kiradi, ob'yekt atributlarini o'z ichiga olgan jadval atributiv jadval deyiladi.
Kartografik atributiv axborot - bu ob'yekt yoki hodisalarning miqdor va sifat jihatdan tavsifi haqidagi raqamli yoki matn - grafikli ko'rinishidagi axborotlardir. Masalan, qishloq xo'jalik ekinlarini ifodalaydigan atributlarni quyidagicha berish mumkin (2-jadval). Xuddi shunday qilib shaharlar bo'yicha aholi soni, teatrlar, konsert zallari, avtomobil va aloqa yo'llari uzunligi ma'lumotlarini jadvalda to'plash, rayonlar bo'yicha esa uning umumiy maydoni, yerlardan foydalanuvchilar soni, korxona xodimlarining ismi-sharifi, jinsi, yoshi, ish staji, oylik maoshi va h.k. haqidagi ma'lumotlarni saqlash uchun atributiv jadvallar ishlatiladi.
GATda ma'lumotlarni saqlashdan tashqari, ularni tasvirlash va ta'riflash uchun ma'lumotlar bazasini boshqaradigan maxsus tizimli dasturlar ham mavjud. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanish jarayonida axborotlarni qidirish, tanlash, bir-biriga qo'shish va xatoliklarni tuzatish ishlarini bajarish mumkin. Bu modul yangi atributiv jadvallar tuzish, ularni to'ldirish va karta bilan bog'lash imkonini ham beradi [4].
2-jadval
GAT ma'lumotlar omborida atributiv jadvallar
Atribut Mohiyati
Obyektning tasnifi bo'yicha kodi 1256
Ekin ekiladigan yerlar 1. Botqoqli 2. Sug'oriladigan 3. Mavsumiy sug'oriladigan 4. Quriq yerlar
Madaniylashganligi 1. О^ madaniylashgan 2. Kam madaniylashgan 3. Tashlandiq yerlar
Maydoni 25 ga
Perimetri 6428 m
Istalgan GATda barcha ob'yektlar va ularning soddalashgan ko'rsatkichlari o'zining tartib raqamiga yoki kodiga ega bo'lishi kerak. Ular yordamida grafik ma'lumotlarga tegishli mazmun berilishi mumkin. Identifikatorlardan foydalanish kartografik tasvirni ko'rish va uni taxlil qilishda katta imkoniyatlar yaratadi. Foydalanuvchi ob'yektni ko'rsatsa, masalan, kursor bilan, unda dastur ob'yektning farqlovchisini o'zi aniqlaydi, ob'yektga tegishli bitta yoki bir
песЫа та'1ито^аг bazasini topadi va aksincha, dastur ma'lumotlar bazasiga ко'га grafikli ob'yektning о'пиш 1:ор1зЫ титкт (З-гавт, 3-]аёуа1).
3-rasm. Toshkent vi1oyati ma'muriy kartasi.
GATdagi grafikli va аШЬШ;^Н ma'lumotlar bazalari orasidagi bog'liqlik.
GATdagi atributiv1i ma'1umot1ar bazasi
3-jadval
Rayonlar пони ГО Лholi punktlari soni Maydoni, ming «а Лholi soni, ming kishi Shahar aholisi, ming kishi Qishloq ming kishi
Bekobod 1
Bо'ka 2
Bо'stonliq 3
Paгkent 7
ОЛТ ma'lumotlar bazasida axЬoгot1aг Ьi1an bog'liq bir qancha operatsiyalar amalga oshiri1adi. ОЛТ - Ьи шutaxassis-tah1i1chi1aг Ьoshqaгuуi ostida Ьo'1gan integгastiya1angan koшpyuteг tizimidir, и fazoуiy o'zaro bog'lanishi aniqlangan ma'lumotlami to'p1ash, saq1ash, шanipu1yastiya qi1ish, tah1i1 qi1ish, шode11ash уа aks ettiгish ish1aгini aшa1ga oshiгadi (4,5-гasш1aг).
4-rasm. Geografik axborot tizimining sxemasi.
