Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHINING USLUBIY MASALALARI'

OʻZBEKISTON HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHINING USLUBIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3448
166
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompleks tabiiy geografik rayonlashtirish / tabiiy geografik rayon / oʻlka / provinsiya / kichik provinsiya / okrug / landshaft / taksonamik birliklar sxemasi. / complex natural-geographical zoning / natural-geographical region / country / province / sub-province / region / landscape / scheme of taxonomic units.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Y. Olimqulov, M Xo‘shboqova, A. Hasanov

Maqola Oʻzbekiston hududining tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirilishi, hududiy boʻlinish prinsiplarining asosiy masalalariga bagʻishlanadi. Respublikamiz hududining kompleks tabiiy geografik rayonlashtirilishi (taksonomik birliklar sxemalariga) boʻlinishi va oʻrganilishi haqida umumiy maʼlumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL QUESTIONS OF THE NATURAL GEOGRAPHICAL REGION OF THE TERRITORY OF UZBEKISTAN

The article is devoted to the main issues of natural-geographical zoning of the territory of Uzbekistan, the principles of territorial division. General information about the division and study of complex natural-geographical zoning (into schemes of taxonomic units) of the territory of our republic is given.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHINING USLUBIY MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON HUDUDINING TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHINING

USLUBIY MASALALARI Olimqulov Yashnar Maxmadamin o'g'li

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta'lim yo'nalishi talabasi Xo'shboqova Mehriniso Gulmurod qizi

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta'lim yo'nalishi talabasi

Hasanov Anvar Zikriyo o'g'li

Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta'lim yo'nal ishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7135203

Annotatsiya. Maqola O 'zbekiston hududining tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirilishi, hududiy bo'linish prinsiplarining asosiy masalalariga bag'ishlanadi. Respublikamiz hududining kompleks tabiiy geografik rayonlashtirilishi (taksonomik birliklar sxemalariga) bo'linishi va o'rganilishi haqida umumiy ma'lumotlaryoritilgan.

Kalit so'zlar: kompleks tabiiy geografik rayonlashtirish, tabiiy geografik rayon, o'lka, provinsiya, kichik provinsiya, okrug, landshaft, taksonamik birliklar sxemasi.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ПРИРОДНО-ГЕОГРАФИЧЕСКОГО РЕГИОНА ТЕРРИТОРИИ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация. Статья посвящена основным вопросам природно-географического районирования территории Узбекистана, принципам территориального деления. Приведены общие сведения о делении и изучении комплексного природно-географического районирования (на схемы таксономических единиц) территории нашей республики.

Ключевые слова: комплексное природно-географическое районирование, природно-географический район, страна, провинция, подпровинция, район, ландшафт, схема таксономических единиц.

METHODOLOGICAL QUESTIONS OF THE NATURAL GEOGRAPHICAL REGION

OF THE TERRITORY OF UZBEKISTAN

Abstract. The article is devoted to the main issues of natural-geographical zoning of the territory of Uzbekistan, the principles of territorial division. General information about the division and study of complex natural-geographical zoning (into schemes of taxonomic units) of the territory of our republic is given.

Keywords: complex natural-geographical zoning, natural-geographical region, country, province, sub-province, region, landscape, scheme of taxonomic units.

KIRISH

O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi hududiy bo'linishi xususiyatlarini o'rganishda o'lkamiz tabiatining umumiy geografik sharoitlarini tatqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Biz tabiiy geografik rayonlashtirish deganda, hududlarni muayyan o'xshash xususiyatlariga qarab, regional birliklarga ajratish jarayonini tushunamiz. Shu jumladan, O'zbekiston hududi o'lka, provintsiya, kichik provintsiya, okrug, tabiiy rayon hatto landshaft kabi kichik taksonomik birliklarga ajratib o'rganiladi. Mamlakatimiz hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi ancha munozarali masalalardan biri bo'lib, hozirgacha O'zbekiston hududining yagona amal qiladigan tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi ishlab chiqilmagan. Bu esa o'z navbatida hududlar miqyosida tabiiy resurslardan foydalanish va hududiy chegaralarini ajaratishda ko'plab muammolarni yuzaga keltirib chiqaradi. O'zbekiston

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

(Turkiston) hududining tabiiy geografik bo'linishi masalalari bilan ko'plab tatqiqotlar olibborilgan. Ular orasida L.N.Babushkin va N.A.Kogay tomonidan 1964-yilda yaratilgan tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi eng mukammal sxemalardan biri hisoblanadi. Maqola davomida O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishining ba'zi uslubiy masalalari yaqindan o'rganilgan va atroflicha sharhlab berilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi masalalarini o'rganish; Tabiiy geografik rayonlashtirishning asosiy muammolari bayoni; Tabiiy geografik rayonlashtirishning taksonomik birliklar sxemalarini taqqoslash va o'zaro tahlil qilish ishning bosh maqsadi hisoblanadi.

