Научная статья на тему 'TEPAQO‘TON KONIDA QAZISH ISHLARINI NOBUDGARCHILIKSIZ OLIB BORISHNING ISTIQBOLLI YECHIMLARI'

TEPAQO‘TON KONIDA QAZISH ISHLARINI NOBUDGARCHILIKSIZ OLIB BORISHNING ISTIQBOLLI YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
240
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Foydali qazilma / qazish texnologiyasi / qazish maydoni / stolbali qazish / gorizontal kenglik / nobudgarchilik / lahm / selik / gipsometriya. / Minerals / excavation technology / excavation area / columnar excavation / horizontal width / loss / lahm / tselik / gypsometry.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aralov M.M, Berdiyev D.F, Abdiaziziov A.A

Ushbu maqolada kon sharoitlarini o‘rganish, qazish tizimini samaradorligini aniqlash, stolbali qazish usullarini to‘g‘ri va aniq qo‘llash, qazish tizimini afzalligi va kamchiliklarini aniqlash, usulni qo‘llanilish tartiblari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUCCESSFUL SOLUTIONS FOR EXTRACTION IN TEPAKATAN DEPOSIT AND INSTRUCTION IN TEPAKATAN DEPOSIT WITHOUT DAMAGE

This article discusses the study of mining conditions, determining the efficiency of the excavation system, the correct and accurate application of columnar excavation methods, identifying the advantages and disadvantages of the excavation system, the application of the method.

Текст научной работы на тему «TEPAQO‘TON KONIDA QAZISH ISHLARINI NOBUDGARCHILIKSIZ OLIB BORISHNING ISTIQBOLLI YECHIMLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

UDK 528.1

TEPAQO'TON KONIDA QAZISH ISHLARINI NOBUDGARCHILIKSIZ OLIB BORISHNING ISTIQBOLLI YECHIMLARI

Aralov M.M

QarMII "Geodeziya, kadastir va erdan foydalanish" kafedrasi katta o„qituvchisi

Berdiyev D.F

QarMII "Geodeziya, kadastir va erdan foydalanish" kafedrasi assistenti

Abdiaziziov A.A

QarMII "Geodeziya, kadastir va erdan foydalanish" kafedrasi assistenti

Annotatsiya. Ushbu maqolada kon sharoitlarini o'rganish, qazish tizimini samaradorligini aniqlash, stolbali qazish usullarini to'g'ri va aniq qo'llash, qazish tizimini afzalligi va kamchiliklarini aniqlash, usulni qo'llanilish tartiblari ko'rib chiqilgan.

Kalit so„zlar. Foydali qazilma, qazish texnologiyasi, qazish maydoni, stolbali qazish, gorizontal kenglik, nobudgarchilik, lahm, selik, gipsometriya.

Аннотация. В данной статье обсуждается изучение условий горных работ, определение эффективности системы земляных работ, правильное и точное применение методов столбчатой выемки, выявление преимуществ и недостатков системы земляных работ, применение метода.

Ключевые слова. Полезные ископаемые, технология выемки, участок выемки, столбчатый выемка, ширина по горизонтали, разрушение, шахтъ, целик, гипсометрия.

Abstract: This article discusses the study of mining conditions, determining the efficiency of the excavation system, the correct and accurate application of columnar excavation methods, identifying the advantages and disadvantages of the excavation system, the application of the method.

Keywords. Minerals, excavation technology, excavation area, columnar excavation, horizontal width, loss, lahm, tselik, gypsometry.

KIRISH

Foydali qazilmalardan foydalanish va er qa'rini muhofaza qilish sohasida ijtimoiy munosabatlarni boshqarish turli huquqiy normalar va nizomlarni hayotga tadbiq qilish orqali amalga oshiriladi, bu birinchi navbatda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilgan va 2002 yilda qayta ko'rib chiqilgan O'zbekiston Respublikasining "Yerosti boyliklari to'g'risida" gi qonunida o'z ifodasini topgan.[2]

Scientific Journal Impact Factor

0

Ushbu xujjatda xam biz ko'rib chiqayotgan masala yuzasida quyidagi talablar qayd etilgan:

❖ Yer qaridan belgilangan maqsadda foydalanishni;

❖ Yer qari geologik jihatdan to'la-to'kis o'rganilishini, erosti boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni va muhofaza etilishini;

❖ konlarning foydali qazilmalarga mo'l uchastkalarini tanlab ishlatishga, mineral homashyo qazib olish va uni qayta ishlashda foydali qazilmalarning meyoridagidan ortiq nobudgarchiligiga yo'l qo'yilmasligini;

❖ zahiralar holati va ulardagi o'zgarishlar, foydali qazilmalarning nobudgarchiligi va kamayishi hisobga olib borilishini, shuningdeq zahiralarning o'z vaqtida qayta hisoblab chiqilishi, qayta tasdiqlanishi va chegirib tashlanishini;

❖ qazib olinayotganda qo'shilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan foydali qazilmalarning saqlanishi va hisobga olib borilishini;

❖ erosti boyliklaridan foydalanish jarayonida geologiq marksheyderlik hujjatlari va o'zga xujjatlarning yuritilishini hamda ularning asralishini;

Hozirgi vaktda kon resurslaridan oqilona va kopleks foydalanish uchun kon qazish ishlarini to'g'ri va samarali olib borishni taqazo etadi. SHunga ko'ra qazish tizimlarini to'g'ri va aniq ishlab chiqish eng muhim masala hisoblanadi.

