Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING MATN YARATISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANITIRISHDA MUMTOZ SHE’RIY JANRLARNING O‘RNI'

O‘QUVCHILARNING MATN YARATISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANITIRISHDA MUMTOZ SHE’RIY JANRLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
158
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutqiy kompetensiya / muvashshah / davr / muhit / ijod / badiiy mahorat / obrazli fikrlash / matn yaratish. / speech competence / muwashshah / era / environment / creativity / artistic skill / figurative thinking / text creation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — R. Rasulova, A. Muydinova

Ushbu maqola umumta’lim maktab o‘quvchilarining muvashshah janridan foydalangan matn yaratish ko‘nikmasini shakllantirish masalasiga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF CLASSICAL POETIC GENRES IN THE FORMATION OF STUDENTS' TEXT-CREATIVE COMPETENCE

This article will be devoted to the issue of the formation of the ability of general school education students to create text using the muvashshah genre.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING MATN YARATISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANITIRISHDA MUMTOZ SHE’RIY JANRLARNING O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'QUVCHILARNING MATN YARATISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANITIRISHDA MUMTOZ SHE'RIY JANRLARNING O'RNI

Rayxon Rasulova Arofatoy Muydinova

Chirchiq davlat pedagogika universteti o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7440458

Annotatsiya. Ushbu maqola umumta'lim maktab o'quvchilarining muvashshah janridan foydalangan matn yaratish ko'nikmasini shakllantirish masalasiga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: nutqiy kompetensiya, muvashshah, davr, muhit, ijod, badiiy mahorat, obrazli fikrlash, matn yaratish.

РОЛЬ КЛАССИЧЕСКИХ ПОЭТИЧЕСКИХ ЖАНРОВ В ФОРМИРОВАНИИ У УЧАЩИХСЯ ТЕКСТОТВОРЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ

Аннотация. данная статья будет посвящена вопросу формирования умения учащихся общеобразовательной школы создавать текст с использованием жанра мувашшах.

Ключевые слова: речевая компетентность, мувашшах, эпоха, окружающая среда, творчество, художественное мастерство, образное мышление, создание текста.

THE ROLE OF CLASSICAL POETIC GENRES IN THE FORMATION OF STUDENTS' TEXT-CREATIVE COMPETENCE

Abstract. This article will be devoted to the issue of the formation of the ability of general school education students to create text using the muvashshah genre.

Keywords: speech competence, muwashshah, era, environment, creativity, artistic skill, figurative thinking, text creation.

O'quvchilami ona zaminga, mehr-muhabbat, vatanparvarlik, insonparvarlik g'oyalari bilan tarbiyalash, eng avvalo, ona tilini o'qitish jarayonida amalga oshiriladi. Yosh avlodni kamol toptirishda ham ona tili va adabiyot fani o'qituvchisining xizmati naqadar ulkan bo'ladi. Ta'limda asosiy vazifalardan biri o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini oshirish, o'qish savodxonliklarini o'stirishdir. Maktab ta'limining barcha bo'g'inlarida, quyi sinflardan boshlab yuqori sinflargacha, barcha sinflar kesimida bunday ishlarni yo'lga qo'yish zamonaviy ta'lim tizimi oldiga qo'yilgan talabdir. Buning uchun o'quvchilarni ko'proq kitob o'qishga, adabiyotga murojaat etishga o'rgatish zarur. Insoniyatning ma'naviy, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun zarur bo'lgan ilmiy manbalarni avlodlarga meros qilib qoldirish hamda ajdodlar ma'naviy manbalarini tadqiq etib, jamiyat rivojiga hissa qo'shishni o'quvchilar ongiga singdirib borish zarur. Avvalo, yozma manbalarni o'rganish va bu manbalarni matn yaratish texnologiyasi orqali takomillashtirish mumkin. Demak, asosiy imkoniyatlardan biri matn yaratishga o'quvchilar qiziqishlarini oshirishdir. Til imkoniyatlar manbai, matn esa natijalar mevasidir, chunki matn egallagan bilim, ko'nikma, malakalar hosilasidir. Mustaqil yaratilgan matn o'quvchi tafakkur qobiliyati aks etishi, tugal mantiqli, falsafiy xulosaning kashf etilishi, yuzaga chiqishidir. Aynan mana shu kashfiyot shaxsni rivojlantirish kompetensiyasining bosh manbaidir. Bu yutuqqa erishishni matn yaratish kompetensiyasini shakllantirishdan boshlansa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Bilim o'zlashtirish qobiliyati ijodkorlikni, yaratuvchanlikni yuzaga keltiradi. Mantiqiy fikrlashning xato qilmaslik talabi, o'quvchini izlanishga, kashf qilishga yo'naltiradi, shaxs sifatida o'zligini anglash, o'z bilim va iqtidorini o'zgalarga namoyish qilish istagini paydo qiladi.

