Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI MUSIQA MEROSIGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH'

O‘QUVCHILARNI MUSIQA MEROSIGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
o‘quvchi / musiqa merosi / muhabbat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Orif Tursunovich Tilloxujayev

Ushbu maqolada o‘quvchilarni musiqa merosiga muhabbat ruhida tarbiyalash to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI MUSIQA MEROSIGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH»

O'QUVCHILARNI MUSIQA MEROSIGA MUHABBAT RUHIDA

TARBIYALASH

Orif Tursunovich Tilloxujayev Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilarni musiqa merosiga muhabbat ruhida tarbiyalash to'g'risida ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: o'quvchi, musiqa merosi, muhabbat

EDUCATION OF STUDENTS IN THE SPIRIT OF LOVE FOR MUSIC

HERITAGE

Orif Tursunovich Tillokhujayev

Kokand DPI

Abstract: This article provides information on educating students in the spirit of love for musical heritage.

Keywords: student, music heritage, love

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an'analarni joy-joyiga qo'yishda, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlarni amalga oshirilganligining guvohiga aylandik. Ayniqsa yoshlar talim-tarbiyasiga bo'lgan qarashlar, davlat siyosatining ustivor maqsadlariga aylanib kelmoqda. Bu borada yoshlarimizning farzandlik burchlarini chuqur anglashga, Vatanga, xalqiga va nihoya o'zi o'sib voyaga etgan mahalla-ko'yiga bo'lgan burchini tushunib etishga barcha imkoniyatlar mavjudligi haqida qancha gapirsak oz1. Bunday tamoyillar negizida ma'naviy kamol topgan insongina barkamol jamiyat qurishga tayyor bo'ladi. Biz hamma vaqt keng ahloqli qatlamlarining ham mumtoz, ham zamonaviy milliy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahra olishga imkon berib kelgan madaniyat sarchashmalariga avaylab munosabatda bo'lishni o'rganib olishimiz lozim. Davlatimizda musiqa, tasviriy, monumental va amaliy sanoat sohalarida katta muvafaqqiyatlarga erishganligi tasodifiy emas. Bu sanoat turlari chet elda keng e'tirof etilgan. Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarining tarbib qilish va ommalashtirish yosh avlodni, hozirgi yoshlarimizni ma'naviy tarbiyalashning asosi bo'lmog'i kerak. Yoshlarimizning ma'naviy tarbiyasi negizida

1 Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston" -2017y.

fTTTyiS^^™] 393 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

estetik qarash hamda estetik munosabatlar yotadi. Olimlarimizning tadqiqotlarida bayon etilishicha estetik tarbiya hamda estetik munosabatlar oiladan, mahalladan va nihoyat maktabdan boshlanishi e'tirof etiladi2.

Shu boisdan biz o'z tadqiqot mavzumizni o'rta maktab yoshlari o'rtasida amalga oshirishga reja tuzdik va nihoyat «O'quvchilarning milliy musiqa ijodiyoti asosida estetik munosabatlarini O'rta maktab tizimida faoliyat ko'rsatayotgan musiqa o'qituvchilarining kundalik sharoitlarida xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan foydalanishga qaratilgan tadbirlarni tahlillash:

- o'quvchilarning milliy musiqa ijodiyoti asosida estetik munosabatlarini shakllantirishda milliy qadriyatlarimizga tayanishni;

- musiqa ijodiyoti janrlariga tayangan holda o'quvchilarda mehnatga, insoniy muruvvat hamda qadr-qimmatga, vatan, xalq tushunchalariga bo'lgan qarashlarni yuksaltirish;

- millatlararo, xalqlararo hamjihatlik hamda hurmat-ehtiromga etishish;

- o'quvchilarda insoniy sifat-fazilatlarni kamol toptirishda nafosat va go'zallik, sadoqat va himmat kabi axloqiy-estetik unsurlarni tarkib toptirish kabi masalalar yotadi3.

