Научная статья на тему 'TA’LIMDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA UNING O’QITUVCHI-O‘QUVCHI HAMKORLIGIGA TA’SIRI'

TA’LIMDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA UNING O’QITUVCHI-O‘QUVCHI HAMKORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / bilim / o‘qituvchi / pedagogik texnologiyalar / maktab / boshlang‘ich ta’lim / ta’lim texnologiyalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Kenjayev Sarvarbek Samariddin O‘G‘Li, Musurmanov Xidirali Obidjonovich

Mazkur maqolada ta’lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqidagi fikrlar bildirildi va bunga qo‘shimcha ravishda boshlang‘ich ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligida ularning ta’siri to‘g‘risida ham mulohaza olib borildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA UNING O’QITUVCHI-O‘QUVCHI HAMKORLIGIGA TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

TA'LIMDA ILG'OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA UNING O'QITUVCHI-

O'QUVCHI HAMKORLIGIGA TA'SIRI 1Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Kenjayev Sarvarbek Samariddin o'g'li, 3Musurmanov

Xidirali Obidjonovich

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2,3Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 2-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11065625

Annotatsiya. Mazkur maqolada ta'lim tizimida pedagogik texnologiyalardan foydalanishningahamiyati haqidagifikrlar bildirildi va bunga qo'shimcha ravishda boshlang'ich ta'limda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash, o'qituvchi va o'quvchi hamkorligida ularning ta'siri to'g'risida ham mulohaza olib borildi.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, bilim, o'qituvchi, pedagogik texnologiyalar, maktab, boshlang'ich ta'lim, ta'lim texnologiyalari.

Аннотация. В данной статье были высказаны мнения о важности использования педагогических технологий в системе образования, а также прокомментировано использование передовых педагогических технологий в начальном образовании, их влияние на сотрудничество учителей и учащихся.

Ключевые слова: образование, обучение, знания, учитель, педагогические технологии, школа, начальное образование, образовательные технологии.

Abstract. In this article, opinions were expressed about the importance of using pedagogical technologies in the educational system, and in addition, the use of advanced pedagogical technologies in primary education, their impact on the cooperation of teachers and students. was also commented on.

Keywords: education, training, knowledge, teacher, pedagogical technologies, school, primary education, educational technologies.

Hozirgi vaqtda pedagogik texnologiya tushunchasi pedagogik leksikonga mustahkam kirdi. Texnologiya — har qanday biznes, mahorat yoki san'atda qo'llaniladigan texnikalar to'plami (tushuntirish lug'ati) degan ta'rifni ham rad etmaydi. «Ta'lim texnologiyasi» tushunchasiga esa ko'plab ta'riflar mavjud. Bular orasidan o'qituvchi faoliyatining tuzilmasi bo'lib, unga kiritilgan barcha harakatlar ma'lum bir ketma-ketlik va yaxlitlikda taqdim etiladi hamda amalga oshirish kerakli natijaga erishishni o'z ichiga oladi yoxud oldindan taxmin qilinadi, deganini tanlash o'rinsiz bo'lmaydi.

Bugungi kunda yuzdan ortiq ta'lim texnologiyalari mavjud. Mazkur ta'lim texnologiyalari ta'lim tizimining barca bo'g'inlarida foydalanishga mo'ljallangandir. Xususan, boshlang'ich ta'lim uchun o'quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalar mavjud.

Pedagogik texnologiya — ta'lim samaradorligini oshiradigan o'qitish va o'quv faoliyatini tashkil etishning usullari va shakllari majmuidan foydalanishga asoslangan ta'lim jarayonini loyihalash, ulardan foydalanish aniq belgilangan natijaga egaligi uchun aynan boshlang'ich ta'limdayoq o'quvchilar bilan ishlashda ulardan foydalanishning ahamiyati yuqori darajada. Shu munosabat bilan ayni vaqtda uzluksiz ta'limda pedagogik jarayonning deyarli barcha jabhalarini qamrab oluvchi muhim o'zgarishlar ro'y bermoqda. O'quvchining shaxsiy qiziqishi ta'lim jarayonida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shuning uchun ham o'qitish va tarbiyalashning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

zamonaviy ta'lim texnologiyalarini o'zlashtirish orqali o'qituvchining pedagogik mahoratini oshirish asosiy vazifalardan biri sifatida qaraladi.