1839

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'quvchilarda ijodiy tаfаkkumi rivоjlаntirish uni yozmа va og'zaki fikr ifоdаlаsh, fikrini asoslab berish, mustаqil mаtn yarаtishgа o'rgаtish, o'qish sаvоdхоnligini оshirishdаn iborat. Mаtn yarаtishdа muvаffаqiyatgа erishish o'qituvchining mеtоdlаmi mukаmmаl bilishi, mеtоdni to'g'ri sаrаlаb tаnlаy оlishi vа ularni o'z o'midа qo'llаy оlish mаhоrаtigа bоg'liq. O'quvchi fаоliyati o'z-o'zidаn fаоllаshmаydi, bаlki o'qituvchi tоmоnidаn ilg'оr innоvаtsiоn tехnоlоgiyalаrdаn fоydаlаnish yaхshi nаtijаlаr bеrаdi. O'quvchi egаllаshi lоzim bo'lgаn zаruriy bilimlаr hаmdа shu bilimlаrgа mos keladigan malaka va ko'nikmalar tizimi to'g'ri tanlansagina har tomonlama yetuk kompetentligi bilan namuna bo'la oladigan shaxsni tarbiyalash mumkin. O'quv jarayonida innovatsion texnologiyalarning o'rinli qo'llanilishi o'quvchilarni mustaqil, erkin, mantiqli fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas'uliyatni his etishga o'rgatadi. Muammolarni o'z zimmasiga ola bilish, tahlil qilish, qo'shimcha vositalardan unumli foydalanish, eng asosiysi, o'qishga, fanga, o'zi tanlagan kasbiga nisbatan mehrini kuchaytiradi, ta'limda samarali natijalarga erishiladi. Matn yaratish jarayonida qo'llaniladigan metodlarda doimiy takrorlanib kelgan an'anaviy usullarga nisbatan yangicha yondashuvlar asosida tashkillashtirish ham maqsadga muvofiq bo'ladi. O'quvchilar uchun qiziqarli, maroqli usullarni qo'llash doimo samarali kechgan, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratiladigan matnlarida maqol va matallardan, yuqori sinflarda esa lirik matnlarda she'riy san'atlaridan foydalanish jarayonning rang-barangligini ta'minlaydi hamda ko'zlangan natijani beradi. Muvashshah she'riy janridan foydalanib she'rlar yaratish yuqori sinf o'quvchilarida katta qiziqish uyg'otib, ularni ijodkorlikka undaydi. Chunki bu she'riy janrda she'r misralari zamirida kishi yoxud predmet nomi yashiringan bo'ladi. Yoshlarni topqirlikka, zukkolikka undaydigan topshiriqlar zamonaviy ta'limda katta ahamiyatga egadir. Turli she'riy janrlarga, go'zal she'riy san'atlarga boy, rang-barang va nafis o'zbek mumtoz she'riyatida muvashshah yozmagan shoir kam topilsa kerak. Muvashshah arabcha "ziynatlangan", "bezalgan" ma'nolarini anglatadi. Zamirida biror narsa nomining yashirinishi jihatidan muvashshah chiston va muammo, hatto ta'rixga o'xshab ketsa-da, biroq ularni bir-biridan ajratib turadigan farqlari ham mavjud: ta'rixda biror voqea yuz bergan muhim sana ifodalansa, chistonda biror predmet yoxud voqea topishmoq usulida beriladi, muvashshahda esa, asosan, shaxslar yoxud predmetlar nomi yashirinadi; she'r misralaridan muayyan qoidalar asosida kishi ismi yoki narsa nomi kelib chiqadi: baytdagi toq misralar, ba'zan juft misralar yoki baytning va, hatto, har bir misraning birinchi harflarini terib olib bir-biriga qo'shilsa, she'rda yashiringan ism yoki nom kelib chiqadi; muvashshahda yashiringan ism she'r kimga bag'ishlanganini ko'rsatadi; agar she'r ismi bog'langan kishiga aloqador bo'lmasa, ilmda u intizom deb yuritiladi; muvashshahlar, odatda, aruzning muayyan vaznlarida yoziladi, biroq XX asr o'zbek adabiyotida muvashshahlarning barmoq vaznida yozilgan namunalari ham uchraydi; she'rda, asosan, bir kishining nomi yashiringanligi va uni qanday topish mumkinligi haqida muayyan ishoralar bo'ladi, ammo bunday ishoralar berilmagan muvashshahlar ham uchrab turadi [1, 67-68.].

