Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING PEDAGOGIKA FAOLLIGINI TAKKOMILASHTRISH MILLIY KASBGA O’QITISHNING O’RNI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARNING SAMARADORLIGI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING PEDAGOGIKA FAOLLIGINI TAKKOMILASHTRISH MILLIY KASBGA O’QITISHNING O’RNI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qurbonova Baxtixon Qo’Chqarboyevna, Esonmirzayeva Madinabonu

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Yangi O‘zbekistonning buyuk kelajagi uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko'zda tutadi. Amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo‘lda bizga doimo mash’ala bo‘ladigan, yo‘limizni charog‘on yoritib turadigan ota-onalarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari, o‘gitlari mavjud. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma’naviyatni yuksaltirish, shu jumladan sharqona odob-axloq an’analariga e’tiborni kuchaytirish shular sirasidandir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING PEDAGOGIKA FAOLLIGINI TAKKOMILASHTRISH MILLIY KASBGA O’QITISHNING O’RNI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARNING SAMARADORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING PEDAGOGIKA FAOLLIGINI TAKKOMILASHTRISH MILLIY KASBGA O'QITISHNING O'RNI VA PEDAGOGIK

IMKONIYATLARNING SAMARADORLIGI

1Qurbonova Baxtixon Qo'chqarboyevn, 2Esonmirzayeva Madinabonu

1FarDU boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedra mudiripedagogika fanlari doktori(DSc),

2proffesor FarDU 1-bosqich doktranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11082232

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar mazmuni yosh avlodni ma'naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Yangi O'zbekistonning buyuk kelajagi uchun olib borilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy sohalardagi islohotlar inson huquqi va erkinliklarini himoya qiluvchi demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishni ko'zda tutadi. Amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi ham insonning moddiy va ma'naviy manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Bunday mashaqqatli murakkab yo'lda bizga doimo mash'ala bo'ladigan, yo'limizni charog'on yoritib turadigan ota-onalarimiz, bobolarimiz, ajdodlarimizning ibratli hayot saboqlari, o'gitlari mavjud. Milliy qadriyatlarni tiklash, ma'naviyatni yuksaltirish, shu jumladan sharqona odob-axloq an'analariga e'tiborni kuchaytirish shular sirasidandir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'zbek xalqining tarixiy, milliy-ma'naviy merosidan qadriyatlaridan oqilona foydalanish orqali ularda faollikni oshirish o'quvchilarining ma'naviy madaniyatini shakllantirish, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan qarash uslubiyatini ishlab chiqish shu jarayonning samaradorligini ta'minlovchi strategiyani ishlab chiqishni taqozo etadi.

O'quvchi tevarak atrofdagi faoliyat jarayonida o'zligini anglashni shakllantirish uchun ma'naviy qadriyatlarga murojaat qilish orqali muloqotga kirishadi. Har bir faoliyat harakatsiz yuzaga kelmaydi. Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinf o'quvchilarini faolligini oshirishda milliy-ma'naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ma'naviy harakat omillariga chambarchas bog'liqdir.

Boshlang'ich sinf o'quvchisining xulq namunasi, ma'naviy harakati, muloqotga kirishish jarayoni samarasi o'qituvchi va o'quvchining o'z faoliyatlariga munosabatlari bilan belgilanadi. O'zbek xalqining intellektual merosini tarixiy taraqqiyot bosqichlari asosida o'rganish, tarbiyaviy mohiyatidan ta'sirlanish va amaliy faoliyatda ularni qo'llash, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko'tarilishini ta'minlash, insoniyat sivilizatsiyasida shaxs va jamiyat ma'naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyatiga haqqoniy baho berish ta'lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilari bo'lmish o'qituvchi-o'quvchilardan kreativlikni talab qiladi. Kreativ o'qituvchi moddiy va ma'naviy-ilmiy merosni targ'ib qilishda boshlang'ich sinf o'quvchisining ma'naviy madaniyatini shakllantirishdagi imkoniyatlaridan mohirona foydalanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining ma'naviy ilmiy merosini shakllantirishning muvaffaqiyati o'qituvchi va o'quvchi kreativlik omillariga ham bog'liq.

