Научная статья на тему 'О‘QUVCHILARDA TEXNOLOGIYA FANIGA OID KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI'

О‘QUVCHILARDA TEXNOLOGIYA FANIGA OID KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
14
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) / texnologiya fani / raqamli transformatsiya / raqamli texnologiya / о‘quvchilarning loyihalash-texnologik kompetentligi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zulayxo Islomovna Jurayeva

mazkur maqolada ta’limda raqamli texnologiya, raqamli transformatsiya va transformatsiyalash tizimi hamda transformatsiyalash tizimi orqali umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘quvchilarining texnologiya faniga oid loyihalash-texnologik kompetentligini rivojlantirishni didaktik imkoniyatlarining ketma-ketligi tо‘rt bosqichi yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘QUVCHILARDA TEXNOLOGIYA FANIGA OID KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI»

O'QUVCHILARDA TEXNOLOGIYA FANIGA OID KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Zulayxo Islomovna Jurayeva

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10691300

Annotatsiya: mazkur maqolada ta'limda raqamli texnologiya, raqamli transformatsiya va transformatsiyalash tizimi hamda transformatsiyalash tizimi orqali umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarining texnologiya faniga oid loyihalash-texnologik kompetentligini rivojlantirishni didaktik imkoniyatlarining ketma-ketligi to'rt bosqichi yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari), texnologiya fani, raqamli transformatsiya, raqamli texnologiya, o'quvchilarning loyihalash-texnologik kompetentligi.

Mamlakatimizda texnologiya faniga e'tibor kunda-kunga kuchaymoqda. Buning sabablariga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: umumiy o'rta ta'lim tizimida texnologiya fani o'quvchilarini kasbga tayyorlovchi yagona fanligi; o'quvchilar olgan bilimlarini amaliy jarayon orqali mustahkamlanishi; ishlab chiqarish soha mutaxassislari bo'yicha o'quvchilarda boshlang'ich bilimlarni shakllantirish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi.

Shuni inobatga olgan holda, ta'lim tizimini raqamlashtirish bugungi kunning dolzrab masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Quyida ta'lim tizimini AKT imkoniyatlaridan foydalangan holda rivojlantirish muammolari bo'yicha olimlar - Abdullayeva SH.A [1], To'raqulov.O.X [2], Mamatov D.N [4], Umarova F. A [7], Qodirov B.E [8], Mustaqil davlatlar hamdo'stligi olimlaridan Malgarov I. I [3], Noskova, T. N [5], Uvarov A.YU [6], va boshqalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.

Jahonda ta'lim tizimini transformatsiyalash, raqamli texnologiyalar (RT)ni ishlab chiqish va o'qitish jarayonida qo'llash, fanlarning metodik ta'minotini takomillashtirish, o'quvchilarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirish, darslarda animatsion, audio-vizual vositalarni hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda [8].

Tez takomillashib borayotgan, arzon va ishonchli raqamli (axborot-kommunikatsiya) texnologiyalari (RT yoki AKT) iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda chuqur o'zgarishlarga xizmat qilmoqda. Ushbu o'zgarishlar ko'pincha yangi texnologik (raqamli yoki to'rtinchi sanoat) inqilob deb ataladi. U bilan bog'liq o'zgarishlar "raqamli transformatsiya" deb nomlanadi. So'nggi yillarda umumiy ta'lim sohasida ham raqamli transformatsiya haqida gapirila boshlandi [6].

Raqamli iqtisodiyotga o'tish umumiy ta'lim samaradorligiga qo'yiladigan talablarni oshiradi. Bugungi kunda umumiy maktablar berayotgan ta'limga tayyorgarlik modernizatsiya qilinayotgan iqtisodiyotga va ertangi kun iqtisodiyoti uchun mutlaqo yetarli emas [9].

