Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING SHAXS SIFATIDA O‘ZLIGINI ANGLASHGA YORDAM BERUVCHI BOLALAR ADABIYOTI, ULARNING AHAMIYATI – O‘ZBEK TILINI O‘RGANISH VOSITASI SIFATIDA'

O‘QUVCHILARNING SHAXS SIFATIDA O‘ZLIGINI ANGLASHGA YORDAM BERUVCHI BOLALAR ADABIYOTI, ULARNING AHAMIYATI – O‘ZBEK TILINI O‘RGANISH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Bolalar adabiyoti / qadriyat / insoniylik / tarbiya / kalit / ota-ona / maktab / mahalla / zamonaviy texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Fayzullayev Farrux Maxsud O‘g‘li

Butun dunyoda bolalar tarbiyasi, ularga qadr-qimmatni o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada aynan bolalarning shaxs sifatida tarbiyalash uchun kerakli bo‘ladigan badiiy adabiyotlar tahlili, ularda aks etgan qadriyatlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING SHAXS SIFATIDA O‘ZLIGINI ANGLASHGA YORDAM BERUVCHI BOLALAR ADABIYOTI, ULARNING AHAMIYATI – O‘ZBEK TILINI O‘RGANISH VOSITASI SIFATIDA»

O'QUVCHILARNING SHAXS SIFATIDA O'ZLIGINI ANGLASHGA YORDAM BERUVCHI BOLALAR ADABIYOTI, ULARNING AHAMIYATI - O'ZBEK TILINI O'RGANISH

VOSITASI SIFATIDA

Fayzullayev Farrux Maxsud o'g'li

T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch

doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13943953

Anotatsiya. Butun dunyoda bolalar tarbiyasi, ularga qadr-qimmatni o'rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada aynan bolalarning shaxs sifatida tarbiyalash uchun kerakli bo'ladigan badiiy adabiyotlar tahlili, ularda aks etgan qadriyatlar yoritilgan.

Kalit so'zlar. Bolalar adabiyoti, qadriyat, insoniylik, tarbiya, kalit, ota-ona, maktab, mahalla, zamonaviy texnologiyalar.

Har bir ona va ota uchun eng muhim ish bu farzand tarbiyasi hisoblanadi. Hozirgi kunda ham bolalar tarbiyasi, uning shaxs sifatida shakllanishi uzluksiz ta'limning ob'yektlaridan biri hisoblanadi. Ta'lim tizimida ahamiyatli hisoblangan ushbu muammoning yechimlaridan biri sifatida bolalar adabiyotidan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Jumladan quyidagi asarlar orqali o'quvchi-yoshlarni shaxs sifatida shakllantirib, ularni qadriyatlarga xurmat yuzasidan qarashga o'rgatish mumkin.

Go'ro'g'li turkum dostoniga kiruvchi Go'ro'g'lining tug'ilishi dostoni, silsilat dostonning birinchisi bo'lib, uning bir necha variantlari bor. Po'lkan Shoir, Rahmatilla Yunus o'g'li tomonidan aytilganlari el orasida mashhur. Ikkisining ham sujeti bir xil bo'lib, jasoratli sohibqiron Go'ro'g'lining dunyoga qanday kelganini ushbu dostonda ko'ramiz. Po'lkan shoir aytgan variantda Mari yurti va Taka-Yovmit elide voqealar sodir bo'lsa, Rahmatilla shoir aytganida Urganch va Xunxon mamlakati aks etgan. Voqealar markazida Ravshanko'r, Gajdumbek, Hiloloy, Ahmadbek, Rayhon arab, Go'ro'g'li, Shohdorxon yoki Xunxorshohlar turadi. Asir qilib olib ketilgan Ravshan sinchilar avlodidan bo'lib, Gajdumbekning singlisi Hiloloy bilan topishadi, ulardan nishona qoladi. Otlarini maqtamagani uchun Shohdorxon Ravshanning ko'zini ko'r qilganidan so'ng Ravshan bir tulporni boqadi. Oradan vaqt o'tib u O'z yurtiga Gajdumbek bilan qaytadiyu, lekin Hiloloyni olib ketisholmaydi. U dostonning bir variantida 6 oylik nishona bilan, birisida esa 9 oylik nishona bilan vafot etadi. Vafotidan so'ng qabrda Go'ro'g'li tug'iladi. U ekchini, biyani emib katta bo'ladi. Tog'asining yordami bilan Yovmit eliga qaytadi, otasini topadi. Elda Ahmadbek uni o'g'il qiladi. Rayhon arab bilan urishadi. Uning qizi Zaydinoyni Ahmadbekka olib beradi.

