O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar National University of Uzbekistan_Media education in Uzbekistan: problems, solutions and prospects
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI FAOLLIGINI OSHIRISHDA O'ZBEK MILLIY-MA'NAVIY MEROSIDAN FOYDALANISHNING O'ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
Parvina Abdumalik qizi Xoliqova
TerDPI Boshlang'ich ta lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini faollashtirishda milliy-ma'naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari", milliy an'analar, milliy qadriyatlar, haqida ma'lumotlar berilgan
Kalit so'zlar:Boshlang'ich sinf, milliy qadriyatlar, milliy meros, ma'naviyat, milliy urf-odat, pedagogika, an'analar, badiiy adabiyot
АННОТАЦИЯ:
В дaнной CTarbe прeдстaвлeнa информaция о «Пeдaгогичeских возможностях использовaния нaционaльно-духовного нaслeдия в aктивизaции учaщихся нaчaльных ктассов», нaционaльных трaдициях, нaционaльных ценностях
Ключевые слова: Нaчaльнaя школa, нaционaльныe ценности, нaционaльноe нaслeдиe, духовность, нaционaльнaя трaдиция, пeдaгогикa, трaдиции, художeствeннaя литeрaтурa
ABSTRACT:
This article provides information about "Pedagogical possibilities of using national-spiritual heritage in the activation of primary school students", national traditions, national values
Keywords: Primary school, national values, national heritage, spirituality, national tradition, pedagogy, traditions, fiction
O'zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma'naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Mustaqillikni mustahkamlash uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy sohalardagi islohatlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko'zda tutadi. Amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma'naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo'lda bizga doimo mash'ala bo'ladigan, yo'limizni charog'on yoritib turadigan ota-onalarimiz,
May 2024
359
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiuia
bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari bor. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma'naviyatni yuksaltirish, ayniqsa sharqona odob-ahloq an'analariga e'tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir.
Mustaqil O'zbekistonda yosh avlod manaviyatini yuksaltirishga o'ta muhim vazifa sifatida qaralmoqda. O'zlikni anglash va manaviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yangi pog'onaga ko'tarish ijtimoiy ehtiyojga aylandi. O'zbekiston Respublikasi hukumati milliy manaviyatimizning mushtarakligiga erishishni davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etdi. Prezident Islom Karimovning "Yuksak manaviyat -yengilmas kuch" kitobida ulug' ajdodlarimizning jahon fani, madaniyati, manaviyati ravnaqiga qo'shgan ulkan hissalari, yosh avlodni ana shu ilmiy meros bilan tanishtirish zarurati alohida takidlanganligi bejiz emas. Chunki, mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yosh avlodga vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an'analarga muhabbatni, o'z yaqinlariga mehribonlikni, tanlagan yo'li-kasbi, maslagi va e'tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e'tiqod mahsulidir. Hozirgi kunda Respublikamizda milliy qadriyatlarni o'rganish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Sababi boy milliy qadriyatlarimiz tarixini o'rganmay turib, ularning bugungi holatini tahlil qilish va kelajagi haqida fikr yuritish qiyindir. Kishining qurshab turgan cheksiz ko'p narsa va hodisalar, shu jumladan, milliy manaviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh, yoki konkret millat, yoxud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bolganlari qadriyat deyiladi.
