Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING O‘RNI'

O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1472
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS / xalqaro / tadqiqot / kitob / baholash / boshlang„ich ta‟lim / sifat / topshiriq. / PIRLS / международный / исследование / книга / оценивать / начальное образование / качество / задача.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shoira O‘Ralboyevna Saidova

Maqolada jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga bo„lgan yondoshuv va boshlang„ich sinf o„quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda PIRLS tadqiqotining o„rni haqida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ ИССЛЕДОВАНИЯ PIRLS В ФОРМИРОВАНИИ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ ГРАМОТНОСТИ ШКОЛЬНИКОВ

В статье представлен подход общества к чтению и роль исследований PIRLS в формировании культуры чтения у учащихся начальной школы.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING O‘RNI»

O'QUVCHILARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING O'RNI

Shoira O'ralboyevna Saidova

Samarqand shahar 39-umumta'lim maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

saidovashoira@mail.ru

Annotatsiya: Maqolada jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga bo'lgan yondoshuv va boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda PIRLS tadqiqotining o'rni haqida fikr bildirilgan.

Tayanch so'zlar: PIRLS, xalqaro, tadqiqot, kitob, baholash, boshlang'ich ta'lim, sifat, topshiriq.

РОЛЬ ИССЛЕДОВАНИЯ PIRLS В ФОРМИРОВАНИИ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ

ГРАМОТНОСТИ ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация: В статье представлен подход общества к чтению и роль исследований PIRLS в формировании культуры чтения у учащихся начальной школы.

Ключевые слова: PIRLS, международный, исследование, книга, оценивать, начальное образование, качество, задача.

THE ROLE OF PIRLS RESEARCH IN THE FORMATION OF LIBRARY

CULTURE IN STUDENTS

Abstract: The article discusses the approach to reading in our society and the role of PIRLS research in shaping the culture of reading in primary school students.

Keywords: PIRLS, international, study, book, to evaluate, elementary education, the quality, the task.

Kitob - insonning yaqin do'sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so'z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko'rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo'lib ulg'ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o'qish odamlarni empatiyaga - faqat o'z xohish-istaklari va manfaatlarini o'ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yo'lida birlashishga undaydi.

Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha bo'lgan. Har bir davrning o'z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi

belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o'z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e'tibor berilgan. Bugungi kunda "Mutolaa madaniyati", "Kitobxonlik madaniyati", "O'qish madaniyati" kabi atamalar bilan qo'llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir.

"Mutolaa" so'zi arabcha "o'qish" degan ma'noga ega bo'lsa-da, bugungi kunda u kitob o'qishdan ko'ra kengroq tushunchani anglatmoqda.[2]

O'qish - axborot olish madaniyati bo'lib, badiiy adabiyotni to'g'ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma'lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o'zini qiziqtirgan ma'lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim bo'lgan ma'lumotlarni ola bilish, o'z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to'g'ri foydalanish yo'llarini o'rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning bir qancha usullari, yo'llari mavjud bo'lib, shu kunlarda O'zbekiston yoshlari, boshlang'ich sinf o'quvchilari ilk bor qatnashayotgan PIRLS tadqiqotining o'rni beqiyosdir.

PIRLS - (inglizcha -Progressin International Reading Literacy Study) matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot bo'lib, maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlardagi boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi mutaxassislar, olimlar, metodistlar, o'qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga ega. [1]

PIRLS dunyoning turli mamlakatlari boshlang'ich sinf o'quvchilarining matnni tushunish darajasini taqqoslash, shuningdek, milliy ta'lim tizimlarining o'qish savodxonligi o'rtasidagi tafovutlarni aniqlaydi.

Tadqiqotning xalqaro lug'atiga ko'ra, "o'qish savodxonligi" - o'quvchining matn shaklida berilgan ma'lumotlarni tushuna olish va ularga reaksiya bera olish ko'nikmasi, o'qigan ma'lumotlaridan hayoti davomida to'g'ri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqatidir.

PIRLSda o'qish savodxonligining asosi matnlar bilan to'liq ishlash uchun zarur bo'lgan o'qish qobiliyatlarini shakllantirish hisoblanadi. Bu o'quvchi tomonidan kerakli ma'lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma'lum qismi bo'yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir.

