Научная статья на тему 'SAYID HAYBATULLOHXO‘JA XISLAT VA UNING IJODIY MEROSI'

SAYID HAYBATULLOHXO‘JA XISLAT VA UNING IJODIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
170
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Armug‘oni Xislat” / “Savg‘oti Xislat” bayoz / g‘azal / muxammas / tarjima / to‘plam / marsiya. / “Armugoni Hislat” / “Savoti Khislat” baez / ghazal / muhammy / translation / collection / marsia.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh. Rasulova

Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining vakillaridan biri Sayid Haybatullohxo‘ja Said Orifxo‘ja o‘g‘li Xislatning hayoti va ijodiga oid yangi ma’lumotlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KHYSLAT AND HIS CREATIVE HERITAGE

The article analyzes new information about the life and work of Said Khaibatullahkhodzhi Said Arifkhodzha oglu Hislat, one of the representatives of Uzbek classical literature.

Текст научной работы на тему «SAYID HAYBATULLOHXO‘JA XISLAT VA UNING IJODIY MEROSI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

SAYID HAYBATULLOHXO'JA XISLAT VA UNING IJODIY MEROSI Shahnoza Mustafakulovna Rasulova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.6985349

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek mumtoz adabiyotining vakillaridan biri Sayid Haybatullohxo'ja Said Orifxo'ja o'g'li Xislatning hayoti va ijodiga oidyangi ma'lumotlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: "Armug'oni Xislat", "Savg'oti Xislat" bayoz, g'azal, muxammas, tarjima, to'plam, marsiya.

ХИСЛАТ И ЕГО ТВОРЧЕСКОЕ НАСЛЕДИЕ

Аннотация. В статье анализируются новые сведения о жизни и творчестве Саида Хайбатуллахходжи Саида Арифходжа оглу Хислата, одного из представителей узбекской классической литературы.

Ключевые слова: «Армугони Хислат», баёз «Савоти Хислат», газель, мухаммы, перевод, сборник, марсия.

KHYSLAT AND HIS CREATIVE HERITAGE

Abstract. The article analyzes new information about the life and work of Said Khaibatullahkhodzhi Said Arifkhodzha oglu Hislat, one of the representatives of Uzbek classical literature.

Keywords: "Armugoni Hislat", "Savoti Khislat" baez, ghazal, muhammy, translation, collection, marsia.

KIRISH

O'zbek mumtoz adabiyoti an'analarining munosib davomchilaridan biri, bayoznavis shoir, tarjimon, noshir Sayid Haybatullohxo'ja Said Orifxo'ja o'g'li Xislatdir. Shoirning tug'ilgan yili ba'zi manbalarda 1880-yil deb ko'rsatilgan. Uning zamondoshi Mo'minjon Muhammadjonov (taxallusi Toshqin)ning shaxsiy arxivi hujjatlaridagi ma'lumotlarga ko'ra, shoir 1882-yilda Toshkentning Beshyog'och daha, Chorsu mahallasida bog'dor oilasida dunyoga kelgan. O'z zamonasining savodli, donishmand ayoli Shamsi oyim nabirasidagi o'zgacha qobiliyatni anglagan va uni Ko'kcha darvozasida istiqomat qiluvchi Eshon oyi huzuriga ilm olishga yuborgan. Haybatulloh u yerda 4-5yil ilm olgach, yanada ko'proq bilim olishi uchun Toshkentning Ishqobod mahallasida yashaydigan Roziya otin huzuriga yuborilgan. Roziya otinning shogirdlaridan biri Saidaxon ismli qizning shirali ovozi bilan "Ko 'zlaringning cho'xiga Mirrix-u Cho'lpon o'xshamas..." g'azalini eshitgan shoirning qalbida she'r yozishga havas uyg'ongan. Adabiyot va she'riyatga havasi baland bo'lgan shoir 9 yoshidan boshlab she'r yozishni mashq qila boshlaydi. U Roziya otin tarbiyasida mukammallik maqomiga yetgan va maktabga savodxon holda kirib borgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yosh Haybatulloh maktabda o'qib yurgan davrlaridayoq Alisher Navoiy, Muhammad Sulaymon o'li Fuzuliy, Mirza Abdulqodir Bedil asarlarini sevib mutolaa qiladi. Haybatullohxo'ja 1898-yili "Ko'kaldosh" madrasasiga o'qishga kirib, ahli ilm o'rtasida baobro' mudarris Eshonxo'ja qoridan tahsil ola boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda "Xo'ja Ahror", "Kesak qo'rg'on" madrasalaridagi mudarrislardan tahsil olganligi haqida ma'lumotlar bor. Shu yo'sinda o'qishni davom ettirar ekan, ko'p vaqtini she'r yozishga bag'ishlaydi va bu haqda tarjimayi

