Научная статья на тему 'O’RTA ASRLARDA ISLOM HUQUQI'

O’RTA ASRLARDA ISLOM HUQUQI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
297
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
politeizm / jinoyat huquqi / sud huquqi / meros huquqi / musulmon huquqshunosligi / hokimyat organlari / jazo turlari / Qur’oni karim / hadis.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Ibodullayeva Laylo Farruhjon Qizi, Toshpo’Latova Shirin Erkin Qizi

Ushbu maqolada islom huquqining qadimdan qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi, ularning ta’siri, paydo bo’lishi va bugungi kungacha bo’lgan tarixi haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’RTA ASRLARDA ISLOM HUQUQI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'RTA ASRLARDA ISLOM HUQUQI

Ibodullayeva Laylo Farruhjon qizi Shirin Erkin qizi Toshpo'latova

Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'zbek tili va adabiyotini

o'qitish fakulteti talabalari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada islom huquqining qadimdan qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi, ularning ta'siri, paydo bo'lishi va bugungi kungacha bo'lgan tarixi haqida so'z yuritiladi.

Tayanch so'zlar: politeizm, jinoyat huquqi, sud huquqi, meros huquqi, musulmon huquqshunosligi, hokimyat organlari, jazo turlari, Qur'oni karim, hadis.

Bugungi kunda hayotimizni tartibga soluvchi qonunlar, me'yorlar qadimdan shakllangan. Biz uni bugungi kun nomi bilan huquq deb ataymiz. Musulmonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan islom huquqshunosligining negizi VII-VIII asrlarga borib taqaladi. Bu voqea ,albatta, islom dinining shakllanishi bilan bog'liq. Ushbu din nafaqat kishilar ongini balki, kundalik turmush tarzini ham tartibga solgan. Islom dinida huquq normalari biroz qadimiyligi va eskirib qolganligi sababli bugungi fuqorolik huquq normalariga ko'p ham to'g'ri kelmaydi. Shu sababli ham bugungi kunda islomdagi barcha huquq normalaridan to'liq foydalana olmaymiz. Ijtimoiy munosabatlarning mazmuniga ko'ra musulmon huquqi quyidagi sohalarga ajratiladi: a) davlat huquqi, b) moliya huquqi, d) fuqarolik huquqi, e) meros huquqi, f) oila huquqi, g) jinoyat huquqi, h) sud huquqi. Biz quyida dinimizda qadimda mavjud bo'gan jinoyat huquqi, meros huquqi, sud huquqi va shu kabi bir nechta huquq normalari bilan tanishib chiqamiz.

Jinoyat huquqi. Jinoyat tushunchasining asosini diniy g'oyalar bilan chambarchas bog'liq bo'lgan huquqiy me'yorlar tashkil qiladi." Muxtasar"( Shariat qonunlariga qisqacha sharh)da ko'rasatilishicha, "jinoyat" so'zi lug'atda jinoyat va gunoh ma'nosini, shariy istiloh sifatida esa insonning joniga yoki a'zolariga zarar keltirish ma'nolarini anglatadi. Barcha jinoyatlar uch guruhga ajratilgan. Birinchisi, afv etilmaydigan jinoyatlar (dindan qaytish, spirtli ichimlik iste'mol qilish, zinokorlik va.b), ikkinchisi, alohida shaxslarning huquqlariga tajovuz qiluvchi jinoyatlar ( qasos olish, tovon to'lash, "jinoyatga teng jazo" tamoyili asosida ish tutish kabilar), uchinchisi, ijtimoiy munosabatlarga qaratilgan barcha turdagi jinoyatlar ( zakot to'lamaslik, poraxo'rlik, yolg'on guvohlik, sehrgarlik, besoqolbozlik va.b ). Uchinchi turdagi jinoyatlarning aksariyati uchun dastlab jazolar belgilanmagan. Shu sababli ular shariatning asosiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

manbalarida eslatilmaydi. Jinoyat darajasiga qarab jazo turlari ham o'ziga xos bo'lgan. Masalan, biroz yengil jinoyatlar uchun kaltaklash, qamoq, ogohlantirish, jamoat izzasi, salla o'rab yurish huquqidan mahrum etish belgilangan, hatto, qaroqchi talonchilik qilmay turib qo'lga tushsa, tavba qilguncha qamab qo'yish, o'g'ri uydan chiqmy turib qo'lg tushsa, qo'lini kesmaslik kabi o'ziga xos jazolar ham qo'llanilgan.