Konlarning turli geologik sharoitlarda yotishi va kovjoylarda qo'llanadigan qazish texnologiyalarning har xilligiyu, qazish tizimlarini ham turli variantlarga ega bo'lishini taqozo etadi.

Tepaqo'ton konida qazib olish ishlarini nobudgarchiliksiz olib borish maqsadida, uzun stolbalar bilan qazish tizimidan foydalanishni ko'rib chiqamiz.

Uzun stolbalar bilan qazish tizimida qazish maydoni chegaralarida kon tayyorlov va qazish ishlari o'zaro bog'lanmagan hodda olib boriladi. Stolbali qazish tizimlarining qo'llanishi shaxta maydonini kanday usulda qazishga tayyorlanganligiga bog'liq bo'lmaydi, ya'ni shaxta maydonini har qanday usulda tayyorlanganda ham qo'llanaveradi. Bunda kovjoy cho'ziqlik, tushish, ko'tarilish va diogonal bo'yicha turli yo'nalishlarda surilishi mumkin. Quyida stolbali qazish tizimini, panelning yotish bo'yicha uzunligi va gorizontal kengligi sxemasi bo'yicha qo'llash usulini ko'rib chiqamiz.

Hozirgi kunda Tepaqo'ton tuz koni sharoitidagi qazib olish tizimi panellar usulida seliklar qoldirib qazib olinmoqda. Qazish tizimi quyidagi ko'rinishga ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tepaqo'ton sharoitidagi qazib olish tizimi.

Scientific Journal Impact Factor

0

1-rasm.

Panelning yotish bo„yicha uzunligi va gorizontal kengligi sxemasi.

Lahm kengligi va balandligi bo„yicha sxemasi.

Bu chizmadan ko'rinib turibdiki lahm kengligi a=5,1 m, balandligi esa h=3,1 m ni tashkil etadi. Selik kengligi bo'lsa, b=7 m. Panelning yotish bo'yicha uzunligi L=200 m. Panelning gorizontal kengligi B=150 m. Foydali qazilma qatlamining balandligi h=3,1 m. Foydali qazilmaning yotish burchagi ß=10°. Bu erdagi blokning hajmi quyidagi formula orqali topiladi:

l/s=L B h y= 200-150-3.1-2.05=190650 T Bizga ma'lumki nobudgarchilik koeffîtsienti Kn=0.56% ni tashkil qiladi. Paneldagi nobudgarchilik miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Vn= VB Kn= 190650 • 0.56 = 106764 T Ajratib olingan rudaning miqdori esa quyidagicha aniqlanadi:

V,

q.o

VB Kq o= 190650 0.44=83886 T

Vim = L-h-B= 200-3.1- 150 = 930007

2- rasm.

Konni qazib olishning sxematik ko „rinishi.

621

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Hozirgi holatda lahm kengligi a=5.1m, b=7m bo'lsa, har 200 m uzunlikda lahmlar soni taxminiy 16 tani tashkil qiladi.

Demak, bitta lahim uchun qazib olingan ruda miqdori;

Vbl = a - h - B = 5.1 ■ 3.1 ■ 200 = 3162 T ni tashkil qiladi.

SHundan bitta panel uchun qazib olingan ruda miqdori

Vbp =N-14, = 16-3162 = 50592 T 100% = 54 4 %

930007"

Bitta panel uchun qoldirilgan ruda miqdori

Vbpq = Vum - Vbp = 93000 -50592 = 42408 T

CHiqqan natijalarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, nobudgarchilik miqdori juda yuqori ekanligini ko'rishimiz mumkin. SHunga asosan nobudgarchilikni kamaytirish maqsadida qo'shimcha qazish usuli, stolbali qazish usulini qo'llashni ko'rib chiqamiz.

Tepaqo'ton tuz konida qazib olish samaradorligini oshirish maqsadida, stolbali qazish tizimini qo'llashni gorizontal bo'yicha qo'llab qazish usulini ko'ramiz

Lahm kengligi a=5,1m, selik kengligi b=10m bo'lsa, L=150 m uzunlikdagi panelda lahmlar soni taxminiy 10 tani tashkil qiladi.