Shu o'rinda respublikamizda ham ta'lim sifati samaradorligini oshirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ta'limni raqamli texnologiyalar va raqamli transformatsiya orqali tashkil etish masalalari ilgari surilmoqda. Ta'limda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish natijasida transformatsiyalash tizimi yo'lga qo'yiladi. Transformatsiyalash tizimi asosida o'quvchilarning loyihalash-texnologik kompetentligini rivojlantirishning asosiy maqsadi maktab o'quvchilarini ijodiy mehnatga tayyorlash va uning har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlashdan iborat. Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida loyihalash-texnologik kompetentlikni rivojlantirish maqsadlarini joriy etish texnologiya fanining uzluksizligi va yaxlitligini ta'minlashni talab etadi.

Transformatsiyalash tizimi orqali umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarining loyihalash-texnologik kompetentligini rivojlantirish maqsadini belgilash to'rtta bosqichning ketma-ketligini e'tiborga olgan holda amalga oshiriladi (1-rasm).

Birinchi bosqich

Ikkinchi bosqich

4—►

Uchunchi bosqich

4—►

mats

O'quvchilarning loyihalash-texnologik kompetentligi bo'yicha tahliliy natijalar o'rganiladi

Sinflar kesimida atelye, assotsiativ loyihalash, loyiha metodlari bo'yicha dars ishlanma, muammoli topshiriq va mobil ilova ishlab chiqiladi

Ishlab chiqarishda samarili qo'llanilayotgan dastur elementlari texnologiya darslariga transformatsiya

qilinadi

kompete^

To'rtinchi bosqich

axxxalga oshi

quvc anke lilishc

O'quvchilarni loyihalash-texnologik kompetentlik rivojlanganligini aniqlanadi va baholash mezonlari ishlab chciiladi

o'quvchilarning gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi bo'yicha maqsadida o'quvchilarning loyihalash-texnologik kompetentligi bo'yicha tahliliy natijalar o'rganiladi

Ikkinchi bosqich - tajriba sinov o'tkaziladigan guruhlarga sinflar kesimida loyiha, atelye, assotsiativ loyihalash kabi interfaol o'qitish metodlarini qo'llagan holda dars ishlanma va muammoli topshiriq tayyorlandi. Tayyorlangan mobil ilova o'quvchilarda loyihalash-texnologik kompetentligini rivojlantirishga vositasi bo'lib xizmat qilinishi ta'minlandi. va ishlab chiqiladi.

Mobil telefonga o'rnatilgan dasturga kirilganda, dasturning bosh oynasi namoyon bo'ladi. "Texnologiya fanidan loyihalash-texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish" nomli mobil ilovasi quyidagi kontentlardan tashkil topgan. Bosh sahifa: nazariy mashg'ulotlar; amaliy mashg'ulotlari; videodarslar; mustaqil ta'lim topshiriqlari; glossariy; testlar banki va adabiyotlar ro'yxati hamda muallif haqida ma'lumot keltirilgan.

Dastur o'zining oson o'zlashtirilishi, loyihalash-texnologik kompetentligini rivojlantirish bo'yicha barcha kerakli ma'lumotlarni o'zida mujassamlashtirganligi, tikuv buyumlariga loyihaviy va texnologik jarayonlarda ishlov berish va nazorat testlarining har bir mavzusiga alohida tuzilganligi, hamda mustahkamlash uchun alohida topshiriqlar berilganligi shuningdek, barcha android qurilmalar uchun mo'ljallanganligi bilan boshqa mobil ilovalardan ajralib turadi.

Uchinchi bosqich - ishlab chiqarishda samarili qo'llab kelinayotgan raqamli texnologiyalardan biri bo'lgan Gemini CAD dasturini texnologiya darslariga transformatsiya qilishda mobil ilova, dars ishlanmalar va muammoli topshiriqlardan foydalanildi. Ushbu dasturning imkoniyatlaridan foydalanib, umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilariga texnologiya fani servis xizmati yo'nalishining materiallarga ishlov berish texnologiyasi nomli bob mavzularini o'qitish davomida o'quvchilarning loyihalash-texnologik kompetentligini transformatsiyalash

tizimi orqali rivojlantiriladi. Loyihalash kompetentligi rivojlanishi uchun o'quvchi quyidagilar bilan ishlashni bilishi kerak: zarur o'lchamlarni kiritish, asos konstruksiyani chizish; vitochkalarni joyini o'zgartirish, qiyin bo'lmagan modellashtirish usullarini bajarish; o'z-o'zini baholash; o'z-o'zini tekshirish; asos bazadan andazani kesib olish ko'nikmasiga ega bo'lish.

