Научная статья на тему 'UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI KARTOGRAFIYA SOHASIDA QO‘LLASH TAMOYILLARI'

UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI KARTOGRAFIYA SOHASIDA QO‘LLASH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1629
211
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hududning 3D modeli / fotogrammetriya / dron / kosmik / qo'l san'atlari / kartografiya / aerofotosuratlar / orientatsiya elementlari. / 3D model of territory / photogrammetry / drone / cosmic / craft / cartography / air shooting / orientation elements.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aralov M.M, Berdiyev D.F, Abdiaziziov A.A

Ushbu maqola foydalanuvchiga mintaqadan geografik ma'lumotlarni olishda odatiy geodeziya asboblaridan emas, balki dronlardan foydalangan holda muammolarni hal qilishda vaqt va aniqlikni olishga yordam berish uchun mo'ljallangan. GIS texnologiyasining paydo bo'lishi natijasida uchuvchisiz uchadigan qurilmalar dasturiy ta'minot, landshaft dizayni, qamrovni boshqarish va 3D modellarni boshqarish bilan jihozlangan. Futhermore ilmiy-amaliy geografik muammolarni, masalan, yig'ish, tahlil qilish, qayta ishlash, tasvirni qayta ishlash, uzatish, ro'yxatdan o'tkazish, prognozlash va kosmik ma'lumotlarni boshqarish kabi masalalarni hal qilishda samarali foydalaniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF USE OF DRAFT FLIGHTS IN CARTOGRAPHY

This article is intended to help the user gain time and clarity when resolving issues by using unmanned aerial vehicles rather than using conventional geodetic instruments in obtaining geographical information from the region. As a result of the emergence of GIS technology, unmanned aerial vehicles are equipped with software, landscaping, coating control and 3D model control. Futhermore used effectively in addressing scientific and practical geographical issues such as space data collection, analysis, processing, imagery, transmission, recording, forecasting and management.

Текст научной работы на тему «UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI KARTOGRAFIYA SOHASIDA QO‘LLASH TAMOYILLARI»

Scientific Journal Impact Factor

UDK 52S.1

UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI KARTOGRAFIYA SOHASIDA

QO'LLASH TAMOYILLARI

Abstract: This article is intended to help the user gain time and clarity when resolving issues by using unmanned aerial vehicles rather than using conventional geodetic instruments in obtaining geographical information from the region. As a result of the emergence of GIS technology, unmanned aerial vehicles are equipped with software, landscaping, coating control and 3D model control. Futhermore used effectively in addressing scientific and practical geographical issues such as space data collection, analysis, processing, imagery, transmission, recording, forecasting and management.

Key words. 3D model of territory,photogrammetry,drone,cosmic, craft cartography ,air shooting ,orientation elements.

Аннотация: Эта статья предназначена для того, чтобы помочь пользователю получить время и ясность при решении проблем, используя беспилотные летательные аппараты, а не обычные геодезические приборы при получении географической информации из региона. В результате появления технологии ГИС беспилотные летательные аппараты оснащены программным обеспечением, ландшафтным дизайном, контролем покрытия и контролем SD-модели. Futhermore эффективно используется при решении научных и практических географических вопросов, таких как сбор, анализ, обработка, обработка изображений, передача, регистрация, прогнозирование и управление космическими данными.

Ключевые слова 3D модель территории, фотограмметрия, беспилотник, космический, ремесло, картография, воздушная съемка, элементы ориентации.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2017 yil 13 dekabr kuni ег resurslari, geodeziya va kadastr sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi

QarMII "Geodeziya, kadastir va erdan foydalanish" kafedrasi katta o „qituvchisi Aralov M.M assistenti: Berdiyev D.F assistenti: Abdiaziziov A.A

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

rahbarlarining soha faoliyatini takomillashtirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlari eshitildi va tegishlicha topshiriqlar berildi.