O'quvchilarning frontal, differensiyalashgan va yakka tartibdagi faoliyatlarining umumiy jihatlari ko'proq bo'lsa-da, ularni tashkil etish o'qituvchidan o'ziga xos kreativ yondashishni talab qiladi. Agar butun sinf, guruh va alohida shaxsga nisbatan bir xil metod bilan ta'sir ko'rsatilar ekan, unda tarbiya ham, ijodiy yondashish ham barbod bo'ladi. Bu jarayonda o'qituvchi pedagogik mahoratini shakllantirishda ilg'or pedagogik tajribalarga tayanishi yaxshi natijalarga olib keladi.

Respublikada boshlang'ich ta'lim allaqachon davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Shu bois ta'lim tizimining ilk bo'g'iniga doir har qanday muammo davlat miqyosida hal qilinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi mustaqllikka erishishi tufayli barcha sohalarda tub o'zgarishlar yuz berdi. Bu o'zgarishlar uzluksiz ta'lim tizimiga ham tegishli bo'lib, maktabgacha va boshlang'ich ta'lim zimmasiga alohida mas'uliyat yuklaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017—2021 yillarda boshlang'ich ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator chora tadbirlar belgilab qo'yildi.

Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi. O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tadbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi.

Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi kerak. Ko'pgina ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarni hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g'oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o'quvchilarda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o'rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo'ladi.

Ulug' donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o'qit», degan ekan. Mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o'zgarish bo'ldi, desak xato bo'lmaydi. Bu prezidentning kelajak avlod haqida qayg'urib, yurtimizning barcha farzandlari - mening farzandlarim, ular bizlardan ko'ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo'lishlari kerak, degan g'oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yuritayotganini ko'rsatadi.

Ma'lumki, ta'limda ilg'or pedagogik va yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish o'quv mashg'ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo'llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.

Ta'limda o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglash va shu fikrni og'zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o'rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo'lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o'rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o'rganiladi. Shu boisdan ham bugungi kun o'qituvchidan ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o'quv jarayonida foydalanishni talab etilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib va bir necha ilmiy manbalarni o'rganish natijasida boshlang'ich sinfdagi dars mashg'ulotlarida interfaol metodlarni qo'llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo'llarining joiz bo'lsa, xalqaro tajribalarini o'rganish joiz deyish mumkin. Bu bilan o'quv mashg'ulotlari samaradorliginigina oshirib qolmay, o'qituvchi va o'quvchilar hamkorligida ham yutuqlarga erishiladi. Shuningdek, o'quvchilarning o'z yo'nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko'nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda o'qituvchining roli ortadi.

REFERENCES

1. D.Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qismlarining mazmun-mohiyati.«O'ZBEKISTONDAILM-FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842

2. D.Sh.Yakibova. DEVELOPMENT OF TECHNOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 3 ISSUE 3 MARCH 2024. 348-351p.

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensev o'qitishning psixologik-pedagogik ilmiy jihatlari ilmiy-amaliy anjumani. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

4. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. K.Qosimova, S.Matchonov, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, Sh.Sariyev. Ona tili o'qitish metodikasi Toshkent " Noshir" nashriyoti 2009.

6. Sh.U.Sariyev, G.U.Raxmanova. O'zbek adabiyotini o'qitishda yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llash. - T.: Science and innovation, 2022. - 531-533-b.

7. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

8. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

9. https://cyberleninka.ru

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

10. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.