Doston bizga nimani o'rgatadi, mardlikni, xalq uchun jon fido qilishni, yori uchun, nomus uchun er yigit barcha narsaga tayyor bo'lishni o'rgatadi. Bundan tashqari dostonda etnamadaniy odatlarimiz ham mavjud bo'lib, ajdodlarimizdan qolgan yodgorliklarni o'rganamiz. Go'ro'g'li va G'irko'kning do'stligida esa biz insonlar orasida yo'qolib ketayotgan chin do'stlikni ko'ramiz. Go'ro'g'li er yigitning nomusi uning yori degan jumlalarida esa, o'z ayollarimizni ko'z qorachig'idek asrashimiz kerakligini o'rganamiz. Hech qanday sababsiz o'zga yurtlarni talab, bolalarni asir qilib ketayotgan Shohdorxondek kimsalarga, urush olovini yoqib, odamlarning urig'ini kuydirishning jazosi borligini aytmoqchi bo'lgandek go'yo ushbu doston.

Sohibqironning qalamiga mansub bo'lgan Temur tuzuklari asari ikki qismdan iborat bo'lib, uni forsiy tildan Alihonto'ra Sog'uniy o'zbek tiliga o'girgan. Asar o'z nomi bilan Sohibqironning qilgan ishlarini, uning nasihatlarini, kengashlarini jamlanmasidir. Umri davomida boshidan kechirganlarini biz ushbu asar orqali ko'ramiz. Birinchi qism, ya'ni maqolotda Amir Temur saltanat tuzishda qilgan 13 kengashi, Tug'luq Temur, Amir Husayn, Hindistonning olinishi, Rum Qaysari, Afg'onlar bilan urush, Seiston, Mozondoronning olinishida qilgan kengashlari haqida bo'lib, ularni o'qish orqali shunday ulkan saltanatni tuzishda Sohibqiron qanday qiyinchiliklarga uchraganini ko'ramiz. Misol uchun Hindistonni olishdan oldin, kengash chaqirib, o'z ayonlaridan maslahat so'raganida biz Temurning oqil ekanini, har bir yurishidan oldin Qur'ondan madad izlab murojat qilganini ko'ramiz. Yo bo'lmasa 7 kishi bilan mo'g'illarning hukmronligiga barham berish uchun bel bog'lab o'z askarlarini ko'paytirib olgani haqida ham ma'lumotlar olamiz. Amir Temur qo'shinni shunday tartibda joylashtiradiki, o'ng qisim buvong'ur, chap qism esa juvong'ur, markaz, yonbosh taraflar, hujum qismlari ham bo'ladi. Biror bir saltanatni egalashdan oldin, ushbu saltanatning tabiatini o'rganadi, u yerda otlarni ko'paytiradi. Agar o'z xohishi bilan mamlakat ahli taslim bo'lsa, ularni jangsiz moli omon solig'ini to'lash bilan ozod qiladi. O'z askarlariga mansabiga qarab oylik beradi. Oddiy sipohiy oti miqdorida, o'nboshi oddiy askardan 2 barobar ko'p va shu tarzda ular oyligi berilishi davom etishini nazorat qiladi. Xalqni qiynovchi soliqchilarni ayovsiz jazolaydi. Bir marta hiyonat qilib, tavba qilgan ayonlarini kechiradi. Agar hiyonat yana sodir bo'lsa unda qattiq jazolaydi. Amir Temur nafaqat hukmdor, balki mohir sarkarda ekanini ham ko'rsatib, urush joyini qanday tanlash kerakligini aytib o'tadi. Misol uchun urushayotgan paytda yuqoridan pastga qarab ketish kerakligini, markaz qo'shinni o'rab olib, to'lg'ama usulini qo'llash eng ish beruvchi usullardan ekanini ko'ramiz.