Milliy qadriyat deb, muayyan xalqning rasm-rusumi, ananasi, fazilatlari, axloq va odobi, yashash tarzi, bayramlari, shu xalqning aksariyat qismi tomonidan e'zozlanishga loyiq bolgan inshoatlar, milliy kiyimlar, uy-ro'zg'or buyumlari, ro'zg'or tutishlari aytiladi. Masalan, o'zbeklarning mehnatsevarligi, mehmondo'stligi xushxulqligi va muloyimligi, g'ayratli va itoatgo'yligi, turli toifadagi odamlar bilan o'zaro inoqlashib ketishligi, kechirimliligi, mulohaza va tafakkur bilan ish ko'rishi, tinchliksevarligi o'zbek milliy qadriyatlari bolib hisoblanadi.Manaviy qadriyatlar -kishilar manaviy faoliyati mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasida yuzaga kelgan bilim, qarash va malakalar samarasidir. Bu qadriyatlarni tariflash, oqibat natijada, insonning ruhiy ehtiyojlari, manfaatlari va faoliyat turlariga bogliq. Manaviylik bunday hollarda moddiylik-ka qarama-qarshi qo'yilmaydi. Aksincha, ular o'zaro bogliqdirlar. Bularga misol qilib, turli-tuman bayramlar, milliy urf-odat va ananalar, chiroyli axloq va odoblar, musiqa, moyqalam ustasi ijodining mahsuli bolgan rasmlar, badiiy adabiyot va hokazolarni keltirsa bo'ladi.Moddiy qadriyatlar deb, kishilar moddiy
May 2024
360
ehtiyojlarini qondirib, o'ziga xos xususiyati va shakllariga ko'ra odamlarda alohida his-tuyg'u uyg'otuvchi moddiy narsalarga aytiladi. Ularga buyuk inshoatlar, bog' va hiyobonlar, antiqa uy ro'zg'or buyumlari, tarixiy buyumlar va shunga o'xshash narsalar kiradi. Bunda o'zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy, tarixiy va madaniy ananalari, manaviy tajribasi ta'lim-tarbiya tizimimizga uzviy ravishda kiritilishi zarur".
Yangi demokratik ta'lim tizimida: -o'quvchi shaxsining ilmiy salohiyati hozirgi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlarga suyanishi asosida qurilmog'i;
-intellektual merosni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustivor bo'lishi;
-intellektual merosni shakllantirishda milliylikdan yiroq va unga zid unsurlardan voz kechmoq zarur;
-milliy-ma'naviy merosdan unumli foydalanish orqali yosh avlodni keng ma'noda faollashtirishga va milliy-ma'naviy merosni asrab avaylab avlodlarga yetkazmoq lozim;
-intellektual meros yangi moddiy ehtiyoj va talablar, yangi texnika va texnologiya, yangi qulayliklar, farovonlikka mos holda shakllanishi zarur; -ilmiy intellektual mohiyati o'quvchi shaxsida tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik hislatlarini shakllantirishga davlat qonunlari asosida qaratilgan bo'lishi kerak;
Umuman olganda, O'zbekistonda mustaqillikka erishish sharofati bilan intellektual meros asosida yoshlarni tarbiyalash masalasiga e'tibor kuchaytirildi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ilmiy dunyoqarashini uning aqliy, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, estetik, badiiy, shuningdek, bugungi kun uchun dolzarb bo'lgan intellektual salohiyatliligi kabi ko'p qirrali tarkibiy qismlarini yaxlit jarayon sifatida amalga oshirishni taqozo etadi. Talim-tarbiya jarayonida intellektual merosning tarkibiy qismlari o'quvchi ongiga ta'lim-tarbiya va butun faoliyati davomida o'zaro birlik va aloqadorlikda singdiriladi. Ayni vaqtda shuni ham nazarda tutish kerakki, intellektual meros tarkibiy qismlarining o'quvchi ongi va faoliyatiga ta'sir darajasi, ularning mazmuni, mohiyati va xarakterli xususiyatlariga bog'liqdir. Shuningdek, ayrim shaxsning intellektual salohiyati darajasi, avvalo, uning aqliy kamoloti bilan belgilanadi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, aqliy salohiyat ko'p jihatdan o'quvchining faollik darajasini namoyon qilish bilan belgilanadi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarida faollikni oshirish, bu borada milliy-ma'naviy merosdan keng ko'lamda foydalanish va unung pedagogik imkoniyatlarini ta'lim tarbiya jarayoniga to'g'ri qo'llash murabbiylardan doimo izlanishni talab etadi. O'quvchining aqliy madaniyati jamiyat va tabiat qonun-