Muvashshah-g'azalalarda yashiringan kishi ismi quyidagicha usullar bilan hosil qilinadi: 1) g'azal baytlaridagi birinchi misraning bosh harflari olinadi; 2) g'azaldagi qofiyadosh misralarning birinchi harfi olinadi; 3) baytlarning har ikki misrasi bosh harflari ketma-ket teriladi. O'zbek adabiyotida, asosan, birinchi turdagi muvashshahlar ko'p uchraydi[3, 170].

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qo'qon adabiy muhiti namoyandalari orasida muvashshahchilik keng tarqalgan. Shu o'rinda Nozimxon nomiga bag'ishlangan muvashshah-g'azalni ko'rib chiqsak.

1840

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Necha gulchehra oshiqlig'da hayroning bo'lay,

Bulbuli sho'ridadek mahvi gulistoning bo'lay.

Zulm ila javru sitam aylab tag'ofil topki,

Kel, niqobingni ochib, ey sho'x, qurboning bo'lay.

El giriftoring agar qosh-u ko'z-u ruxsoringa,

Men asiri anbarin zulfi parishoning bo'lay.

Muddao har dilda, lekin menda shulkim orzu,

Bismili tig'i nigohi tiyri mujgoning bo'lay.

Xurrami xandon netar, jonoki, kelsang oqshami,

Lutflar aylab debon: "to subh mehmoning bo'lay".

Aylag'il ohir o'zung insofkim tokayg'acha,

Ro'zi shab ummidvori ahdi yolg'oning bo'lay.

Nogohon har baytidan bir harfdin olib Muqim,

O'qi, noming chiqmas ersa nomusulmoning bo'lay[4,19].

Mazkur g'azal an'anaviy 7 baytdan iborat bo'lib, har bir baytning toq misralaridagi birinchi so'zning bosh harfi ( "_necha" dan "n", "zulm"dan "z", "el"dan "i", "muddao"dan "m", "xurrami"dan "x", "aylag'il"dan "o", "nogohon"dan "n") terib olinib, bir joyga yig'ilsa, "n-z-i-m-x-o-n" ismi hosil bo'ladi. Bu o'rinda g'azalning arab yozuvi asosidagi eski o'zbek yozuvida yaratilgnligini hisobga olinsa, "n"dan so'ng "o" qo'shiladi va natijada "Nozimxon" ismi kelib chiqadi. Ko'pincha muvashshah-g'azalda yashiringan ismga g'azal maqtasida ishora qilinadi. Muqimiy ijodiga mansub muvashshahlarga diqqat qilsak, bunday ishoralarning betakror namunalarini ko'rishimiz mumkin. Quyida ba'zi muvashshah-g'azallarning maqta'laridan namunalar keltiramiz.

Jamolxon ismi yashiringan muvashshah-g'azalning maqtasi: Nogohon olsang Muqimiy, avvali har baytidin, Harflar ravshan bo'lur, albatta, ismin gavhari [4,20]. Muhsinxonga bag'ishlangan muvashshah-g'azalning maqtasi: Nozanincha Muqimiydek, g'aribi telmurub, Chorsuda har javonibg'a ko'zi xor o'lmasun[4,21]. Tojixon nomiga bitilgan muvashshah-g'azalning maqtasi: Nomig'a aylarmu muashshah, muhabbatdin Muqim, Bo'lmas odamg'a agarchandi parilar oshno[4,80].