Ma'lumki O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi, hududiy bo'linish prinsiplari tabiiy geografiyaning eng muhim munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishning ilmiy jihatdan puxta asoslangan prinsipi, uslubi va taksonomik birligi (sxemasi) faqat ilmiy ahamiyatga ega bo'lib qilmasdan xalq xo'jaligining turli sohalari uchun ham muhim amaliy ahamiyatga egadir. Chunki tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, o'zgartirish, xalq xo'jaligini intensiv rivojlantirish, xalq xo'jaligi tarmoqlarini ixtisoslashtirish eng avvalo hudud tabiati ichidagi tafovutlarni har tomonlama chuquro'rganishni taqozo etadi. Tabiiy geografik rayonlashtirish bu hududda ma'lum qonuniyat asosida joylashgan va t abiatda obyektiv mavjud bo'lgan, bir-biridan tabiiy xususiyatlari jihatidan farqlanadigan har xil tabiiy hududiy komplekslarni aniqlash jarayonidir. Tabiiy geografik rayonlashtirishning eng muhim prinsiplari: birlik prinsipi, komplekslilik prinsipi, obyektivlik prinsipi, nisbiy bir xillik prinsipi, genetik prinsip tashkil etadi. Tabiiy geografik rayonlashtirishni yana bir muhim jihati bu rayonlashtirishning taksonomik birliklari (chizmasi) sanaladi. Vaholanki, shu kungacha O'zbekiston hududini rayonlashtirishning hamma qabul qilgan yagona taksonomik birligi (sxemasi) mavjud emas. Tabiiy geografik rayonlashtirish geografik izlanish metodlaridan biridir. Odatda, tabiiy geografik rayonlashtirish 3 xil tamoyil asosida yuzaga keladi. Ular regional, zonal va aralash. Regional tabiiy geografik rayonlashtirishda tabiatda mavjud bo'lgan, taksonomik jihatdan bir-biriga o'zaro bog'liq bo'lgan tabiiy hududiy komplekslar (o'lkalar, provinsiyalari, okruglar, rayonlar)ga ajratishimiz mumkin.Regional tabiiy geografik komplekslarni har biri o'ziga xos tabiiy sharoiti va resurslari bilan boshqalardan ajralib turadi. Taksonomik birliklarni uning qaysi jihatlari asosida ajratish, tasniflash va nomlari hozirgacha munozarali masalalardan biri bo'lib, yagona fikrlar majmui yo'q. Mamlakatimiz O'rta Osiyo tabiiy geografik o'lkasining bir qismidir. Mamalaktimiz hududining tabiiy geografik rayonlashtirishga oid dastlabki ma'lumotlar 1913 - yil L.S. Bergan, Opit razdelnie Sibiri i Turkestana narsa landshaftnie i morfologicheskie oblasti " nomli asarida O'zbekiston hududining TGR ayrim masalalari yoritib berilgan. Ammo o'lkaning kompleks tabiiy geografik rayonlashtirish sohasi bo'yicha R.I.Abolin (1929) birinchi bo'lib shug'ullangan. ,, SSSR hududining tabiiy - tarixiy rayonlashtirish " (1947) nomli asarida O'rta Osiyo hududi quyidagicha rayonlashtirilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Qozog'iston burmali tog'li o'lkasi (4 ta zona va 4 ta provintsiya), Turib tekisligi (2 ta zina va 4 ta kichik provintsiya), tog'li o'lka (6 ta provintsiyaga) bo'lib o'rganilgan. E.M.Murzayev sxemasida O'rta Osiyo hududi tekisliklar va tog'lar okrugiga bo'lingan va har ikkala okrugda shimoliy va janubiy zonachalar ajratilib, ularning hududi tabiiy oblastarga, oblastlar esa tabiiy rayonlarga ajratib o'rganilganligini ko'rishimiz mumkin. O'rta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Osiyo jumladan