Bu omillarni harakatlantiruvchi shartlar mavjud bo'lib, ular:

- o'qituvchining umumpedagogik va maxsus ixtisoslik bo'yicha chuqur bilimi;

- kompetentligi;

- o'quvchilar bilan o'zaro do'stona muloqotga kirishish madaniyati;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

- ma'naviy madaniyat darajasi;

- ta'lim-tarbiyaning samarali metodlarini tanlay olishi;

- natijani bashorat qila olishi va pedagogik faoliyatni shunga asoslanib loyihalashi;

- qiziqish doirasining kengligi;

- oilada sharoitni yaratilganligi;

- maktab jamoasidagi o'rni;

- ma'naviy qadriyatlarni o'rganish va kompetensiyaviy yondashuvi kabilar. 1

O'qituvchi yuqoridagi kreativlik omillarini egallaganligi natijasida o'quvchi ajdodlar

tarixi, adabiyoti, san'ati, an'analari va urf-odatlari haqida chuqur va puxta asosli bilim oladi. O'quvchilar egallagan bilimlari asosida ma'naviy qadriyatlarning mohiyati va mazmunini tahlil etish, qiyosiy o'rganish, xulosa chiqarish, uzluksizligini ta'minlashda faol nuqtai nazarda bo'lishga o'rganadi; ajdodlar madaniy merosi asosida mantiqiy fikr doirasi kengayadi, ta'lim-tarbiyaga yaxlit munosabat paydo bo'ladi; savodxonlik darajasi o'sadi; ma'naviy qadriyatlarni maktabda, oilada, bo'sh vaqtda chuqur o'rganishga ehtiyoj asosida faollik, ijodkorlik; tashabbuskorlik shakllanadi; turli ijodiy ishlarga qiziqishi ortadi. Bu xususiyatlarning shakllanishi o'quvchining kreativlik omillariga ham bog'liq bo'lib, u qator ijobiy sifat belgilari bilan xarakterlanadi.

O'zbek milliy-ma'naviy merosidan foydalanish maqsadida boshlang'ich sinf o'quvchilarini faolligini oshirishda ta'lim va tarbiya qator tamoyillarga e'tibor berishni talab etadi. Ularni quyidagicha guruhlantirish mumkin:

> ta'lim-tarbiya mazmuni, usul va vositalarining milliy xarakteri;

> ta'lim-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, mustaqillik, oshkoralik;

> hududiy tamoyillar: o'quvchi yashayotgan o'lka milliy madaniy merosini mazmuni, boyligi, tarixiy o'rni va ahamiyati;

> maktab va sinfning moddiy-texnik bazasi, maktab kutubxona fondi, muzey va ma'naviy qadriyatlarni o'rganish markazlari, to'garak faoliyatining ko'p qirraliligi. 2

Mazkur tamoyillarning pedagogik ahamiyati, uning o'ziga xos xususiyatlari va holatlari inobatga olingan taqdirda ilmiy meros tizimini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir.

Ajdodlarimizning milliy-ma'naviy merosini o'rganishda har bir mashg'ulot, tarbiyaviy tadbir o'quvchilar ongida ma'naviy madaniyatning yagona ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishi, shaxsiy hayotda, jamiyatda o'z o'rnini topishga erishishi; milliy ma'naviy madaniyat tizimi tarbiyaviy mohiyatini anglab yetish salohiyatiga ega bo'lishi; o'z ma'naviy faoliyatining natijalarini tasavvur qilishga o'rgatishi; tabiat va jamiyat, inson va u yashaydigan muhit haqida ilmiy bilim bilan qurollanishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Milliy-ma'naviy merosni shakllantirish maqsad va vazifalarini ijobiy hal etishda mashg'ulotlarning xarakteriga mos ma'naviy muhit yaratish uchun barcha tamoyillarga tayanish

1 E.Xoliqov, M.Lafasov, M.Rustamov "Merosimiz ildizlari" T.,"Ma'naviyat" 2008-yil.

2 O.Musurmonova. " O'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish". T. 1993.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

talab etiladi. Chunki, o'qituvchi va o'quvchi hamkorligidagi faoliyat jarayoni shu faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, ularning ma'naviy talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit yaratilishini taqozo etadi.