Yoshlar estetik tarbiyasi bizning kunlarga kelib o'zining purmano jihatidan yuksalib bormoqda. Mustaqil yurtning yoshlari har tomonlama go'zal insoniy sifat va fazilatlarni o'zlarida namoyon etishlarida, maktab ta'lim-tarbiyasining o'rni beqiyosligini tushungan holda yuqorida nomlangan mavzumizning asosiy g'oyasi aynan milliy musiqa ijodiyotini chuqur o'rganish va yoshlarning bu merosdan bahramand qilish dolzarb masalalar qatoridan o'rin egallaydi. Milliy musiqa merosi o'z xususiyada uzoq va diqqatga molik bo'lgan davrlarni boshdan kechirib kelgan. Bu ijodiy meros asoslarida yoshlar ta'lim tarbiyasini amalga oshirish masalasi birinchidardan hisoblanadi. Shu boisdan biz, maktab o'quvchi yoshlarining estetik munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan ishlarda musiqa ijodiyotidan foydalanish hozirgi kunimizda eng dolzarb masaladir, deb qaraymiz. O'quvchi yoshlarning maktab sharoitida olgan bilimi hamda tarbiyaviy asoslarida milliy madaniyat yotadi. O'z vaqtida estetik madaniyat insonning ma'naviy-hissiy faoliyati bilan bog'liq munosabat va qadriyatlar tio'imini ifodalaydi. Shunday ekan biz, yoshlarning estetik munosabatalrini shakllantirishda milliy musiqa ijodiyoti namunalaridan foydalanish oldimizda turgan maqsad va vazifalarga tayanadimi yoki munosabatlar shakllanishuviga yana boshqa ko'rinish va turdagi omillarning ham o'rni bo'lishi mumkinmi - degan g'oya olg'a suriladi.

Zamona talablariga har tomonlama javob beradigan yuqori ixtisoslik barkamol avlodni tarbiyalash mustaqillik yo'lida borayotgan jamiyatimizning eng oliy

2 O'zbek xalq musiqasi T., 1959 y.

3 Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X. To 'xtaxo 'jaeva tahriri ostida. - T.: "Moliya-iqtisod", 2008. - 208 b. ПТТТЙ^^Н] 394 ISSN 2181-063X I Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

maqsadidir. Darhaqiqat,buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, maorifatli, ayni paytda o'zining o'tmishi, ulug' qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni targ'iyalash kerak. Bunday insonni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir.

Shunday ekan, biz o'z e'tiboriimzni ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan o'tmishdagi ma'naviy-madaniy boyliklarni, musiqiy meros hamda milliy xalq ijodiyotining ajralmas qismi hisoblanmish o'zbek milliy musiqa san'atini o'rganishni lozim deb qaraymiz. O'tmishdan hozirgi kunimizgacha yoshlar ta'lim-tarbiyasi borasida faoliyat ko'rsatib kelgan murabbiy-ustozlarni pedagogik xususiyatlarini tadqiq etish hamda ahamiyatli tomonlarini maktab yoshlarining kundalik ta'lim-tarbiyasida qo'llashlikni maqsadga aylantirganligimiz batafsil bayon etiladi4.

Shu boisdan biz, musiqa madaniyati o'qituvchilar oldimizda turgan vazifalarni amalda joriy etishda quyidagilarga o'z e'tiborimizni qaratdik:

- o'tmish tariximizda yoshlar taolim-tarbiyasiga bo'lgan buyuk siymolar hamda ota-onalarimizdan qolgan qonun-qoidalarga amal qilish;

- o'rta maktablarda olib borilayotgan ta'lim-tarbiyaga xos bo'lgan tadbir hamda mashg'ulot turlarini o'rganish;

- mutaxassis o'qituchilar bilan ta'lim-tarbiyaga xos bo'lgan tadbir hamda mashg'ulotlarga xos bo'lgan mavzularda suhbat o'tkazish;

- estetik ta'lim-tarbiya haqida o'quvchi yoshlar bilan so'roq javoblar tashkil qilish;

- milliy musiqa ijodiyoti namunalaridan «Musiqa madaniyati» darslari hamda sinfdan tashqari to'garaklarda foydalanish;

- maktab va maktabdan tashqari olib boriladigan musiqiy chiqishlarda iqtidorga bo'lgan, qobiliyatli o'quvchilarni jalb etish;

- sinf mashg'ulotlari davomida o'quvchilar o'rtaisda milliy musiqa ijodiyotiga bag'ishlangan so'roq-javoblar va testlar o'tkazish va hokazo5;