XX asrda ham ijodkorlar tomonidan muvashshahlarning zamonaviy shakllari yaratildi. Jumladan, sevimli shoirimiz Erkin Vohidov yaratgan muvashshah ham o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. "Ismi ne ul qushnikim..." deb boshlanuvchi muvashshah-g'azalning har bir bayti boshidagi harflar yig'indisidan "Istak" so'zi kelib chiqadi. An'anaviy mumtoz muvashshahlarda, asosan, baytlarning toq yoki juft misralarining bosh harflaridan ism kelib chiqsa, Erkin Vohidov yaratgan muvashshah baytlarning har ikki misrasi bosh harflaridan terilgan va yana eng e'tiborlisi, muvashshahda shaxs ismi emas, balki insoniy tuyg'u nomi topishmoq singari ta'riflanib yashirilgan. Bu esa shoirning ijodiy yondashgani, novatorligidan dalolatdir: Ismi ne ul qushnikim, na jismi bor, na joni bor, Izla, top, ne bog'kim ul, na haddi, na poyoni bor. Soy nekim ul, bo'lg'ay unda na qaroru, na kanor, Suv ne ul, qonmoqning unga na iloj,imkoni bor.

1841

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tog' nadurkim, cho'qqisini hech kishi zabt etmagan,

Tirmashib yotquvchi elning na sanoq, na soni bor.

Arg'umoq nekim, uning bor na jilov, na jabdug'i,

Andalib nekim, uning har dilda bir oshyoni bor.

Komronlik unga yetmak, yetmagan armon bilan

Kim, muvashshah bitdi Erkin, ko'nglida armoni bor [2,250-251].

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, umumta'lim maktablarining adabiyot darslarida o'quvchilar ijodlari o'rganilayotgan shoirlarning muvashshah-g'azallari bilan ham tanishtirib borilsa, ularning shoir hayoti va ijodiga, ayniqsa, mumtoz adabiyotimizga bo'lgan qiziqishlarining yanada oshirilishiga xizmat qilgan bo'lar edi. Matn yaratish jarayonida ham bir xillikdan qochilib, yangicha yondashuvlar kasb eta boshlaydi. Yaqin insonlari, sinfdosh do'stlari ismlari bilan bog'lab she'rlar yaratish ular o'rtasida mehr-muhabbat, o'zaro hurmat tuyg'ularini shakllantiradi. Yon-atrofidagilarga befarq bo'lmaslik, ularni ardoqlash, mehr ulashishga rag'batlantiradi. Sevgan shoir va yozuvchilar nomlariga atab yozish mashg'ulotlari esa, adabiyot olamiga hurmat bilan qarashga undaydi. Quyida Abdulla Oripov nomi yashiringan she'rni misol tariqasida keltirish mumkin:

Ash'orlar bitdingiz qalbingiz yorib, Ba'zan mahzun, ba'zan dard ichra yonib. Dovonlar oshdingiz, siz chekinmasdan, Uzun tunlaringiz she'r bilan qorib. Lolalar terdingiz moziylar kezib, Lolazor ekdingiz biz uchun tizib, Avlodlar qalbini mangu zabt etib!

Tarixiy an'anaviy ma'naviy meroslarimiz shakllarini uzmasdasdan takomillashtirib borish ta'limda yangi axborot manbalari oqimlarining hamda axborot texnologiyalarining bo'ronli rivojlanishida ijobiy natijalar beradi.

REFERENCES

1. Boboyev T., Boboyeva Z. Badiiy san'atlar. - Toshkent, 2001.

2. Vohidov E. Tanlangan asarlar.- Toshkent, Sharq, 2018.

3. Pardayev Q. Muqimiy she'riyati: matn tarixi, tahriri va talqini. -T.: Muharrir nashriyoti, 2019.

4. Pardayev Q. Biz bilmagan Muqimiy. Yangi aniqlangan va matni qayta tiklangan asarlar. -Toshkent, "Muharrir", 2019.

5. Rasulova R. B. Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan. Til va adabiyot ta'limi, 2020-yil, 5-son 18-20-b

6. Rasulova R. B. (2021). Matn yaratish kompetensiyasini shakllantirishda mumtoz adabiyot qatlamlariga murojaat. Til va adabiyot ta'limi, 7. B.12-14

7. Rasulova R.B. Umumta'lim maktab o'quvchilarining matn yaratish kompetensiyasini shakllantirishda reminissensiya hodisasisining ahamiyati (7-9-sinflarda matn yaratish kompetensiyasini shakllantirish metodikasi) Mug'allim ham uzluksiz bilimlendirio'. Ilmiy-metodikaliq jurnal № 6/1 2021. B. 8-12

8. Муйдинова А. (2022). Мувашшах,чилик анъанаси. Academic Research in Educational Sciences, 3(3), 1042-1047.

1842

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.