Научная статья на тему 'O’QUVCHILARDA TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT BILAN ISHLASH TAYANCH KOMPETENSIYASI'

O’QUVCHILARDA TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT BILAN ISHLASH TAYANCH KOMPETENSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetentlilik / Axborot-kommunikatsiya / kompetensiya / O‘quvchilar / didaktik materiallar / bilim / ko'nikma / malakala.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botiraliyeva Maftunaxon Botirali Qizi

Maqolada tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, "kompetensiya", "kompetentlilik" tushunchalari, ularning tarkibi, mazkur tushunchalarga nisbatan turli-tuman yondashuvlar, kompetenisyalar va kompetentlilikning shaxs taraqiyotida tutadigan o'rni tavsiflab berilgan.kompetensiyalarini o‘qitish yuzasidan fikr-mulohaza qilingan. Ya’ni o‘quvchilar axborot tizimi bilan ishlaganda ularda bilim, ko‘nikma, malakalarning rivojlanishi bilan bir vaqtda shaxsiy qobiliyati ham shakllanib borishi haqida fikrlar bayoni keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARDA TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT BILAN ISHLASH TAYANCH KOMPETENSIYASI»

O'QUVCHILARDA TA'LIM JARAYONIDA AXBOROT BILAN ISHLASH TAYANCH KOMPETENSIYASI

Botiraliyeva Maftunaxon Botirali qizi

Qo'qon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11185243

Annatatsiya. Maqolada tayanch hayotiy kompetensiyalarni shakllantirish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo ekanligi, "kompetensiya", "kompetentlilik" tushunchalari, ularning tarkibi, mazkur tushunchalarga nisbatan turli-tuman yondashuvlar, kompetenisyalar va kompetentlilikning shaxs taraqiyotida tutadigan o'rni tavsiflab berilgan.kompetensiyalarini o'qitish yuzasidan fikr-mulohaza qilingan. Ya'ni o'quvchilar axborot tizimi bilan ishlaganda ularda bilim, ko'nikma, malakalarning rivojlanishi bilan bir vaqtda shaxsiy qobiliyati ham shakllanib borishi haqida fikrlar bayoni keltirilgan.

Kalit so'zlar: kompetentlilik, Axborot-kommunikatsiya,kompetensiya, O'quvchilar, didaktik materiallar, bilim, ko'nikma, malakala.

Аннотация. В статье описано то, что формирование базовых жизненных компетенций является актуальной социально-педагогической проблемой, рассмотрены понятия «компетентность», «компетентность», их состав, различные подходы к этим понятиям, роль компетентности и компетентности в развитии личности.были сделаны замечания относительно преподавания компетенций. То есть студентысразвитием своих знаний, навыков и умений при работе с информационной системойПри этом дается изложение мнений о формировании личностных способностей.

Ключевые слова: Ымпетенция, Информационно-коммуникативная, компетентность, Студенты, дидактические материалы, знания, умения, квалификация.

Annotation. The article describes the fact that the formation of basic life competencies is an actual socio-pedagogical problem, the concepts of "competence", "competence", their composition, various approaches to these concepts, the role of competence and competence in personal development.comments were made regarding the teaching of competencies. That is, students with the development of their knowledge, skills, and abilities when working with the information system. At the same time, a statement of opinions is given about the formation of personal abilities.

Key words: competence, Information-communication, competence, Students, didactic materials, knowledge, skills, qualifications.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati jamiyatda axborot bilan ta'minlanishga munosabatni tubdan o'zgartirish zaruratini keltirib chiqarganligi sababli, hozirgi kunda zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini barcha sohalarda qo'llash va yanada rivojlantirishga g'oyat muhim e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ma'ruzasida ta'kidlab o'tilganidek,-"Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi choratadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda".1

Respublikamizda mustaqillik yillarida axborot bilan ishlash tizimida muhim ishlar amalga oshirildi. Ya'ni bu borada olib borilgan samarali izlanishlar axborot

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.02.2018 yildagi PF-5349-sonli Farmoni.

kommunikatsiya sohasida muvaffaqiyatlar mezoniga aylandi. Bu esa ta'lim tizimida axborot tizimi bilan ishlashga imkoniyatlar eshigini yanada kengroq ochib bera oldi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi rivojlangan davlatlar darajasida harakat qilar ekan, bu borada muhim ahamiyat kasb eta oldi.

Zamonaviy ta'lim muassasalarida barcha sohalarda bo'lgani kabi sifat masalasi birinchi o'ringa ko'tarilmoqda. Abiturientlarni oliy ta'limga jalb etish maqsadidagi kurash muassasalar o'rtasida ta'lim sifatiga katta e'tibor talab qilmoqda. Oliy ta'lim muassasalari ta'lim sifatiga etirish bo'yicha jahon tajribasi va amaliyoti bo'yicha o'zlarining yangi yo'nalishlarini joriy etmoqdalar. Sifatni ta'minlashning asosiy yo'nalishlari, mezonlari hamda oliy ta'limda ta'lim sifatini ta'minlashning choratadbirlari olib borilmoqda. Zero, mamlakatning oliy ta'lim muassasalari sifatini ta'minlash va yaxshilash nafaqat uning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligining kaliti, balki uning xalqaro miqyosdagi mavqeiga ta'sir qiluvchi hal qiluvchi omil ham bo'lmoqda.