Texnologik kompetentligi rivojlanishi uchun o'quvchi quyidagilar bilan ishlashni bilishi kerak: gazlamalarning nuqsonlarini aniqlash; gazlamani to'shash va andazalarni joylashtirib bo'rmalama tayyorlash; bo'laklarni kesishni rejalashtirish; tikuv buyumlarini texnologik ketma-ketlik asosida tika olish ko'nikmalariga ega bo'lish.

To'rtinchi bosqich - o'quvchilarning loyihalash-texnologik kompetentligini transformatsiyalash tizimidan foydalanib rivojlanganligini aniqlashda motivatsion - qadriyatli, ijodiy - faoliyatli, operatsion - texnologik baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholashda TPACK texnologiyasidan foydalaniladi.

Xulosa qilib aytganda ta'limda raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalanish natijasida transformatsiyalash tizimi yo'lga qo'yilsa, umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilariga raqamli transformatsiya asosida loyihaviy, texnologik jarayonlarning boshlang'ich bilimlari berib borilsa tikuv buyumlarini tayyorlash bo'yicha har tomonlama yetuk mutaxassislar yetishib chiqarishga imkon yaratiladi.

REFERENCES:

2 Abdullayeva SH.A., Zamonaviy ta'lim trendlari. J.: Uzluksiz ta'lim, 2021.,№°3.-B.21-23. 2 To'raqulov.O.X., Axborotlashtirilgan ta'lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-metodik ta'minotini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha doktorilik (Ds)dis.avtoreferati:T.: O'MKHTTKMO va UQTI, 2017.-64 bet.]. 2 Малгарoв И. И., Фoрмирoвание инфoрмациoннoй культуры oбучающихся сельскoй шкслы в yonoBrax цифрoвoй

трансфoрмации oбразoвания: дис. ... канд. пед. наук / - Якутск.: 2023. -139 с

4 Маматов Д.Н. Электрoн аxбoрoт-таълим мух,итида касбий таълим жараёнларини педагогик лoйиx,алаштириш. PhD дoк.дис. -Тoшкент, 2017. -150 б

5 ^сшва, Т. Н., Цифрoвая oбразoвательная среда: HoBbie аспекты развития oбyчающиxся / Т. Н. ^с^ва // Прoблeмы развития дидактики в уаговиях цифрoвoй трансфoрмации oбразoвания : Сбoрник научных трyдoв / Сoставитeли: В. Г. Мартынoв, В. М. Жyракoвский. - М.: Рoссийский государственный университет нефти и газа (нациoнальный исслeдoватeльский университет) имени И. М. Губкина, 2022. - С. 122-146.j

6. Уварoв А.Ю., На пути к цифрoвoй трансфoрмации шшлы. М.: Oбразoваниe и Инфoрматика, 2018. 120 с.

7. Умарoва Ф. А., Талабаларга кийимларни аxбoрoт-кoммyникация тexнoлoгиялари вoситасида лoйиx,алаш ва мoдeллаштиришни ургатиш мeтoдикаси: дис. ... пeдoгoгика фaнлари буйича фалсафа дoктoри (PhD). -Т.: 2021. -145 б

g ^oдирoв Б.Э., Элeктрoн аxбoрoт таълим мух,итида укувчиларнинг хунармандчиликка oид таянч кoмпeтeнцияларини ривoжлантириш мeтoдикаси. Дис. ... п.ф.ф.д. (PhD) - Термиз.: 2021. - 143 б Маматов Д.Н. Элeктрoн аxбoрoт-таълим мух,итида касбий таълим

жараёнларини педагогик лoйиx,алаштириш. PhD дoк.дис. -Тoшкeнт, 2017. -150 б

9. New vision for education. Unlocking the potential of technology / World Economic Forum. 2015. <http://widgets.weforum.org/nve-2015/>.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.