Sud jarayoni dastlab og'zaki, Abbosiylar hukmronligi davridan boshlab yozma tarzda amalga oshirila boshlagan. Sudda tan olish, guvohlar ko'rsatmalari, qasam dalil hisoblangan. Qozilar sud jarayonlarini o'z xohishlaricha amalga oshirgan. Ular uchun ma'lum qoidalar belgilanmagan. O'n yoshga to'lgan, musulmon va sudlanmagan kishilargina guvohlik berolgan. Umaviylar davrida bosh sudya xalifa hisoblangan. Sudning 3 turi mavjud bo'lgan: a)mazolim sudlar- joylarda xalifaning buyrug'i bilan tashkil etiladigan sudlar; b) oddiy sudlar- musulmon normalari bo'yicha tashkil etiladigan sudlar; d) zimmiylik sudlari-musulmon bo'lmagan fuqarolar ishlari bilan shug'ullanuvchi sudlar.1

Meros huquqi shariatda murakkab va chalkash bo'lgan. Bunga mazhablar o'rtasidagi farqlilik sabab bo'lgan. Meros qonun yoki vasiyat bo'yicha marhumning yaqinlariga qolgan mulkdir. "Vasiyat" so'zi lug'atda "topshirmoq" degan ma'noni anglatadi. O'lgan kishining mol-mulkidan dastlab dafn marosim xarajatlari qoplangan, so'ngra uning barcha qarzlari to'langan. Qolgan mol-mulk esa merosxo'rlar o'rtasida taqsimlangan. Dastlab marhumning bolalari, bolalari bo'lmasa aka-ukalari, amaki-tog'alari va boshqa yaqinlari merosga ega bo'lishgan. Ayollar erkaklarga nisbatan ikki hissa kam ulush olgan. Sababi ayollar turmushga chiqyotganida mahr olish huquqiga ham ega bo'lishgan. Dindan qaytganlar, ajralgan er-xotinlar, meros qoldiruvchining o'limiga sabab bo'lganlar meros olish huquqidan marhum bo'lganlar.

Fuqarolik huquqi. Ushbu huquq normasi arab xalifaligining ikkinchi asrida shakllana boshlagan. Bunda asosan Qur'oni karim va payg'ambarimiz sunnatlariga oid normalardan iborat bo'lgan. Ushbu normalar barcha sohalardagi huquqiy munosabatlarni to'laligicha yoritib bermagan. Arab xalifaligi kengayib, aholisi ko'paygach fuqarolik huquqiga oid oyat va hadislarni bir joyga to'plash ehtiyoji tug'ilgan. Ushbu sohada Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-Shofi'iy kabi fiqh olimlari samarali mehnat qilishgan. Islom fuqarolik huquqining rivojlanishi Abbosiylar xalifaligi davrida Abu Hanifaning shogirdi va maslakdoshi Abu Yusufning bosh qozi lavozimiga tayinlanishi bilan boshlanadi. Abu Yusuf o'zining "Kitob ul-xiroj" asarini butun xalifalikda yagona iqtisodiy tizimni joriy qilishga

1 S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov "Musulmon huquqi" 2012. 145-bet

2 S. A. Isxakov. Islom fuqarolik huquqi asoslari 2005. 18-bet

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bag'ishlagani e'tiborga molikdir. Musulmon huquqiga ko'ra xususiy mulk bo'la olmaydigan buyumlar quyidagicha:

1. havo, dengiz, sahrolar;

2. ummu valad, ya'ni o'z xojasidan farzand ko'rgan cho'ri;

3. umumjamoat foydalanadigan joylar, ya'ni quruqlik va suv yo'llari, masjidlar, madrasalar, maktablar;

Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko'rib o'tilgan islom huquq normalari bugungi qonunchiligimizda ham ahamiyatlidir. Jumladan, yurtimizda nikoh munosabatlari davlat idoralarida qayd etilishidan tashqari shariy asosda ( nikoh o'qilishi) tashkil etiladi. Bu kabi holatlar nafaqat bizda, balki barcha musulmon mamlakatlari uchun ham o'rinlidir.

REFERENCES

1. S. A. Isxakov, A. R. Rahmanov. "Musulmon huquqi" Toshkent 2012.

2. S. A. Isxakov. "Islom fuqarolik asoslari" Toshkent 2005.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati. Toshkent 2021.

4. uz. Denemetr. Com sayti.

5. arxiv. Uz. Internet sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.