Ma'lumki, er va ko'chmas mulk kadastri ishlarini yaxshilash maqsadida joriy yilda "Ergeodezkadastr" davlat qo'mitasi tarkibiy tuzilmasi va faoliyat yo'nalishlari qaytadan tasdiqlandi. "Ergeodezkadastr" qo'mitasining asosiy faoliyat yo'nalishlari etib er resurslaridan oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasi faoliyati bo'yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta'minlash, er resurslaridan oqilona foydalanish, erlarni saqlash va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati samaradorligini kuchaytirish bo'yicha davlat dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, ko'chmas mulk ob'ektlarining elektron ma'lumotlar bazasini takomillashtirish va doimiy yangilab borish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etgan holda, davlat kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash, tadbirkorlik sub'ektlariga tezkor va sifatli xizmatlar ko'rsatish belgilandi.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida uchuvchisiz uchish apparatlarining yaratilishining ahamiyati obyektiv ochib berildi. Bugungi kundagi matematik amallarning inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda talabalarga o'rgatish bosqichlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.

So'ngi yillarda fan texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan bir davrda xalq xo'jaligining turli sohalarida yangi texnologiyalardan foydalanish inson faoliyatining har xil muamolarini echish uchun uchuvchisiz uchish apparatlariga qiziqish ortib bormoqda.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi erlarini va ekish ishlari nazoratini kuchaytirish maqsadida zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish ishlarini yakunlash, bunday apparatlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish maqsadida innovatsion markaz tashkil etish yuzasidan qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.

Uchuvchisiz uchish apparatlari er yuzini 100 metr balandlikdan o'nlab kilometr balandlikgacha aerofotos'yomka qilish o'tgan asrning 25-yillarida vujudga keldi va kartografiyada haqiqiy innovatsiya bo'ldi. Agarda o'sha vaqtlarda bu ishni amalga oshirish uchun bir necha o'nlab odam kerak bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib bu jarayon ancha osonlashdi. Buning asosiy sababi qilib uchuvchisiz uchish apparatlarining ixtiro qilinishi va ularning bu ishlarni amalga oshirishga ixtisoslashtirilganidadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

Aerofotosyomka qiluvchi uchuvchisiz uchish apparatlari shu qadar ixchamki u haqiqiy samalyotga emas balki avikonstruktorga o'xshaydi. Uchuvchisiz uchish apparatlarining qanotlari kengligi-140 sm, og„irligi—4 kg bo'lib 8 soatgacha uchish imkoniyatiga egadir. U har qanday avtomashinaning yukhonasiga joylashadi. O'zining texnik ko'rsatkichlari bo'yicha katta bo'yicha katta samalyotdan yaxshiroq. Bu apparat past-balandliklarda bulutlardan pastda va tog'li hududlarda uchishi mumkin. Zamonaviy samalyotlardan farqli o'laroq bu qurulmada nostandart V si mon muvazanat saqlovchi dum qanotlar mavjud. Ular uchish vaqtida juda ham yuqori muvazanatni taminlaydi. Aerofotos'yomka vaqtida og'ish burchagi juda kichik bo'lishi shart, aksincha suratlar tiniq bo'lmaydi. Fotoapparatning turg'unligini saqlash uchun vibratsiyani kamaytiruvchi platforma javobgar va buning oqibatida suratlar tiniq va sifatli chiqadi. Uchuvchisiz uchish apparatlari er bilan ikki tomolama aloqaga ega bo'lgan radioperidatchik orqali bog'langan.

Qurilma GPS datchik yordamida fazoda orientr oladi va shu bilan birgalikda qurulmaning bosh qismida biometrik sensorlar mavjud bo'lib ular tezlikni balandlikni va tezlanishni o'lchab borishadi. Uchuvchisiz uchish apparatlarini maxsus stansiya qurulmasi orqali boshqariladi va u yordamida yo'nalishlar belgilanadi. Uchish yo'nalishi radiomadem antenna orqali samalyotga yuklanadi.

Uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish stansiyasi yordamida uchish topshirig'i bajarilishini samalyotning uchish holatini kuzatish uchun topshirig'iga o'zgartirishlar kiritish mumkin.

Uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirilgan aerofotos'yomka ishlari tugagach olingan suratlar kameral sharoitda qayta ishlash uchun mutaxassisga etgaziladi. Mutaxassis maxsus dasturlar yordamida ularni qayta ishlaydi va bir-biriga biriktirib kartani hosil qiladi.

Uchuvchisiz uchish qurilmasilaridan foydalanib qishloq xo'jaligi erlari monitoringini o'tkazish, qishloq xo'jaligi ekinlarini o'g'itlash davrida fosfat mineral o'g'itlarini vaqtida etkazib berish bo'yicha mavjud muammolarni engillashtirib, er maydonlarini monitoringi, hosil rivojini nazorat qilishda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish ijobiy natija berayotganini ta'kidlab o'tish lozim. SHunday ekan uni xalq xo'jaligining quyidagi sohalarida qo'llanilib kelinmoqda:

- qishloq xo'jaligida

- sanoatda

- qurilishda

- muhandislik geodeziyasida

- metrologiyada

- kartografiyada

- ekologiyada

- xavfsizlik va boshqa ko'plab yo'nalishlarda.

Scientific Journal Impact Factor

Uchuvchisiz uchish apparatlarning yangi fotogrammetrik asbob sifatida dastlabki qo'llanilishi ikki an'anaviy usullarning ya'ni kosmik va samolyotlarda bajarilgan aeros'yomkalarga nisbatan tezkorligi aniqlandi.

Xaritalarni barpo qilishda fotogrammetriya usulida uchuvchisiz uchish apparatlarni "fotogrammetrik asbob" degan iborani qo'llashimiz uning xaritani elektron taxeometr bilan bajarilgan tezlikda va undan aniqroq natijaga erishish imkoniyati yaratilganligida [1].

Uchuvchisiz uchish apparatlar va olingan surat

Ma'lumki, bugungi kunda er kadastr tizimida qo'llanilayotgan kartografik materiallar kadastr raqamli kartalarini tuzishda ham aerokosmik suratlardan asos sifatida foydalaniladi. Kadastr tizimida asosiy manba bo'lib masofadan zondlash ma'lumotlari hisoblanadi. Aloqa ob'ektlari raqamli elektron kadastr kartalarni tuzish va yangilashning aerokosmik metodi quyidagilarda ishlatiladi: kartalarni yangilashda, sodir bo'lgan o'zgarishlarni aniqlashda va boshqalarda. Amaliyotda surat fototonini o'lchash va fotogrammetrik ishlov berish avtomatlashtirilgan tarzda olib borilishi mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Kartalarni yangilashda deshifrovka ishlari eng murakkab jarayon xisoblanadi. Buning uchun geografik va topoasoslarga kiritilishi talab etiladigan o'zgartirishlar darajalarining ko'rsatkichlari miqdor va sifat jihatdan baholanishi talab etiladi.

Vaqt davomida vujudga kelgan o'zgartirish darajalarining ko'rsatkichlarini miqdor va sifat jihatdan baholanishning eng maqbul va samarali usuli masofaviy ma'lumotlardan foydalanishdir.

HU IBM ITU«U «.WAUklÉ • - 1VIII.V1VL ira ItfU

Olingan suratlar bo'yicha Olingan natija bo'yicha

hosil bo'lgan ortofotoplan yaratilgan raqamli topogrfik karta

Kartografiyaning rivojlanishida geoinformatsion tizimning vujudga kelishi va jadal rivojlanishi natijasida Uchuvchisiz uchish apparatlari ikkita asosiy yo'nalish bo'yicha rivojlanmoqda:

- Kartografik masalalar muammolarini echish, joyni tasvirga tushirish, bo'ylama va ko'ndalang qoplamalarni uchish jarayonida nazorat qilish (onlayn), tashqi va ichki orientirlash elementlari qiymatlarini dastur yordamida tezda aniqlash va fototriangulyasiya to'rini yaratish fototopografik mahsulotni yaratish va joyning uch o'lchamli modelini yaratish.

