Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA IQTISODIY TARBIYA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA HAMKORLIGINING PEDAGOGIK ASOSLARARI'

O‘QUVCHILARDA IQTISODIY TARBIYA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA HAMKORLIGINING PEDAGOGIK ASOSLARARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ehtiyoj / mukammallik / aniqlik / izchillik / samadorlik / Zamonaviy pedagogika / uslubiyot / vosita / tadqiqot / nazariya / amaliyot / onglilik / faollik / hamkorlik shakli / jamoaviy / frontal / axborot-xabar / tushuntirish / yo‘lyo‘riqlar berish. / Потребность / совершенство / точность / последовательность / результативность / Современная педагогика / методология / инструмент / исследование / теория / практика / сознание / деятельность / форма сотрудничества / коллективная / фронтальная / информационно-сообщенная / объяснение / способ придания сил

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dilfuza Mengliboyevna Boboqulova

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning mazmuni, ahamiyatli jihatlari bayon etilgan. Yosh avlodga tejamkorlik tarbiyasini singdirishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье описаны содержание и важные аспекты предоставления экономического образования учащимся общеобразовательных школ. Освещены научно-педагогические основы воспитания бережливого воспитания подрастающего поколения.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA IQTISODIY TARBIYA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA HAMKORLIGINING PEDAGOGIK ASOSLARARI»

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

O'QUVCHILARDA IQTISODIY TARBIYA TUSHUNCHALARINI

SHAKLLANTIRISHDA OILA HAMKORLIGINING PEDAGOGIK

ASOSLARARI

Dilfuza Mengliboyevna Boboqulova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi

katta o'qituvchisi (Phd)

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishning mazmuni, ahamiyatli jihatlari bayon etilgan. Yosh avlodga tejamkorlik tarbiyasini singdirishning ilmiy-pedagogik asoslari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ehtiyoj, mukammallik, aniqlik, izchillik, samadorlik, Zamonaviy pedagogika, uslubiyot, vosita, tadqiqot, nazariya, amaliyot, onglilik, faollik, hamkorlik shakli, jamoaviy, frontal, axborot-xabar, tushuntirish, yo'l-yo'riqlar berish.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье описаны содержание и важные аспекты предоставления экономического образования учащимся общеобразовательных школ. Освещены научно-педагогические основы воспитания бережливого воспитания подрастающего поколения.

Ключевые слова: Потребность, совершенство, точность, последовательность, результативность, Современная педагогика, методология, инструмент, исследование, теория, практика, сознание, деятельность, форма сотрудничества, коллективная, фронтальная, информационно-сообщенная, объяснение, способ придания сил.

ABSTRACT:

This article describes the content and important aspects of providing economic education to general secondary school students. The scientific-pedagogical basis of inculcating thrift education in the young generation is highlighted.

Keywords: Need, perfection, accuracy, consistency, productivity, Modern pedagogy, methodology, tool, research, theory, practice, consciousness, activity, form of cooperation, collective, frontal, information-message, explanation, way giving pains.

282

May 2024

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Meda^dUc^

Bozor iqtisodiyoti sharoiti ko'pgina olimlar tomonidan alohida mavzu sifatida o'rganilgan bo'lib, bu tushuncha yoshlarni yoshligidanoq iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirishni maqsadga muvofiq tushuncha sifatida qaraladi. O'zbekiston Respublikasining moddiy va ma'naviy o'sishi borasidagi iqtisodiy qonuniyati bilan o'quvchilar tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar. Ta'lim jarayoniga kiritilgan iqtisodiy bilim, tejamkorlik asoslari fanlarini o'qitishda, darsdan tashqari turili tarbiyaviy tadbirlarda ham o'quvchilarni iqtisodiyotimizga oid ko'plab masalalar bilan tanishtirish mumkin. Shu bilan bir qatorda umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tejamkorlik, tadbirkorlik hamda uning o'rni haqida zamonaviy bilimlarni berish va ayni jarayonda mazkur ishlarning ta'sirchanligini oshirish lozimligi haqida ham o'rganish olib borganlar.

Iqtisodiy qonunlardan bilib, samarali foydalanish barchaga katta foyda keltirishi o'rganilgan hamda olimlar tomonidan o'rganishlarda o'z aksini topgan. Biroq, iqtisodiyot qonunlari boshqa hech bir tabiat qonunlariga muvofiq emas. Aksincha, farqlidir. Bunday deyishimizga asosiy sabab shundaki, kishilik jamiyati mavjud bo'lganda iqtisodiyot qonunlari paydo bo'ladi va amal qiladi, tabiat qonunlari esa doimiydir.

Tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya tushunchalari kundalik hayotda hamisha takrorlanib turadi. Hamda bu ilmiy nazariy tushuncha hisoblanadi. Mazkur tushunchaga oid kategoriyalar ilmiy tushuncha bo'lib, ilmiy fikrlash mahsulidir. Masalan, ishchi kuchi, bozor, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit shular jumlasidan. Iqtisodiy qonunlar bilan tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tushuncha kategoriyalarning farqli jihatlari shundaki, birinchisida iqtisodiy tarmoqlarning turli sohalari va ular orasidagi bog'liqlik o'rganlsa, ikkinchisida ular orasidagi bog'liqlik tashqi omillarga mos ravshida o'zgarishi mumkinligini ko'rsatadi. Umuman, bu o'rganishlarda ikkinchi omilda mazkur tushunchalar bir necha mazmun kasb ham etadi.