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

holida: "Madrasaga chiqishim barobar she'r o'qish va she'r yozishga berildim. Hatto ba'zi domlalar ilmsiz bo'lib qolasan, she'rga ko'p urinma, deb qaytarur edilar. So'zlariga quloq solmasdan tobora she'r yozishga shavqlanardim", - deb yozadi.[1;35]

Oiladagi iqtisodiy tanglik, ro'zg'or qiyinchiliklari sababli shoir kechalari o'qib, kunduzlari hunar o'ganadi. Avvaliga fonus yasovchi Qoraxo'jaga shogird tushib, bir yil yil mobaynida fonus yasash sirlarini o'rganadi. (Yaqinlarining ma'lumotlariga ko'ra, Haybatullohning o'z qo'li bilan yasagan fonusi Usta Usmon xonadonida saqlanmoqda). Milliy duradgorlik va imoratsozlikni esa Usta Komildan o'rganib, umrining oxirigacha shu hunarlariga sodiq qoladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Haybatullohning kamol topishida zabardast shoirlardan biri Karimbek Sharifbek o'g'li Kamiy (1880-1923)ning mehnati, yordami, maslahati katta bo'ladi. Undagi bir qator o'ziga xos xislatlarni ko'rgach Kamiy unga "Xislat" deb taxallus beradi. Xislatning qalamini ochib bergan ham, uni Muqimiy, Oraziy, Toshxo'ja Asiriy adiblar bilan ham tanishtirgan Kamiy bo'ladi. Bu haqda shoirning o'zi quyidagicha hikoya qiladi: "Qazoro, bir o'rtog'imning uyiga mehmon bo'lib bordim. Tokchada bir kitob turibdi, olib ochib ko'rsam, chiroyli xat bilan "G'azali Mavlono Kamiyi Toshkandiy" deb ustiga yozilgan:

Bayt:

Qayu gulchehra yodi birla afg'on etding, ey bulbul,

Hazin ovoz ila diydamni giryon etding, ey bulbul... Manga nihoyatda ta'sir qildi. Yuragimdagi o'chgan olovni puflab oldirdi. Tezlik bilan mehmondorchilikdan qaytib, madrasaga keldim. Kamiy domlani axtara boshladim. Xullasi kalom, qidira-qidira "Madrasai Beglarbegi"dan tofdim. Ixcham, shinam, soqol-mo'ylablari o'ziga yarashgan, kamgap, sere'zoz nozik odam ekan. O'zimning she'rga havasim borligini arz qildim. Kamiy domla, juda yaxshi, deb xursand bo'ldi. O'shal kundan boshlab meni tarbiya qila boshladi"[2;28].

Xislat so'zni juda nafis his qiluvchi, hozirjavob shoir bo'lgan. 60-yillarda shoir Mulla Qosim Mo'minjon o'g'li Omiliy va Xislat o'rtasidagi mushoara o'z davrida tildan tilga ko'chib yurgan. (Bu mushoarani mashhur sozgar Usta Usmon Zufarovning ukasi Mulla Abdurahim Zufarov so'zlab bergan).