Turkiston (O'zbekiston) hududini bir butun tabiiy geografik rayonlashtirish masalasi bilan V.N Cheterkin (1944), P.S.Makeev (1956), M.A.Glazovskaya (1953), T.V.Zvonkova (1961), L.N.Babushkin (1964), N.A.Gvozdetskiy (1968), N.A.Kogay (1979) ning olib borgan tatqiqotlari va ilmiy izlanishlari diqqatga sazovordir. Shu bilan birga L.S.Berg, R.I.Abolin, I.P.Gerasimov, A.N. Rozanov, E.P.Korovin ham O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirilishi masalalari bilan shug'ullanishgan. Ularning ilmiy izlanishlari keyinchalik O'zbekiston hududining tabiiy geografik bo'linishi sxemasining yaratilishiga asos bo'ldi. Mamalaktimiz hududining regional tamoyil asosida TGR va bu sohada yuksak natijalarga erishgan rus professorlari L.N.Babushkin va N.A.Kogaylarning xizmatlari benihoya katta. Ular 1964 - 1965 - yillar davomida O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari va tatqiqot natijalari o'rgangan va undan foydalanib mamlakatimiz hududining TGR sxemasini ishlab chiqishga muvaffaq bo'ldilar. Ularning 1964 - yilda nashr etilgan, Voproso geograficheskogo rayonirovaniya Sredney Azii i Uzbekistana " nomli monigrafiyasida O'rta Osiyo va O'zbekiston hududi shu darajada sinchiklab o'rganilganki, hozirgi kunga qadar bu rayonlashtirishga teng keladigan ish yuzaga kelgan emas. Quyida biz ushbu tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi bilan yaqindan tanishamiz va atroflicha muhokama etamiz. Tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi taksonomik birliklar sinfi: o'lka, provintsiya, kichik provintsiya, okrug, tabiiy rayon, landshaft kabi tabiiy geografik komplekslarni o'z tarkibida birlashtiradi. Ma'lumki O'zbekiston hududining asosiy qismi Turon tabiiy geografik provintsiyasiga, faqat Ustyurt platosi Markaziy Qozog'iston provintsiyasi tarkibiga kiradi. O'zbekiston hududi Turon provintsiyasining bir qismi bo'lib, tabiiy komplekslarni unsurlarining farqi uning tekislik, tog' va tog' oldi zonalarida yaqqol ko'zga tashlandi. Ko'pchiliklar olimlar rayonlashtirishning sxemasini materik doirasida mintaqa, geotip, sektor, zona kabi birliklarni ajratsa, L.N.Babushkin va N.A.Kogay materik ichida bevosita tabiiy geografik o'lkani ajratadi va tabiiy geografik o'lkaga quyidagicha: ,, Tabiiy geografik o' lka -tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik birliklaridan biri bo'lib, u materikning katta qismida shakllangan o'zining iqlimi, geomorfologiyasi, gidrologiyasi ya'ni geoligik shart sharoitlarining umumiyligi bilan hamda gorizontal zonalarining balandlik mintaqalari bilan ma'lum darajada bog'liqligining o'ziga xosligi bilan boshqalardan ajralib turadigan hududiy kompleks " deb ta'riflaydi. Shu sababli O'rta Osiyoni alohida tabiiy geografik o'lkaga ajratishimiz mumkin. O'rta Osiyo bir-biridan tabiiy sharoitining kompleks xususiyatlariga ko'ra: Turon, Jung'oriya -Tyanshan, Markaziy Qozog'iston va Pomir-Tibet kabi provinsiyalarga bo'linadi. Provintsiyasini ajratishda quyidagi xususiyatlar asos qilib olinadi. Yer yuzasini tabiiy sistemalarga bo'linishid a tabiiy geografik o'lkalar orasida o'ziga xos o'rni, orografiyasi, makroreylefi xususiyatlarining takrorlanmasligi;