Xulosa
GPS qurilmasi orqali GATdasturlariga ma'lumot olish turli xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, syomka qilingandan so'ng maxsus dasturlar yordamida GPS qurilmasining xotirasidagi ma'lumotlarni qayta ishlash va bu ma'lumotlarni GAT dasturlariga jo'natish yoki to'g'ridan to'g'ri maxsus GATning ichida joylashgan dasturlar orqali qayta ishlash mumkin. Hozirgi kunda yer resurslarini boshqarish tashkilotlarida ishlatilayotgan Panorama dasturida ham shunday dastur mavjud va bu ma'lumot olish NMEA 0183 tizimi orqali amalga oshiriladi. NMEA 0183 bu GPS navigatsiya qabul qilgichlari va undan foydalanuvchilar o'rtasidagi ma'lumotlar almashinuvini uzatuvchi format turidir. GPS import dasturi orqali koordinatalar dasturi File/Import from/GPS Koordinates/NMEA or File/Refresh/Koordinates GPS/NMEA orqali amalga oshiriladi (6- va 7-rasmlar) [5].
ТО PLASH
ISHLOV BERISH VA TAHLIL QILISH
AKS ETTIRISH
Raqamli kartalar
Kiradigan atributiv ma'lumotlar
Fazoviy ma'lumotlarga ishlov berish tizimi
Geografik axborot ma'lumotlar bazasi
Raqamli foto va video tasvirlar
Atributiv axborot ma' lumotlar bazasi
Kiradigan fazoviy ma'lumotlar
s /
/
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi
CHIQADIGAN KARTALAR
Yasama kartalar proeksion kartalar interpratatsion kartalar ko'p qatlamli kartalar maydoni —Riasolalar Urnumiy ma'lumotlar bazasi
JADVALLI VA STATISTIK AXBOROT
5-rasm. GAT ma'lumotlarini to'plash, ishlash, tahlil qilish va chiqarish jarayonlarining sxematik ifodalanishi.
6-rasm. Trimble GeoXH GPS qurilmasi (Manba: Trimble veb - sahifasi)
7-rasm. GPS qurilmasi orqali ma'lumot olish (Manba: Internet).
Xulosa sifatida aytadigan bo'lsak, transport sohasida geografik axborot tizimlarining rivojlanishi, ma'lumotlar bazasining eng ishonchli ma'lumotlar bilan ta'minlanishi foydalanuvchilar uchun maksimal qulaylikni ta'minlaydi, ixtisoslashtirilgan (qimmat) apparat yechimlaridan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga o'tish uchun sharoit yaratadi [6].
Ommaviy raqamli gadjetlar va mobil ilovalarga asoslangan ishlab chiqilgan yechimlar avtomobil transporti tizimining barcha ob'yektlarini yagona ekotizimga birlashtiradi va ularning ish samaradorligini oshiradi hamda transport tizimi foydalanuvchilariga qulayliklar yaratib beradi.
ADABIYOTLAR
1. M.M.Ergashev, Q.M.Inoyatov, A.N.Inamov., Avtomobil yo'llarida geoaxborot tizimlari., o'quv qo'llanma, 2019 yil, Namangan.
2. Касимов, О. К., & Ражапова, С. С. (2020). ПЕРСПЕКТИВЫ ВНЕДРЕНИЯ НОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ТРАНСПОРТНОЙ СИСТЕМЫ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Экономика и социум, (6), 710-715. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=44002983
3. Касимов, О. К., & Ражапова, С. С. (2019). ИТС В АВТОДОРОЖНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Экономика и социум, (4), 393-397. https://elibrary.ru/item.asp?id=38595079
4. Khakimov, S., Rajapova, S., Amirkulov, F., & Islomov, E. (2021, December). Road Intersection Improvement-Main Step for Emission Reduction and Fuel Economy. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 939, No. 1, p. 012026). IOP Publishing. https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/939/1/012026/meta
5. INTELLIGENCE OF TRANSPORT SERVICES IS A PRIORITY OF SYSTEM EFFICIENCY, SS Rajapova - ... : Innovative, educational, natural and social sciences, 2021, https://cyberleninka.ru/article/n/intelligence-of-transport-services-is-a-prioritv-of-system-efficiency/viewer.
6. РАЖАПОВА С., ШАКИРОВ А., АВТОМАТИЗАЦИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ ФУНКЦИЙ НА ПАССАЖИРСКОМ АВТОМОБИЛЬНОМ ТРАНСПОРТЕ., ЭКОНОМИКА И СОЦИУМ, 3-2 (82), 2021, стр. 258-262, https://www.elibrary.ru/item.asp?id=45784479