Gavjum bir davrada shoir Mulla Qosim Mo'minjon o'g'li Omiliy shoir Xislatni:

- Qani, eshon, bir bellashib ko'rmaymizmi? - deya baland ovozda

mushoaraga chaqirib qoldi. Davrada o'ltirganlarning barchasi supada o'ltirgan ikki shoirga o'girildi. Xislatni davrada bir mulzam qilishni ko'ngillagan Omiliy istihzo ohangida:

- Qani boshlang! - dedi. Xislat qo'llarini ko'ksiga qo'yib:

- Sizdan bo'lsin! Siz ulug'siz - dedi tavozu' aylab (ya'ni adablilik bilan o'zini past tutib). Omiliy bir tomoq qirib oldi-da:

- Biz ikkimiz qolibmiz, dunyoda kambag'aldan, - deya mayin jilmayib davraga nigoh tashladi. Davra jim, hatto nafas olmay, shoir Xislatga tikilib turardi. Xislat esa bir soniya o'ylab o'tirmay, shu zahoti javob qaytardi:

- Hech bir giyoh unarmu tuprog'i yo'q shag'aldan.

Davradan "qoyil", "qoyil" degan ovozlar eshitildi. Xislat vaznlar mutanosibligidan tashqari, bittamas, ikkitamas, balki "kambag'al" so'ziga mos qilib, to'rt harfdan iborat qofiyada javob

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

qaytargan edi. Endi hammaning nigohi Omiliyga qaratildi. Omiliy bir fursat taraddudlanib turdi, so'ngra pastroq ovozda tebranib:

- Ey Xislatiyi dono, bo'lding jahonda tanho, - dedi-da, yana bir dam o'ylanib turdi. So'ngra bir tebranib olib qo'shimcha qildi:

- Gar yo'q qo'lingda dunyo, bu bayt ila g'azaldan.

Davradagilar qiyqirib yuborishdi. "Bo'ldi, bo'ldi!"- degan ovozlar eshitildi.[3;148]

Xislat hayot kechirgan yillarda ham o'zbek ziyolilari orasida Bedil ijodiga qiziqish baland edi. "Bizning shoirlarda, - deb yozadi shoir, - she'r yozishni Bedilga yetkazish katta fazilat edi. Men ham she'rimni Bedilga yetkazish uchun urinar edim. Shunga ko'ra Kamiy, Asiriy, Vasliy, Muxtorxon, G'urbatiy, Alouddin domla, Madkarim qori kabi eng yaxshi bedilxon shoirlardan Bedilni o'rgandim va bedilona she'rlar mashq qildim[4;55]

Xislatning she'rlari xalqning qalbidan o'rin olayotgan, Toshkent xalqi uni "Shoir Xislat", "Xislat eshon" deb atay boshlagan paytda shoirning hayotiga bulutli kunlar soya soldi. Uning Malohat ismli qizi 4 yoshida, Nisbatxon ismli o'g'li 5ga qadam qo'yganida qizamiq kasalidan, turmush o'rtog'i Sarvixon esa og'ir dard bilan ketma-ketma vafot etdilar. Ular xotirasiga bag'ishlab yozilgan marsiyalar shoirning bayozidan o'rin olgan: Tushub boshimg'a do'stlar dog'i farzand, Ko'zumg'a onchunon tor o'ldi Toshkand. Bor erdi bir qizim ismi Malohat, Edi mehrin ifi jonimg'a payvand. Jahondin qildi rihlat to'rt yoshida, Yoq erdi asrida bir anga monand. Xususan bor edi bir dona o'g'lum, Oti Nisbatxon erdi, so'zlari qand. Kirib erdiki to'rtdin beshqa nogoh, Qizomug' dardi birla bo'ldi dardmand. Bu ikki bulbulimdin ayrilibon, Yuray qandog' jahon bog'ida xursand.. .[4.190]

