Научная статья на тему 'O’QUVCHILARGA MATNNING KONSEPTUAL VA UNDAGI LISONIY BIRLIKLAR SEMANTIK-GRAMMATIK ASOSLANISHINI O‘RGATISH'

O’QUVCHILARGA MATNNING KONSEPTUAL VA UNDAGI LISONIY BIRLIKLAR SEMANTIK-GRAMMATIK ASOSLANISHINI O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
968
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
матн / matnning semantik izohi / matnlarning ma’no turlari badiiy / rasmiy / lisoniy va nolisoniy matnlar / bilim / ko‘nikma / malaka / lingvistik va nutqiy kompetensiya. / text / semantic interpretation of the text / types of meanings of texts fictional / formal / linguistic and non-linguistic texts / knowledge / skills / qualifications / language and speech competence.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rayhona Madiminova

Ushbu maqolada matnning ilmiy-nazariy asoslanishi, lisoniy birliklarning matn tarkibiga tanlab olinishi, mаtn turlari, matnlarning xususiyatlari bo‘yicha tilshunos va metodist olimlarning ilmiy qarashlariga o’z munosabati bildirigan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING STUDENTS THE SEMANTIC AND GRAMMAR BASIS OF THE TEXT CONCEPTUAL AND LANGUAGE UNITS IN IT

This article presents scientific and theoretical justification of the text, allocation of linguistic units in the text structure, types of text, the attitude of linguists and methodologists to scientific views on the features of texts.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARGA MATNNING KONSEPTUAL VA UNDAGI LISONIY BIRLIKLAR SEMANTIK-GRAMMATIK ASOSLANISHINI O‘RGATISH»

O'QUVCHILARGA MATNNING KONSEPTUAL VA UNDAGI LISONIY BIRLIKLAR SEMANTIK-GRAMMATIK ASOSLANISHINI O'RGATISH

Rayhona Madiminova

"Tabiiy va aniq fanlar"ga ixtisoslashtirilgan S.H.Sirojiddinov nomidagi resublika

akademik litseyi ona tili fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada matnning ilmiy-nazariy asoslanishi, lisoniy birliklarning matn tarkibiga tanlab olinishi, matn turlari, matnlarning xususiyatlari bo'yicha tilshunos va metodist olimlarning ilmiy qarashlariga o'z munosabati bildirigan.

Kalit so'zlar: MaTH, matnning semantik izohi, matnlarning ma'no turlari badiiy, rasmiy, lisoniy va nolisoniy matnlar, bilim, ko'nikma, malaka, lingvistik va nutqiy kompetensiya.

TEACHING STUDENTS THE SEMANTIC AND GRAMMAR BASIS OF THE TEXT CONCEPTUAL AND LANGUAGE UNITS IN IT

ABSTRACT

This article presents scientific and theoretical justification of the text, allocation of linguistic units in the text structure, types of text, the attitude of linguists and methodologists to scientific views on the features of texts.

Keywords: text, semantic interpretation of the text, types of meanings of texts fictional, formal, linguistic and non-linguistic texts, knowledge, skills, qualifications, language and speech competence.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim sohasida tub islohotlar amalga oshirilib, ko'plab yutuqlarga erishilmoqda.Aytish joizki, mazmuni va tuzilishi yangilangan o'quv darsliklari hamda ta'limiy vositalarning qayta yaratilishi o'quvchi yoshlarning bilimini oshirish bilan bir qatorda nutqiy ko'nikmalarini ham takomillashtirishga xizmat qiladi. Xususan, ona tili darsliklarida nazariy, badiiy, rasmiy, tasviriy, muhokama matnlarning berilishi ta'lim sifati va samaradorligini oshiradi. Shu nuqtayi nazardan, avvalo, matnning ilmiy asoslanishini anglab yetish muhimdir. "Nutq jarayonida gaplar guruhlanadi, mavzu jihatdan qurilishi va ohangiga ko'ra birlashadi va alohida sintaktik birlik - murakkab sintaktik butunlik hosil qiladi. Biroq, matndagi barcha gaplar ham murakkab sintaktik butunlikka kirmaydi, ayrimlari uning tarkibiy qismlari bo 'lmaydi"1. Binobarin, nutq jarayonida so'zlovchining nutqi qisqa holdagi kichik matnlardan iborat

1 Сариев Ш. Бошлангич синф укиш дарсларида матн устида ишлаш оркали нущ устириш назарияси ва амалиёти: Пед. фан. док. (PhD) дисс. - Тошкент: 2020. - 18 б.

bo'ladi.Atrof va turli- tuman fikrlar jamlanmasi matn mazmuniga moz bo 'lmasligi mumkin.