Harbiy san'atdan tashqari Amir Temurning ustozlari Said Baraka, Shamsiddin Kulol, Toyobodiylar haqida ham ma'lumotlar uchraydi. Amir Temur o'z raiyatini, ya'ni xalqini 12 qismga bo'ladi va ularga martabasiga qarab munosabatda bo'ladi.

Asar hozirgi kunda juda katta ahamiyatga ega bo'lib, Sohibqironning sadoqatni qadrlashining o'zida, har bir inson sodiqligi tufayli ko'p narsaga erishishi mumkinligini ko'ramiz. Yo bo'lmasa turmush qurayotganda naslini surushtirish orqali, oila qurushda yo'l qo'yishimiz mumkin bo'lgan xatolarni qilmaslikni o'rganamiz. Ushbu asar har bir siyosatchi, har bir rahbarning qo'lida bo'lishi kerak bo'lgan yo'riqnoma desak mubolag'a bo'lmaydi.

Mardlik va vatanparvarlikni kuylovchi Rustamxon xalq dostoni Fozil Yo'ldosh o'g'li tomonidan aytilgan bo'lib, uni Hodi Zaripov yozib olgan. Dostonning bosh g'oyasi qahramonlik bilan vatanni himoya qilish, yoriga vafodir. Hozirgi kunda dolzarbligini yo'qotmagan muammolar dostonda ham uchraydi, jumladan sotqinlik, muammoni xal qilishda qing'ir yo'llarni izlash kabilar o'sha davrda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

Dostonning mazmun- mohiyatiga kelsak, doston bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur bo'lib ulg'aydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qo'rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko'rish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga osdirmoqchi bo'lganida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qo'lidan qutqarib: "Adashganning oldi yo'l", - deya yo'lga tushadi va Hukumu tog'ida qo'nim topib, ovchilik bilan kun ko'ra boshlaydi. Bu orqali biz onaga bo'lgan muhabbatni ko'rishimiz mumkin

Rustam sovun va tuz qidirib chiqqan bir paytda o'tovga bog'lab qo'yilgan xushsurat qizni ko'rib qoladi va uning ajdarga yemish uchun turganligidan xabar topadi. Bu qiz Oftoboy edi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi. Oftoboy yalinib-yolvorib Rustamni o'z

ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: "Mard so'zidan, yo'lbars izidan burilmaydi" degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm qilmayman, qayishmay ajdahorning yo'lini aytgin", - deydi. Ajdar bilan mardonavor kurashib, uni yengadi va qizni o'limdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos bo'lgan Bujul yurti Rustamni shohlikka ko'taradi va Oftoboyim bilan to'yini qilib uylantirib qo'yadi. Erkin va oddiy hayot yo'lini tanlagan Rustam uch kundan so'ng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga qaytadi. Shu tariqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qo'rqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.

Dostonda bir qancha ayol obrazlari ham gavdalantirilgan. Ayniqsa, Huroyim va Oftoboyim obrazlari alohida ajralib turadi. Ularga xos go'zallik, oqilalik, sadoqat va mehribonlik fazilatlari doston voqealari rivojida ishonarli tasvirlangan. Xususan, Oftoboy - tengsiz go'zal qiz. Uni birinchi ko'rgan Rustam unga shunday murojaat qiladi:

Maloyik suratli, gul yuzli dilbar, Seni ko'rgan odam bo'lar beqaror. Oy-u kundan ziyod sening husning bor Ne qildi seni boylab giriftor?

Oftoboyda mana shu go'zallikka teng fahm-farosat, zukkolik ham mavjud. Uning bu fazilatlari Sultonxon o'z qilmishlariga tavba qilib, o'g'li va xotinidan kechirim so'rash uchun darvesh qiyofasida kelgan paytda ham ko'rinadi. Oftoboy dostonda oqila kelin, suyukli yor sifatida gavdalanadi.