Xislatning mashhur hofiz Mulla To'ychi Toshmuhammad o'g'li (1868-1043) bilan qadrdonlashuvi shoirga ijodiy quvvat bag'ishladi, ruhini tetiklashtiradi. MUHOKAMA

Xislatning noshirlikdagi tashabbuslaridan biri o'zbek bayoznavis shoirlari ichida birinchilar qatorida o'z bayozlarini chop ettirdi va adabiyotda muhim bosqichni yuzaga keltirdi. Uning bu tashabbusini undan keyingi shoirlar qo'llab-quvvatladilar. Xislat mumtoz hamda zamondosh shoirlarning eng yaxshi ijod namunalarini saralab, nashr ettirdi. "Mening adabiy xizmatlarim ichida, - deb yozadi shoir, - bayoz chiqarganim katta ishdir. Men "Armug'oni Xislat", "Savg'oti Xislat", "Tuhfai Xislat", "Hadyai Xislat" nomli to'rt bayoz chiqarganman. Bu to'rt bayozning ichida 86 o'zbek shoirining 230ta eng go'zal she'rlari to'plangan"[5;135].

Xislat bayozlarining ichida hajmi, tarkibidagi she'rlarning rang-barangligi, muayyan mavzuga bag'ishlanganligi jihatidan "Armug'oni Xislat" ajralib turadi. "Armug'oni Xislat" bayozi o'z davrining mashhur qo'shiqchisi Mulla To'ychi Toshmuhammedovning tashabbusi va homiyligida dunyoga kelgan. "Armug'oni Xislat" bayozi chop etilgach, juda katta mavqega ega bo'ladi, xalq ichida sevilib o'qiladi. Ammo bu kitobning keng tarqalishiga to'sqinlik qiluvchilar ham ko'payadi. Bu haqda Mo'minjon Muhammadjon o'g'li Toshqinda shunday ma'lumotlar

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

bor: "Armug'oni Xislat" 1912-milodiy yilda bosilgan bo'lib, Xislat buni tarqatish uchun xurjuniga solib, bir qancha shaharlarda, ko'pincha, Farg'ona shaharlarida aylanib yurdi. Jumladan, Qo'qon shahriga borganida: "Bunga To'ychi hofizning suratini solib chiqatibdur. Kitobga surat solish islom shariatiga xilof!." deb , Qo'qon mutaassib mullalari g'avg'o ko'tardilar va Xislatni toshbo'ron qilib o'ldirishga fatvo berdilar. Unga Qo'qondagi ba'zi do'stlari bu fojealik hodisadan xabar berib, kechalab Toshkentga qarab qochirtirdilar. Bo'lmasa, ertasiga toshbo'ron bilan o'lib ketishi aniq edi" [4;140].

Xislatning qisqa umri davomida "Qilmas tarahhum holima nomehribon yorim mening", "Orazi afloki husn ichra mahi tobon erur", "Rahm etib rozu dilimni so'rmading bir yo'lgina", "Mubtalo qilg'on domig'a, jono, o'zung", "Ko'rub husnungni jono, ko'zgudek hayron bo'lub qoldim", "Hajringda, ey yor, korim fig'ondur " kabi bir qancha dilbar g'azallarini yaratdi. Uning Furqat ("Ey, xo'blar sarosi, har koringiz chiroylik"), Muqimiy ("Boqsa har odamni nogah beqaror aylar ko"zung", "Pari oso ko'runmay o'zni pinhon aylading, ketding", "Qadding sarvi xiyobondin qolishmas"), Xaziniy ("Bo'lmayin ag'yora hamdam, ey pari, tanhocha kel"), Huvaydo ("Saharlar tinmayin aylar edim yuz ohu vo yolg'uz"), Shavkat Iskandariy ("Nasibim, yo Rab, et joyi Madina") g'azallariga bag'ishlab yozgan muxammaslari xalqimizning qalbidan joy olgan. O'z navbatida, zamonasining mashhur shoirlari Muhayyir, Mavlaviy, Vasliy, Shavkat Iskandariy, Pirimqori Andijoniylar shoir she'rlariga ehtirom ko'rsatib muxammas bog'laganlar.