May 2024
qoidalari, hodisalar, bu hodisalarning bir-birlari bilan bog'liqligi, insoniyat hayoti, turmush tarzi, jamiyat taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlarni o'zlashtirish, yaxlit idrok etish, takrorlash, tasavvur va tafakkur etish ruhiy holatlar jarayonida shakllanadi. Ilmiy bilimlar asosida kishilarning kundalik turmushida namoyon bo'ladigan manaviy fazilatlarning mohiyati chuqur anglab yetiladi va ongliravishda ularga amal qilinadi. Chuqur bilim, malaka va ko'nikma ma naviy madaniyatning barcha qirralarini o'quvchi manaviy ongi va faoliyatida shakllanishida asos bo'lib xizmat qiladi. Ilmiy-nazariy bilim asosida o'quvchida insonparvarlik, sadoqat, qanoat, mehr-muhabbat, adolatparvarlik, nafosat, dunyoqarash, e'tiqod, mehnatga ijobiy munosabat, din va bid'atni bir-biridan farqlash, tabiatga muhabbat, burch va huquqni anglash kabi yuksak ma naviy-axloqiy fazilatlar shakllanib boradi. O'zbek xalqining milliy-ma'naviy merosining ko'rinishlari, uning qirralari va namoyon bo'lish shakllari xilma-xil. Insonparvarlik, halollik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, erksevarlik, faollik, ijodkorlik, haqiqatgo'ylik, masuliyatlilik, saxiylik, kamtarlik,poklik va shu kabi qator muhim tushunchalar axloqiy madaniyat tushunchalaridir. Bundan tashqari ota boblarimiz tomonidan bizgacha yetib kelgan asor-u atiqalar, noyob kitoblar shular jumlasidan. Yuqoridagi xislatlar faoliyat jarayonida manaviy madaniyatning boshqa madaniyat qirralari bilan birgalikda o'quvchi ongi va xulqiga tasir etadi.Milliy-ma'naviy merosning negizini axloqiy madaniyat tashkil etadi. Axloqiy ong o'quvchi ijodiy faoliyatida o'z ifodasini topadi. Uning mezoni axloqiy bilim, axloq normalari, axloqiy tafakkur hisoblanadi. O'quvchining axloqiy ongi uning xulq-atvorida mehnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, haqiqatgo'ylik, adolatparvarlik va boshqa yuksak manaviy-axloqiy sifatlarni namoyon etadi. Shuning uchun milliy-ma'naviy merosni muhim vazifalaridan biri axloqiy ongni yuqori pog'onaga ko'tarishdir. Shu boisdan axloqiy ongning yetukligiga erishish uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bo'lib, u insoniyat qo'lga kiritgan barcha axloqiy-manaviy yutuqlarni o'zlashtirish va shu bilan bir qatorda, muayyan sharoit taqozo etgan muammolarni bartaraf etish jarayonida amalga oshadi.Ma'naviyat so'ziga to'xtalsak, arab tilidan olingan bo'lib "ma'nolar majmui" ma'nosini anglatadi.
Kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniytasavvurlari va tushunchalari majmuidir. Ma'naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi. Ilg'or millat va rivojlangan davlat bo'lishning zaruriy shartlaridan biri -boy, ilg'or ma'naviyatga ega bo'lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg'or bo'lish jamiyat norasoligining muhim ko'rsatkichidir. Milliy so'zi millat so'zini negizi hisoblanib, millat xalq degan ma'noni anglatadi. Milliy meros keng qamrovli tushuncha bo'lib,
May 2024