O'ziga xos iqlim rejimi va tabiiy sharoitga ega bo'lishi kerak. O'zbekiston hududini Qoraqalpog'iston Ustyurtidan tashqari barcha qismini Turon provinsiyasi tarkibiga kiritiladi. O'zbekistonning asosiy qismini tashkil etgan Turon provinsiyasi egallagan o'rniga ko'ra R.I.Abolinning Turkiston okrugiga, E.P.Korovin va A.N.Rozanovning O'rta Osiyo (Turon) tuproq botanik provinsiyasiga, A.B.Genusov, B.V.Gorbunov va N.V.Kimberglarning Turon tuproq - iqlim provinsiya, L.N.Babushkinning Turon iqlim provintsiyasi, R.S.Vernikning Turon botanik iqlim provintsiyasiga to'g'ri keladi. Navbatdagi tasnif birligidan kichik provintsiyalar guruhi o'rin olgan. O'zbekiston hududida tekislik va tog' oldi tog' kichik provintsiyalariga ajratishimiz mumkin. Kichik provinsiyalarni tasniflashda hududni umumiyligi, vujudga kelishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

va rivojlanish tarixi, neogen va antropogen davrlarda umumiyligi hamda o'ziga xos zonal tipi ga ega ekanligi bilan farqlanadi. Respublikamiz hududidagi tog' va tekislik landshaftlari shakllanishida bir qancha tavofutlar yuzaga keladi. Tog'larda denudatsiya, tog' jinslarining yemirilish va yuvilishi jarayoni ja'dal kechgan bo'lsa, tekislik qi smi uzoq davr mobaynida dengiz ostida qolib, cho'kindi jinslar to'plangan. O'zbekiston tog'li qismi asosan gersin tog' hosil bo'lish bosqichida hosil bo'lgan, paleozoy jinslari keng tarqalgan va so'nggi orogenik harakatlar natijasida ko'tarilib qolganligini ko'rishimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan tog' va tekisliklar o'rtasidagi chegarani aniqlash ancha munozarali masalalardan biri hisoblanadi. E.M.Murzayev tog' va tekisliklar o'rtasidagi chegarani lyossli tili osti tekisliklari tutashgan yerdan o'tkazsa, tuproqshunos olimlar och tusli bo'z tuproqning quyi qismidan, L.N.Babushkin va N.A.Kogay landshaft belgilariga qarab ushbu chegarani Mirzacho'lning alltuvial tekisliklari va Nurota tog' oldi prollyuvial tekisliklarini Qizilqum bilan tutashgan yeridan, Qashqadaryoning allyuvial tekisliklarining Dengizko'l yassitog'ligi bilan tutashgan qismidan o'tkazishgan.

MUHOKAMA

Tabiiy geografik rayonlashtirishning keyingi birligi qatoridan okrug o'rin olgan. Mamlakatimiz tekislik va tog' oldi provintsiyalari bir biridan farq qiladigan kichik hududiy komplekslar ya'ni okruglardan tashkil topgan. Okruglar asosan hududning makroiqlim ko'rsatgichlarining o'xshashligi, geologik tuzilishi va tabiiy - tarixiy genetik jihatdan bir xilligiga ko'ra farqlanadi. O'zbekiston tekislik qismi tarkibida 4 ta kichik provintsiya (Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum, Quyi Zarafshon); tog' va tog' oldi provintsiyasida esa 6 ta okrug (O'rta Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Mirzacho'l, Chirchiq-Ohangaron, Farg'ona) tabiiy geografik okrugiga ajratilgan. Okruglar tog' va tog' oldi kichik provintsiyalar tarkibi orasida shakllanganligi sababli ko'proq tog' oldidagi botiqlariga, ba'zan tog' daryo vodiysi (uni o'rab turgan tog'lar bilan birga) qismiga to'g'ri keladi. Har bir okrug o'ziga xos relyef xususiyatlari va geologik shart sharoitlariga ega. Okruglar ayniqsa, tog' oldi okruglari asosiy relyef hosil qiluvchi omillar (eroziya va akkumlyatsiya) hosilasidir. Tekislik okruglarini ajratishda hududni makroiqlimi, geologik tuzilishi, tuproq o'simlik qoplamining umumiy xususiyatlari asos bo'ladi. Ma'lumki, tog' oldi okrugida vodiylar va baland tog'larni joylashuv xususiyatlari, relyefi, yonbag'ir ekspozitsiyasi bevosita okrug miqyosida hududiy bo'linishiga olib keladi. Tog' oldi hududlarida rayonlar geologik-geomorfologik belgilariga ko'ra farqlanadi. Tabiiy geografik rayonlar tog' oldi okruglarida tog' etagi prollyuvial va allyuvial tekisliklarga, ba'zan tog' yonbag'irlari tutashgan daryo vodiysi, ko'l botig'i havzalariga to'g'ri keladi. Rayonlar hududning geomorfologik va iqlimiy xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan o'ziga xos tuproq va o'simlik dunyosiga ega kichik hududiy komplekslar hisoblanadi. Mamlakatimiz tekislik okruglarini ajratishda geologik-geomorfologik iqlimiy ko'rsatgichlari asos qilib olingan. Rayonlar o'z navbatida kichikroq hududiy komplekslarga landshaftlarga ajratiladi. Lanshaftlarni ajratishda hududning relyefining genetik jihatlari va tuproq-o'simlik muhim omil sanaladi. Landshaftlar tabiiy geografik rayonlashtirishning eng kichik hududiy birligi hisoblanadi. O'zbekiston tabiatini betakror xususiyatlari va noyob landshftlari uning hududiy bo'linishida landshaft birligini ajratish imkonini beradi. Har bir hudud o'zining takrorlanmas lanshaft xususiyatlarini namoyon qiladi. Bu esa tog' va tog' oldi landshaftlarini ajratishga asos bo'ladi. Tabiiy geografik rayonlarni ajaratishda eng avvalo, hududning relyef xususiyatlari asos qilib olinadi. Rayonlar landshaft kartalari asosida tuzilganligi sababli landshaftlarning muayyan komplekslar tizimidan tashkil topadi. L.N.Babushkin va N.A.Kogay O'zbekiston tekislik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