"Dunyo tilshunosligida matn va uning lingvistik tabiati haqidaqa tor fikrlar o'rtaga tashlangan. Fransuz tilshunosi R.Bart: "Ichki bog'lanishli bo'lgan, muloqot maqsadida mazmunan o'zaro birikkan gaplardan tashkil topgan nutqning har qanday parchasi matn deb ataladi" desa, polyak tilshunosi A.Boguslavskiy matnni bir necha gapdan tashkil topgan nutqiy material tarzida izohlaydi. Bunda u asosiy e'tiborini muallif nima haqida gapirayotgani va uning mazmuniga emas, balki mazkur matn qanday komponentlardan tuzilayotganiga qaratadi"2. Yuqorida dunyo tilshunozs olimlarning fikriga qo'shilgan hoda shuni aytish mumkinki, matndagi nafaqat gaplar , balki so'zlar va so'z birikmasi, xatboshilar ham mazmunan, ham mantiqan bog'lanishi kerak. Chunki, bog'lanishli matn o'quvchining oldinsi sinflarda olgan bilimlarini sinovdan o'tkazadi.

Ona tili mashg'ulotlarida matnni o'qish, sinf o'quvchilari bilan dars jarayonida tahlil qilish va matn mazmuniga xos g'oyani aniqlash, o'zi mustaqil holda xulosa chiqarib uni bayon qilish, matnni tahrir qila olish, matnni yozma tarzda shakllantirish uchun uning tarkibiga leksik,morfologik Grammatik birliklarni tanlay olish ulardagi hosil qilingan bilim, ko'nikma, malakalar rivojiga bog'liq.Shu bois, o'quvchilarning birinchi galda og'zaki savodxonligini, bilimini o 'stirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tilshunos olim M.Yuldashevning ta'kidlashicha, "Ma'lumki, og'zaki nutq birlamchi, yozma nutq esa ikkilamchidir. Shuning uchun ham yozma matn uchun og'zaki nutqning "genetik asos bo'lishi aksiomadir"3. Avvalo, har qanday matn og 'zaki ravishda shakllantirilgani maqsadga muvofiq. Og'zaki nutqi ravon va fikrini lisoniy qoidalar va nutq texnikasiga amal qilgan holda o 'quvchi tomonidan erkin yaratilishi yozma savodxonligining o'sishiga asos bo'ladi. Og'zaki nutqi orqali muhokama qilish, munozara olib borish, mushohada qilish, aniq yechimni topish ifoda qilinadi.

"Muhokama matnning asosiy qismida birinchidan, ikkinchidan, fikrimcha, bizningcha, shuning uchun, chunki kabi kirish so'z va bog'lovchilar, xulosa qismida xullas, shunday qilib, shunday ekan, demak kabi kirish so'z va kirish birikmalaridan foydalaniladi"4. Ona tili darslarida o'quvchilarga grammatik qoidalarni va nazariy ma'lumotlarni chuqur o'rgatib, mavzuni mustahkamlash uchun berilgan mashq va topshiriqlarni bajartirish bilan birga ularning og'zaki va yozma nutqlarida kirish so'z, ko'makchilar va bog'lovchilarni o'z o'rnida qo'llashga oid nazariy va amaliy bilimga ega bo'lishi, o'zining fikrlarini bir-biriga mazmunan bog'lash va xulosalash,mantiqiy izchillik yanada rivojlanadi.

2 Qurbonova M. " Matn tilshunosligi" - Toshkent. "Universitet" nashriyoti - 2014. - 6 b

3 Юлдашев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик таджики: Филол. фан. док. ... дисс. -Т., 2009. -54 б

4 Рихсиева М.Таълим рус тилида олиб бориладиган мактабларининг узбек тили дарсларида талабани матн тузишга ургатиш:Пед. фан. ном. ... дисс. - Тошкент, 1998. - 53 б.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayotgan o'quvchilarning mustaqil fikrlashini o'stirishda ona tili darsliklarida berilgan matnlarning o'rni salmoqli hisoblanadi.