Bunday ma'naviy muhit uchun o'qituvchi bilim saviyasining o'quvchilar talabiga mosligi; o'qituvchi uslubiyatidagi rang-baranglik; o'qituvchi va o'quvchi, maktab pedagogik jamoasi va o'qituvchi o'rtasidagi munosabatlarning sofligi; maktabning moddiy va ma'naviy bazasi (kutubxona fondi, o'quv zallarining mavjudligi, ko'rgazmali qurollar, texnika vositalari bilan ta'minlanishi va h.k.); o'quvchi oilasining ma'naviy muhiti (oila a'zolarining o'zaro munosabatlari, bo'sh vaqtni tashkil etishga e'tibor va h.k.) kabilar muhim ro'l o'ynaydi. Eng muhim mezon ta'lim mazmuni o'zining g'oyaviy yuksakligi va o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilish darajasi bilan izohlanadi. Ushbu tamoyillar boshlang'ich sinf darsliklari va uslubiy qo'llanmalar, ajododlarimiz milliy-ma'naviy merosi hamda ularning tarbiyaviy ahamiyatini o'quvchi ongiga yetkaza oladigan ma'rifiy manbalarni tanlashda ham amal qiladi. Bu o'z navbatida boshlang'ich sinf o'quvchilarining faolligini oshirishda dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.

Aynan shu tamoyillarga tayangan holda o'qish darslarining mazmuniga mos ajdodlarimiz milliy-ma'naviy merosidan namunalar tayyorlanadi. Dars jarayonini tashkil etishning ikkinchi tomoni o'qituvchi madaniyati va kompetentligi bilan bog'liq bo'lib, u dasturda va darslikda berilgan ilmiy bilim tizimini o'quvchiga yetkazish bilan cheklanib qolmay, balki u shu bilimlar tizimidagi materiallar dalillarga tayangan holda va hayotiy tajriba asosida bayon etadi. Har bir darsning asosiy maqsadi o'quvchini faqat ilmiy bilim bilan qurollantirishdan iborat bo'libgina qolmay, balki bilim o'quvchi tomonidan yakka tartibda mustaqil ravishda egallanishi ham lozim, bu o'rinda asosiy maqsad badiiy yoki xalq san'ati, diniy, xalq pedagogikasi manbalari asosida ma'naviy-axloqiy bilim olishni tashkil etish va uni rivojlantirishga ahamiyat berish zarurdir.

Barcha shakldagi darslar jarayonida o'quvchilarni faollashtirishda o'zbek milliy-ma'naviy merosini shakllantirishdagi og'zaki bayon qilish, savol-javob, munozarali vaziyat yaratish, mustaqil ishlash, didaktik o'yinlardan foydalanish, manba bilan ishlash, yozma ishlardan foydalanish, diagramma va jadvallar tuzish kabi usullardan foydalanib amalga oshirilishi lozim.