Xislat ijodining muhim bir qirrasi tarjimonlikdir. Shoir bu sohaga erta qadam qo'yadi. Ma'lumotlarda qayd etilishicha, Xislat madrasada o'qib yurgan kezlari mashhur fors adibi Ubayd Zokoniy(1270-1370)ning falsafiy mazmunga ega bo'lgan "Mushu gurba" ("Sichqon va Mushuk") qissasini fors tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgan va bu tarjima 1903-yilda matbaa usulida chop etilgan. Muvaffaqiyatli tarjima qilingan bu asar o'sha davrda omma orasida mashhur bo'lib ketdi va hatto ayrim qismlari maktab darsliklariga ham kiritildi. Zotan bu vaqtda 20 yoshda bo'lgan "Mushu gurba"ni yetuk shoirlarga xos ravishda masnaviy yo'lida chop etgan edi. Bu qissaning tarjimasidan keyin zo'r g'ayrat bilan faoliyatini davom ettirdi. Bu xususda shoir shinday yozadi: "Men bundan 35 yil burun, (ya'ni, 1906-yilda) Umar Boqiy degan fors shoirining "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin" nomli nasr bilan yozilmish dostonlarini, mashhur Eron shoiri Firdavsiyning "Jangnoma"sining birinchi jildi bo'lmish "Barzuyi sher"ni (446 sahifa) tarjima qilib (1911-yili) bostirdim. Shayx Bahouddin Omiliyning 740 misrali "Non va halvo" nomli arabcha, forscha mayda ibratli hikoyalar to'plamini she'r bilan tarjima qildim" [1;31]. Bulardan tashqari Xislat bir qator kichik she'riy asarlarni ham fors tilidan tarjima qildi. 1940-1941-yillarda esa buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning 800 yillik yubileyi munosabati bilan uning "Layli va Majnun" dostoni o'zbek tiliga tarjima qilindi. Bu tarjimadan parcha "Yangi hayot" jurnalining 1940-yil 11-12-qo'shma sonida bosilib chiqqan. 1947-yilda esa Toshkentda Nizomiy tavalludiga bag'ishlab "Guldasta" nomi ostida "Panj ganj"idan parchalar kitob holida nashr etildi. Bu nashr "Gurbu mush"dan keyin Xislat ijodiy mehnatining samarasi o'laroq nashr etilgan ikkinchi asar edi. Ammo bu kitobni ko'rish shoirga nasib etmadi.[3;32] Der edim kecha-kunduz bu jahona, O'zumdin toki qo'ysam bir nishona... Desam maqsadlarim - qo'ymoq asardir, O'zimdin do'stlara bir xush xabardir. XULOSA

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-3337

SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №^4

Shoir o'z maqsadiga erishdi. Uni xalq qalbida ardoqlanib kelinayotgan she'r-g'azallari, kuylarida yashayotgan qo'shiqlari, an'analarini davom ettirayotgan shogird-izdoshlarilari, ma'naviyatimizni yuksaltiruvchi asarlari bor. Xislat bayozlarini o'rganish, undagi she'rlarni joriy alifboga o'girish, ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash, shuningdek Xislatning shoirlik mahoratini alohida miqyosda tadqiq qilish galdagi vazifalardan biridir.

REFERENCES

1. Jalilov A. Xislat // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1968.1-son. - 35 b.

2. Jalilov A. Xislat // O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 1969.4-son. - 28 b.

3. Xislat. Tarannum. Tuzuvchi va so'zboshi mualliflari M. Asadullayev, T.Zufarov. -Toshkent: MERIUS, 2009. - 198 b.

4. "Armug'oni Xislaf'.O'zFASHI, inv.№11555. - 190 b.

5. Mo'minjon Muhammadjonov Toshqin. Toshkent shoirlari tazkirasi (Xislat haqidagi esdaliklar). 5-kitob. - 135 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.