Shuni ta'kidlash joizki, talab va g'oya ta'lim-tarbiya tizimining markaziy masalalaridan hisoblanadi. Shunday ekan, rejamizda o'z aksini topgan barcha masalalar o'z mohiyatiga ko'ra musiqa ta'limi-tarbiyasida ishtirok etayotgan barcha mutaxassislar uchun namunaviydir. Biz imkon qadar har bir masalani yoritish jarayonida o'tmish tarixrimizga va hozirgi kunda amalga oshirilgan ta'lim-tarbiyaga xos bo'lgan tariximizda va hozirgi kunda amalga oshirilgan ta'lim-tarbiyaga xos bo'lgan omillarni tadbiq etib chiqishga harakat qildik. Zero, bu tavsiya hamda takliflar kelgusida o'quvchi yoshlarimizning ta'lim-tarbiyasiga estetik munosabatlarni shakllantirish va tarkib topishida imkon qadar qo'l keladi, deb ishonch bildirib qolamiz. Yoshlar estetik ta'lim-tarbiyaning ajralmas qismi bo'lishi

4 "Xa^K cy3n" py3HOMacH T. 8.01. 2008 -HHÏÏ 4- 6eT

5 Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X. To 'xtaxo 'jaeva tahriri ostida. - T. :

Moliya-iqtisod", 2008. - 208 b. ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

musiqa ijodiyotining ilmiy-tarixiy asoslarini chuqur o'rganishni taqozo etgan holda, har bir musiqa madaniyati o'qituvchi-murabbiylar oldiga mas'uliyatli vazifalar qo'yilganligini e'tirof etishimiz zarurat ekan. Shu bilan bir vaqtning o'zida, an'anaviy milliy musiqa ijodiyotini yoshlarimiz tomonidan o'z vaqtida o'rganilishi milliy an'ana va ma'naviyatni yanada yuksaltirishga, o'quvchilarda Vatanga, xalqiga, insoniy sifat-fazilatlarini takomillashuviga olib kelishini his etish kabi omillarni tarkib toptiradi.

Xulosa qilib aytganda, xalq musiqasi orqali yoshlar ta'lim-tarbiyasi erkin, mustaqil fikrlash imkoniyatlarini chuqurlashtirish, intelektul zukkolik, ehtiyotkorlik, mulohazakorlik bilan fikrlashga o'rgatishdir. Yoshlarni mustaqil fikrlashga, imkon yaratish va uni tarbiyalashda yoshlarning taffakuri, salohiyati shakllanishining fiziologik, biologik, psixologik jihatlarini hisobga olmay yondashib bo'lmaydi. Fikrlash imkoniyati endigina shakllanayotgan yoshlar bu faoliyatni o'z aqli bilan mustaqil ham etishga harakat qilishlari lozim.Shu bois yoshlar ta'lim-tarbiyasining vositalaridan biri xalq musiqasi mazmunidagi do'stlik, mehmondo'stlik, odamgarchilik, zukkolik, tadbirkorlik, ozodalik, xushfeollik, mardlik, samamiylik, ziyraklik, lutof qarashlilik, ro'zg'orparvarlik, shinavandlik, tashabbuskorlik, ona yurt va xalqiga muhabbat, diyonatlilik, rostgo'ylik, xalollik, or-nomuslilik, vazminlik, xojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, millatparvarlik singari fazilatlar ularning mustaqil fikrlash faoliyatini o'zagini tashkil etmog'i lozim. Bu milliy ahloqiy qadriyatlarni yoshlarga chuqur singdirish ularning kamolotiga asos bo'ladi. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri kishilarda yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. O'zbeklar hamma vaqt, ahloq, odob, tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berib kelishgan. Yuqorida aytib o'tilganidek, ahloqiy kamolot inson hayotida burch va g'oyalar, yaxshilik, e'tiqodni shakllanishiga asos bo'ladi6.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston" - 2017y.

2. O'zbek xalq musiqasi T., 1959 y.

3. Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X. To 'xtaxo 'jaeva tahriri ostida. - T.: "Moliya-iqtisod", 2008. - 208 b.

4. "Xan; cy3n" py3HOMacn T. 8.01. 2008 -HHH 4- 6eT

5. Pedagogika nazariyasi va tarixi // M.X. To 'xtaxo 'jaeva tahriri ostida. - T.: "Moliya-iqtisod", 2008. - 208 b.

6. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov va boshq. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 javob. 2012 y. Toshkent, "Ilm-Ziyo" nashriyoti. 12 b.t.

6 U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov va boshq. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 javob. 2012 y. Toshkent, "Ilm-Ziyo" nashriyoti. 12 b.t.

rTTTyjâ^^H] 396 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.