Poetik matn dars jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar hamkorligida tahlil qilinishi ulardagi integrativ yondashuvni va kreativlik asoslanishni takomillashtirib boradi hamda darsga bo'lgan qiziqishini orttiradi. She'riy matndagi shoir tuyg'ulari, poetic tasvirlar va obrazli ifodalash o'quvchining nutqini o'stirishga xizmat qiladi. hh 8-sinf "Ona tili"5 darsligidagi she'riy matn fikrimizning yaqqol dalilidir.

Farzand ota qullug'in chu odat qilg'ay,

Ul odat ila kasbi saodat qilg'ay.

Har kimki otog'a ko'p rioyat qilg'ay,

O' g'lidin anga bu ish siroat qilg 'ay. Alisher Navoiy

Turkiy til asoschisi bo'lgan Alisher Navoiyning yuqorida berilgan poetik matn o'quvchidan lug'at bilan ishlashni talab qilmaydi, chunki mazkur matnda ular uchun tushunarsiz, lug'aviy ma'nosi noaniq so'zlar yo'q. Poetik matn g'oyasida ota va farzandning o'zaro munosabati va farzandning ota oldidagi farzandlik burchi haqida fikr o'z ifodasini topgan. Bu kabi she'riy matnni ona tili darslarida tahlil qilib o'rganish, ularning tarbiyaviy tomonlama yuksalishiga, insoniy fazilatlar rivojiga zamin yaratadi. Poetik matnning ifodali tarzda o'qilishi ularga zavq bag'ishlaydi.

Shuni unutmasligimiz kerakki, birinchi navbatda, o'quvchi matnni qiziqib o'qishi va mana shu qiziqish natijasida yozishi kerak. Berilgan matn mavzusi o'quvchida qiziqish uyg'otmas ekan, ular bu ishga shunchaki yondashadilar.

Ona tili fani o'qituvchisi darsni tashkillashtirish jarayonida metodik tayyorgarlikni darsning o'tishdan ko'zlangan maqsadi, o'rgatilishi lozim bo'lgan o'quv materialning mazmuni hamda o'quvchilarda hosil qilingan bilim, ko'nikma, malakalarning o'sish ko'rsatkichiga ko'ra amalga oshiradi. O'quvchilarni matn yozish va tuzishga o'rgatishda, dastavval, ularni matn sarlavhasi, mavzusi ko'lami, g'oyaviy mazmuni va badiiy-estetik qiymati bilan tanishtirish nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish omili sanaladi.

Matn tuzish va yozishda uning tarkibiga tanlanadigan leksik birliklar bir qatorda ishoraviy belgilarning o'z o'rnida to'g'ri qo'yilishiga e'tibor qaratish, darsliklarda va badiiy, ilmiy adabiyotlarda berilgan matnlar ilmiy asoslarini va badiiy ifoda vositalarni aniq anglab tushunishi, o'quvchining o'z fikrini qanchalik mazmunli, aniq va to'g'ri ifodalay olishi uning o'quv-bilish faolligi darajasini, ko'nikma va malakalarini aniqlashga imkon beradi. Ona tili darslarida matnni to'liq anglashi, idrok qilish, g'oyaviy mazmunini tushunib yetish va kerakli hayotiy xulosa chiqarishga xizmat qiluvchi ni bajarishi hamda berilgan savollarga erkin munosabat bildirishi, o'ylab mulohaza qilishi matnni til sathlariga rioya qilgan holda yozishi uchun asos bo'ladi.

Matnni turlarini to'g'ri tahlil qilib, mustaqil fikrlab, matnni qayta yozish ko'nikmasiga ega bo'lish o'quvchining yozma savodxonligining o'sishini boyituvchi zaruriy omillardan biri hisoblanadi. Shu bois ona tili darslarida o'quvchilarga nafaqat ilmiy, badiiy, rasmiy va poetik matnlar ustida ishlash bilan bir qatorda mazkur matnlarni adabiy til me'rlariga muvofiq tuzish va yozishni o'rgatib, xato va kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha ishlarlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. Рихсиева М.Таълим рус тилида олиб бориладиган мактабларининг узбек тили дарсларида талабани матн тузишга ургатиш:Пед. фан. ном. ... дисс. - Тошкент, 1998.

2. Сариев Ш. Бошлангич синф укиш дарсларида матн устида ишлаш оркали нутк устириш назарияси ва амалиёти: Пед. фан. док. (PhD) дисс. - Тошкент: 2020.

3. Юлдашев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадкики: Филол. фан. док. ... дисс. -Т., 2009.

4. Qurrbonova M. " Matn tilshunosligi" - Toshkent. "Universitet'' nashriyoti - 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.