Zamonaviy ta'lim muassasalarida barcha sohalarda bo'lgani kabi sifat masalasi birinchi o'ringa ko'tarilmoqda. Abiturientlarni oliy ta'limga jalb etish maqsadidagi kurash muassasalar o'rtasida ta'lim sifatiga katta e'tibor talab qilmoqda. Oliy ta'lim muassasalari ta'lim sifatiga etirish bo'yicha jahon tajribasi va amaliyoti bo'yicha o'zlarining yangi yo'nalishlarini joriy etmoqdalar. Sifatni ta'minlashning asosiy yo'nalishlari, mezonlari hamda oliy ta'limda ta'lim sifatini ta'minlashning choratadbirlari olib borilmoqda. Zero, mamlakatning oliy ta'lim muassasalari sifatini ta'minlash va yaxshilash nafaqat uning ijtimoiy va iqtisodiy farovonligining kaliti, balki uning xalqaro miqyosdagi mavqeiga ta'sir qiluvchi hal qiluvchi omil ham Axborot bilan ishlash tizimi haqida to'xtalar ekanmiz bunda alohida e'tiborga molik tomon o'quvchi yoshlarni to'g'ri yo'naltira bilish lozim. Bu muammo bugungi kun pedagoglari zimmasiga jiddiy va e'tiborli mas'uliyat yuklaydi. Ya'ni shiddat bilan o'zgarayotgan dunyoda yosh avlodni yetuk kadrlar qilib tayyorlashga mas'ul bo'lgan pedagoglar oldiga qo'yilayotgan talablar nihoyatda yuqori bo'lib, ular sifat jihatidan yangi, intellektual, ma'nan barkamol va yuksak professional salohiyatli shaxslarni shakllantirishga yo'naltirilgan.

Bunday maqsadlarga erishish uchun, avvalo, ta'lim muassasalari faoliyatiga jiddiy e'tibor qaratish, axborot bilan ishlash tizimini samarali tashkil qilish muhim sanaladi. Axborot bilan ishlash tizimi shiddat bilan shakllanib ketayotgan bir paytda o'quvchi yoshlarni ham bunga mutonosib jalb qilish zarur.

Axborotlashgan jamiyatning asosiy talabi eng avvalo, axborot tayyorlash, unga "ishlov berish", saqlash va jamiyat a'zolariga yetkazish bilan bog'liq bo'ladigan ishlarga sharoit yaratish hisoblanadi. Bugungi kunda ta'limni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish, o'qituvchi hamda o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirish va muntazam tarzda rivojlantirib borish pedagogikaning dolzarb masalalariga kiradi. Kompetensiya - o'quvchilarning ma'lum sohada samarali faoliyat ko'rsatishlari uchun ta'lim tayyorgarligiga oldindan qo'yilgan ijtimoiy talab. Kompetentlilik ko'p qirrali bo'lib, uning bir necha talqinlari mavjud. Kompetentlilik o'quvchi tomonidan tegishli kompetensiyalarga ega bo'lishni anglatadi. Kompetentlilik o'quvchida tarkib topgan shaxsiy sifatlar va berilgan sohadagi faoliyati bo'yicha to'plagan minimal darajadagi bilim, ko'nikma, malakalari va amaliy tajribalarini o'z ichiga oladi. Xususiy kompetensiyalar bilan tayanch kompetensiyalar o'zaro farqlanadi. Tayanch kompetensiyalar o'quvchining istiqboldagi hayotiy-ijtimoiy faoliyati modeli hisoblanadi. O'quvchilar muayyan bilim, ko'nikma, malaka va

tajribaga ega bo'lgach, o'zlari egallagan kompetensiyalarni faoliyatlari orqali tatbiq eta oladilar. Tayanch kompetensiyalar ko'proq o'quvchining istiqboldagi ijtimoiy faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Xususiy o'quv fani doirasida o'zlashtiriladigan kompetensiyalar esa, asosan, o'quv va istiqboldagi kasbiy faoliyat samaradorligini ta'minlaydi. Kompetensiyalar har bir mamlakat xalqining turmush tarzi, madaniy, ma'naviy hayoti, an'analaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Bu borada jamiyatning faol tashkil etuvchilaridan biri shubhasiz o'quvchilardir.