okruglarida 15 ta, tog' oldi va tibbiy okruglarida 25 ta tabiiy geografik rayonning ajratgan. Ushbu tasnif birligidan umumiy 66 ta landshaft xillari (1964) ajratilgan bo'lib, uning 61 tasi tekislik, cho'l landshaftlari, 23 tasi past tog' va tog' oldi (adir), 5 tasi o'rtacha balandlikdagi tog', 6 tasi baland tog' yaylov landshftlariga bo'lib o'rganilgan va umumiy tavsifi keltirilgan. Ma'lumki hududlarni tabiiy geografik rayonlashtirishda hududlarni kompleks o'rganish va xaritada aks ettirish uchun taksonomik birliklar sxemalaridan foydalanishga to'g'ri keladi. O'zbekiston hududining tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasida: o'lka - provintsiya - kichik provintsiya okrug rayon landshaft kabi birliklar qabul qilingan. Biz maqola davomida O'zbekiston hududining tabiiy geografik bo'linishining ayrim masalalarini atroflicha o'rganish va tavsif berish bilan cheklandik. Kelgusida O'zbekiston hududi tabiiy geografik rayonlashtirish masalalarini chuqur o'rganish va hududiy bo'linish sxemalarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri bo'lib qolaveradi. XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston hududining tabiiy geografik bo'linishi masalalari keng ko'lamli o'rganilgan bo'lishiga qaramasdan, mamalakatimizning alohida tabiiy geografik rayonlashtirishning yagona sxemasi mavjud emasligi o'z navbatida, yer osti foydali qazilmalarni qazib olish, tabiiy resurslardan foydalanish, hududiy chegaralarni ajratishda ko'plab muammolarni yuzaga keltirib chiqaradi.

REFERENCES

1. I.A.Xasanov. "O'zbekiston tabiiy geografiyasi" (ma'ruzalar matni), Toshkent ,,Universitet'' 2000.

2. P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqov ,, O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi '' Toshkent, ,, O'qituvchi '' 2002.

3. ,,Атлас Узбекской Республики Часть первая'' Москва-Ташкент, 1982.

4. A.Mo'minov va boshqalar „O'zbekiston tabiiy geografiyasi '' Toshkent ,, O'qituvchi '' 1984.

5. Л.Н.Бабушкин, Н.А.Когай ,, Физико-географическое районерование Узбекской Республики'' Ташкент-1964.

6. O'zbekistonning tabiiy xaritasi Toshkent-1996.

7. http://t.me/geo_kutubxona

8. arxiv.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.