PIRLS tadqiqotida o'quvchilarga ikki turdagi matn taqdim etiladi, badiiy matn va axborotli matn. Shuning uchun o'quvchilar bilimi quyidagi ikki mezon asosida baholanadi:

1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadida o' qish.

2. Axborotni o'zlashtirish va foydalanish maqsadida o'qish.[1]

Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o'qish uchun quyidagi mahorat tavsiflari belgilangan:

- matnning muayyan qismlarini ajratib ko'rsatish va ulardan oddiy xulosalarni ifodalashda foydalanish;

- voqealar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni ko'rsatish;

- matnning umumiy g'oyasini aniqlash;

- matn tarkibining elimentlarini ochib berish;

- qahramonlar xatti-harakatiga izoh berish;

- asar qahramonlarining xatti-harakatlari va his -tuyg'ularini taqqoslash va qiyoslash;

- matnda qo'llangan til vositalarining xususiyatlari ustida birlamchi tahlil o'tkazish;

- matnning asosiy g'oyasini tushunish, yashiringan axborotlarni aniqlash va umumlashtirish;

- matndagi savollarga qahramonlarni asosiy tavsiflari, ularning intilishlari va his- tuyg'ularini izohlash orqali javob berish;

- matndan misollar keltirgan holda, javoblarni asoslash.

Axborotni o'zlashtirish va foydalanish maqsadidagi o'qish uchun quyidagi mahorat tavsiflari belgilangan:

- matnda keltirilgan dalillarni aniqlash va tasvirlash;

- kerakli axborotni o'zida mujassamlashtirgan gapni ajratish;

- xulosalarni izohlash uchun olingan axborotdan foydalanish;

- matnda yaqqol taqdim etilgan axborotga muvofiq xulosa chiqarish;

- matnning turli qismlarini tahlil qilish va kerakli axborotni ajratish;

- matnda yashirin berilgan axborotni aniqlash;

- matndagi alohida gaplar o'rtasidagi mazmuniy aloqalar asosida xulosalarni ifodalash;

- matn mazmunini izohlab berish;

- turli tipdagi matnlardan foydalanish va alohida tavsiflarni belgilash;

- matnning turli qismlaridagi murakkab ma'lumotlarni anglash va asoslash;

- matndagi ma'lumotlarni tushunish uchun aniq va noaniq elimentlarni baholash va ahamiyatini tushuntirish;

- matnlar, xaritalar, illuystrasiyalar,diagrammalar va rasmlar kiritilgan materiallar asosida turli matnlardagi ma'lumotlarni umumlashtirish.

PIRLS tadqiqotida belgilangan mahorat tavsiflaridan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar matnni nafaqat tushunishadi balki, matnda berilgan ma'lumotlarni tushuna olish va ularga o'zining shaxsiy munosabatini bildira olish ko'nikmasi, olgan ma'lumotlaridan hayoti davomida to'g'ri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati ham shakllanib, rivojlanib boradi.

Kitobxonlik - bu insonning o'z ustida ishlashi, faoliyatini ma'lum yo'nalishga burib yuborishi, ongida ma'lum tuyg'ularni, e'tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o'ylashga, hayotda qanday yashashga o'rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma'naviy o'gitlarini ilg'ab olish va bular asosida o'z hayot yo'li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o'qigan kitobidan yangilik topish, ma'naviy dunyosini boyitishdan iborat ekan, bu borada PIRLS va uning matnlari uchun tuzilgan topshiriqlari, belgilangan mahorat tavsiflari o'qituvchiga o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda yaqindan yordam beradi.

Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo'llasa, kitob o'qimaslik johillikka, ma'rifatsizlikka olib kelib, natijada bolada ma'naviy qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, bolalar bog'chasida, oilada muhim vazifa, bu kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iboratdir. Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e'tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo'lgan munosabatini o'zgartirish mumkin emas.

REFERENCES

1. Баранова В.Ю., Ковалева Г.С., Кузнецова М.И., Цукерман Г.А., Hурминская Н.В. ОСНОВНЫЕ РЕЗУЛЬТАТЫ МЕЖДУНАРОДНОГО ИССЛЕДОВАНИЯ «Изучение качества чтения и понимания текста» -Москва, 2007, 3-4 ст.

2. M.Mirqosimova. O'quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish asoslari. -Toshkent. "Fan". 2006.

3. www.kutubxona.uz.

4. www.arxiv.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.