Boshlang'ich sinf o'quvchisi turli usullar bilan mavzu mohiyatini ochib beradigan asosiy g'oya negizida qator o'zbek xalqining milliy-ma'naviy merosi dinamikasi bilan tanishish orqali, ularda xalqimiz qadimdan ulug'lab kelayotgan insoniy fazilatlar shakllanib boradi va o'z navbatida milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash kabi axloqiy fazilatlar shakllanadi. Masalan, 4-sinf o'qish darslarida berilgan ertaklar "Qanoat va ochko'zlik, insonparvarlik va saxovat" mavzusi orqali o'zbek xalqining o'ziga xos insonparvarlik, sabr-irodalilik va saxovatlilik qadriyatlarining mohiyatini o'quvchi ongida shakllantirishda ularning mazmunini ochib beruvchi qator manbalarga ham to'xtaladi. O'quvchi dars jarayonida qanoat negizida - ozga ham, ko'pga ham, og'irlikka ham, xursandchilikka ham ko'nikish, sabr qilish, nafsni tiyish ekanligi; ochko'zlik - qanoatsizlik, sabrsizlik, natijasi insonlar o'rtasida mehr-oqibatni yo'qolishi, do'stlik, birodarlik, muruvvat me'yorini belgilovchi hislat, yoshlar o'rtasidagi sabrsizlik, ochko'zlik, jaholatning tub negizlari va ularni bartaraf etish yo'llarini izlab topish haqida ma'lumot oladi.

O'qituvchi ushbu intellektual meros mohiyatini ochib berishda avvalo, qanoat, insonparvarlik, saxovat tushunchalari dinamikasiga murojaat etish orqali pedagogik faoliyatni samarali tashkil etadi. Bu dinamikaga quyidagilar asos bo'la oladi: insonparvarlik, qanoat, saxovat - ezgulikdir (ezgu fikr, ezgu amal, ezgu so'z

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

"Avesto"). Hadislarda bular - mehr-muruvvatli, komil inson uchun asosiy mezon bo'lib, ularning negizida ilmlilik, adolatparvarlik, tenglik, do'stlik, birodarlik mujassamlashgan (Sharq allomalari Al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va b.q.); sharq xalqlariga xos barcha yuksak fazilatlar milliy g'urur, o'zlikni namoyon etish kaliti bo'lib xizmat qiladi (Klassik adiblar: Yusuf Xos Hojib, Sa'diy, Umar Hayyom, Alisher Navoiy, Bobur va b.q.).

3

Insonparvarlik, qanoat, saxovat qadriyatlarining bu dinamik holati qadimgi yozma yodgorliklar, xalq tajribasi, xalq og'zaki ijodi manbalari, diniy ta'limot, Sharq mutafakkirlari ma'naviy merosi, klassik adabiyot namunalariga asoslangan holda o'quvchi ongiga singdirilishi lozim. Xalqimizning asrlar davomida yaratib qoldirgan intellektual meroslarga hurmat, mehr-oqibat hissi shakllanadi. Bu ma'naviy ehtiyojning o'sishi o'quvchilar bilan yakka va jamoa tartibida ularning faoliyatini kuzatish orqali aniqlanadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilaridagi ma'naviy ehtiyoj, talab, qiziqishni qondirish asosida milliy-ma'naviy merosni o'rgatishning muhim usullaridan biri dars jarayonida ilmiy manbalarning maxsus tahlilini uyushtirish muhim jarayonlardan biri ekanligini e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak bo'ladi.

REFERENCES

1. O.Musurmonova. " O'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish". T. 1993.

2. A. Avloniy. "Turkiy guliston yoxud axloq". T. 1996.

3. A.K.Munavvarov. "Pedagogika". T. 1996.

4. S.Komilova "Yoshlar tarbiyasida ilmiy merosimizning o'rni" T., "Mehnat" 2000 yil.

5. O.Tursunov, S.Jamalov "Yoshlar tarbiyasida qadriyatlarimizning roli". T., "Sharq". 2000-

yil.

6. E.Xoliqov, M.Lafasov, M.Rustamov "Merosimiz ildizlari" T.,"Ma'naviyat" 2008-yil.

7. A.Sirojiddinov, M.Lafasov "Yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish" T., "O'zbekiston" 2008- yil

3 A.Sirojiddinov, M.Lafasov "Yoshlarni intellektual salohiyatini oshirish" T., "O'zbekiston" 2008- yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.