Masalan, talab qonuni mohiyatini bilib olishimiz uchun narx va talab tushunchalari mazmunini bilishimiz zarur. Xuddi shuningdek qiymat qonunini tushunish uchun tovar, pul, qiymat, narx, mehnat kabi tushunchalarning mazmuni bilan tanish bo'lishimiz kerak.

Umuman olganda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya qonunlari bir-birini to'ldiradi. Yuqoridagi fikrlardan ma'lum bo'ladiki, iqtisodiy qonunlarni o'rgatish orqali biz yoshlarning bajarayotgan ishlari samarali bo'lishga, tejashga, moddiy imkoniyatlardan avaylab foydalanishga rag'batlantiramiz.

O'quvchilarda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya berishda xalqimizning milliy-ma'naviy merosidan keng va samarali foydalanish maqsadga muofiq. Har bir davrda tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tarbiya berish muhim

May 2024

283

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar

^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Meda^dUc^

ahloqiy tarbiya hisoblangani kabi, bu masala bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy ta'lim-tarbiyaning ahamiyatini yanada oshirib, uning samarasi tadbirkorlik, zaxiralardan tejamli foydalanish, jamg'arma krediti bilan ishlash, pinhoniy iqtisodiyotdan saqlanish va soliq to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirish, uy xo'jaligini yuritishda hisob-kitob, yangiliklarga intilish va jamiyat iqtisodiy faoliyatidagi ishtirokida namoyon bo'ladi.

O'zbekistonning dunyo hamjamiyati bilan mustahkam aloqasi tufayli aholida bozor munosabatlariga xos fikrlash tarzi yanada shakllanib bormoqda. Mazkur jarayonda bir qancha hisobga olinishi kerak bo'lgan jihatlar ham mavjud. Bu tadbirkorlik, tejamkorlik va iqtisodiy tushunchalarini o'z sharoitiga mos holda isloh qilishni talab qiladi, negaki ularni rivojlantirish ko'pgina hollarda yoshlarimizning iqtisodiy bilim saviyasining yuksalish darajasiga ham bog'liqdir. Bozor munosabatlari xalqimiz va vatanimiz uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo'li - Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashgan o'zbek zamini asrlar osha Sharq va G'arb o'rtasida o'ziga xos ko'prik bo'lib keldi. Bu esa oson ish emasdi.

Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet davrida 70 yil mobaynida xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, tejamkorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so'ndirilgan, boqimandalik kayfiyati chuqurlashib ketgan edi va iqtisodiy tarbiyaga yetarlicha e'tibor berilmas, iqtisod fanining asoslari maktablarda yetarlicha o'rganilmasdi.

Ammo endilikda O'zbekiston Respublikasi o'zining mustaqil rivojlanish yo'lini tanlab olgach, iqtisodiy tushuncha masalasi eng muhim, dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki rivojlangan davlatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga yetish uchun biz iqtisodiyotning rivojlanishini ta'minlovchi shaxslar, kadrlarga ega bo'lishimiz zarur. Iqtisod ilmidan boxabar bo'lgan kishilargina har doim qiladigan sarf-xarajatlarining samarasini oldindan hisob-kitob qiladilar, tadbirkorlik asosida ish yuritadilar, biznesni to'g'ri tanlaydilar, qachon, qayerda, nima va qancha ishlab chiqarishni yaxshi biladilar.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta'kidlayotganimiz iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar bir-birini to'ldiradi. Iqtisodiy qonunlarni o'rgatish orqali biz yoshlarni jamiyatda o'z o'rnini topishga, qilayotgan sa'yi-harakatlari samarali bo'lishga, tejashga, avaylab-asrashga, o'rgatib isrofgarchilikka yo'l qo'yishning oldi olinadi.

REFERENCES:

1. Boboqulova D. O'quvchilarning iqtisodiy tarbiyasini shakllantirishda oila hamkorligi.(Monografiya)-Buxoro:MChJ ,2024.24-bet.

May 2024

284

O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects

2. Boboqulova D.M. Педагогика. Дарслик. -Т.: "Таълим нашриёти". 2022 й. 248-бет.

3. Qosimov H.Q., Aslanova D.H., Ergashev R. Korxona iqtisodiyoti.(O'quv qo'llanma)-Samarqand: SamDU nashri, 2003.176-bet.

4. Gibb A. A note on the meanng of entrepreneurial core qualities and qualities and management. - L. 1998.

5. X.Xudoyqulov Boshlanqich sinf o'quvchilfridaiqtisodiy tarbiyaga oid tushunchalarni shakllantirishning nazariy asoslari.Toshkent.Fan.2004.113-bet.

6. Xodjayev B., Ibragimov B. Bozorda iste'mol madaniyatini shakllantirishning huquqiy asoslari. Risola. Toshkent. Adolat, 2012. 131-bet.

7. Хамрокулова, Ш. Э., & Тулишов, Г. Р. (2023). ОИЛА-ИЖТИМОИЙ ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ СУБЪЕКТИ. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 291-296.

285

May 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.