Dostondagi asosiy qahramonlardan biri Huroyimdir. Huroyim Sultonxonga o'g'il farzand ato etadi, biroq evaziga qanchadan qancha jabr-u sitamlar ko'radi. Kundoshlari yurtidan quvganida ham, ajal ko'lanka solganida ham, o'zga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, u o'zligidan kechmaydi. Bu orqali biz beixtiyor o'z onalarimizni eslab ketamiz. Undagi go'zal xulq, oqilalik barcha sitamlardan qutulishida yordam berdi. Rustam darvesh sifatida kelgan Sultonxonni qilich bilan chopmoqchi bo'lganida, Huroyimning o'ziga xos mulohazali ayol, oqila ona, kechirimli yor ekanligi ko'zga tashlanadi:

Dostonda Sultonxon o'ylamay qaror qabul qiladigan, o'zgalarning gapiga ishonuvchan laqma, podsho bo'lsa-da, zaif shaxs sifatida tasvirlanadi. Bu esa bizga hukmdor asli mard bo'lishi kerakligini o'rgatadi. Doston voqealari davomida Sultonxon juda ko'p xatolarga yo'l qo'yadi. Momogul maston fitnasiga aldanib, oilasidan, xotini va farzandidan ajraydi, ularsiz yashashga mahkum bo'ladi. Doston so'ngida Sultonxon o'z xatolarini tushunib yetadi hamda xotini va o'g'lidan kechirim so'raydi. Oilasini qaytadan tiklaydi, yo'l qo'ygan xatolarini tuzatishga kirishadi. Yomonlarni jazolaydi.

Dostondagi boshqa bir qator obrazlar ham voqealarning ishonarli chiqishida xizmat

qiladi.

Nikolay Nosov qalamiga mansub bo'lgan Bilmasvoy quyosh shahrida ertak-romani 1958- yilda yaratilgan bo'lib, Bilmasvoy haqida yozilgan roman trilogiyaning 2- qismi hisoblanadi. U 33 bobdan iborat, har bir bobida biz roman qahramonlari bilan tanisha boramiz. Ushbu roman bejiz Quyosh shahri deb nomlanmaydi. Bilmasvoy Quyosh shahriga borguniga qadar Gulzor shaharga, oyga turli xil yurtlarga sayohat qilgan bo'ladi. Romanning bosh g'oyasi insonlarga xushmuomalada bo'lish, doimo qilgan ishlarimiz uchun javob berishimiz kerakligini singdirishdan iborat.

Roman qahramonlari, Bilmasvoy, Tugmacha, irkitvoy, Sehrgar, Yaproqvoy, Quyosh shahri aholisi va boshqalardir.

Roman sujetiga qisqacha to'xtalsak, roman Bilmasvoyning Gulzor shahardan qaytganidan so'ng o'qish va yozishni o'rgangani, so'ng bularning barchasidan zerikib orzu qilishni boshlaydi. Tugmacha bilan suhbati natijasida sehrli tayoqcha haqida eshitadi va unga erishmoqchi bo'ladi. Tugmachaning aytishicha 3 marotaba yaxshilik qilsang sehrli tayoqcha seniki bo'larmish. Bilmasvoy ham shunday qiladi. Lekin tayoqchadan darak ham bo'lmaydi. Bularning bari yolg'on faqatkina bolalarni yaxshilikka o'rgatish uchun to'qib chiqarilgan deb o'ylab turgan bir paytda Sehrgar chol kelib unga tayoqcha hadya qiladi. Faqat bir muammo, agar 3 marotaba yomonlik qilinsa, sehrli tayoqcha o'z sehrini yo'qotishini aytadi. Bilmasvoy tayoqchasi va do'stlari bilan Quyosh shahriga sarguzashtga otlanadi. Quyosh shahri Quyoshda emas, balki Quyosh doimo nur sochib turuvchi yerda bo'lib, mittivoylar quyoshni to'sib turuvchi bulutlar kelganida kukundan foydalanib bulutlarni haydashardi. Ana shu yerga borib qolgan Bilmasvoy va uning do'stlari barchaning nazariga tushadi. Kunlarning birida Bilmasvoy jahlini chiqargan Yaproqjonni eshshakka aylantirib qo'yadi. U bu ishidan vijdoni qiynaladi. So'ng yana 2 marotaba yomonlik sodir etadi. Natijada Sehrli tayoqchasi o'z sehrini yo'qotadi. Bilmasdan eshshaklarni mittivoylarga aylantirgani natijasida ular Quyosh shahrini ostun-ustun qilishadi. Bilmasvoy Sehrgardan Quyosh shahri avvalgi holatiga qaytishini, Tugmacha o'z yurtlari Gulzor shaharga borishni, Irkitvoy esa yuvinmasada toza bo'lishni Sehrgardan so'raydi. Natijada Bilmasvoy va uning do'stlari uylariga qaytishadi.