ko'p hollarda milliy ongning mahsuli hisoblanadi. Milliy ong esa bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e'tiqodlari, madaniyati boshqa xalqlarning bevosita ta'siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma'naviy sohalarda faollik darajasi. Millat-kishilarning barqaror tarixiy birligi, umum iqtisodiy turmush hamda til birligi, madaniyati, ongi va ruhiyatining o'ziga hosligi zaminida qaror topgan ijtimoiy taraqqiyot shaklidir.Milliy madaniy merosga milliy ruhiyat, milliy til, milliy o'z-o'zini anglash, milliy qadriyatlar, milliy g'urur, milliy madaniy markazlar milliy an'analar millatparvarlik kabilar kiradi.Milliy an'analar-millat hayotining turli sohalarida namoyon bo'ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va hislatlarning avloddan-avlodga o'tishi hamda meros bo'lib qolishi tushuniladi. Milliy an'analar umuminsoniy an'analarning bir millat darajasida namoyon bo'lishidir.Milliy istiqlol mafkurasi-xalqning o'zgalarga tobe bo'lmay erkin va ozod yashash, o'zini-o'zi idora etishga qaratilgan, uning istiqbolini belgilaydigan orzu-umidlari, qarashlari, g'oyalari majmui, jamiyat taraqqiyotining muhim ommillaridan biri. Milliy istiqlol mafkurasi-insoniyat tarixidagi eng ezgu va qadimiy g'oyalaridandir. Milliy ong -millatnig ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, mehnati, boshqa millatlar bilan muloqat va mubohasasi jarayonida paydo bo'ladi va til bilan uzviy bog'liqdir. Milliy ruhiyat -millatning ichki holati, kechinmalari, his-tuyg'ulari, ma'naviy dunyosi, o'y fikrlari, maqsad va maslaklari hamda kayfiyatlari bilan bog'liq mulohazalar majmui. Milliy til -kishilarning tarixiy tashkil topgan barqaror birligi millat yoki elatning umumiy tili, ularning fikr almashish va muloqot vositasi, muhim rivojlanish omili.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak boshlang'ich sinf o'quvchilarini faollashtirishda o'zbek milliy-ma'naviy merosidan foydalanish orqali uning pedagogik imkoniyatlarini nafaqat dars jarayonida, balki, darsdan tashqari tarbiyaviy jarayon bilan uzviy ravishda olib borish ayni maqsadga muvofiqdir. Bunda tanlab olinishi kerak bo'lgan metodikalar, usullar o'qituvchi va ota-ona o'rtasidagi aloqalar orqali oydinlashadi. Ya'ni, o'qituvchining tanlab olib qo'llashi kerak bo'lgan metodikalari ota-ona tomonidan bolaga nisbatan qo'llaydigan metodikaga mos bo'lishi, bir-birini to'ldirishi lozim. Bu o'z navbatida ota-ona bilan o'qituvchi o'rtasida hamisha uzviy aloqa bo'lishini taqozo etadi va ta'minlaydi.
REFERENCES:
l.O'zbekiston Respublikasining Prezidentining Qarori. "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish
363
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiuia
to'g'risida". 2017 yil 28 iyul // Xalq so'zi, 2017 yil 29 iyul. PQ-3160-son.[Elektron resurs] https://lex.uz/docc/4071203
2. Adizov B.R. "Boshlang'ich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari", -Toshkent: «Fan», 2007. - 120 b.
3.XygoHKynoB X..^. KOMH.MHK $a3Hnaraapn. -T.: Hннoвaцнa-Знe. 2021 H.
4.XygoHKynoB X..^ Mnnnnfi rypyp-MatHaBHH KOMH.MHK Me30HH.-T.: ^3aHHHnpecc.2011ft.
5. XonHKOBa n. A. K MHRnHH-MALHABHH MEPOCHH 3L303^Am BA YHHHT MA3MYH MOXH^THHH Em^AP OHrHrA CHHr^HPHm //Academic research in educational sciences. - 2023. - T. 5. - №. NUU Conference 2. - C. 842-847.
6. Khalikova P. THE FORMATION OF SPIRITUAL AND MORAL VIRTUES IN THE EDUCATION OF A PERFECT HUMAN BEING IN THE WORKS OF ORIENTAL THINKERS //Science and innovation. - 2023. - T. 2. - №. B5. - C. 355-358.
7. Xoliqova P. BOSHLANG 'ICH SINF O 'QUVCHILARINING ONGLI FAOLIYATINI SHAKLL ANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI VA O 'RNI //Interpretation and researches. -2023. - T. 1. - №. 1.
8 .Muhammadiyeva, G., & Xoliqova, P. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATI. MILLATNING ERTASI MAKTABLARDAN BOSHLANADI. Interpretation and researches, 2(1).
364
May 2024