Shunday ekan, o'quvchining axborot bilan ishlash tizimini to'g'ri tashkil etish o'rinli sanaladi. "Axborot tizimlari"ni qo'llash natijasida nazariy bilimlar va amaliy mahoratlar shakllantiriladi. Axborot tizimilarining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta'sir ko'rsatish - qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa - qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Tashkilotni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi. Qaror qabul qilish jarayonini ta'minlash, ya'ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish - tashkilot axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo'lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda qo'llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta' sir qiladi va hatto axborot tizimining butun boshli sinfi - qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Axborot bilan ishlashdakompetensiya tizimi muhim ahamiyat kasb etganligi bois to'xtalish joiz hisoblanadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, mediamadaniyatga ega bo'lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Ya'ni o'quvchilar axborotlarni qabul qilish barobarida ularni tegishli fan sohalari bo'yicha qo'llay olishi shart hisoblanadi.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni tashkil etishni yuzaga keltiradi. Ushbu yondashuvga asoslanish uchun o'qituvchining kompetentligini takomillashtirish shart va zarur. Dars samaradorligiga erishish ko'p jihatdan o'qituvchining kompetentligi va kasbiy mahorati bilan belgilanadi. "Kompetentlik" atamasi (lotincha competentio intilaman, loyiqman, munosibman, layoqat) - chuqur bilim va tajribaga egalik, yuksak mahorat, xabardorlik, omilkorlik deganidir. Kompetentli yondashuv dunyoda ta'limning konseptual asosiga aylanmoqda. Ayni paytda kompetentlik bu nafaqat bilimlarga ega bo'lish, balki ularni amaliyotga moslashtira olish imkoniyati hamdir.

Muhimi o'qituvchining dars samaradorligiga erishish miqdori yuqori bo'lishini tajribalarda kuzatish mumkin.

- ta'lim berish jarayoni tizimli amalga oshiriladi;

- didaktik materiallarning o'zaro uzviylikda uzatilishi, avvaldan ma'lum bo'lgan

- bilim, ko'nikma va malakalarni berish bilan chegaralanish;

- o'rganiladigan bilimlar hajmining bir qolipga solinganligi;

- "ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi" munosabatlari yetakchi hisoblanadi;

- tayyor namuna asosidagi mashqlardan keng foydalaniladi.

- didaktik materiallarga ta'lim oluvchilarda axborotlarni qabul qilishda ijodiy yondashuvni shakllantirishga qaratilgan materiallar kiritib boriladi;

- ta'lim oluvchilardagi ijodiy tasavvurlarning kengligiga qarab bilimlar hajmi

chegaralanmaydi;'

- "ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi" munosabatlari qatorida ta'lim oluvchi munosabatlariga keng o'rin beriladi;

- muammoli ta'limga keng o'rin beriladi.

O'quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlanish

- O'z o'rnida bilimlarni tegishli fan sohalarida qo'llay olish, muammolarni hal

qilish, vaziyatlarni baholay olish va kerakli farazlarni ilgari surish ta'lim oluvchilardan

ijodkorlikni talab qiladi. O'quvchilarning axborot bilan ishlash jarayonida ijodiyyondashuvini yuzaga keltiruvchi omillar:

- Shaxsning individul xususiyatlari:

- noodatiy (nostandart) va noaniq vaziyatlarni baholay olishi, moslasha olishi va o'ziga ma'qul variantlarni tanlay olishi;

- muammolarga noodatiy yoki g'ayrioddiy yechim topa olishi;

- bildirayotgan fikrlarining turli variantliligi;

- tez-tez yoki vaqti-vaqti bilan "o'z qobig'ini" yorib chiqa olishi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.02.2018-yildagi PF-5349-sonli Farmoni.

2. Uzbekiston Respyblikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6 apreldagi —Umumiy urta va urta maxsus, kasb-xunar ta'limining Davlat ta'lim standartlarini tasdiklash tugrisidalgi 187-son Aarori //www.lex.uz

3. Bermus A.G. Problemi i perspektivi realizatsii kompetentnost- nogo podxoda v obrazovanii // Internet-jurnal "Eydos". - 2005. - 10 sentyabrya. -http://www.eidos.ru/journal/2005/0910-12.htm. - V nadzag: Sentr distansionnogo obrazovaniya "Eydos", e-mail: list@eidos.ru.

4. Bondarevskaya Ye.V. Paradigma kak metodologicheskiy regulyativ pedagogicheskoy nauki i innovatsionnoy praktiki // Pedagogika, 2007, №6. - S.3-10

5. Zimnyaya I.A. Klyuchevie kompetentnosti kak rezultativno-selevaya osnova kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii. Avtorskaya versiya. - M.: Issledovatelskiy sentr problem kachestva podgotovki spetsialistov, 2004.

6. Rozov N.S. Filosofiya gumanitarnogo obrazovaniya: Sennostnie osnovaniya i konsepsiya bazovogo gumanitarnogo obrazovaniya v visshey shkole. - M.: Issledovatelskiy sentr problem kachestva podgotovki spetsialistov, 1993.

7. Xutorskoy A.V. Texnologiya proyektirovaniya klyuchevix i predmetnix kompetensiy // Internet-jurnal "Eydos". - 2005. - 12 dekabrya. http://www.eidos.ru/i ournal/2005/1212.htm.

8. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.