Biz ertak-romanni o'qir ekanmiz, aql bilan ish tutilsa sehrning ham keragi bo'lmay qolishi haqida xulosa chiqaramiz. Bilmasvoy obrazida esa, o'ylamay qilingan ish boshga keltirar tashvish maqolining aksini ko'ramiz.

Tolstoy qalamiga mansub bo'lgan hikoya va ertaklar to'plami tarjimonlar Otaboyev va Omonov tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan bo'lib, to'plam turli xil hayvon va odamlarning xatti- harakatlarini ko'rsatib beruvchi masal va ertaklardan iborat. Jumladan, "Tovuq va oltin tuxum", "Sog'in sigir", "Toshbaqa", "Uch ayiq", "Danak", "Eshak va ot" kabi ertak va asarlardir. Asarning mazmun- mohiyatiga kelsak, hayotimizda uchrovchi katta- kichik kamchiliklarimizni kulgili holatda ko'rsatib berishdan iborat. Bosh g'oyasi esa insonni faqatgina ezgulik va komillikka chorlashdir.

"Tovuq va oltin tuxum" masalida bir insonning oltin tuxum tug'adigan tovug'i bo'lib, oltinlarim yanayam ko'paysin deb tovuqni so'yibdi. Ammo bu tovuqning ham boshqa tovuqlardan farqi yo'q ekan degan ibratli masali, bir tomondan insonning o'zini qadrlash kerakligi, uning mehnatini ko'kka ko'tarib, o'zini unutmaslikni aytsa, ikkinchi tomondan barcha insonlar aslida bir xil bo'ladi, faqat ularning amallari yaxshi va yomonga ajratiladi degan g'oyani ilgari suradi.

"Sog'in sigir" masalida esa biro damning doim bir xum sut beradigan sigiri bo'lib, uyiga mehmon chaqirgan egasi sigirini 10 kun sog'mabdi. Mehmon kelganida esa sigir sutdan qolib, bundan ham kam sut beradigan bo'libdi. Bundan ko'rinib turibdiki, insonning yuki, qilayotgan ishi qanchalik yengil bo'lsa, u shunchalik dangasa bo'ladi. Axir aytishadiku eshakning yuki qancha yengil bo'lsa yotog'on bo'ladi deb.

"Danak" hikoyasida esa, Vanya degan bolaning olxo'ri yemagani va onasidan berkitib o'g'irlab yeb qo'ygani haqida bo'lib, bu voqeani eshitgan ota olxo'rini kim yeganini so'raganda hammaga qo'shilib Vanya ham "men yemadim" deb aytadi. Ota esa ataylab "agar kim olxo'rini yegan bo'lsa uning danagi bor, yegan odam ertasi kuni vafot etadi" deydi. Vanya buni eshitib danagini oynadan otib yubordim, deydi. Hamma sharaqlab kulib yuboradi. Vanya esa uyalganidan yeg'lab yuboradi. Bundan ko'rinib turibdiki barcha yolg'onning ham, qing'ir ishning ham qiyig'i baribir qirq yilda bo'lsa ham chiqadi.

Tolstoy bizga o'zining to'plami orqali hayotda to'g'ri yashashni o'rgatadi. Boshimizga tushgan har bir ishga o'zimiz aybdor ekanligimizni tushuntiradi. Hozirgi kunda ham huddi Vanyadek bilmasdan aldab qo'yadiganlar, ko'proq foyda olish maqsadida xato ish qiladiganlar kammi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, har bir badiiy asar, har bir hikmatli so'z inson hayotida bir qadriyatdir. Pedagogika sohasida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs esa ulardan bevosita foydalangani maqsadga muvofiq hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. L.Tolstoy. "Bo'ri bolalarini qanday o'rgatadi?". T.; 2022y 15-17 betlar

2. ABDUGAPPAROVNA, U. M. (2019). THE ROLE OF CREATIVE TECHNOLOGIES IN DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCY OF GENERAL SECONDARY PUPILS IN COLLABORATIVE PEDAGOGY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(5).

3. X.I.Ibraimov, M.Quronov "Pedagogika". Darslik. T.:2023 yil.

4. N.Nosov "Bilmasvoy Quyosh shahrida". T.; Yoshlik 2022 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.