- Fazoviy ma'lumotlarni yig'ish, ularga ishlov berish, tasvirlash, tarqatish, atrof muhit ob'ektlarini ro'yxatga olish, natijani tahlil qilish, modellashtirish, bashoratlash va boshqarish bilan bog'liq ilmiy va amaliy geografik masalalarni echishda samarali foydalanish uchun joy haqidagi malumotlar va bilimlarni birlashtirishni ta'minlaydigan GAT dasturlaridan foydalanish va ularni amalda qo'llash malakaviy ko'nikmalarini shakllantirish.

- Uchuvchisiz uchish apparatlarning texnologiyasi birinchi navbatda topografik kartografiya masallarini echishda zarur chunki bu usul boshqa alternativ usullardan ko'ra ko'proq miqdordagi ma'lumotga ega. 1:2000 va undan yirikroq masshtabdagi materiallarni olishda ma'lumot etarli darajada deb hisoblanadi.

Scientific Journal Impact Factor

Bu texnologiya ana'anaviy aerofotos'yomkaga nisbatan xar xil ob'ektlar, turli xil maqsadlarda foydalaniladigan erlarni monitoring ishlarini bajarishda operativ, kam xarajat va mehnat talab qiladi [2].

Ushbu usulning avzalligi uning yangiligida emas balki uning soddaligi iqtisodiy samaradorligida. Hozirgi vaqtda barcha ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilar uchun barcha qulayliklari bilan ya'ni, apparatni uchirishdan yakuniy mahsulotni bajarish texnolgiyasi bilan birgalikda taqdim etmoqda. Ammo ishlab chiqaruvchi birinchi navbatda uchuvchisiz apparatlarning konstruktorlari geodezist yoki kartograf emaslar, ular bajariladigan ishlarning barcha jihatlarini hisobga olishmaydi.

Hozir amalda uchuvchisiz uchish apparatlarni topografiyada iqlim xududini, kartografik usullarning turlari va joyning xususiyatlarni e'tiborga olgan holda qo'llash uchun mukammal usul yo„q.

1. Malumotlar yig'ish tizimining algoritmini o'rganish.

2. Tizimni tuzish uchun optimal texnik vositalarni tanlash.

3. Maxsus dasturiy ta'minot tizim paketini layoqatliligini aniqlash.

4. Tizimni sozlash, tuzatish va ishlash faoliyatini nazorat qilish.

5. Joyda o'lchash ishlarini bajarish va taqqoslash.

6. Olingan geoma'lumotlarni qayta ishlash va vizuallashtirish.

Xulosa qilib aytganda, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari oldida turgan vazifalarni bajarishni jiddiy osonlashtiradi, erdan oqilona foydalanmaslikni monitoring qilish, qurilish ishlari, davomli ob'ektlar (temir yo'llar, quvuro'tkazgichlar va boshqalar)ni amalga oshirishda va favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik imkonini beradi, shaharsozlik ishlari va geoaxborot xaritalarini yaratishni soddalashtiradi. Uchuvchisiz uchish apparatlarning yuqorida keltirilgan yo'nalishlar bo'yicha bajarilganda eng asosiy afzaliklaridan biri bu inson xayotiga xavf tug'dirmasligini aytish lozim.

1.Z.D.Oxunov., I.Y.Abdullayev. "Fotogrammetriya O'quv qo'llanma. T., Cho'lpon. 2007.

2.И.Обиралов. А.Н.Лимонов., Л.А.Гаврилова., "Фотограмметрия и дистанционное зондирование " Учебник. М. Колос, 2006.-334 с.

3. www. foto gram. ru,

4. www.bolshe.ru.

5. http /www. GIS.ru

XULOSA VA TAKLIFLAR

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.