Demak, bitta lahim uchun qazib olingan ruda miqdori

Vbp = a- h-L = 5,1-3,1-150 = 2371.5 T

Bitta panel uchun qazib olingan ruda miqdori

Bitta panel uchun qoldirilgan ruda miqdori

Oxirgi hisob kitob natijalari shu ko'rsatmoqdaki, hozirgi qazish tizimi bo'yicha qazilsa, panel yotish yo'nalishi bo'yicha qazilgan ruda miqdori 54.4% ni tashkil qilgan bo'lsa, stolbali qazish usulini gorizontal bo'yicha o'tilsa, qazilgan ruda miqdori 25.5% ni tashkil qilmoqda. Demak, umumiy qazib olingan ruda miqdori 79.9% ga oshganligini ko'rishimiz mumkin.

Bu usuldan foydalanish Tepaqo'ton konining kon geologik va kon texnik sharoitlariga mos keladi.Tepaqo'ton konida tuz qatlamlarining qalinligi, qazib olish kovjoylarining mustahkamligi, qatlamning yotish burchagining uncha katta

622

Scientific Journal Impact Factor

О

bo'lmaganligi va ruda qattiqlik darajasi o'rtacha bo'lganligi, uzun stalbali qazish tizimini qo'llash mumkinligini qo'rsatadi.

Uzun stolbali qazish tizimlarining bir necha vositalari mavjud bo'lib, ulardan turli kon-geologik sharoitlarda joylashgan qatlamli konlarni qazishda foydalaniladi.

Tepaqo'ton kaliy konida gorizontal qatlamlarni uzun stolbalar bilan qazish tizimlari, stolbalarni tayyorlash va qazib olish ishlarining o'ziga xos tartibi bilan, boshqa usullardan farq qiladi. Tepaqo'ton konida, bu usuldan foydalanishda tayyorlangan stolbalar bitta-bitta oralatib, shaxmat tartibida qaziladi va natijada qazib olingan bo'shliqda doimo bitta qazilmagan stolba yani, selik mavjud bo'ladi. Bu stolbani qazishga tayyorlash qazib olingan stolbalar ship jinslarining qulab tushishi tugab, ma'lum vaqt o'tgandan so'ng (kamida 6 oy, ko'pi bilan 1,5-2 yil) qazilgan bo'shliqqa qulab tushgan jinslar orasidan lahimlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Ayrim hollarda (atrof jinslarining suvdorlik darajasi yuqori bo'lganida) lahimni qazilgan bo'shliq tomonida yoki tor bo'lgan (odatdagi 8-10 m o'rniga 1-3 m) selik qoldirib o'tkaziladi. Natijada seliklarda yo'qotiladigan selvinit miqdori ancha kamayadi va tayyorlangan zahirani qazib olishga qulay sharoit yaratiladi. Ushbu qazish tizimi qo'llanganda kon ishlarini konsentratsiyalash imkoniyati yuqori bo'ladi. Bu qazish tizimi, asosan, qalinligi 1,4-3 m murakkab gipsometriyaga ega bo'lgan, gorizontal selvinit qatlamlarini qazishda qo'llaniladi. SHu jumladan bu usulni qo'llash ayni Tepaqo'ton koniga mos keladi.

Bu usullardan foydalanish qazib olish jarayonida bir qancha afzalliklarga ega ekanligini va nobudgarchilikni kamayishiga erishish mumkinligini ko'rsatadi. Hozirgi kunda Tepaqo'ton konining yillik qazib chiqarish quvvati 700 ming tonnaga teng bo'lib, 100-120 yilga xizmat qilish ko'zda tutilgan [1].

YUqoridagi usullardan foydalanish yillik qazib olish quvvatini yana 100 ming tonnadan oshirish, xizmat qilish muddatini 150 yilga oshirish va foydali kazilma nobudgarchiligini loyihada ko'rsatilganidan 25-30 % ga kamaytirish imkonini beradi.

Gorizontning qiya balandligi kattaligi, qatlam gipsometriyasining qanchalik murakkabligidan qat'iy nazar lava uzunligining o'zgarmasligi, qazish stolbalarining o'lchamlari katta bo'lishi, ochilgan har qanday kon lahmlariga mos kelishi, qatlam yotish qiyaligi 10° ekanligi konda mustahkamlagich konstruksiyalaridan foydalanmasdan qazish ishlari amalga oshirilishi tavsiya qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)

1. Геомеханические исходние данние для проектирования отработки Кубикатанского месторождения калийних солей. ОАО "Галургия". Перм, 2008

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

г.

2. Закон Республики Узбекистан "О недрах" с изменениями и дополнениями от 13 декабрья 2002 г.

3. Техническое заключение об инженерно-геологических условиях по объекту: "Добиваюший комплекс и хвостохранилшсе завода по переработке калийних солей Кубикатанского месторождения в Кашкадаринской области Республики Узбекистан". Республика Узбекистан. Государственний комитет по архитектуре и строителству. ГАК "УЗКИМЕСАНОАТ".г. Ташкент - 2008 г.

4. Qatlamli konlarni er osti usulida qazib olish o'quv qo'llanma: N.X. Sagatov; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi: Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2013 y.

Internet saytlari

5. www.google.ru

6. www.region.resurs

7. http://mggu.ru - Moskva davlat konchilik instituti

8. http://www.dissercat.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.